Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Azidiar 250 tab №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Азитромицин
Страна производитель
Индия
Дозировка
250 мг
Производитель
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Azidiar
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Azitromitsin
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
250 mg
faol modda azitromitsin digidrati 250 mg azitromitsinga to‘g‘ri keladi;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, natriy lauril sulfati, qayta jelatinlangan kraxmal, natriy kroskarmelloza, natriya kraxmal glikolyati A turi, tozalangan talk, magniy stearati, SC-SP-3180 (Spraycel) oq bo‘yovchisi (gidroksipropilmetiltsellyuloza, polietilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi), tozalangan suv.
500 mg
faol modda azitromitsin digidrati 500 mg azitromitsinga to‘g‘ri keladi;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, natriy lauril sulfati, qayta jelatinlangan kraxmal, natriy kroskarmelloza, natriya kraxmal glikolyati A turi, tozalangan talk, magniy stearati, SC-SP-3180 (Spraycel) oq bo‘yovchisi (gidroksipropilmetiltsellyuloza, polietilenglikol, tozalangan talk, titan dioksidi), tozalangan suv.
Ta'rifi
250 mg dumaloq ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomoni silliq tabletkalar.
500 mg oq rangli, kapsula shaklli, qobiq bilan qoplangan, bir tomonida o‘yiqchasi bilan va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotiklar (makrolidlar guruhi).
ATX kodi J01FA10
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklarini kichik guruhi - azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori kontsentratsiyasi hosil bo‘lganida bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi.
Preparatga grammusbat kokklar Streptococcus pheumoniae, St. pyogenes, St.agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, St. viridans; Staphylococcus aureus, grammanfiy bakteriyalar Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.rarapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar Bacteroides bivius, Clostridim perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdoferi sezgir. Eritromitsinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Preparat me'da-ichak yo‘llaridan (MIY) tez so‘riladi, bu uni kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. 500 mg dozasi ichga qabul qilinganidan keyin, azitromitsin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 2,5-2,96 soatdan keyin erishiladi va u
0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Azitromitsin nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a'zo va to‘qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. To‘qimalardagi yuqori kontsentratsiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining davomiyligi azitromitsinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, shuningdek uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va lizosomalar atrofidagi rN past bo‘lgan muhitda ko‘proq to‘planishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, kutilgan taqsimlanish hajmini kattaligi (31,1 l/kg) va plazma klirensini yuqoriligini belgilaydi. Azitromitsinni ko‘proq lizosomalarda to‘planish qobiliyati, ayniqsa hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarining eliminatsiyasi uchun muhim. Fagotsitlar azitromitsinni infektsiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Infektsiya o‘chog‘idagi azitromitsinning kontsentratsiyasi, sog‘lom to‘qimalarga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonarli darajada yuqori va yallig‘lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagotsitlardagi yuqori kontsentratsiyasiga qaramay, azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Azitromitsin yallig‘lanish o‘choqida bakteritsid kontsentratsiyalarda, oxirgi dozasi qabul qilingandan so‘ng 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Metabolizmi
Jigarda metil guruhini yo‘qotadi, hosil bo‘lgan metabolit maxsulotlari faol emas.
Chiqarilishi
Azitromitsin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi yarim chiqarilish davri qabul qilingandan so‘ng 8 dan 24 soat oralig‘ida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oralig‘ida - 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida
− nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari va LOR-a'zolarining infektsiyalari (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta quloq otiti);
− skarlatina;
− nafas yo‘llarining quyi bo‘limlari infektsiyalari (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit);
− teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);
− urogenital yo‘llarining infektsiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);
− Laym kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans).
− me'da va o‘n ikki barmoq ichakning, Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 2 soatdan keyin, sutkada 1 marta qabul qilinadi.
Kattalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlari infektsiyalarida sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi - 1,5 g) buyuriladi.
Asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsitda bir marta 1 g buyuriladi;
Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida birinchi kuni bir qabulga sutkada 1 g dan; keyinchalik sutkada 500 mg dan, xar kuni 2 dan 5 kungacha buyuriladi. Kurs dozasi -3 g.
Asoratlangan, davomli kechuvchi uretitda Chlamydia trachowatis chaqirgan servitsitda 1 g dan 3 marta, 7 kunlik oraliq bilan (preparatni davolashning 1-7-14 kunlari qabul qilish) buyuriladi. Kurs dozasi - 3 g.
Laym kasalligida (borreliozda) boshlang‘ich bosqichini davolash uchun (erythema migrans) birinchi kuni 1 g dan va 2 dan 5 kungacha 500 mg dan har kuni (kurs dozasi – 3 g) buyuriladi.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan kasalliklarida sutkada 1 g dan 3 kun davomida majmuaviy antixelikobakter davolash tarkibida buyuriladi.
3 yoshdan oshgan va/yoki tana vazni 25 kg dan katta bo‘lgan bolalarga nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida tana vazniga 10 mg/kg hisobidan sutkada 1 marta 3 kun davomida (kurs dozasi - 30 mg/kg) yoki 1 kun -
10 mg/kg, so‘ngra 4 kun davomida sutkada 5-10 mg/kg dan buyuriladi.
Laym kasalligi (borrelioz) ning boshlang‘ich bosqichini (etyfhema migrans) davolashda preparat tana vazniga 20 mg/kg dozada kuniga 1 marta, so‘ngra 2 kundan 5 kungacha 10 mg/kg dan buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan diareya (5%), ko‘ngil aynishi (3%), abdominal og‘riqlar (3%), 1% va undan kam dispepsiya, meteorizm, qusish, melena, xolestatik sariqlik, «jigar» transaminazalari faolligini oshishi; bolalarda – qabziyatlar, anoreksiya, gastrit.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan yurak urishini his etish, ko‘krak qafasida og‘riq (1% va undan kam).
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik; bolalarda – bosh og‘rig‘i (o‘rta quloq otitini davolashda); giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi (1% va undan kam).
Siydik jinsiy tizimi tomonidan vaginal kandidozi, nefrit (1% va undan kam).
Allergik reaktsiyalar toshma, fotosezuvchanlik, Kvinke shishi.
Boshqalar kuchli toliqish; bolalarda - kon'yunktivit, qichishish, eshakemi kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- makrolidlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;
- jigar va buyrak yetishmovchiligi;
- 3 yoshgacha bo‘lgan va tana vazni 25 kg dan kam bo‘lgan bolalar;
- laktatsiya.
Preparat yurak ritmini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga (QT intervalini uzayishi bilan bo‘lgan qorincha aritmiyalari), buyraklar va jigar faoliyatini yaqqol ifodalangan buzilishi bo‘lgan bolalarga, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antatsidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat preparatni so‘rilishini sekinlashtiradi va kamaytiradi.
Varfarin va azitromitsin birga buyurilganida (odatdagi dozalarda) protrombin vaqtini o‘zgarishi aniqlanmagan, ammo makrolidlar va varfarinni o‘zaro ta'sirida antikoagulyatsion samarasi kuchayishi mumkin, patsiyentlarga protrombin vaqtini sinchkov nazoratini o‘tkazish kerak.
Digoksin digoksinning kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Ergotamin va digidroergotamin ularning toksik ta'siri kuchayishi (vazospazm, dizesteziya) mumkin.
Triazolam triazolamning klirensi pasayishi va farmakologik ta'siri oshishi mumkin.
Sikloserin, bilvosita antikoagulyantlar, metilprednizolon, felodipin, shuningdek mikrosomal oksidlanishga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, terfenadin,
siklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromokriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) – azitromitsin tomonidan gepatotsitlarda mikrosomal oksidlanishni ingibitsiya bo‘lishi hisobiga ularning chiqarilishini sekinlashtiradi va plazmadagi kontsentratsiyasini hamda toksikligini oshiradi.
Linkozaminlar preparatning samaradorligini susaytiradilar, tetratsiklin va xloramfenikol esa kuchaytiradilar.
Geparin bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat ovqatlanish vaqtida qabul qilinmaydi. Qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq, keyingilarini esa 24 soat oraliq bilan qabul qilish kerak.
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlikda ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina preparatni qo‘llash mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi, qusish, diareya.
Davolash me'dani yuvish, simptomatik davolashni o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
250 mg
6 tabletka alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
500 mg
3 tabletka alyumin folga va PVX blisterda. Har bir blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.