Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Baktoks 125 mg / 5 ml taq. 60ml
Nomi | Narx | |||||
Бактокс 125мг/5мл пор. 60мл (NP1029##2 238) |
UZS 44 200
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амоксициллин
Страна производитель
Франция
Дозировка
125 мг/5 мл 5,1
Производитель
Laboratoire Innotech International, Франция произведено: Innothera Chouzy
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
BAKTOKS 125 mg/5 ml, 250 mg/5 ml, 500 mg/5 ml
PREPARATINI TIBBIYOTDA QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun
• Bu preparatni ishlatish/qabul qilishni boshlashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
• Yo‘riqnomani saqlang, u yana kerak bo‘lishi mumkin.
• Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, shifokorga murojat qiling.
• Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan va uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki ularga xatto kasallikning belgilar Sizniki bilan bir xil bo‘lsa ham zarar yetkazishi mumkin.
• Agar davolash davrida kasallikning simptomlari kuchaysa va ahvolingiz yomonlashsa yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
• Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralari og‘irlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Tarkibi
Baktoks 125 mg/5 ml
5 ml tayyorlagan suspenziya (1 o‘lchov qoshig‘i) quyidagilarni saqlaydi
125 mg amoksitsillin (trigidrat shaklida).
Baktoks 250 mg/5 ml

250 mg amoksitsillin (trigidrat shaklida).
Baktoks 500 mg/5 ml

500 mg amoksitsillin (trigidrat shaklida).
Yordamchi moddalar
suvsiz limon kislotasi, suvsiz trinatriy sitrati, natriy* benzoati, talk, guar kamedi, limonli, apelsinli va shaftoli-o‘rikli aromatizatorlar, aspartam, kremniy dioksidi.
Ushbu preparat aspartam va natriy (bir o‘lchov qoshig‘ida 6,26 mg) saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi
Aminopenitsillin guruhi beta-laktamlar oilasiga mansub antibiotik.
ATX kodi J01CA04
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarda qo‘llanadi;
• nafas a'zolarining infektsiyalari;
• siydik jinsiy tizimi a'zolarining infektsiyalari;
• me'da-ichak yo‘llari a'zolarining infektsiyalari;
• teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari;
• Layma kasalligi (borrelioz);
• boshqa antimikrob preparatlari bilan majmuada Helicobacter pylori eradikatsiyasi;
• endokardit (oldini olish).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan, boshqa penitsillinlar, sefalosporinlarga).
• Infektsion mononukleozda qo‘llash mumkin emas (teri xarakteriga ega nojo‘ya ko‘rinishlarning rivojlanishini xavfi).
Ehtiyotkorlik bilan Allergik reaktsiyalar (shu jumladan anamnezdagi), infektsion mononukleoz, anamnezdagi me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq kolit), buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri, fenilketonuriya (tug‘ilganda aniqlangan nasliy kasallik) aspartam borligi sababli.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Zarurati bo‘lganida homiladorlikda qo‘llash mumkin.
Laktatsiya (emizish) davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda davolash vaqtida diareya, teri toshmasi, kandidoz yoki boshqa simptomlar rivojlanganida emizishni to‘xtatish lozim.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Ushbu preparatni och qoringa, ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida va ovqatdan keyin qabul qilish mumkin.
Dozalash tartibi
kasallikning og‘irligi, patsiyentning yoshini hisobga olib shaxsiy ravishda belgilanadi.
Kattalar va 10 yoshdan oshgan (tana vazni 40 kg dan ortiq) bolalarga 500 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Infektsiya og‘ir kechganida – 750 mg-1 g dan sutkada 3 marta.
Bolalarga
-5 yoshdan 10 yoshgacha 250 mg dan (5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
-2 yoshdan 5 yoshgacha – 125 mg dan (2,5 ml suspenziya) sutkada 3 marta;
-2 yoshgacha – 1 kg tana vazniga 20 mg xisobida, xisoblangan sutkalik doza 3 qabulga bo‘linadi.
Chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda doza kamaytiriladi va/yoki qabul qilish orasida interval oshiriladi.
Davolash kursi 5-12 kun.
Suspenziyani tayyorlash
Flakon belgigacha suv bilan to‘ldiriladi va bir xil suyuqlik hosil bo‘lgunicha chayqatiladi. Har qabul qilishdan oldin suspenziyani chayqatish kerak.
Flakondagi kukunning miqdori 60 ml suspenziya tayyorlash uchun yetarli (12 doza).
Me'da-ichak yo‘llarining o‘tkir infektsiyalarida (paratif, qorin tifi) va o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida, ginekologik infektsiyalarda kattalarga – 1,5-2,0 g sutkada 3 marta yoki 1,0-1,5 g sutkada 4 marta.
Kattalarda Helicobacter pylori chaqirgan me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolashda buyuriladi
-1 g amoksitsillin boshqa antimikrob preparatlar bilan majmuada ertalab va kechqurun.
Ayollarda siydik yo‘llarining asoratlanmagan o‘tkir infektsiyalarida 3 g preparat katta miqdordagi suv bilan, dozani 12 soatdan keyin takrorlash bilan buyuriladi.
O‘tkir asoratlanmagan gonoreyani davolash uchun 3,0 g preparat 1,0 g probenetsid bilan majmuada bir marta buyuriladi.
Og‘ir infektsiyalarda (meningit, septitsemiya) sutkada 6,0 g gacha 3-4 qabulda buyuriladi.
Kichik jarrohlik muolajalarida, endokarditni oldini olish uchun muolaja o‘tkazilishidan 1 soat oldin 3-4 g. Zarurati bo‘lganida 8-9 soatdan keyin takroriy doza buyuriladi. Bolalarga doza ikki marta kamaytiriladi.
Buyrak funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga (kreatinin klirensi minutiga 10 mg dan kam) preparatning dozasi 15-50% gi kamaytiriladi yoki qabullar orasidagi interval 24 soatgacha oshiriladi.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar eshakemi, terini qizarishi, eritematoz toshmalar, angionevrotik shish, rinit, kon'yunktivit bo‘lishi mumkin; kam hollarda – isitma, artralgiya, eozinofiliya, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi); zardob kasalligi bilan o‘xshash reaktsiyalar; yakka hollarda – anafilaktik shok.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan disbakterioz, ta'mning o‘zgarishi, qusish, ko‘ngil aynishi, diareya, stomatit, glossit, «jigar» transaminazalari faolligini o‘rtacha oshishi, kam hollarda – soxtamembronoz kolit.
Nerv tizimi tomonidan qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik, ataksiya, ongni chalkashishi, xulqni o‘zgarishi, depressiya, periferik nevropatiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, epileptik tirishishlar.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari leykopeniya, neyropeniya, trombotsitopenik purpura, anemiya.
Boshqalar nafasni qiyinlashish, taxikardiya, interstitseal nefrit, qin kandidozi, superinfektsiya (ayniqsa surunkali kasalliklari bo‘lgan yoki organizmning chidamliligi pasaygan bemorlarda).
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Aminoglikozitlar bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosib (o‘zaro faolsizlantirishdan saqlanish uchun aralashtirish mumkin emas).
Antatsidlar, glyukozamin, surgi dori vositalari, ovqat, aminoglikozidlar so‘rilishni pasaytiradi va sekinlashtiradi; askorbin kislotasiso‘rilishni oshiradi.
Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, sefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin) sinergik ta'sir ko‘rsatadi; bakteriostatik dori vositalari (makrolidlar, xloramfenikol, linkozamidlar, teratsiklinlar, sulfanilamidlar) – antogonistik ta'sir ko‘rsatadi.
Bevosita antikoagulyantlarning samaradorligini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, K vitaminining sintezini va protrombin indeksini pasaytiradi); estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlarning samaradorligini kamaytiradi; metabolizmi jarayonida paraaminobenzoy kislotasi, hosil qiluvchi dori vositalari, etiniletradiol – «shiddatli» qon ketishining rivojlanishini xavfi.
Amoksitsillin klirensini pasaytiradi va metetreksatning toksikligini oshiradi; digoksinning so‘rilishini kuchaytiradi.
Diuretiklar, allopurinol, oksifenbutazon, fenilbutazon, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va naychalar sekretsiyasini bloklovchi boshqa dori vositalari, qonda amoksitsillinning kontsentratsiyasini oshiradi.
Allopurinol teri toshmalarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi (qusish va diareya oqibati).
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari, suv-elektrolit muvozanatini tutib turish uchun dori vositalari; gemodializ.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kursli davolashda qon yaratish a'zolari, jigar va buyrak funktsiyasining holatini nazorat qilish kerak.
Unga sezgir bo‘lmagan mikrofloraning o‘sishi hisobiga superinfektsiya rivojlanishi mumkin, bu antibakterial davolashni tegishli ravishda o‘zgatirishni talab qiladi.
Sepsisi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida bakterioliz reaktsiyasi (Yarish–Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin (kam) hollarda.
Penitsillinlarga yuqori sezgir patsiyentlarda boshqa beta-laktam antibiotiklar bilan kesishgan allergik reatsiyalar bo‘lishi mumkin.
Yengil diareyani davolashda, davolash kursi fonida ichaklar peristaltikasini pasaytiruvchi diareyaga qarshi dori vositalaridan saqlanish kerak; koalin yoki attapulgit saqlovchi diareyaga qarshi dori vositalarini ishlatish mumkin. Og‘ir diareyada shifokorga murojaat qilish kerak.
Kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan so‘ng davolashni yana 48-72 soat davom ettirish shart.
Estrogen saqlovchi peroral kontratseptivlar va amoksitsillin bir vaqtda qo‘llanganida imkon boricha kontratseptsiyaning boshqa yoki qo‘shimcha usullarini ishlatish kerak.
Chiqarilish shakli
5,1 g (125 mg/5ml), 6,6 g (250 mg/5 ml), 12 g (500 mg/5 ml) kukun jigarrang rangli shisha flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshig‘i bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Suspenziya tayyorlangandan so‘ng muzlatgichda +2°S dan +8°S gacha haroratda 14 kundan ortiq saqlanmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Laboratoriya Innotek Internasional
22 avenyu Aristid Brian, 94110 Arkey, Frantsiya
Ishlab chiqaruvchi
Innotera Shuzi
Ryu Rene Shantero, L, Isl Ver, 41150 Shuzi-Syur-Sis, Frantsiya
www.innotech@innotech.ru
ANTIBIOTIKLAR HAQIDA NIMANI BILISH KERAK.
Antibiotiklar bakteriyalar chaqirgan infektsiyalar bilan kurashda samarali. Antibiotiklar viruslar chaqirigan infektsiyalarda yordam bermaydi.
Faqat shifokor aniq kasallikda qanday antibiotik kerakligini aniqlashi mumkin.
Antibiotikning dozasi yoki davolash kursining davomiyligini noto‘g‘ri tanlash, kasallikni surunkali kechishiga, bakteriyalarni aniq antibiotikka chidamliligini (sezgir emasligi, chidamliligi) shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Agar Siz
• dozasiga
• qabul qilish tartibiga
• davolash kursining davomiyligiga
rioya qilmasangiz, chidamli bakteriyalar paydo bo‘lishiga, sog‘ayishni kechikishiga yoki xatto bu preparatning samaradorligini pasayishiga olib kelgan bo‘lasiz.
Demak, preparatning samaradorligini ta'minlash uchun
1)antibiotiklarni faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish,
2)shifokorning ko‘rsatmasiga qat'iy rioya qilish,
3)shifokorning ko‘rsatmasisiz antibiotikni takroran ishlatish mumkin emas, xatto belgilar sizga tanish bo‘lsa xam.
4)antibiotikning boshqa shaxslarga berish qat'iyan taqiqlanadi ularning kasalliklariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Davolash kursini tamomlab, qolgan preparatni to‘g‘ri va muvofiq yo‘qotish uchun barcha boshlangan qutilarni farmatsevtga olib keling.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.