Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xikontsil kaps. 250mg №16
Nomi | Narx | |||||
Хиконцил капс. 250мг. №16 (V39115##2 266) |
UZS 24 800
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Хиконцил капс. 250мг. №16 (V39115##2 274) |
UZS 24 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амоксициллин
Страна производитель
Словения
Дозировка
250 мг
Производитель
Krka d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xikontsil
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Amoksitsillin
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda amoksitsillin trigidrati 292,74 mg yoki 585,48 mg (250 mg yoki 500 mg amoksitsillinga ekvivalent);
yordamchi moddalar kolloidli suvsiz kremniy dioksidi, magniy stearati.
Kapsula qobig‘ining tarkibi
kapsula qopqoqchasi jelatin, titan dioksidi (E171), azorubin bo‘yovchisi (karmuazin) (E122), indigo karmin FD&S ko‘k 2 bo‘yovchisi, Ye-132.
kapsula korpusi jelatin, titan dioksidi (E171), temir (II) oksidi bo‘yovchisi (E171), temir (III) oksidi bo‘yovchisi (E172).
Ta'rifi qattiq, tiniq bo‘lmagan jelatinli kapsulalar (250 mg kapsulalar №2, 500 mg (kapsulalar №0), kapsula korpusi pushti rangda, kapsula qopqoqchasi jigarrang rangda. Kapsula ichidagi modda oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan mayda granulalangan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotik – yarimsintetik penitsillin.
Kod ATX J01CA04.
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Yarimsintetik penitsillinlar guruhiga mansub, keng ta'sir doirasiga ega antibakterial bakteritsid ta'sir etuvchi kislotaga chidamli vosita. Transpeptidazani ingibitsiya qiladi, bo‘linishi va o‘sish davrida peptidoglikan (hujayra devorining tayanch oqsili) sintezini buzadi, bakteriyalar lizisini chaqiradi. Aerob grammusbat bakteriyalar Staphylococcus spp. (penitsillinazni ishlab chiqaruvchi shtammlaridan tashqari), Streptococcus spp., Listeria monocytogenes, Enterococcus faecalis va aerob grammanfiy bakteriyalar Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Haemophilus influenzae, Escherichia coli, Shigella spp., Salmonella spp, Helicobacter pylori larga nisbatan faol. β-laktamazani ishlab chiqaradigan mikroorganizmlar amoksitsillin ta'siriga rezistent.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – tez, yuqori (93%), ovqat qabul qilish so‘rilishiga ta'sir ko‘rsatmaydi, me'daning kislotali muhitida parchalanmaydi. 250 mg va 500 mg dozada ichga qabul qilinganda, maksimal kontsentratsiyasi muvofiq ravishda – 5 mkg/ml va 10 mkg/ml ni tashkil etadi. Og‘iz orqali qabul qilingandan keyin maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 1-2 soat. Katta taqsimlanish hajmiga ega – yuqori kontsentratsiyalari plazma, bronxial sekret (yiringli bronxial sekretda taqsimlanishi kuchsiz), jigar, limfa tugunlari, bachadon, tuxumdonlar, burun oldi bo‘shliqlari, plevral va peritoneal yoshi suyuqliklar, so‘lak va ko‘z suyuqliklari, siydik, teri pufakchalari tarkibida, o‘pka to‘qimasi, ichak shilliq qavatida, o‘rta quloq va burun oldi bo‘shliqlari suyuqligida, suyaklar, yog‘ to‘qimasi, o‘t pufagi (o‘t yo‘llari o‘tkazuvchanligi normal bo‘lganda kontsentratsiyasi plazmadagiga qaraganda 10 marta ko‘p), homila to‘qimalarida aniqlanadi. Dozasi 2 marta oshirilganda kontsentratsiyasi ham ikki marta ortadi. Amniotik suyuqlikda va kindik qon tomirlarida amoksitsillinning kontsentratsiyasi homilador ayol plazmasidagi darajasining taxminan 50% ni tashkil etadi. Gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, miya pardalari yallig‘langanda (meningit), orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi plazmadagi darajasiga nisbatan 20% gacha oshadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 15-25%.
Faol bo‘lmagan metabolitlarni hosil bo‘lishi bilan qisman (10-20%) metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri – 1-15 soat. 50-70% o‘zgarmagan holda buyrak orqali kanalchalar ekskretsiyasi (80) va kalavalar filtratsiyasi (20%) yo‘li bilan; jigar orqali (10-20%) chiqib ketadi. Oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi. Buyrak funktsiyasini buzilganda (kreatinin klirensi ≤15 ml/min) yarim chiqarilish davri 8,5 soatgacha ortadi. Amoksitsillin gemodializda chiqarib yuboriladi.
Qo‘llanilishi
Xikontsil kattalar va bolalardagi quyidagi infektsion kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi
-O‘tkir bakterial sinusit
-O‘tkir o‘rta quloq otiti
-O‘tkir streptokokkli tonzilit va faringit
-Surunkali bronxitni zo‘rayishi
-Kasalxonadan tashqari pnevmoniya
-O‘tkir sistit
-Homiladorlikdagi simptomsiz bakteriuriya
-O‘tkir piyelonefrit
-Tifoidli va paratifoid isitma
-Tarqaladigan sellyulit bilan kechuvchi dental abstsess
-Protezlangan bo‘g‘im infektsiyasi
-Helicobacter pylori eradikatsiyasi
-Laym kasalligi
Xikontsil endokarditni oldini olishda ham ko‘rsatilgan.
Antibakterial preparatlarni tegishli ravishda qo‘llash bo‘yicha mahalliy rasmiy qo‘llanmalarni e'tiborga olish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Xikontsilni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Kapsulalarni butunligicha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilish kerak. Xikontsil bilan davolanish paytda, patsiyentlarga odatdagidan ko‘proq suyuqlik qabul qilish tavsiya qilinadi.
Doza, qabul qilishlar soni va davolash davomiyligini
-infektsiya qo‘zg‘atuvchisining sezgirligi va infektsion jarayonni joylashishi;
-kasallik va patsiyentning holati (yoshi, tana vazni va buyraklar funktsiyasi) ga qarab muvofiqlashtirish lozim.
Davolash davomiyligi infektsiyaning turi va patsiyentning reaktsiyasiga qarab, aniqlanishi kerak. Ayrim infektsiyalar uzoqroq vaqt davomida davolashni talab etadi.
Kattalar va tana vazni 40 kg dan ortiq bolalar
O‘tkir bakterial sinusit, homiladorlik vaqtdagi simptomsiz bakteriuriya, o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir sistit, kengaygan sellyulit bilan kechuvchi tish abstsessi
250 mg dan 500 mg gacha sutkada 3 marta yoki 750 mg dan 1000 mg gacha sutkada 2 marta buyuriladi.
Og‘ir infektsiyalarda 750 mg dan 1000 mg gacha sutkada 3 marta buyuriladi.
O‘tkir sistitni 3000 mg dan sutkada 2 marta 1 kun davomida qo‘llab davolash mumkin.
O‘tkir o‘rta quloq otiti, o‘tkir streptokokkli tonzillit va faringit, surunkali bronxitni zo‘rayishi 500 mg sutkada 3 marta, 750 mg dan 1000 mg gacha sutkada 2 marta.
Og‘ir infektsiyalarida 750 mg da 1000 mg gacha sutkada 3 marta 10 kun davomida.
Kasalxonadan tashqarigi pnevmoniya 500 mg dan 1 g gacha har 8 soatda.
Qorin tifi va paratif 500 mg dan 2 g gacha har 8 soatda.
Protezlarning tutashgan joyidagi infektsiyalar 500 mg dan 1 g gacha har 8 soatda.
Laym kasalligi (borrelioz)
Kattalar va tana vazni 40 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar ilk bosqichi 500 mg – 1000 mg sutkada 3 marta, 14 kun davomida (10 kundan 21 kungacha); kechki bosqichi 500 mg – 2000 mg sutkada 3 marta, maksimum sutkada 6 g dozada 10 kundan 30 kungacha davr davomida qo‘llanadi.
O‘n ikki barmoqli ichak yoki me'da yarasi kasalligi bo‘lgan bemorlarda Helicobacter pylori eradikatsiyasi (har doim boshqa preparatlar bilan majmuada)
Kattalarga 750 mg dan 1000 mg gacha sutkada 2 marta 7 kun davomida buyuriladi.
Bakterial endokarditni oldini olish
Kattalarga jarrohlik aralashuvidan yarim yoki 1 soat oldin 3 g qabul qilish tavsiya qilinadi.
Tana vazni 40 kg dan kam bo‘lgan bolalar
Bolalar Xikontsil kaspulalari yoki peroral suspenziyalari bilan davolanishlari mumkin.
Olti oylikkacha bo‘lgan bolalarga Xikontsil suspenziyalari tavsiya etiladi.
Tavsiya qilingan dozalar
O‘tkir bakterial sinusit, o‘tkir o‘rta quloq otiti, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o‘tkir sistiti, o‘tkir piyelonefrit, kengaygan sellyulit bilan kechuvchi tish abstsessi kuniga 20 mg/kg dan 90 mg/kg gacha bo‘lingan dozalarda sutkada 3 marta.
O‘tkir streptokokkli tonzillit va faringit sutkada 40 mg/kg dan 90 mg/kg, bo‘lingan dozalarda sutkada 3 marta.
Qorin tifi va paratif kuniga 100 mg/kg bo‘lingan dozalarda, sutkada 3 marta.
Bakterial endokarditni oldini olish peroral 50 mg/kg – muolajadan oldingi bir martalik doza holida buyuriladi.
Laym kasalligi (borrelioz) ilk bosqichi kuniga 25 mg/kg dan 50 mg/kg dozada, sutkada
3 marta, 10 kundan 21 kungacha; kechki bosqichi kuniga 100 mg/kg dozada, sutkada 3 marta 10 kundan 30 kungacha vaqt davomida buyuriladi.
Keksalar
Dozalarni o‘zgartirish zarur emas deb hisoblanadi.
Buyrak yetishmovchiligi
O‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan 30 ml gacha) amoksitsillinni maksimum 500 mg dan sutkada 2 marta qabul qilish tavsiya etiladi, og‘ir buyrak yetishmovchiligida esa (kreatinin klirensi < 10 ml/min) maksimum kuniga 500 mg amoksitsillin buyuriladi.
Gemodializ olayotgan patsiyentlarda amoksitsillin gemodializ yordamida qon oqimidan chiqarib yuborilishi mumkin. Bir martalik sutkalik doza 15 mg/kg. Gemodializgacha
15 mg/kg va gemodializdan keyin 15 mg/kg bir martalik qo‘shimcha dozalar tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligi
Ehtiyotkorlik bilan dozalash va muntazam intervallarda jigar funktsiyasini nazorat qilib turish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tez kuzatilib turadigan nojo‘ya reaktsiyalar, diareya, ko‘ngil aynishi va teri toshmalari hisoblanadi.
Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)
-diareya va ko‘ngil aynishi
-eritematoz va makulopapulez toshmalar
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)
-qusish
-eshakemi, qichishish
Kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)
-chidamli mikroorganizmlar bilan kechadigan og‘ir infektsiyalar (umumiy buzilishlar, yuborish joyidagi reaktsiyalar)
Juda kam hollarda (≥1/10000)
-teri va shilliq qavatlar kandidozi
-tranzitor anemiya, trombotsitopeniya, eozinofiliya, neytropeniya, gemolitik anemiya
-qon ketishi vaqti va protrombin vaqtini uzayishi
-og‘ir allergik reaktsiyalar, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, zardob kasalligi va allergik vaskulit.
-es-xushni chalkashishi, tirishishlar (preparatni juda yuqori dozasini olgan patsiyentlarda), giperkineziya
-gallyutsinatsiyalar
-stomatit, ezofagit, davolash qiyin diareya (psevdomembranoz kolitda davolanishni to‘xtatishi kerak), qora tukli til
-transaminazalar va bilirubin darajasini ortishi, gepatit, xolestatik sariqlik
-interstitsial nefrit, kristalluriya
-bronxospazm
-teri reaktsiyalari, zaharli epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, eritema, eksfoliativ dermatit.
Noma'lum
-Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Faol substantsiyaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
-Anamnezda xar qanday boshqa beta-laktam preparat (masalan sefalosporin, karbapenem yoki monobaktam) ga tez avj oluvchi og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Probenetsid probenetsidni bir vaqtda qo‘llanishi safro tarkibida amoksitsillinning darajasini oshiradi. Probenetsid kanalchalarida sekretsiyani susaytiradi.
Allopurinol bilan bir vaqtda buyurilishi teri tashlashini rivojlanish xavfi oshadi.
Metotreksat metotreksatning klirensi kamayib, zaharliligi ortadi.
Amoksitsillinni bakteriostatik antibiotiklar (makrolidlar, tetratsiklinlar, xlorfenikol) va boshqa beta-laktam antibiotiklar (tsefalosporinlar, monobaktamlar, penemlar) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bakteriostatik ta'sirga ega antibiotiklar amoksitsillinning samarasini pasaytiradi.
Peroral antikoagulyantlar amoksitsillin bilan birgalikda qo‘llanilganda antikoagulyantlarning ta'siri kuchayadi, bu qon ketishlarni chaqirishi mumkin. Peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak bo‘lib qolishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalar
Penitsillinlar, boshqa β-laktam antibiotiklar va sefalosporinlarga kesishgan yuqori sezuvchanlik extimoli mavjud, lekin bunday xolatlar juda ham kam kuzatiladi. Amoksitsillin bilan davolash allergik reaktsiyalarga olib kelgan hollarda, antibiotikni qabul qilishni bekor qilish va tegishli davolashni o‘tkazish kerak.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishida, qo‘llash usuli bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq dozalar orasidagi intervalni uzaytirish tavsiya etiladi.
Tirishishlar
Tirishishlar buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda va preparatni yuqori dozada qabul qilayotgan patsiyentlarda yoki tirishishlarni rivojlanishiga moyil bo‘lgan patsiyentlarda (tutqanoq xurujlari, tutqanoqni davolash yoki anamnezida meningeal buzilishlar) yuz berishi mumkin (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang).
Teri reaktsiyalari
Davolashni boshida isitma va pustulalarni hosil bo‘lishi bilan kechadigan tarqalgan eritmani rivojlanishi o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (UTEP) ning potentsial simptomi hisobalandi (nojo‘ya ta'sirlar bo‘limiga qarang). Bunday reaktsiya amoksitsillin bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va amoksitsillinni keyinchalik yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.
Agar infuzion mononukleozga shubha paydo bo‘lgan hollarda, amoksitsillin bilan davolashdan saqlanish kerak, chunki, ushbu ko‘rsatilgan kasallik fonida amoksitsillin qo‘llanilgandan keyin qizamiqsimon toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan.
Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi
Laym kasalligini amoksitsillin bilan davolash fonida Yarish-Geksgeymer reaktsiyasi holatlari kuzatilgan (nojo‘ya ta'sirlar bo‘limiga qarang). Bu reaktsiya Laym kasalligini qo‘zg‘atuvchisi - Borrelia Burgdorferi spiroxetasiga nisbatan amoksitslinning bakteritsid faolligi bilan bog‘liq. Patsiyentlar ushbu simptomlar, antibiotiklar Laym kasalligida qo‘llanishining tipik oqibatlari ekanligi to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari kerak.
Sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning haddan ziyod ko‘payishi
Uzoq muddatli davolash sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning xaddan tashqari ko‘payib ketishiga olib kelishi mumkin.
Deyarli barcha antibakterial vositalarni qo‘llaganda antibiotik bilan asotsiatsiyalangan kolit rivojlanishi mumkin va uning kechish og‘irligi yengildan hayotga havf soladigan darajagacha o‘zgarishi mumkin (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang). Shuning uchun qandaydir antibiotik qo‘llangandan keyin diareya bilan murojaat qilgan patsiyentlarda ushbu tashxisni hisobga olish muhimdir.
Agar amoksitsillinni qabul qilayotganda antibiotik bilan bog‘liq kolit rivojlansa, preparatni qo‘llash zudlik bilan to‘xtatilishi va tegishli davolash boshlanishi kerak.
Bunday vaziyatda antiperistaltik dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.
Uzoq muddatli davolash
Uzoq muddat davomida davolash vaqtida har xil a'zolar tizimi, shu jumladan buyrak, jigar va qon yaratuvchi a'zolar tizimining funktsiyalarini vaqti-vaqti bilan baholab turish tavsiya etiladi.
Jigar fermentlari darajasini ortishi va gematologik ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi kuzatilgan (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang).
Antikoagulyantlar bilan davolash
Kam holatlarda amoksitsillinni qabul qilish fonida protrombin vaqtining uzayishi kuzatilgan. Antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda muvofiq monitoring qilish shart.
Istalgan antikoagulyatsiyaning darajasiga erishish uchun oral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta'siri va Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limlariga qarang).
Kristalluriya
Diurezi pasaygan patsiyentlarda, juda kam hollarda, preparat asosan parenteral qo‘llanilganda kristalluriyani rivojlanishi to‘g‘risida xabarlar bor. Amoksitsillinni yuqori dozalarda yuborish vaqtida amoksitsillin bilan assotsiatsiyalangan kristalluriyani yuz berishi extimolini pasaytirish maqsadida, yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilish va adekvat diurezni saqlab turish tavsiya etiladi. Qovuqqa o‘rnatilgan kateteri bo‘lgan patsiyentlarda, uning o‘tkazuvchanligini muntazam nazorat qilish turish shart (Nojo‘ya ta'sirlari va
Dozani oshirib yuborilishi
bo‘limlariga qarang).
Preparatning diagnostik tekshiruvlari natijalariga ta'siri
Amoksitsillinning qon zardobi va siydikdagi darajasini ortishi ba'zi laborator sinovlar natijasiga ta'sir etishi mumkin. Kimyoviy usullardan foydalanilganda siydikda amoksitsillinning yuqori kontsentratsiyasi ko‘pincha tekshirishlarining soxta musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin.
Amoksitsillin bilan davolash paytida siydikda glyukoza miqdorini glyukooksidaza bilan o‘tkaziladigan fermentativ usullar yordamida baholash tavsiya etiladi. Amoksitsillinning borligi homiladorlarning qonida estriolni aniqlash natijalarini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Dori vositasining transport vositasi yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish olish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xos xususiyatlari amoksitsillinni avtomobilni yoki boshqa mexanik vositalarini boshqarishga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv zaxarlilik nuqtai nazardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zararli ta'sirini aniqlamadi. Odamda homiladorlik davrida amoksitsillinni qo‘llash to‘g‘risidagi ma'lumotlar cheklanganligi tufayli tug‘ma rivojlanish nuqsonlarini yuz berishining yuqori xavfi borligini ko‘rsatmaydi. Amoksitsillin homiladorlik davrida, agar davolash bilan bog‘liq bo‘lgan potentsial foyda potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llanilishi mumkin.
Emizish
Amoksitsillin oz miqdorlarda ko‘krak sutiga ekskretsiya qilinishi mumkin, bu esa bolada sensibilizatsiya holatlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun emizishda bolalarda diareya va shilliq qavatlarning zamburug‘li infektsiyasi rivojlanishi mumkin va emizishni to‘xtatilishi talab etilishi mumkin. Amoksitsillin, davolovchi shifokor tomonidan foyda/xavf nisbati baholangandan so‘ng, emizish davrida qo‘llanilishi mumkin.
Fertillik
Amoksitsillinning odam fertilligiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlar o‘tkazilgan reproduktiv faoliyatini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar preparatning fertillikka hech qanday ta'sirini aniqlamadi.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Amoksitsillinni avtomobilni yoki boshqa mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi
ning simptomlari va belgilari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi) va suv-elektrolit balansi buzilishi kuzatilishi mumkin. Ba'zi hollarda buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi amoksitsillin krisalluriya kuzatilgan. Buyrak funktsiyasi buzilgan va preparatni yuqori dozalarda qabul qilayotgan patsiyentlarda tirishishlar yuz berishi mumkin. (
Maxsus ko‘rsatmalar
va Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limlariga qarang).
Davolash simptomatik. Odatda buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarda, yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilinganida, asoratlar kelib chiqmaydi. Buyrak yetishmovchiligida amoksitsillinni chiqarib yuborish uchun gemodializ tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
250 mg va 500 mg dan kapsulalar.
8 kapsuladan PVX-alyuminiy folgali blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.