Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аmoksitsillin tabletkalar 0,25 g №10 Radiks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амоксициллин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
250 мг
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ampitsillin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ampitsillin (ampitsillin trigidrati ko‘rinishida).
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda ampitsillin trigidrati - 250 mg yoki 500 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, magniy stearati yoki stearin kislotasi yoki kaltsiy stearati, tal'k.
Ta’rif oq yoki oq rangli sarg‘ish tusli yassi silindrik, faska va riska bilan, o‘ziga hos hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).
Kod ATX J01CA01
Farmakologik xususiyatlari
Preparat – keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan yarimsintetik penitsillinlar guruhiga mansub antibiotik. Mikroorganizmlar hujayrasi devori sintezini bostirib bakteritsid ta'sir qiladi. Penitsillinaza ta'sirida parchalanadi. Kislotaga chidamli.
Preparatga penitsillinaza ishlab chiqarmaydigan Streptococci A, B, C, F, G; Str.pneumoniae va quyidagi mikroorganizmlar L.monocytogenes, Corynebacterium diphtheriae, Erysipelothrix rhusopathiae, Eikenella, N.meningitidis, Bordetella pertussis, Clostridium spp., Propioniobacterium acnes, Peptostreptococcus spp., Actinomyces spp., Leptospira spp., Treponema doimo sezgir; Enterococcus faecalis, E.coli, Proteus mirabilis, Salmonella spp., Vibrio cholerae, H.influenzae, N.gonorrhoeae, Fusobacterium spp., Prevotella lar doimiy sezgir emas.
Preparatga chidamli mikroorganizmlar Staphylococcus spp., B.catarrhalis, Klebsiella spp., Enterobacter spp., C.diversus, C.freundii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Morganella morganii, Y.enterocolitica, Pseudomonas spp., Acinetobacter spp., Xanthomonas spp., Flavobacterium spp., Alcaligenes spp., Nocardia spp., Campylobacter spp., Legionella pneumophila, Mycobacterium spp., Bacteroides spp., Mycoplasma spp., Chlamydia spp.
Farmakokinetikasi
Preparat ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Plazmadagi eng yuqori miqdoriga tahminan 1,5-2 soatdan keyin erishiladi. Organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga kiradi, terapevtik dozalarda plevral, peritoneal va sinovial suyuqliklarida, o‘t-safroda aniqlanadi. Preparat yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ona sutiga chiqariladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2) tahminan 1 soat, anuriyada bu davr 12-20 soatgacha uzayadi. Preparatning asosiy qismi organizmdan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun siydikda antibiotikning juda yuqori miqdori hosil bo‘ladi. Preparat qayta yuborilganida, organizmda to‘planib qolmaydi, bu uni katta dozalarda va uzoq vaqt qabul qilishga imkoniyat beradi.
Qo‘llanilishi
Bakterial infektsiyalar bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, salmonellalarni uzoq vaqt tashuvchilik, xoletsistit, ko‘kyo‘tal, piyelonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, ginekologik infektsiyalar, quloq, burun, tomoq infektsiyalari, odontogen infektsiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi infektsiyalarda, sutkalik dozasi kattalar uchun 2-3 g, og‘ir infektsiyalarda – 10 g, meningitda – 14 g ni tashkil qiladi. Bolalarga preparat 50-100 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza 0,25-0,75 g, 1 yoshdan 6 yoshgacha – sutkalik doza 0,75-1,5 g, 6 yoshdan 15 yoshgacha – 1,5-2 g ni tashkil qiladi. Sutkalik dozani 2-4 qabulga, menigitda 6-8 qabulga bo‘linadi. Gonokokkli uretrit bundan istisno, unda 3,5 g preparat ichga bir qabulda bir marta buyuriladi. Preparat ovqatdan 0,5-1 soat oldin qabul qilinadi. Davolash kursining muddati odatda 5-10 kun, o‘tkir piyelonefritda 2-3 hafta, surunkali piyelonefritda 6 oydan oshiqni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (eshakemi, eritema, Kvinke shishi, rinit, kon'yunktivit; kam hollarda - isitma, bo‘g‘imlarda og‘riqlar, eozinofiliya; juda kam hollarda - anafilaktik shok). Markaziy nerv tizimiga zaxarli ta'siri (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yuqori dozalarda qo‘llanganda), dispepsik ko‘rinishlar (diareya, ko‘ngil aynishi, qusish) kandidoz, ichak disbakteriozi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mutlaq penitsillin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari, miasteniya, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, preparatga sezgir bo‘lmagan shtammlar, ayniqsa psevdomonadalar va stafilokokklar chaqirgan infektsion kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.
Nisbiy sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezda allergiya, bronxial astma, pichan tumovi yoki eshakemini bo‘lishi, infektsion mononukleozdagi, limfoleykozdagi ikkilamchi infektsiyalar, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bakteriostatik antibiotiklar (tetratsiklin, xloramfenikol, eritromitsin va boshqalar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘zaro antagonizm yuzaga keladi. Aminoglikozid antibiotiklari bilan mikroblarga qarshi samaradorligida sinergizm kuzatiladi. Probenitsidni birga buyurish, preparatni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi va uning qon zardobidagi miqdorini oshishiga olib keladi, allopurinol bilan esa - preparatning metabolizmini sekinlashtiradi va teri toshmasining paydo bo‘lish tez-tezligini oshiradi. Kam hollarda preparat peroral kontratseptivlarning ta'sirini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lgan holda preparat qabul qilishni to‘xtatish va desensibilizatsiyalovchi davolashni o‘tkazish kerak. Preparat sepsisli bemorlarda qo‘llanganida bakterioliz reaktsiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin. Holsizlangan bemorlarni uzoq vaqt davolanganda preparatga chidamli mikroorganizmlar (achitqisimon zamburug‘lar, grammanfiy mikroorganizmlar) chaqirgan superinfektsiyani rivojlanishi mumkin. Bu bemorlarga preparat bilan davolash davrida V guruhi vitaminlarini va S vitaminini, buyurish, zarurati bo‘lganda, nistatin va levorinni berish maqsadga muvofiqdir. Bronxial astmada, pichan isitmasida va boshqa allergik kasalliklarda, zarur hollarda preparat bilan bir vaqtda desensibilizatsiya qiluvchi vositalar buyuriladi. Preparatni homilador va emizikli ayollarga, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Buyraklar, jigar faoliyatini va qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 250 mg va 500 mg kontur uyali va kontur uyasiz o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol KFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy.
Tel (0369) 224-67-22
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.