Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zitmak taqsim 16g suspenziya tayyorlash uchun 15ml, erituvchi bilan. 9ml
Zitmak taqsim 16g suspenziya tayyorlash uchun 15ml, erituvchi bilan. 9ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Азитромицин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
200мг/5мл 30мл
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Zitmak
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Azitromitsin (azitromitsin digidrati ko‘rinishida).
Dori shakli
Suspenziya tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
Faol modda Azitromitsin digidrat (447,02 mg, 768 mg yoki 1392 mg azitromitsinga ekvivalent).
Yordamchi moddalar shakar kukuni, natriy fosfati digidrati, gidroksipropil sellyuloza, Xantan Gum, bananli aromatizator, olchali aromatizator.
Ta'rifi Banan va olcha xidli, oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibiotiklar (makrolidlar guruhi).
ATX kodi J01FA10
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Yangi makrolid antibiotiklarning yangi guruhi - azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori kontsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi.
Preparatga grammusbat kokklar Streptococcus pneumoniae, St. pyogenes, St.agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, St. viridans; Staphylococcus aureus, grammanfiy bakteriyalar Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.rarapertussis, Legionella pneumophila, H.ducrei, Campylobacter jejuni, Neisseria gonorrhoeae va Gardnerella vaginalis; ayrim anaerob mikroorganizmlar Bacteroides bivius, Clostridium perfringens, Peptostreptococcus spp; shuningdek Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi sezgir. Eritromitsinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol emas.
Farmakokinetikasi
Preparat me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bu uni kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog‘liq. Ichga 500 mg qabul qilinganidan keyin, azitromitsinning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 2,5-2,96 soat o‘tgach erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokirishaolishligi 37% tashkil qiladi.
Azitromitsin nafas yo‘llariga, urogenital yo‘llarining a'zolari va to‘qimalariga (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to‘qimalarga yaxshi kiradi. To‘qimalardagi yuqori kontsentratsiyasi (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining (T1/2) uzoqligi azitromitsinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog‘lanishi, hamda uni eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va rN past bo‘lgan, lizosomalar atrofidagi muhitda ko‘proq to‘planishi bilan bog‘liq. Bu o‘z navbatida, katta ehtimoliy taqsimlanish hajmini (31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Azitromitsinni ko‘proq lizosomalarda to‘planish qobiliyati, ayniqsa hujayra ichki qo‘zg‘atuvchilarini eliminatsiyasi uchun muhim. Fagotsitlar azitromitsinni infektsiya joyiga yetkazib berishi, u yerda uning fagotsitoz jarayonida ajralib chiqishi isbotlangan. Azitromitsinning kontsentratsiyasi infektsiya o‘chog‘ida, sog‘lom to‘qimalarga nisbatan (o‘rtacha 24-34% ga) ishonarli yuqori va yallig‘lanish shishi darajasi bilan to‘g‘ri qiladi. Fagotsitlardagi yuqori kontsentratsiyasiga qaramay, azitromitsin ularning faoliyatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Azitromitsin yallig‘lanish o‘choqlarida bakteritsid kontsentratsiyalarda, oxirgi qabul qilingan dozadan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Asosan jigarda nofaol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi.
Azitromitsin qon plazmasidan 2 bosqichda chiqariladi T1/2qabul qilingandan keyin 8 dan 24 soat oralig‘ida 14-20 soatni va 24 dan 72 soat oralig‘ida - 41 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 1 marta qo‘llash imkonini beradi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari
- nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari va LOR-a'zolarining (angina, sinusit, tonzillit, o‘rta otit) infektsiyalari;
- skarlatina;
- nafas yo‘llarining quyi bo‘limlarining (bakterial va tipik pnevmoniyalar, bronxit) infektsiyalari;
- teri va yumshoq to‘qimalarning (o‘rtacha og‘irlikdagi husunbuzar (Ance Vulgaris) toshmasi, saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar) infektsiyalari;
- urogenital yo‘llarining infektsiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);
- Layma kasalligi (borrelioz), boshlang‘ich bosqichini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Suspenziyani tayyorlash usuli
Suspenziyani kukunni distillangan yoki qaynatilgan suvda eritish yo‘li bilan tayyorlanadi.
20 ml suspenziyani tayerlash uchun (nominal hajm), 400 mg miqdoridagi azitromitsin saqlovchi flakonga (Zitmak®100, 19 g) 10 ml suv qo‘shiladi (asl hajmi - 30 ml suspenziya).
15 ml suspenziyani tayerlash uchun (nominal hajm), 600 mg miqdoridagi azitromitsin saqlovchi flakonga (Zitmak®200, 16 g) 9 ml suv qo‘shiladi (asl hajmi - 20 ml suspenziya).
30 ml suspenziyani tayyorlash uchun (nominal hajm), 1200 mg miqdoridagi azitromitsin saqlovchi flakonga (Zitmak®200, 29 g) 15 ml suv qo‘shiladi (asl hajmi - 35 ml suspenziya).
Har bir flakonda preparatni flakondan to‘liq olish maqsadida, kurs dozadan suspenziya 5 ml ga ko‘proq bo‘lishi kerak.
Dozalash uchun qoshiq yoki shprits yordamida kerakli xajmdagi suv o‘lchab olinadi va kukun saqlovchi flakonga qo‘shiladi. Qabul qilishdan oldin flakon bir hil suspenziyaning hosil bo‘lguncha yaxshilab chayqatiladi.
Bir turdagi suspenziya 5 ml da 100 mg (Zitmak®100) va 200 mg (Zitmak®200) azitromitsin saqlaydi.
Preparat ichga sutkada 1 marta buyuriladi. Suspenziyani ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilinadi.
Bola tana vazniga qarab quyidagi dozalash sxemalari tavsiyalanadi
Nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining, teri va yumshoq to‘qimalarning (surunkali migratsiyalanuvchi eritemadan tashqari) infektsiyalarida, bolalarga sutkada 10 mg/kg tana vazniga 1 marta/sut 3 kun davomida, kurs dozasi - 30 mg/kg.
Surunkali migratsiyalanuvchi eritemada bolalarga birinchi kuni 20 mg/kg tana vazniga, so‘ngra 2 dan 5 kunlari – xar kuni 10 mg/kg tana vazniga, kurs dozasi - 60 mg/kg.
Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan me'da va 12 barmoqli ichak kasalliklarida tana vazniga 20 mg/kg nisbatda bir kunda bir marta antisekretor vositalari va boshqa dori vositalari bilan birga belgilanadi (kompleks terapiyasida).
Agar preparat dozasi qabuli o‘tib ketgan bo‘lsa, uni o‘sha zaxoti qabul qilish kerak, keyin keyingi dozalarni 24 soat intervali bilan qabul qilinadi.
Tana vazni 14 kg gacha bo‘lgan bolalarga suspenziyani tana vazni hisobi bilan belgilanadi
Tana vazniZitmak®100, ml da (azitromitsin miqdori, mg)
5 kg2,5 ml (50 mg)
6 kg3,0 ml (60 mg)
7 kg3,5 ml (70 mg)
8 kg4,0 ml (80 mg)
10-14 kg5,0 ml (100 mg)
Boshqa patologiyalarda ham suspenziyani vazni hisobidan kelib chiqqan holda dozalanadi
Tana vazniZitmak®200, ml da (azitromitsin miqdori, mg)
10-14 kg2,5 ml (100 mg)
15-24 kg5,0 ml (200 mg)
25-34 kg7,5 ml (300 mg)
35-44 kg10,0 ml (400 mg)
≥ 45 kg12,5 ml (500 mg)
Tayer suspenziyani dozalash uchun shprits yoki o‘lchov qoshig‘i ishlatiladi.
Suspenziya bevosita qabul qilinganidan keyin og‘izdagi suspenziyani qoldiqlarini yuvib va yutib yuborish maqsadida, bolaga bir necha qultum choy yoki sharbat beriladi.
Ishlatilgandan keyin shprits oqava suvda yuviladi, quritiladi va preparat bilan birga saqlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam uchraydi (0,7% va undan kam hollarda).
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan melena, xolestatik sariqlik, ko‘ngil aynashi, qusish, diareya, qabziyat, ishtahani pasayishi, gastrit, jigar fermentlarining faolligini o‘rtacha qayta oshishi.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan nefrit.
Yurak-tomir tizimi tomonidan yurak urishi, ko‘krak qafasida og‘riqlar.
Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, yuqori toliqish; bolalarda – bosh og‘rig‘i (o‘rta otitni davolashda), giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi.
Allergik reaktsiyalar juda kam teri toshmalari, Kvinke shishi, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qichishish, kon'yunktivit, Stivens-Djonson sindromi.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan alohida hollarda – neytrofiliya, eozinofiliya (o‘zgargan ko‘rsatkichlar davolash to‘xtatilganidan keyin 2-3 hafta o‘tgach me'yorga qaytadi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- jigar va buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari;
- azitromitsinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- makrolid guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antatsid vositalar (alyuminiy, magniy saqlovchi), etanol va ovqat qabul qilish azitromitsinning so‘rilishini sezilarli darajada kamaytiradi, shuning uchun preparatni bu preparatlar va ovqat qabul qilishdan kamida 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Azitromitsin, boshqa makrolid antibiotiklaridan farqli ravishda sitoxrom R450 tizimining izofermentlari bilan bog‘lanmaydi. Hozirgi kunda teofillin, terfenadin, karbamazepin, triazolam, digoksin bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Varfarin bilan birga qo‘llashning zarurati bo‘lganida protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi. Makrolidlar ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ularning zaharli ta'sirlari (tomirlarning spazmi, dizesteziya) namoyon bo‘lishi mumkin.
Linkozaminlar azitromitsimnning samarasini pasaytiradi, tetratsiklin va xloramfenikol esa – oshiradi.
Azitromitsin geparin bilan farmatsevtik nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan jigar va buyraklar faoliyatining buzilishlarida qo‘llanadi.
Azitromitsin va antatsid preparatlarini qabul qilish orasida kamida 2 soatlik tanaffusga rioya qilish tavsiya etiladi.
Preparatning bir dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq, keyingilarini esa 24 – soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.
Patsiyentni har qanday nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida shifokorga xabar qilish kerakligi to‘g‘risida ogohlantirish lozim.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yo‘qotish, qusish va diareya.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
«Zitmak®» 200 mg/5 ml, 15 ml suspenziya tayerlash uchun 16 g kukun flakonlarda, komplektida 9 ml erituvchi va 5 ml plastik mikropipetka bilan.
«Zitmak®» 200 mg/5 ml, 30 ml suspenziya tayerlash uchun 29 g kukun flakonlarda, komplektida 15 ml erituvchi va 5 ml plastik mikropipetka bilan.
«Zitmak®» 100 mg/5 ml, 20 ml suspenziya tayerlash uchun 19 g kukun flakonlarda,komplektida 10 ml erituvchi va 5 ml plastik mikropipetka bilan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Tayyor suspenziyani sovutgichda, 2-8°S bo‘lgan haroratda saqlash va 5 kun davomida qo‘llash kerak.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch., 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.