Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fromilid tab. 500mg №14
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кларитромицин
Страна производитель
Словения
Дозировка
500 мг
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fromilid (Fromilid)
Ta'sir etuvchi modda (XPN) klaritromitsin (clarithromycin)
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 250 mg va 500 mg.
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar 125 mg/5 ml
Tarkibi
1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 250 mg yoki 500 mg klaritromitsin
Yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, qayta jelatinlangan kraxmal, kaliy polakrilini, talk, magniy stearati, titan dioksidi, propilenglikol, gipromelloza, temir (II) oksidi bo‘yovchisi (E172).
Ichga qabul qilish uchun 5 ml suspenziya (1 dozalovchi shprits) quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 125 mg klaritromitsin
Yordamchi moddalar karbomer, povidon, gipromelloza ftalati, talk, kanakunjut moyi, ksantan kamedi, banan xushbo‘yi, kaliy sorbati, suvsiz limon kislotasi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, titan dioksidi, saxaroza.
Ta'rifi
Tabletkalar oval, ikki tomonlama qavariq, jigarrangroq sariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun granulalar banan hidli, oq rangdan biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan mayda granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
makrolid antibiotigi.
ATX kodi J01FA09.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Klaritromitsin – makrolidlar guruhiga mansub yarimsintetik antibiotikdir.
50S ribosomal subbirligining R-lokusi bilan bog‘lanib, mikrob xujayrasida oqsil sintezini bostiradi. Asosan bakteriostatik ta'sir qiladi, ayrim hollarda shuningdek bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Sezgir mikroorganizmlar Mycoplasma pneumoniae, Legionella pneumophila, Chlamydia trachomatis va S.pneumoniae, Ureaplasma urealyticum; grammusbat mikroorganizmlar (streptokokklar va stafilokokklar, Listeria monocytogenes, Corynebacterium spp.); grammanfiy mikroorganizmlar (Haemophilis imfluezae va H. ducreyi, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, Neisseria gonorhoeae va N. meningitides, Borrelia burgdorferi, Pasteurella multocida, Camplilobacter spp. va Helicobacter pilori); ayrim anaeroblar (Eubacterium spp., Peptococcus spp., Propionibacterium spp., Clostridium perfringens va Bacteroides melaninogenicus); Toxoplasma gondii va mikobakteriyalar M. tuberculosis dan tashqari.
Klaritromitsindan tashqari, uning metaboliti 14-gidroksiklaritromitsin ham antibakterial samaraga ega, Haemophilus influenzae ga nisbatan klaritromitsinga qaraganda ikki marta faolroq ta'sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Klaritromitsin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Ovqat so‘rilishni sekinlashtiradi, lekin klaritromitsinning biokiraolishligiga jiddiy ta'sir qilmaydi. Klaritromitsinning taxminan 20% darhol, Haemophilus influenzae ga qarshi yaqqol faollikka ega bo‘lgan 14-gidroksiklaritromitsingacha metabolizmga uchraydi. Klaritromitsin organizmning to‘qima va suyuqliklariga oson o‘tadi, u yerda zardobdagi kontsentratsiyasidan deyarli 10 marta yuqori kontsentratsiyasiga erishadi. Yuqori kontsentratsiyalari o‘pkada (8,8 mg/kg), bodomsimon bezlarda (1,6 mg/kg), burun shilliq qavatida, terida, so‘lakda, alveolyar xujayralarda, balg‘amda va o‘rta quloqda aniqlanadi. Klaritromitsinning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past va qaytuvchandir. 250 mg doza qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri 3-4 soatni, 500 mg doza qabul qilinganidan keyin 5 dan 7 soatgachani tashkil qiladi. Klaritromitsinning 10 dan 30% gachasi o‘zgarmagan holda siydik bilan (suspenziya qabul qilinganida 40%), qolgan qismi metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari (tonzillofaringit, o‘tkir sinusit, o‘rta otit);
-quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan, bronxit, pnevmoniya);
-teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari;
-M. avium complex, M. kansasii, M. marinum, M. leprae mikobakteriyalari chaqirgan infektsiyalar; OITS li bemorlarda shu infektsiyalarning oldini olish;
-H.pylori eradikatsiyasi va majmuaviy davolash tarkibida o‘n ikki barmoq ichak yarasining qaytalanish tez-tezligini kamaytirish;
-preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalarni sindirmaslik kerak. Ularni butunligicha, oz miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish kerak.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga odatda har 12 soatda 250 mg buyuriladi. Sinusitlar, og‘ir infektsiyalarni davolash uchun va Haemophilus influenzae chaqirgan infektsiya holida500 mg klaritromitsin har 12 soatda buyuriladi. Davolash kursi 7-14 kunni tashkil etadi.
H.pylori ning eradikatsiyasi uchun, odatda 7 kun davomida, boshqa dori vositalari bilan majmuada 250 mg – 500 mg doza sutkada ikki marta buyuriladi.
12 yoshdan kichik bolalarga odatda suspenziya sutkada tana vazniga 15 mg/kg hisobidan, ikki qabulga bo‘lib beriladi. Suspenziya qabul qilinganidan keyin biroz suyuqlik berish tavsiya qilinadi. Suspenziya mayda granulalar saqlaydi, ularni chaynash mumkin emas, chunki ular achchiq ta'mga ega. Preparatni peroral yuborish uchun dozalovchi shprits taqdim etiladi. Bir to‘ldirilgan shprits 125 mg klaritromitsin saqlovchi 5 ml suspenziya oladi. Har bir ishlatishdan keyin shpritsni yuving.
Pediatriyada preparatning dozasi tana vazniga qarab hisoblanadi. Jadvalda dozalash printsipi keltirilgan
Bolaning tana vazniDoza ml da (shprits)Doza mg da
8 kg2,5 ml (1/2) sutkada 2 marta62,5 mg
16 kg5 ml (1) sutkada 2 marta125 mg
24 kg7,5 ml (1 1/2) sutkada 2 marta187,5 mg
33 kg10 ml (2) sutkada 2 marta250 mg
Davolash kursi odatda 7-14 kun davomida davom etadi.
Mycobacterium avium complex chaqirgan tarqalgan infektsiyani davolash va oldini olish uchun 500 mg preparatni har 12 soatda buyurish kerak. Dozani oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza 2 g ni tashkil qiladi. Bolalarga ikki qabulga bo‘lib, sutkada tana vazniga 15 mg/kg beriladi. Preparatning dozasi har 12 soatda 500 mg dan oshmasligi kerak. Pediatriyada maksimal sutkalik doza 1 g ni tashkil qiladi.
Mycobacterium avium complex chaqirgan infektsiyani davolash uzoq davom etadi.
Buyrak yetishmovchiligida, agar kreatinin klirensi sekundiga 0,5 ml (minutiga 30 ml) dan kamni tashkil qilsa yoki zardobdagi kreatinin 290 mmol/l (3,3 mg/100 ml) dan ortiqni tashkil etsa, dozani 2 marta kamaytirish yoki dozalar orasidagi intervalni 2 marta oshirish kerak.
Suspenziyani tayyorlash
Suspenziyani tayyorlash uchun 42 ml suv kerak bo‘ladi.
Flakonni, undagi granulalar sochilishi uchun oldin chayqating. Flakonga 1/4 hajm suv qo‘shing va granulalar erigunicha chayqating. Suvning qolgan qismini qo‘shing va yaxshilab chayqating. Tayyor suspenziyaning hajmi flakondagi belgi chizig‘iga yetishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klaritromitsin odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kattalar va bolalarni klaritromitsin bilan davolashda eng tez-tez uchraydigan va umumiy nojo‘ya reaktsiyalari qorinda og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish va ta'mni buzilishidir. Bu nojo‘ya reaktsiyalar odatda ahamiyatsiz ifodalangan va makrolid antibiotiklarning xavfsizligini ma'lum bo‘lgan profili bilan to‘g‘ri keladi. Klinik tadqiqotlar vaqtida mikobakterial infektsiyalari bo‘lgan yoki bo‘lmagan patsiyentlar guruhlari orasida bu nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligida ahamiyatli farqlar aniqlanmagan.
Quyida klaritromitsinning turli dori shakllari va dozalaridagi, shu jumladan ta'siri uzaytirilgan, klinik tadqiqotlar vaqtida va postmarketing qo‘llashda paydo bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari keltirilgan. Hech bo‘lmaganda ehtimol klaritromitsin bilan aloqasi bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari a'zolar tizimi bo‘yicha va paydo bo‘lishining tez-tezligi bo‘yicha taqsimlangan. 10% dam ko‘proq - juda tez-tez, 1-10% - tez-tez, 0,1-1% - tez-tez emas va tez-tezligi noma'lum* (postmarketing kuzatuvlarda aniqlangan nojo‘ya reaktsiyalar; mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas). Agar og‘irligini baholash mumkin bo‘lgan bo‘lsa, har bir guruh chegarasida nojo‘ya reaktsiyalar, og‘irligining ko‘rinishlarini kamayib borishi tartibida berilgan.
Infektsiyalar va invaziyalar tez-tez emas – sellyulit1, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi, gastroenterit2, infektsiya3, vaginal infektsiya; tez-tezligi noma'lum - soxtamembranoz kolit, saramasli yallig‘lanish, eritrazma.
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar tez-tez emas - leykopeniya, neytropeniya4, trombotsiteniya3, eozinofiliya4; tez-tezligi noma'lum - agranulotsitoz, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez emas - anafilaktoid reaktsiyalar1, o‘ta yuqori sezuvchanlik; tez-tezligi noma'lum - anafilaktik reaktsiyalar.
Metabolizm va oziqlanish tomonidan buzilishlar tez-tez emas - anoreksiya, ishtahani pasayishi; tez-tezligi noma'lum - gipoglikemiya.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar tez-tez – uyqusizlik; tez-tez emas - xavotirlik, asabiylik3, baqirish3; tez-tezligi noma'lum – psixozlar, ongni chalkashishi, depersonalizatsiya, depressiya, dezoriyentatsiya, gallyutsinatsiyalar, dahshatli tush ko‘rishlar.
Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez - dizgevziya (ta'm sezuvchanligini buzilishi), bosh og‘rig‘i, ta'mni buzilishi; tez-tez emas - xushdan ketish1, diskineziya1, bosh aylanishi, uyquchanlik, tremor; tez-tezligi noma'lum – tirishishlar, agevziya (ta'm sezuvchanligini yo‘qolishi), parosmiya, anosmiya.
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari tez-tez emas - bosh aylanishi, eshitishni yomonlashishi, quloqlarda jaranglash; tez-tezligi nomalum - eshitishni yo‘qolishi.
Kardial buzilishlar tez-tez emas - yurakni to‘xtashi1, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi1, QT intervalini uzayishi, ekstrasistolalar1, yurak urishini his qilish; tez-tezligi noma'lum - piruet turdagi qorinchalar taxikardiyasi (torsades de pointes), qorinchalar taxikardiyasi
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar tez-tez – vazodilatatsiya1; tez-tezligi noma'lum - qon quyilishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan tez-tez emas – astma1, burundan qon ketishi2, o‘pka tomirlarining emboliyasi1.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez - diareya, qusish, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; tez-tez emas – ezofagit1, gastroeeofagial reflyuks kasalligi2, gastrit, proktalgiya2. stomatit, glossit, qorinni dam bo‘lishi4, qabziyat, og‘izni qurishi, kekirish, meteorizm; tez-tezligi noma'lum - o‘tkir pankreatit, til rangini o‘zgarishi, tish rangini o‘zgarishi.
Gepatobiliar tizimini buzilishlari tez-tez - jigarning funktsional sinamalarini normadan og‘ishi; tez-tez emas – xolestaz4, gepatit4, ALT, ACT, GGT darajasini oshishi4; tez-tezligi noma'lum - jigar yetishmovchiligi, xolestatik sariqlik, gepatotsellyulyar sariqlik.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar tez-tez – toshma, gipergidroz; tez-tez emas - bullyoz dermatit1, qichishish, eshakemi, makulo-papulyoz toshma3; tez-tezligi nomalum - Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi medikamentoz teri reaktsiyasi (DRESS), akne, Shenleyn-Genox kasalligi.
Tayanch-harakat tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar tez-tez emas – mushak spazmlari3, skelet-mushak rigidligi1, mialgiya2; tez-tezligi noma'lum – rabdomioliz2 (rabdomiolizni paydo bo‘lishining ayrim xabarlarida klaritromitsin statinlar, fibratlar, kolxitsin yoki allopurinol bilan bir vaqtda qo‘llangan), miopatiya.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez emas - qonda kreatininni oshishi1, qonda mochevinani oshishi1; tez-tezligi noma'lum - buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyi juda tez-tez - yuborilgan joyda flebit1 tez-tez - yuborilgan joyda yallig‘lanish; tez-tez emas - lohaslik, isitma3, asteniya, ko‘krakda og‘riq, etni uvishishi, toliqish.
Laboratoriya tekshiruvlari tez-tez emas - albumin-globulin nisbatini o‘zgarishi1, qonda ishqoriy fosfataza darajasini oshishi4, qonda laktatdegidrogenaza darajasini oshishi4; tez-tezligi noma'lum - xalqaro me'yorlashtirilgan nisbatni oshishi, protrombin vaqtini oshishi, siydik rangini o‘zgarishi.
* Tez-tezligi noma'lum, chunki bu reaktsiyalar haqida o‘lchami aniqlanmagan patsiyentlar populyatsiyasidan ixtiyoriy xabar berilgan. Ularning tez-tezligini yoki preparatni qabul qilish bilan sababli aloqasini hamma vaqt ham aniqlab bo‘lmaydi. Klaritromitsinni qo‘llashning umumiy tajribasi kuniga 1 milliarddan ortiq patsiyentni tashkil qiladi.
1,2,3,4Nojo‘ya reaktsiyalari haqida ma'lumotlar faqat preparatning quyidagi shakllari ishlatilganda xabar berilgan 1 - infuziya uchun eritma tayyorlash uchun liofillangan kukun, 2 - ta'siri uzaytirilgan tabletkalar, 3 - suspenziya. 4 - darhol ajralib chiqadigan tabletkalar.
Paresteziyalar, artralgiyalar, angionevrotik shish haqida xabar berilgan.
Asosan bir vaqtda rifabutin qabul qilgan patsiyentlarda uveit haqida juda kam hollarda xabarlar bo‘lgan. Ko‘pchilik hollari qaytuvchan bo‘lgan.
Klaritromitsin va kolxitsinni birga qo‘llanganda, ayniqsa keksa patsiyentlarda, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi fonida kolxitsinli toksiklikni rivojlanishi haqida xabar berilgan (shu jumladan, o‘lim bilan yakunlanuvchi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Makrolid antibiotiklariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
• Quyidagi preparatlarning birontasi bilan bir vaqtda qo‘llash astemizol, sizaprid, pimozid, terfenadin (chunki bu QT intervalini uzayishiga va yurak aritmiyalarining, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi va piruet turdagi qorinchalar taxikardiyani (torsades de poinles) rivojlanishiga olib kelishi mumkin), ergotamin, digidroergotamin (chunki bu ergotoksiklikka olib kelishi mumkin), lovastatin yoki simvastatin (rabdomiolizni paydo bo‘lish xavfi tufayli; klaritromitsin bilan davolash vaqtida bu dori vositalari bilan davolashni to‘xtatish kerak) («
Maxsus ko‘rsatmalar
», «Dorilarning o‘zaro ta'siri» ga qarang).
• Anamnezida QT intervalini uzayishi yoki yurak qorinchalari aritmiyalari, shu jumladan piruet turdagi qorinchalar taxikardiyasi (torsades de pointes) bo‘lgan patsiyentlar.
• Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan, R-glikoprotein yoki CYP3A4 ning kuchli ingibitorini (masalan, klaritromitsin) qabul qilayotgan patsiyentlarda kolxitsinni birga qo‘llash mumkin emas.
• Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan patsiyentlar (chunki preparatning bu shakli dozani kuniga 500 mg dan pastga kamaytirish imkoniyatini bermaydi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Klaritromitsin peroral kontratseptivlar bilan o‘zaro ta'sirlashmaydi.
O‘zaro ta'sirning og‘ir oqibatlarini rivojlanishi ehtimoli tufayli quyidagi preparatlar bilan qo‘llash qat'iy taqiqlanadi.
Sizaprid, pimozid va terfenadinning qon zardobidagi kontsentratsiyasini oshishi, ular klaritromitsin bilan birga qo‘llanganida kuzatilgan, bu QT intervalni uzayishiga va aritmiyani, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasini, qorinchalar fibrillyatsiyasini va torsade de pointes paydo bo‘lishga olib kelishi mumkin. Bunday samaralar astemizol va boshqa makrolidlar birga qo‘llanganida ham aniqlangan.
Ergotamin/digidroergotamin.
Klaritromitsin va ergotaminni yoki digidroergotaminni bir vaqtda qo‘llash o‘tkir ergotizm belgilari bilan assotsiatsiyalangan, bu oyoq-qo‘llar va boshqa to‘qimalarning, shu jumladan markaziy nerv tizimi vazospazmi va ishemiyasi bilan ifodalanadi.
Boshqa dori vositalarini klaritromitsinning farmakokinetikasiga ta'siri.
CYP3A induktorlari bo‘lgan dori vositalari (masalan rifampitsin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, dalachoy preparatlari) klaritromitsinning metabolizmini induktsiya qilishi mumkin. Bu klaritromitsinning subterapevtik darajalariga va uning samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, CYP3A induktorining plazmadagi darajalarini monitoringi talab qilinishi mumkin, ular klaritromitsin tomonidan CYP3A ni ingibitsiya qilinishi tufayli oshgan bo‘lishi mumkin (CYP3A ning muvofiq induktorining tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga ham qarang). Rifabutin va klaritromitsinni bir vaqtda qo‘llash, bir vaqtda uveitni paydo bo‘lishi xavfini oshishi bilan qon zardobida rifabutinning darajalarini oshishi va klaritromitsinning darajalarini pasayishiga olib kelgan.
Klaritromitsinning qondagi kontsentratsiyasiga quyidagi dori vositalarining ta'siri ma'lum yoki taxmin qilinadi, shuning uchun dozani o‘zgartirish yoki muqobil davolashni qo‘llash kerak bo‘lishi mumkin.
Efavirents, nevirapim, rifampitsin, rifabutin va rifapentin
Sitoxrom R450 ni efavirents, nevirapin, rifampitsin, rifabutin va rifapentin kabi kuchli induktorlari klaritromitsinning, uning qondagi kontsentratsiyasini kamaytirib, ammo mikrobiologik faol 14-ON-klaritromitsin metabolitining kontsentratsiyasini oshirib, metabolizmini tezlashtirishi mumkim. Klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsinning mikrobiologik faolligi turli bakteriyalarga nisbatan turlicha bo‘lganligi sababli, klaritromitsin va sitoxrom R450 fermentining induktorlarini birga qo‘llash tufayli, kutiladigan terapevtik samaraga erishish mumkin emas.
Etravirin
Klaritromitsinning ta'siri etravirin tomonidan susaytirilgan; biroq faol metaboliti 14-ON-klaritromitsinning kontsentratsiyasi oshgan. 14-ON-klaritromitsin Mycobacterium avium complex (MAC) ga qarshi past faollikka egaligi tufayli, bu patogenga qarshi umumiy faollik o‘zgargan bo‘lishi mumkin Shuning uchun MAC ni davolash uchun klaritromitsinga muqobil dori vositalarini qo‘llashni ko‘rish kerak.
Flukonazol.
Flukonazol bilan birga qo‘llanganida faol metaboliti 14-ON-klaritromitsinning muvozanat kontsentratsiyasi sezilarli o‘zgarmaydi Klaritromitsinning dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi.
Ritonavir.
Ritonavir va klaritromitsinni qo‘llash klaritromitsinning metabolizmini sezilarli susayishiga olib kelgan. Klaritromitsinning Smax- 31% ga, Smin - 182% ga va AUC 77% ga oshgan. 14-ON-klaritromitsinning hosil bo‘lishini to‘liq susayishi aniqlangan. Buyrak faoliyati normada bo‘lgan patsiyentlarda katta terapevtik oraliq mavjudligi sababli klaritromitsinning dozasini kamaytirish talab qilinmaydi Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish kerak SLSR minutiga 30-60 ml bo‘lganida klaritromitsinning dozasini 50% ga, maksimal kuniga 1 uzoq muddat ta'sir qiluvchi tabletkagacha kamaytirish kerak SLSR <30 ml/min bo‘lganida preparatning ushbu shaklini qo‘llash mumkin emas, chunki u dozani adekvat kamaytirish imkonini bermaydi. Bu toifa patsiyentlarda klaritromitsinning darhol ajralib chiquvchi tabletkalari qo‘llanishi mumkin.
Klaritromitsinni kuniga 1 g dan yuqori dozalarini ritonavir bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ritonavir OITV-proteazaning boshqa ingibitorlari, shu jumladan atazanavir va sakvinavir bilan birga farmakokinetik kuchaytiruvchi sifatida qo‘llanganida dozaga shunday tuzatish kiritish kerak.
Klaritromitsinning boshqa dori vositalarining farmakokinetikasiga ta'siri Aritmiyaga qarshi vositalar
Klaritromitsin xinidin yoki dizopiramid bilan bir vaqtda qo‘llanganida paydo bo‘ladigan piruet turdagi qorinchalar taxikardiyasini rivojlanishi to‘g‘risida postmarketing xabarlar mavjud. QT intervalini uzayishini o‘z vaqtida aniqlash uchun, EKG monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Klaritromitsin bilan davolash vaqtida, bu preparatlarning qon zardobidagi kontsentratsiyasini kuzatish kerak.
SYP3A fermentining ma'lum ingibitori klaritromitsin va yasosan CYP3A tomonidan metabolizmga uchraydigan preparat bilan birga qo‘llash, ushbu preparatlarning qondagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida uning terapevtik samarasini va nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lish xavfini kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin.
CYP3A substratlari bo‘lgan dori vositalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda, ayniqsa agar CYP3A substrati kichik terapevtik diapazonga ega bo‘lsa (masalan. karbamazepin) va/yoki bu enzim bilan ekstensiv metabolizmga uchraydigan bo‘lsa, klaritromitsinni qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bir vaqtda klaritromitsin qo‘llayotgan patsiyentlarda dozani o‘zgartirish va iloji boricha CYP3A ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalarining zardobdagi kontsentratsiyalarini sinchiklab monitoringini o‘tkazishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ma'lumki (yoki taxmin qilinadi), quyidagi dori preparatlar yoki preparatlar guruhlari bir xil CYP3A izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi alprozolam, astemizol, karbamazepin, silostazol, sizaprid, siklosporin, dizopiramid, shoxkuya alkaloidlari, lovastatin, metilprednizolon, midazolam, omeprazol, peroral antikoagulyantlar (masalan, varfarin), pimozid, xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, terfenadin, triazolam va vinblastin. Xuddi shunday o‘zaro ta'sir mexanizmi fenitoin, teofillin va valproat qo‘llanganida aniqlangan, ular sitoxrom R450 tizimining boshqa izofermenti bilan metabolizmga uchraydi.
Omeprazol
Sog‘lom ko‘ngillilarda klaritromitsinni omeprazol bilan majmuada qo‘llash omeprazolning muvozanat kontsentratsiyasini oshishiga olib kelgan. Omeprazol faqat o‘zi qo‘llanganida meda shirasining o‘rtacha rN qiymati 24 soat davomida - 5,2 ni, omeprazol klaritromitsin bilan birga qo‘llanganida - 5,7 ni tashkil qilgan.
Sildenafil, tadalafil va vardenafil
Fosfodiesteraza ingibitorlarining (sildenafil, tadalafil va vardenafil) plazmadagi kontsentratsiyalarining, ular klaritromitsin bilan birga qo‘llanganida oshishini ehtimoli mavjud, bu fosfodiesteraza ingibitorlarining dozalarini kamaytirishni talab qilishi mumkin.
Teofillin, karbamazepin
Klinik tadqiqotlarning natijalari, teofillin yoki karbamazepinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini, ular klaritromitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida biroz, ammo statistik ahamiyatli oshishini ko‘rsatdi.
Tolterodin
Tolteradin klaritromitsin bilan birga qo‘llanganida uning dozasini kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Triazolbenzodiazepinlar (masalan, alprozolam, midazolam, triazolam)
Peroral midazolam va klaritromitsinni majmuaviy qo‘llashdan saqlanish kerak. Midazolam klaritromitsin bilan vena ichiga qo‘llanganida dozaga o‘z vaqtida tuzatish kiritish uchun patsiyentni sinchkovlik monitoringini o‘tkazish kerak. Boshqa CYP3A bilan metabolizmga uchraydigan benzodiazepinlar, shu jumladan triazolam va alprazolam qo‘llanganida xuddi shu ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. Eliminatsiyasi CYP3Ara bog‘liq bo‘lmagan benzodiazepinlar uchun (temazepam, nitrazepam, lorazepam) klaritromitsin bilan klinik sezilarli o‘zaro ta'sirini rivojlanish ehtimoli kam.
Klaritromitsin va triazolam birga qo‘llanganida markaziy nerv tizimi tomonidan dorilar bilan o‘zaro ta'siri va nojo‘ya holatlarni rivojlanishi (uyquchanlik va ongni chalkashishi kabi) to‘g‘risida postmarketing xabarlar bor. MNT tomonidan farmakologik samaralarini oshish ehtimolini hisobga olib, patsiyentlarni nazorat qilish kerak.
O‘zaro ta'sirning boshqa turlari
Kolxitsin
Kolxitsin CYP3A va R-glikoprotein (Rgr) substratidir. Klaritromitsin va boshqa makrolidlar CYP3A va Rgr ni susaytirish xususiyatiga ega ekanligi ma'lum. Klaritromitsin va kolxitsin bir vaqtda qo‘llanganida PGp va/yoki CYP3A ni klaritromitsin tomonidan susaytirilishi kolxitsinning ekspozitsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin Kolxitsinning toksikligining klinik simptomlarini aniqlash uchun patsiantlarning holatini kuzatish kerak.
Digoksin
Postmarketing tadqiqotlarda klaritromitsinni digoksin bilan birga qo‘llayotgan patsiyentlarning qon zardobida, digoksinning kontsentratsiyasini oshishi to‘g‘risida xabar kilingan. Ayrim patsiyentlarda angishvonagulning toksiklik belgilari, shu jumladan potentsial fatal aritmiyalar rivojlangan. Patsiyentlarning qon zardobida u klaritromitsin bilan birga qo‘llanganida, digoksinning kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat kilish kerak.
Zidovudin
OITV bilan infektsiyalangan patsiyentlarda klaritromitsinning darhol ajralib chiquvchi tabletkalarini bir vaqtda qo‘llash, zidovudinning qon zardobidagi muvozanat kontsentratsiyasini kamayishini chaqirishi mumkin. Bunday klaritromitsin va zidovudinning qabullari o‘rtasidagi intervalga rioya qilish yo‘li orqali sezilarli darajada saqlanish mumkin. Bolalarda klaritromitsin va zidovudin yoki dideoksinozin suspenziyalari qo‘llanganida, bunday o‘zaro ta'sirlar haqida xabar qilinmagan. Ta'siri uzaytirilgan klaritromitsin tabletkalari va zidovudinning o‘zaro tasiri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuningdek klaritromitsin va atazanavir, itrakonazol, sakvinavir orasida ikki yo‘nalishli dorilarning o‘zaro tasiri ham bo‘lishi mumkin.
Fenitoin va valproat
CYP3A ingibitorlari, shu jumladan, klaritromitsin va CYP3A tomonidan metabolizmga uchramaydigan deb hisoblanadigan dori vositalari (masalan, fenitoin va valproat) bilan o‘zaro ta'siri haqida spontan yoki chop etilgan xabarlar bo‘lgan. Ular klaritromitsin bilan bir vaqtda buyurilganida qon zardobida bu dori vositalarining darajalarini aniqlash tavsiya qilinadi. Qon zardobida ularning darajalarini oshishi haqida xabar berilgan.
Shuningdek, klaritromitsin va atanazovir, intrakonazol, sakvinavir orasida ikki yo‘nalishli dorilarning o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkin.
Verapamil
Klaritromitsin va verapamil birga qo‘llanganida arterial gipotenziya, bradiaritmiya va laktoatsidozni rivojlanishi haqida xabar berilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Antibiotiklarni uzoq yoki qayta qo‘llash sezgir bo‘lmagan bakteriyalar va zamburug‘larning oshiqcha o‘sishini chaqirishi mumkin. Superinfektsiya paydo bo‘lganida klaritromitsinni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Klaritromitsin qo‘llanganida jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan jigar fermentlarining yuqori darajasi va sariqlik bilan yoki usiz gepatotsellyulyar va/yoki xolestatik gepatit haqida xabar berilgan. Jigar faoliyatining bu buzilishi og‘ir darajali va odatda qaytuvchan bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlangan jigar yetishmovchiligi haqida xabar berilgan, u asosan jiddiy asosiy kasalliklar va/yoki yondosh medikamentoz davolash bilan assotsiatsiyalangan. Gepatitning anoreksiya, sariqlik, siydikni to‘q rangga kirishi, qorin sohasida qichishish yoki og‘riq kabi ko‘rinishlari va simptomlari paydo bo‘lganida klaritromitsinni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan klaritromitsin qo‘llanganida Clostridium difficile (CDAC) chaqirgan og‘irlik darajasi yengildan fatal yakunlanadigan soxtamembranoz kolitgacha bo‘lgan diareyani rivojlanishi haqida xabar berilgan. Antibiotiklar qo‘llanganidan keyin diareyasi bo‘lgan barcha patsiyentlarda Clostridium difficile chaqirgan diareyani rivojlanishi mumkinligini doimo yodda tutish kerak. Bundan tashqari, anamnezni sinchiklab to‘plash kerak, chunki antibakterial preparatlar qo‘llanganidan keyin 2 oy o‘tgach Clostridium difficile chaqirgan diareyani rivojlanishi to‘g‘risida xabar qilingan.
Klaritromitsin qabul qilayotgan patsiyentlarda myasthenia gravis belgilarini kuchayishi to‘g‘risida xabar qilingan.
Preparat jigar va buyrak orqali chiqariladi. Jigar faoliyatining yetishmovchiligi yoki o‘rtacha yoki og‘ir darajali buyrak faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Klaritromitsin va kolxitsin birga qo‘llanganida, shu jumladan jigar yetishmovchiligi fonida kolxitsinli toksiklikni rivojlanishi haqida xabar berilgan (shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan).
Klaritromitsin va triazolbenzadiazepinlarni, masalan, triazolam, midazolam («Dorilarning o‘zaro ta'siri»ga qarang) bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. QT intervalini uzayishining xavfi tufayli klaritromitsinni sog‘lig‘ining holati QT intervalini uzayishini va torsades de poinles rivojlanishiga yuqori moyilligi bilan bog‘liq bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Pnevmoniya
Makrolidlarga Streptococcus pneumoniae ni chidamliligi bo‘lishi mumkinligi tufayli, kasalxonadan tashqari pnevmoniyani davolash uchun klaritromitsin buyurilganida sezgirlikka sinama o‘tkazish muhim. Gospital pnevmoniya holida klaritromitsinni boshqa muvofiq antibiotiklar bilan majmuada qo‘llash kerak.
Teri va yumshoq to‘qimalarning og‘irligi yengil va o‘rtacha darajali infektsiyalari
Ushbu infektsiyalar ko‘pincha Staphylococcus aureus va Streptococcus pyogenes mikroorganizmlari tomonidan chaqirilgan bo‘lib, ulardan har biri makrolidlarga chidamli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sezgirlikka sinama o‘tkazish muhim. Beta-laktam antibiotiklarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda (masalan, allergiya), birinchi tanlov preparatlari sifatida boshqa antibiotiklar, masalan, klindamitsin qo‘llanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda makrolidlar faqat ayrim teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarini davolashda rol o‘ynaydi, masalan Corinobactehum minutissimum (eritrazma), acne vulgaris, saramasli yallig‘lanish; va penitsillinlar bilan davolashni qo‘llash mumkin bo‘lmagan vaziyatlarda.
Anafilaksiya, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, DRESS, Shenleyn-Genox kasalligi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ip o‘tkir reaktsiyalari rivojlanganida, klaritromitsin bilan davolashni darhol to‘xtatish va shu zahoti muvofiq davolashni boshlash kerak.
Sitoxrom CYP3A4 fermentining induktorlari bilan bir vaqtda buyurilganida klaritromitsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak («Dorilarning o‘zaro tasiri»ga qarang).
Klaritromitsin va boshqa makrolidlar, shuningdek linkomitsin va klindomitsin orasida kesishgan chidamlilik bo‘lishi mumkinligiga e'tibor berish kerak.
N.pylori davolash uchun har qanday antimikrob davolashni, shu jumladan klaritromitsinni qo‘llash, mikrobni rezistentlikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qo‘llamasliklari kerak.
Peroral gipoglikemik vositalar/Insulin
Klaritromitsin va peroral gipoglikemik vositalarni va/yoki insulinni majmuada qo‘llash yaqqol gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Nateglinid, pioglitazon, repaglinid va roziglitazon kabi gipoglikemik vositalar bir vaqtda qo‘llanganida klaritromitsin CYP3A enzimini ingibitsiya qilishi mumkin, bu gipoglikemiya chaqirishi mumkin. Glyukozaning darajasini sinchiklab monitoring qilish tavsiya qilinadi.
Peroral antikoagulyantlar
Klaritromitsin varfarin bilan birga qo‘llanganida jiddiy qon ketishini paydo bo‘lishi, XMN (xalqaro me'yorlashtirilgan nisbat) ko‘rsatgichlarini va protrombin vaqtini ahamiyatli oshishini xavfi bor Patsiyentlar bir vaqtda klaritromitsin va peroral antikoagulyantlarni qabul qilayotgan vaqtlarida XMN ko‘rsatgichini va protrombin vaqtini tez-tez nazorat qilish kerak.
GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari
Klaritromitsinni lovastatin yoki simvastatin bilan majmuada qo‘llash mumkin emas («
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» ga qarang).
Boshqa makrolidlar kabi klaritromitsin GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarining kontsentratsiyasini oshishiga olib kelgan. Bu dori vositalari birga qo‘llanganida patsiyentlarda rabdomiolizni rivojlanishi haqida kam hollarda xabar berilgan. Patsiyentlarni miopatiyaning belgilari va simptomlari borligiga nisbatan kuzatish kerak.
Klaritromitsin atorvastatin yoki rozuvastatin bilan birga qo‘llanganida patsiyentlarda rabdomiolizni rivojlanishi haqida xabar berilgan. Bir vaqtda qo‘llangan holda atorvastatin yoki rozuvastatinning dozasini maksimal kamaytirish kerak. Statinning dozasiga tuzatish kiritish yoki CYP3A metabolizmiga bog‘liq bo‘lmagan (masalan, fluvastatin yoki pravastatin) statinni qo‘llashga nisbatan muvofiq qaror qabul qilinishi kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Klaritromitsinni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik vaqtida, ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida foyda/xavf nisbatini sinchiklab baholamasdan qo‘llash mumkin emas. Klaritromitsin ko‘krak sutiga chiqariladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdagi reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilishi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘k. Lekin avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish oldidan tirishishlar, bosh aylanishi, vertigo, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, dezoriyentatsiya va boshqalar kabi nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lishi mumkinligini e'tiborga olish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mavjud bo‘lgan xabarlar klaritromitsinning dozasini oshirib yuborilishi me'da-ichak yo‘llari tomonidan belgilarni paydo bo‘lishini chaqirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Anamnezida bipolyar psixozi bo‘lgan bir patsiyentda, u 8 gramm klaritromitsin qabul qilgan, aqliy xolatini buzilishi, paranoidal xulq, gipokaliyemiya va gipoksemiya rivojlangan.
Dozani oshirib yuborilishi
bilan birga kechuvchi nojo‘ya reaktsiyalarni me'dani yuvish va simptomatik davolash yordamida davolash kerak. Boshqa makrolidlar bilan bo‘lgan hollardagi kabi, gemodializ yoki peritoneal dializ klaritromitsinning qon zardobidagi darajasini sezilarli o‘zgartirishini ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
250 mg va 500 mg tabletkalar 7 tabletka blisterda, 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
Suspenziya tayyorlash uchun granulalar 1 to‘q shisha flakon dozalovchi shprits va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Tabletkalar
Namlikdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Suspenziya tayyorlash uchun granulalar
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Tayyorlangan suspenziyani, agar u 25°C gacha haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansa, 14 kun davomida ishlatish mumkin.
Yaroqlilik muddati
Tabletkalar 5 yil.
Suspenziya tayyorlash uchun granulalar 2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d. Novo mesto, Shmareshka sesta, 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.