Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ofloksatsin kaps. 200mg №10 Radiks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Офлоксацин
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Дозировка/Dozalash
200 мг
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ofloksatsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Ofloksatsin
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Ofloksatsin
Yordamchi moddalar laktoza, kartoshka kraxmali, magniy stearati yoki kaltsiy stearati.
Ta'rifi Kapsulaning ichidagisi - oqdan och-sarg‘ish rangligacha bo‘lgan granulalar va kukun. Kapsulalar oq/oq yoki oq/qizil rangda.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).
Farmakologik xususiyatlari
Bakteritsid ta'sirga ega, mikrob hujayrasi uchun hayotiy zarur bo‘lgan DNK-giraza fermentini susaytirib, shu bilan mikroorganizmlarning DNK biosintezini buzadi. Preparat asosan grammanfiy va ayrim grammusbat aerob bakteriyalarga ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik antibiotiklar va sulfanilamid preparatlariga chidamli mikroorganizmlarga nisbatan faol. Preparatga E.coli, Klebsiella spp., shu jumladan Klebsiella pneumonia, Proteus mirabillis, Proteus vulgaris, Serratilla spp., Providencia spp., Cirobacter spp., Salmonella spp., Shigella spp., Yepsinia spp., Vibrio spp., Neisseria gonorrea., Nesseria meningitidis., Haemophilus influenzae, Aeromonas hydrophila, Bordetella parapertussus, Bordetella pertussis, Moraxella catarrhalis, Staphylococcus spp., Staphilococcus aureus, Legionella spp., Chlamidia trachomatis, Mycoplazma spp., o‘suvchi mikobakteriyalar, shuningdek beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi bakteriyalar yuqori darajada sezgir.
Preparatga Acinetobacter spp., Enterococci, Streptococus spp. (shu jumladan pnevmokokklar), Clostridium perfringenes, Corynebacterium spp., Campylobacter spp., Nelicobacter pylori, Listeria monocytogenes, Pseudomonas aeruginosae, Gardnerella vaginalis, Mycobacterium tuberculosis, Ureaplazma urealyticum o‘rtacha darajada sezgir.
Preparatga anaerob mikroorganizlar (shu jumladan, bakterotsidlar, klostridiylar, aktinomitsetlar, fuzobakteriyalar, enterokokklar, metitsillinga chidamli stafilokokklar, nokardiylarning ko‘pchilik turlari) chidamli.
Farmakokinetikasi
Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng, me'da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq (taxminan 95%) so‘riladi. Qondagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-2 soatdan keyin erishiladi va dozaga bog‘liq (bir marta 200-400 mg qabul qilinganidan so‘ng u muvofiq 2,5 mkg/ml va 5 mkg/ml ni tashkil qiladi) bo‘ladi. Ovqat preparatning so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin, ammo uning biokiraolishligiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Biokiraolishligi - 96% dan yuqori, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi unchalik katta emas – taxminan 25%, taxmin qilingan taqsimlanish xajmi – 100 ml. Preparat katta taqsimlanish xajmiga ega, shuning uchun yuborilgan preparatning deyarli xamma miqdori organizmning turli a'zolari, to‘qimalari va suyuqliklarida (o‘pkalar, o‘t pufagi, teri, LOR-a'zolari, suyaklar, siydik-jinsiy a'zolari, prostata) yuqori kontsentratsiyalar hosil qilib, hujayra ichiga erkin kirishi mumkin. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqadi.
Jigarda (taxminan 5%) N-oksidofloksatsin va dimetilofloksatsin hosil qilib metabolizmga uchraydi. Preparatning yarim chiqarilish davri 6-7 soatni tashkil qiladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 80-90% buyraklar orqali o‘zgarmagan xolda, taxminan 4% esa axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan infektsion yallig‘lanish kasalliklari
• Nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmokokokk infektsiyasidan tashqari).
• LOR a'zolarining infektsiyalari.
• Ginekologik infektsiyalar (kolpit, adneksit, servitsit, salpingooforit, endometrit, parametrit, shu jumladan gonokokklar, xlamidiyalar chaqirgan).
• Siydik-jinsiy yo‘llarining infektsiyalari (buyrak, prostata bezi, uretra, shu jumladan gonokokk tabiatli).
• Qorin bo‘shlig‘i va o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari.
• Teri, yumshoq to‘qimalar, suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari.
• Septitsemiya, meningit.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Preparat dozasi shaxsiy ravishda, infektsiyaning og‘irlik darajasiga va joylashuviga, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligiga, bemorning umumiy xolatiga va jigar va buyrak faoliyatiga qarab tanlanadi. Tabletkalar chaynamasdan, suv bilan, butunligicha, ovqatdan oldin ham, ovqatdan keyin ham qabul qilinadi. Preparatning o‘rtacha sutkalik dozasi kattalar uchun 200 mg dan 800 mg gacha bo‘lib, kuniga 2 marta qabul qilinadi. Davolash kursining davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi. Sutkada 400 mg gacha bo‘lgan dozani 1 qabulda, ertalab buyurish afzalroq.
Nafas yo‘llari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsion kasalliklarida kuniga 2 marta 200 mg dan buyuriladi. Asoratlangan infektsiya xollarida dozani sutkada 800 mg gacha oshirish mumkin.
Buyrak va siydik-jinsiy yo‘llarining infektsiyalarida 100-200 mg dan sutkada 1-2 marta, kasallikning og‘irligiga qarab buyuriladi.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza - 400 mg.
O‘tkir asoratlanmagan gonoreyada ofloksatsinning 400 mg dozasini 1 marta qabul qilish mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda kreatinin klirensi minutiga 50-20 ml bo‘lganida, bir martalik doza, o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil qilishi kerak, kuniga 2 marta buyurilganida yoki to‘liq bir martalik doza sutkada 1 marta yuboriladi. Kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, bir martalik doza - 200 mg ni, so‘ngra sutkada 100 mg dan kunorani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya, holsizlik, bezovtalik xissi, uyquning buzilishi, qo‘zg‘alish, tremor.
Kam hollarda mushak tirishishlari, qo‘l va oyoqlarning paresteziyalari, gallyutsinatsiyalar (bunday reaktsiyalar preparatni darhol bekor qilishni talab qiladi).
Sezgi a'zolari tomonidan diplopiya, yorug‘lik qabul qilishni buzilishi, ta'm, hid bilish, eshitish va muvozanatni buzilishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i, ishtaxani yo‘qolishi, meteorizm, jigar transaminazalari faolligini va bilirubin darajasini vaqtinchalik oshishi, soxtamembranoz kolit.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan kristalluriya, kam hollarda o‘tkir interstitsial nefrit, qon plazmasida mochevina va kreatinin miqdorini birmuncha oshishi bilan azotni ajratib chiqarish faoliyatini buzilishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan leykopeniya, agranulotsitoz, eozinofiliya, trombotsitopeniya, yakka xollarda gemolitik anemiya, pantsitopeniya.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish, fotosensibilizatsiya, bronxospazm, kam hollarda - angionevrotik shish, Kvinke shishi, artralgiyalar, juda kam hollarda - anafilaktik shok.
Boshqalar artralgiyalar, mialgiyalar, tendenitlar, tendinosinovitlar yoki paylarning uzilishi, gipoglikemiya (qandli diabetli bemorlarda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
• Ofloksatsin va boshqa ftorxinolon xosilalariga yuqori sezuvchanlik yoki o‘zlashtiraolmaslik.
• Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi.
• Tutqanoq.
• Tirishish bo‘sag‘asi past bo‘lgan markaziy nerv tizimining shikastlanishlari (bosh miya jarohatlaridan, insultdan, bosh miyaning yallig‘lanish kasalliklaridan keyingi).
• Homiladorlik, laktatsiya.
• Bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
• Temir preparatlari, sukralfat yoki magniy, alyuminiy, kaltsiy saqlovchi antatsid vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash, ofloksatsinning so‘rilishini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bu preparatlarni buyurish orasidagi vaqt 2-4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
• Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol, metilksantin xosilalari bilan birga qo‘llanganida, neyrotoksik ta'sirinining rivojlanishini xavfi oshadi.
• Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llaganida, ayniqsa keksa odamlarda, paylarning uzilishini xavfi oshadi.
• Siydikni ishqoriylashtiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda (karboangidraza ingibitorlari, sitratlar, natriy bikarbonati) buyurilganida kristalluriya va nefrotoksik samaralarining xavfi oshadi.
• Simetidin, probenetsid, furosemid yoki metotreksat bilan bir vaqtda qabul qilish, qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi.
• K vitaminining antagonistlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ivishi tizimini nazorat qilish kerak.
• Peroral diabetga qarshi vositalari, insulin bilan bir vaqtda buyurilganida gipoglikemiya bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Preparat anamnezida tirishish xurujlari bo‘lgan patsiyentlarga, bosh miya tomirlarining kasalliklari, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, markaziy nerv tizimining organik shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
• Davolash vaqtida yoki davolashdan keyin og‘ir va uzoq muddatli diareya paydo bo‘lganida, soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, u preparatni darhol bekor qilishni va tegishli davolashni buyurishni talab qiladi.
• Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ofloksatsinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida toksik samaralarining rivojlanishining xavfi oshadi, shuning uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish lozim.
• Moyilligi bo‘lgan bemorlarni davolash fonida porfiriya xurujlarining tezlashishi mumkin.
• Preparat qo‘llanganida terining fotosensibilizatsiyasi mumkinligi tufayli, ultrabinafsha nurlarining ta'siridan saqlanish kerak.
• Preparat patsiyentlarning avtotransportni boshqarish qobiliyatini buzishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tormozlanish, uyquchanlik, qusish.
Davolash me'dani yuvish, ichki a'zolar tomonidan o‘zgarishlarni muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan dezintoksikatsion, desensibilizatsiyalovchi va simptomatik davolash. Maxsus antidoti noma'lum.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 200 mg dan. 6, 10 kapsuladan polivinilxloridli plyonkali kontur-uyali o‘ramlarda. Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IICHK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.