Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ofloksatsin infuziya uchun eritma 2mg/ml 100ml Radiks
Ofloksatsin infuziya uchun eritma 2mg/ml 100ml Radiks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Офлоксацин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
2 мг/мл 100 мл
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ofloksatsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Ofloksatsin
Dori shakli
Infuziya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml infuziya uchun eritma quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Ofloksatsin – 2,0 mg.
Yordamchi moddalar natriy xloridi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi Och-sariq rangli, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).
Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhiga mansub, keng ta'sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita, yuqori spiralizatsiyani va shu yo‘l bilan bakteriyalarning DNK sining barqarorligini ta'minlovchi bakteriyalarning DNK-giraza fermentiga ta'sir ko‘rsatadi (DNK zanjirlarining barqarorligini buzilishi bakteriyalarni o‘limiga olib keladi). Bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi.
Beta-laktamazani ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar va tez o‘suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol. Unga sezgir mikroorganizmlar Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Escherichia coli, Citrobacter spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumonia), Enterobacter spp., Hafnia spp., Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris – indol-musbat va indol-manfiy), Salmonella spp., Shigella spp. (shu jumladan Shigella sonnei), Yersinia enterolytica, Campilobacter jejuni, Aeromonas hydrophila, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus, Haemophilus influenzae, Chlamydia spp., Legionella spp., Serratia spp., Providencia spp., Haemophilus ducreyi, Bordetella parapertussis, Bordetella pertussis, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acne, Brucella spp.
Preparatga turli sezgirlikka ega Enterococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans, Serratio marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp., Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium fortuitum, Ureaplasma urealyticum, Clostridium perfringens, Corynebacterium spp., Helicobacter pylori, Listeria monocytogenes, Gardnerella vaginalis.
Ko‘pchilik hollarda preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar Nocardia asteroides, anaerob bakteriyalar (masalan, Bacteroides spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Eubacter spp., Fusobacterium spp., Clostridium difficile). Treponema pallidum ga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
200 mg ofloksatsinni bir marta vena ichiga 60 minutli infuziyasidan so‘ng, plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 2,7 mkg/ml ni tashkil qiladi; yuborilganidan so‘ng 12 soatdan keyin kontsentratsiya 0,3 mkg/ml ga teng bo‘ladi. Muvozanatli kontsentratsiyalarga to‘rtta doza yuborilganidan so‘ng erishiladi.
O‘rtacha cho‘qqi va minimal muvozanatli kontsentratsiyalarga 200 mg ofloksatsin 7 kun davomida har 12 soatda vena ichiga yuborilganidan so‘ng erishiladi va muvofiq ravishda 2,9 va 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Ofloksatsin organizmning to‘qimalariga (bronxial sekretga, safroga, ko‘z yoshi va orqa miya suyuqligiga, prostata beziga, siydikka) yaxshi o‘tadi. Jigarda (5%) metabolizmga uchraydi.
Ofloksatsinning yarim chiqarilish davri 6-7 soatga teng. Buyrak orqali o‘zgarmagan holda 80%, taxminan 4% safro bilan, faol moddaning oz miqdori me'da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.
200 mg dozada bir marta yuborilgandan keyin siydikda 20-24 soat davomida aniqlanadi.
Qo‘llanilishi
Ofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini
-nafas yo‘llarining infektsiyalari (bronxit, pnevmoniya);
-LOR-a'zolari infektsiyalari (sinusit, o‘rta otit, traxeit/pnevmokokkli infektsiyalardan tashqari);
-teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari;
-suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;
-qorin bo‘shlig‘ining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari, shu jumladan o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari;
-buyrak infektsiyalari (piyelonefrit), siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (tsistit, uretrit);
-kichik chanoq a'zolarining infektsiyalari (endometrit, salpingit, ooforit, servitsit, parametrit, prostatit) va jinsiy a'zolarning infektsiyalari (kolpit, orxit, epididimit);
-gonoreya;
-xlamidioz;
-sepsis;
-immun holatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish (shu jumladan neytropeniya) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga tomchilab yuboriladi. Dozalar infektsiyani joylashishi va kechishini og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligi, bemorning umumiy holati hamda jigar va buyrakning faoliyatiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.
Vena ichiga tomchilab yuborishni 200 mg li bir martalik dozadan boshlanadi, u 30-60 minut davomida asta-sekin yuboriladi.
Bemorning holati yaxshilanganida xuddi shu sutkalik dozada preparatni peroral qabul qilishga o‘tiladi.
Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari – 100 mg sutkada 1-2 marta, buyraklar va jinsiy a'zolarning infektsiyalari – 100 mg dan 200 mg gacha sutkada 2 marta, nafas yo‘llari, shuningdek LOR-a'zolarining infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalari, qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari, bakterial enterit, septik infektsiyalarda – 200 mg dan sutkada 2 marta. Zarurat tug‘ilganida doza sutkada 2 marta 400 mg gacha oshiriladi.
Immunitetini yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish uchun sutkada – 400-600 mg dan buyuriladi.
Gemodializda va peritoneal dializda – 100 mg dan har 24 soatda. Jigar yetishmovchiligida maksimal sutkalik doza – sutkada 400 mg ni tashkil etadi.
Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 dan 50 ml gacha) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashlar soni sutkada 2 marta bo‘lganida bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil etishi lozim yoki to‘liq bir martalik doza sutkada 1 marta yuboriladi. KK minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida bir martalik doza – 200 mg, so‘ngra – har 24 soatda 100 mg ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan gastralgiya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, abdominal og‘riqlar, «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik, soxtamembranoz kolit.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakatlarning ishonchsizligi, tremor, tirishishlar, oyoqlarni uvishishi va paresteziyalar, ko‘p tush ko‘rish, dahshatli tush ko‘rish, psixotik reaktsiyalar, bezovtalik, psixomotor qo‘zg‘alish, fobiyalar, depressiyalar, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, bosh miya ichki bosimini oshishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan tendinit, mialgiya, artralgiya, tendosinovit, paylarni uzilishi.
Sezgi a'zolari tomonidan rang ajratishni buzilishi, diplopiya, ta'm, hid sezishni, eshitish va muvozanatni buzilishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan taxikardiya, arterial bosimni pasayishi (vena ichiga yuborilganida; arterial bosim keskin pasayganida yuborish to‘xtatiladi), vaskulit, kollaps.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, terini qichishi, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, Kvinke shishi, bronxospazm, Stivens-Djonson va Layell sindromi, fotosensibilizatsiya, ko‘p shaklli eksudativ eritema, anafilaktik shok.
Teri qoplamlari tomonidan nuqtali qon quyilishlari (petexiyalar), bullyoz gemorragik dermatit, tomirlarni shikastlanishidan dalolat beruvchi po‘stloqli papulyoz toshma (vaskulit).
Qon yaratish a'zolari tomonidan leykopeniya, agrunulotsitoz, anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan o‘tkir interstitsial nefrit, buyrak faoliyatini buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina miqdorini oshishi.
Boshqalar disbakterioz, superinfektsiya, gipoglikemiya (qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), vaginit.
Mahalliy reaktsiyalar og‘riq, yuborilgan joyda giperemiya, tromboflebit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, tutqanoq (shu jumladan anamnezdagi), tirishish bo‘sag‘asini pasayishi (shu jumladan bosh miya jarohati, insult yoki markaziy nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayonlaridan so‘ng); 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar (skeletni o‘sishi hali to‘xtamagan), homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishi (anamnezdagi), surunkali buyrak yetishmovchiligi, markaziy nerv tizimining organik shikastlanishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Teofillinning klirensini 25% ga pasaytiradi (bir vaqtda qo‘llanganida teofillinning dozasini kamaytirish kerak).
Plazmada glibenklamidning kontsentratsiyasini oshiradi. Simetidin, furosemid, metotreksat va buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi preparatlar – plazmada ofloksatsinning kontsentratsiyasini oshiradi.
K vitaminining antagonistlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qon ivish tizimi holatini nazoratini amalga oshirish lozim.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol va metilksantinlarning hosilalari bilan birga buyurilganida, neyrotoksik samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.
Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa keksa odamlarda, paylarni uzilish xavfi oshadi.
Siydikni ishqoriylashtiradigan preparatlar (karboangidraza ingibitorlari, sitratlar, natriy bikarbonati) bilan birga buyurilganida kristalluriyani va nefrotoksik samaralarning xavfi oshadi.
Quyidagi infuzion eritmalar bilan mos keladi natriy xloridining izotonik eritmasi, Ringer eritmasi, fruktozaning 5% li eritmasi, dekstrozaning 5% li eritmasi.
Geparin bilan pretsipitatsiya xavfi tufayli aralashtirish mumkin emas.
Ftorxinolonlarni QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan birga buyurilganda, QT intervalini uzayishi kuzatiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan pnevmoniyada tanlov preparati bo‘lib hisoblanmaydi.
O‘tkir tonzillitni davolashda qo‘llanmaydi.
Quyosh nurlari, ultrabinafsha nurlanish (simob-kvartsli lampalar, solyariy) ta'sirida bo‘lish tavsiya etilmaydi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlar, allergik reaktsiyalar, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lgan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Kolonoskopik va/yoki gistologik jihatdan isbotlangan soxtamembranoz kolitda, vankomitsin va metronidazolni peroral buyurish ko‘rsatilgan.
Ofloksatsin qo‘llanganida kam hollarda yuz beradigan tendinit, ayniqsa keksa patsiyentlarda, paylarni uzilishiga (asosan axillov payini) olib kelishi mumkinligini hisobga olish lozim. Tendinit belgilari paydo bo‘lgan hollarda, zudlik bilan davolashni to‘xtatish, axillov payini immobilizatsiya qilish va ortoped bilan maslahatlashish lozim.
Davolanish davrida etanol iste'mol qilish mumkin emas.
Preparat qo‘llanganida shilliq pardani achitqisimon zamburug‘lar qo‘zg‘atuvchi kasallaiklari (molochnitsa) ni rivojlanishini yuqori xavfi tufayli, ayollarga gigiyenik tamponlarni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Davolash fonida miasteniyaning kechishini yomonlashishi, moyil patsiyentlarda porfiriya xurujlarini tezlashishi yuz berishi mumkin.
Tuberkulyozning bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ni ajratib chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi).
Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ofloksatsinning plazmadagi kontsentratsiyasini nazorat qilib turish kerak. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida toksik samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.
Davolanish davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaktsiyalarni tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tormozlanish, dezoriyentatsiya, uyquchanlik, qusish.
Davolash me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun 2 mg/ml eritma (0,9% li natriy xloridi eritmasida).
100 ml dan sariq rangli yoki rangsiz shisha flakonlarda rezina tiqinlar bilan germetik berkitilgan, qalpoqchalar bilan qisilgan.
1 flakon yoki butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va polimer ilgak bilan yoki ilgaksiz karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlashga yo‘l qo‘yilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IICHK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.