Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tifloks tab. 250mg №10*10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ципрофлоксацин
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка/Dozalash
250 мг
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Ajanta Pharma Limited
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Tifloks*
Ta'sir etuvchi modda (XPN) siprofloksatsin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moda siprofloksatsin gidroxloridi AQShF 250/500 mg siprofloksatsinga ekvivalent;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, natriy glikolyat kraxmali, tozalangan suv, tozalangan talk, kroskarmelloza natriy, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, Vinkoat 2009 Oq.
Ta'rifi
Tifloks*250 oq yoki deyarli oq, dumaloq, ikki tomoni qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tifloks*500 oq yoki deyarli oq, bir tomonida bo‘luvchi chizig‘i bo‘lgan, kapsula shaklidagi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevticheskaya guruhi antibakterial preparat (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi S01AX13.
Farmakologik xususiyatlari
Tifloks ftorxinolonlar guruhining keng ta'sir doirali mikroblarga qarshi vositasi. Bakteritsid ta'sir qiladi, uning mexanizmi DNK sintezi, mikroorganizmlar o‘sishi va bo‘linishini buzilishi bilan bakteriyalarning DNK-girazasini susayishiga asoslanadi.
Aerob grammanfiy va grammusbat bakteriyalarga nisbatan yuqori faollikda mikrobga qarshi ta'sir ko‘rsatadi Pseudomonas aeruginosa, Haemophilus influenzae, Escherichia coli, Shigella spp., Salmonella spp., Neisseria meningitidis, N. gonorrhoeae. Staphylococcus spp. ning (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan) ko‘p shtammlariga,Enterococcus spp. ning ayrim shtammlariga, hamda Campylobacter spp., Legionella spp., Mycoplasma spp., Chlamidia spp., Mycobacterium spp nisbatan faol. Siprofloksatsin beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi bakteriyalarga nisbatan faol. Streptococcus faecium, Ureaplasma urealyticum, Nocardia asteroides, Treponema pallidum siprofloksatsinga rezistent. Bakteriyalarning siprofloksatsinga rezistentligi sekin rivojlanadi.
Farmakokinetikasi
Tifloks ovqat hazm qilish yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilinganidan keyin 1-2 soatdan so‘ng erishiladi, biokiraolishligi 70%, yarim chiqarilish davri 4 soatni tashkil qiladi. Taxminan 20-40% siprofloksatsin qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Siprofloksatsin organizmning to‘qimalarida va biologik suyuqliklarida yaxshi taqsimlanadi, uning kontsentratsiyasi qon zardobidagi kontsentratsiyasidan ahamiyatli darajada ortiq bo‘lishi mumkin. Yo‘ldosh orqali OMS ga o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi, yuqori kontsentratsiyalarda safroda aniqlanadi. Organizmdan siydik bilan (o‘zgarmagan shaklda) 40%, qisman safro bilan 24 soat davomida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Siprofloksatsin katta yoshdagi patsiyentlarda sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsionyallig‘lanish kasalliklarni davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi
• bronxit (zo‘rayish bosqichidagi surunkali va o‘tkir), bronxoektatik kasallik, pnevmoniya, mukovistsidoz va nafas yo‘llarining boshqa infektsiyalari;
• frontit, gaymorit, faringit, o‘rta quloq otiti, sinusit, tonzillit, mastoidit va LOR-a'zolarining boshqa infektsiyalari;
• piyelonefrit, sistit va buyrak hamda siydik chiqarish yo‘llarining boshqa infektsiyalari;
• adneksit, gonoreya, prostatit, xlamidioz va kichik toz a'zolari va jinsiy a'zolarning boshqa infektsiyalari;
• MIY (me'daichak yo‘llari), o‘t yo‘llarini bakterial shikastlanishi, ichki qorin abstsessi va qorin bo‘shlig‘i a'zolarining boshqa infektsiyalari;
• infektsiyalangan yaralar, kuyishlar, abtsesslar, jarohatlar, flegmona va teri va yumshoq to‘qimalarning boshqa infektsiyalari; septik artrit, osteomiyelit va suyak va bo‘g‘imlarning boshqa infektsiyalari; jarrohlik operatsiyalari (infektsiyalarni oldini olish uchun); kuydirgining o‘pka turi (davolash va oldini olish uchun); immunodepressiv preparatlar bilan davolashda yoki neytropeniyada yuzaga keluvchi immun tanqisligi fonidagi infektsiyalar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletka ichga, ovqat qabul qilishdan kat'iy nazar, chaynamasdan, suv bilan birga qabul qilinadi. Och qoringa qabul qilinganda Tifloksning so‘rilishi ortadi.
Tarkibi
da ko‘p miqdorda kaltsiy saqlovchi mahsulotlar (sut, yogurtlar) siprofloksatsinning so‘rilishini pasaytiradi.Siprofloksatsinning dozasi infektsiyaning turi va og‘irligi, patsiyentning yoshi, tana vazni va buyrakning funktsional holatiga bog‘liq.
Kattalar
Kuniga ikki marta 250 dan 750 mg gacha bo‘lgan peroral doza tavsiya qilinadi.
Davolash davomiyligi 5 kundan 7 kungacha. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan va keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozani tuzatish kerak.
5-17 yoshdagi bolalar
Pseudomonas aerugenosa chaqirgan mukovistsidoz fonidagi o‘tkir pnevmoniyada – 20 mg/kg dan kuniga 2 marta 10-14 kun davomida buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 1,5 g ni tashkil kiladi. 5-17 yoshdagi buyrak va/yoki jigar funktsiyasini buzilishi va Pseudomonas aerugenosa infektsiyasini qo‘shilishi bilan asoratlanmagan o‘pka mukovistsidozi bo‘lgan bolalarda siprofloksatsinning qo‘llanilishi o‘rganilmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
TIFLOKS yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya ta'siri odatda o‘rtacha va vaqtinchalik.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan reaktsiyalar
Ovqat hazm qilish tizimi va jigar tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, jigar transaminazalarining faolligini, IF, LDG, bilirubin oshishi, soxtamembranoz kolit.
MNT tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, uyquni buzilishi, qo‘rqinchli tushlar, gallyutsinatsiyalar, hushdan ketish, ko‘rishni buzilishi.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan kristalluriya, glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, albuminuriya, gematuriya, qon zardobida kreatininning tranzitor oshishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan eozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitlar miqdorini o‘zgarishi.
Yurak-qon tomiri tizimi tomonidan taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya.
Allergik reaktsiyalar terida qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, Stivens-Djonson sindromi, artralgiya.
Kimyo terapevtik ta'sir bilan bog‘liq boshqa reaktsiyalar kandidoz.
Mahalliy reaktsiyalar og‘riq, flebit (v/i ga yuborilganida). Ko‘z tomchilari qo‘llanganida ayrim hollarda yengil og‘riq va kon'yuktivani giperemiyasi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik; emizish davri; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (skeletni shakllanish jarayoni tugaguniga qadar, o‘pka mukovistsidozi bo‘lgan 5-17 yoshdagi bolalarda Pseudomonas aerugenosa chaqirgan asoratlarni davolashdan tashkari, hamda kuydirgining o‘pka turini oldini olish va davolash); siprofloksatsinga yoki ftorxinolonlaring boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siprofloksatsinni didanozin bilan bir vaqtda qo‘llanganda siprofloksatsin bilan didanozin tarkibidagi alyumin va magniy buferlari majmualari shakllanishi natijasida siprofloksatsinning so‘rilishi pasayadi.
Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ketish rivojlanishini xavfi oshadi.
Tifloks va teofillin bir vaqtda qo‘llanganda R450 sitoxromni bog‘lanish sohalarida konkurent susaytirish hisobiga qon plazmasida teofillinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu teofillinning yarim chiqarilish davrini oshishiga va teofillin bilan bog‘liq toksik ta'sirning rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.
Antatsidlar, hamda alyumin ionlari, rux, temir yoki magniy saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish Tifloksning so‘rilishini pasayishini chaqirishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni buyurishda oraliq interval 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Epilepsiyasi, anamnezida tirishish hurujlari, qon tomir kasalliklari va bosh miyaning organik shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda MNT tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi xavfi tufayli Tifloksni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurish mumkin.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat psixomotor faoliyatlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi va transport vositalarini boshqarish qobiliyatini va mexanik moslamalar bilan ishlashni chegaralashi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tifloksning dozasi oshirib yuborilganida spetsifik simptomlar aniqlanmagan; nojo‘ya reaktsiyalari kuchayishi mumkin.
Zarur me'dani yuvish, qusishni chaqiruvchi vositalarni qabul qilish, katta miqdorda suyuqlik yuborish, siydikning kislotali reaktsiyasini oshirish, samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash; spetsifik antidot yo‘q; peritoneal dializ va gemodializ o‘tkazilganida preparatning faqat 10% gina chiqarilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Har birida 10 tabletka bo‘lgan 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Saqlash sharoitlari
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Adjanta Farma Limited»
Adjanta Xaus, Charkop,
Kandivli (V), Mumbay 400 067, Hindiston.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent sh., Mirobod tumani, Oybek ko‘ch., 44 uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.