Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Betadin eritmasi 1000ml
Nomi | Narx | |||||
Бетадин р-р 1000мл (3184A1123##1996) |
UZS 258 200
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бетадин р-р 1000мл (3184A1123##2 130) |
UZS 259 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Повидон йод
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
100 мг/г 1000 мл
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор для наружного применения
Ko'rsatmalar
BETADIN
sirtga qo‘llash uchun eritma
(povidon-yod)
Ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumotlarni saqlaydi.
Bu preparatni har doim qat'iy ushbu yo‘riqnomada keltirilgan ko‘rsatmalar yoki shifokoringiz yoki farmatsevt ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llang.
Ushbu dori preparati retseptsiz beriladi. Shunga qaramasdan, yaxshi natijalarga erishish uchun Siz uni ehtiyotkorlik bilan va ma'lum qoidalarga rioya qilgan holda qo‘llashingiz kerak.
• Ushbu varaqni saqlang. Ehtimol, Sizga uni takroran o‘qib chiqishingiz lozim bo‘lishi mumkin.
• Agar Sizga qo‘shimcha ma'lumot yoki maslahat zarur bo‘lsa – shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat eting.
• Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada (4 bo‘limga qarang) ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqda shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
• Agar bu preparatni 7 kun qo‘llash davomida kasallik simptomlarini yomonlashtirsa yoki yengillashtirmasa – shifokorga murojaat eting.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Betadin eritmasi preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Betadin eritmasi preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Betadin eritmasi preparatini qanday qo‘llash kerak
4.Tibbiyotda qo‘llanganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
5.Betadin eritmasi preparatini qanday saqlash kerak
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot

Mahalliy qo‘llash uchun antiseptik, dezinfektsiyalovchi preparatdir.
Povidon-yod (PVP-yod) mikroorganizmlarni yo‘q qiladi (mikroblarga qarshi samarasi), uni teri va shilliq qavatlarni dezinfektsiyalash uchun qo‘llanadi. U bakteriyalar, zamburug‘lar, sporalar, viruslar, sodda hayvonlar (bir xujayrali organizmlar) ga nisbatan samarali.
Preparat deyarli toksik emas.
Betadin preparatining mikroblarga qarshi samarasi rN 2,0-7,0 intervalida namoyon bo‘ladi.
Betadin quyidagi holatlarda qo‘llanadi
• Terini mahalliy dezinfektsiyasi va shilliq qavatlarni antiseptik ishlov berish
• Ochiq yaralar va kuyishlarni dezinfektsiyasi
• Jarroxlik aralashuvlaridan oldin dezinfektsiyasida qo‘llanadi.
Preparatni kattalar va 6 oylik va undan katta bolalarda qo‘llash mumkin.
Agar bu preparatni 7 kun qo‘llash davomida kasallik simptomlarini yengillashtirmasa yoki kasallik simptomlari yomonlashsa shifokorga murojaat eting.

Betadin® ni quyidagi holatlarda qo‘llamang, agar Sizda
• povidon-yodga yoki 8 bo‘limda keltirilgan preparatning boshqa yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa
• gipertireoz (qalqonsimon bezi faoliyatini oshishi) bo‘lsa
• qalqonsimon bezining boshqa o‘tkir kasalliklari bo‘lsa
• toshma va pufaklarni paydo bo‘lishi bilan terini yallig‘lanishi (phlyctenae) (Dyuring gerpetiform dermatiti) bo‘lsa
• radioaktiv yodni qo‘llash bilan tekshirish yoki davolashdan oldin qo‘llash mumkin emas.
Tibbiyotda qo‘llanganda ehtiyotkorlik choralari
Betadin eritmasi preparatini qo‘llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Terini ta'sirlanishi, kontakt dermatit yoki allergiya rivojlanganida ushbu preparatni qo‘llamang. Qo‘llashdan oldin eritmani isitmang. Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlang!
Yodni ko‘p miqdorda qo‘llaganda bo‘qoq, qalqonsimon bezining tugunli o‘zgarishlari va qalqonsimon bezining o‘tkir bo‘lmagan kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar gipertireoz (qalqonsimon bezi faoliyatini oshishi) rivojlanish xavfiga ega. Ushbu guruh patsiyentlarida agar bunga maxsus ko‘rsatmalar bo‘lmasa, povidon-yod eritmasini uzoq vaqt davomida va terining katta yuzalarida qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Hatto preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin ham gipertireozning erta belgilarini aniqlash va zarurati bo‘lganida qalqonsimon bezi faoliyatini nazorat qilish uchun patsiyentlarni kuzatish kerak.
Betadin ni radioaktiv yodni qo‘llash bilan stsintigrafiyadan oldin va keyin yoki radioaktiv yod bilan qalqonsimon bezi kartsinomasini davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Eritmaning to‘q-jigarrang rangi uning samaradorligini ko‘rsatadi. Eritmani rangsizlanishi uning mikroblarga qarshi xususiyatlarini yomonlashganidan dalolat beradi. Eritmani degradatsiyasi yorug‘likda va 40 dan yuqori haroratda yuz beradi. Preparatni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak. Agar barcha ehtiyotkorliklarga qaramasdan bu ro‘y bersa, ko‘zlarni ko‘p miqdordagi suv bilan yuving.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va kichik bolalarda ko‘p miqdorda yod qo‘llanilganida gipotireoz (qalqonsimon bezi faoliyatini pasayishi) rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi. Bunday yoshda bolalar yodga yuqori sezuvchanlikka va terini yuqori o‘tkazuvchanligiga ega bo‘lishlari sababli, ushbu yosh guruhidagi bolalarda povidon-yodni qo‘llash mutloq minimal bo‘lishi kerak. Zarurati bo‘lganida qalqonsimon bezni faoliyatini nazorat qilish kerak. Bolalarda yodni og‘izga tushishidan qat'iy saqlanish kerak.
Agar bola preparatni behosdan yutib yuborsa, darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Boshqa dori vositalari va Betadin eritmasi preparati
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Betadin rN 2,0-7,0 intervalida samarali.
Jarohatlarga ishlov berish uchun PVP-yod va ferment preparatlarini birga qo‘llash samaradorlikni o‘zaro pasayishiga olib keladi. Simob, kumush, vodorod peroksidi va taurolidin saqlovchi preparatlar povidon-yod bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin, shuning uchun bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Povidon-yodni oktenidin saqlovchi antiseptiklar bilan bir vaqtda yoki qo‘llagandan keyin darhol, terining xuddi shu joyi yoki qo‘shni sohalariga qo‘llash, ishlov berilgan yuzada to‘q dog‘larni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Povidon-yodning oksidlovchi samarasi turli diagnostik testlarni (masalan, toluidin va gvayak qatronlarni qo‘llash bilan axlatda va siydikda gemoglobin va glyukozani o‘lchash) soxta musbat natijalariga olib kelishi mumkin.
Povidon-yod eritmasidan yodni so‘rilishi qalqonsimon bezi funktsional testlari natijalarini o‘zgartirishi mumkin.
PVP-yodni qo‘llash qalqonsimon bezi tomonidan yodni so‘rilishini kamaytirishi mumkin, bu ba'zi tekshiruvlar va muolajalar (qalqonsimon bezi stsintigrafiyasi, oqsil bilan bog‘langan yodni aniqlash, radiofaol yodni qo‘llash bilan diagnostik muolajalar) natijalariga ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun qalqonsimon bezi kasalliklarini yod preparatlari bilan davolashni rejalashtirish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. PVP-yodni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin keyingi stsintigrafiyani o‘tkazishgacha ma'lum vaqt intervaliga rioya qilish kerak.
Fertillik, homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Preparatni homiladorlik, shuningdek emizish davrida qat'iy ko‘rsamalar bo‘yicha qo‘llash mumkin, bunda preparatning minimal miqdorini qo‘llash lozim.
Yod yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi va ko‘krak suti bilan ajralishi tufayli, shuningdek homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqni yodga yuqori sezuvchanligini hisobga olib, homiladorlik va emizish davrida yodning katta miqdorlarini qo‘llash mumkin emas. Bundan tashqari, yod qon plazmasidagi darajasidan oshib, ko‘krak sutida to‘planadi. Yod homilada yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda tireotrop gormoni (TSH) darajasini oshishi bilan o‘tuvchan gipotireoz chaqirishi mumkin. Bolaning qalqonsimon bezi faoliyatini diqqat bilan nazorat qilish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
Bolalarda povidon-yodni og‘izga har qanday tushishidan qat'iy saqlanish kerak.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi
Betadin transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki juda kam darajada samara ko‘rsatadi.

Ushbu preparatni har doim bu yo‘riqnomadagi ko‘rsatmalarga binoan yoki davolovchi shifokoringizning yoki farmatsevtning ko‘rsatmalariga muvofiq qo‘llang. Agar Sizda savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
Dozalash tartibi
Betadin eritmasini dezinfektsiyalanayotgan sohaga qarab suyultirilmagan yoki 110 yoki 1100 nisbatda distillangan suv bilan suyultirilgandan keyin qo‘llash mumkin.
Suyultirilmagan preparatni in'ektsiya, punktsiya, qon olish, biopsiya, qon quyish, infuzion terapiya yoki jarroxlik aralashuvidan oldin 1-2 minut davomida shikastlanmagan terida qoldirish kerak.
Jarohatlarni, kuygan yaralarga ishlov berish, shilliq qavatlarni dezinfektsiyalash, terini bakterial va zamburug‘li infektsiyalarida dastlab shifokor bilan maslahatlashgandan keyin 10% li eritmani (Betadin ni 110 nisbatda suv bilan suyultirib) ishlatish kerak.
Operatsiyadan oldingi vannalar uchun Betadin ning 1% li eritmasi (1100) qo‘llanadi. Yuzdan tashqari tananing barcha yuzasi 1% li eritma bilan bir tekis ishlov berilishi va 2-minutlik ekspozitsiyadan keyin iliq suv bilan yuvib tashlanishi kerak.
Betadin eritmasini bevosita qo‘llashdan oldin suyultirish kerak. Suyultirilgan eritmani saqlash mumkin emas.
Tekstil yuzalardan Betadin® eritmasi iliq suv bilan yengil bartaraf etiladi. Qiyin bartaraf etiladigan dog‘larni natriy tiosulьfati eritmasi bilan ishlov beriladi.
Qo‘llash usuli
Betadin eritmasi suyultirilgan va suyultirilmagan ko‘rinishda sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparatni issiq suv bilan aralashtirmang.
Eritma ichga qabul qilish uchun mo‘ljallanmagan.
Agar ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha Sizda keyinchalik savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringz yoki farmatsevtga murojaat eting.

Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, ammo u barcha patsiyentlarda paydo bo‘lmaydi.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarning tez-tezligi (paydo bo‘lishi ehtimoli) quyidagicha tasniflangan
Juda tez-tez 10 patsiyentdan 1 tadan ko‘prog‘ida uchraydi.
Tez-tez 100 patsiyentdan 1-10 tada uchraydi.
Tez-tez emas 1000 patsiyentdan 1-10 tada uchraydi.
Kam hollarda 10000 patsiyentdan 1-10 tada uchraydi.
Juda kam hollarda 10000 patsiyentdan 1 tadan kamrog‘ida uchraydi.
Tez-tezligi noma'lum mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi.
Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, terini qizarishi, kichik pufaklarni paydo bo‘lishi va qichishish kabi kontakt dermatit.
Juda kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar (nafas olishni qiyinlashishi, bosh aylanishi, arterial bosimni tushishi bilan kechuvchi og‘ir allergik reaktsiyalar).
Anamnezida qalqonsimon bezi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda gipertireoz (ishtahani oshishi, tana vaznini kamayishi, terlash, yurak qisqarishlar sonini tezlashishi yoki bezovtalik bilan kechuvchi qalqonsimon bezi faolligini oshishi) rivojlanishi mumkin.
Angionevrotik shishi (yuz va tomoqni shishi bilan kechuvchi og‘ir allergik reaktsiya).
Tez-tezligi noma'lum povidon-yodni uzoq muddat qo‘llaganda, shuningdek preparatni katta miqdorda qo‘llaganda toliqish, tana vaznini oshishi, yurak qisqarishlar tezligini kamayishi bilan kechuvchi gipotireoz (qalqonsimon bezi faolligini pasayishi) rivojlanishi mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishi.
Terini kimyoviy kuyishi (ayniqsa operatsiyaga tayyorgarlikda patsiyentning ostida yodni to‘planishi natijasida rivojlanishi mumkin).
Elektrolit muvozanatini buzilishi, metabolik atsidoz, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, qonning osmolyarligini o‘zgarishi (povidon-yodni ko‘p miqdorda qo‘llagandan keyin paydo bo‘lishi mumkin).
Har qanday noxush ko‘rinishlar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda, iltimos, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatni xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma'lumot olishga yordam bergan bo‘lasiz.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar endi kerak bo‘lmagan preparatni tashlash kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramida ko‘rsatilgan.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach preparatni ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ning tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuni hisoblanadi.
Agar sifatini yomonlashishining aniq belgilarini (masalan, rangini o‘zgarishi) sezsangiz, Betadin eritmasi preparatini ishlatmang.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Betadin eritmasi preparati nima saqlaydi
Ta'sir etuvchi modda povidon-yod (PVP-yod), 1 ml eritmada 100 mg (10 mg faol yodga muvofiq keladi)
Yordamchi moddalar glitserin, nonoksinol 9, limon kislotasi, dinatriy gidrofosfati, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Betadin eritmasi preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
To‘q-jigarrang rangli, yod hidli, suzib yurgan yoki cho‘kkan zarrachalar saqlamaydigan eritma.
O‘rami
30, 120 yoki 1000 ml sig‘imli tomchilagichli yashil rangli polietilen flakonlar. 30 va 120 ml li flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.