Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Doksitsiklin kaps. 100mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Доксициклин
Страна производитель
Россия
Дозировка
100 мг
Производитель
Белмедпрепараты
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Doksitsiklin
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) Doksitsiklin (Doxycycline)
Dori shakli
kapsulalar 100 mg dan
Tarkibi
1 kapsula saqlaydi
faol modda doksitsiklin (doksitsiklin giklat ko‘rinishida) – 100 mg;
yordamchi moddalar kaltsiy stearati, laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali.
Qattiq jelatin kapsulasining tarkibi jelatin, glitserin, tozalangan suv, titan dioksidi, natriy lauril-sulfati, bo‘yovchilar xinolin sarig‘i (E-104), apelsin sarig‘i (E-110).
Ta'rifi sariq rangli, silindr shaklli, oxirlari yarim aylana bo‘lgan qattiq jelatin kapsulalar, nomer 1.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Tetratsiklinlar. Doksitsiklin.
ATX kodi J01AA02
Farmakologik xususiyatlari
Doksitsiklin keng antimikrob ta'sir doirasiga ega.
Dori vositasi grammusbat mikroorganizmlar – Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus, jumladan penitsillinazani ishlab chiqaruvchi shtammlari), Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae), Listeria monocytogenes, Bacillus anthracis, Clostridium spp., Actinomyces israeli; grammanfiy mikroorganizmlar – Bordetella pertussis, Escherichia coli, Enterobacter spp., Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Yersinia spp., Vibrio cholerae, Neisseria gonorrhoeae larga nisbatan faol. Rickettsia spp., Borrelia burgdorferi, Treponema spp., Chlamydia spp., Mycoplasma spp., ayrim sodda hayvonlar (shu jumladan Plasmodium falciparum, Entamoeba histolytica) doksitsiklinga sezgirdirlar
Haemophilus influenzae (91-96%) va hujayra ichidagi patogenlar doksitsiklinga juda sezgirdirlar.
Tetratsiklin qatorining boshqa antibiotiklariga nisbatan ichak florasini kamroq susaytiradi, to‘liqroq so‘rilishi va uzoqroq ta'sir davomiyligi bilan ajralib turadi. Antibakterial faollik darajasi bo‘yicha tabiiy tetratsiklinlardan ustun turadi. Hujayra ichiga kirib, hujayra ichida joylashgan qo‘zg‘atuvchilarni ko‘payishini bostiradi.
Doksitsiklinga chidamli mikroorganizmlar Pseudomonas aeruginosa, Proteus spp., Serratia spp., Bacteroides fragilis ning ko‘pchilik shtammlari, zamburug‘lar, viruslar.
Qo‘llanilishi
Doksitsiklinga sezgir qo‘zg‘atuvchilar tomonidan chaqirilgan infektsion kasalliklar
Rezistentlikni oldini olish va samaradorlikni bir maromda tutib turish uchun dori vositasini faqat doksitsiklinga sezgirligi isbotlangan (yoki taxmin qilingan) mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llash kerak. Aniqlangan qo‘zg‘atuvchi va uning antibiotiklarga nisbatan sezgirligi to‘g‘risida ma'lumot bo‘lganida shifokor optimal antibiotikni tanlash uchun unga amal qiladi, bunday ma'lumot bo‘lmaganida antibakterial vositani empirik tanlash lokal epidemiologik ma'lumotlar va sezuvchanlik to‘g‘risidagi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Doksitsiklin quyidagi infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi
• qoyali tog‘larning dog‘li isitmasi, toshmali tif va tifning boshqa turlari, Ku isistmasi, rikketsiyalar tomonidan chaqirilgan vezikulyar rikketsioz va kana isitmalari;
• Mycoplasma pneumoniae tomonidan chaqirilgan respirator infektsiyalar;
• Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan venerik limfogranulematoz;
• Chlamydia psittaci tomonidan chaqirilgan psittakoz;
• Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan traxoma, lekin qo‘zg‘atuvchini eliminatsiyasiga har doim xam erishib bo‘lmaydi, bu haqida immunofluorestsent tadqiqotlarning natijalari xam dalolat beradi;
• Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan kon'yunktivit qo‘shimcha patologiyalar bilan, doksitsiklinni monoterapiya ko‘rinishida ichga qabul qilish yoki mahalliy ta'sirga ega preparatlar bilan majmuada qo‘llash mumkin;
• Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan kattalardagi asoratlanmagan uretral, endotservikal va rektal infektsiyalar;
• Ureaplasma urealyticum (T-mikoplazma) tomonidan chaqirilgan gonokokkli bo‘lmagan uretrit;
• Borrelia recurrentis tomonidan chaqirilgan epidemiologik qaytar tif.
Doksitsiklin shuningdek quyidagi grammanfiy mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi
• Haemophilus dureyi tomonidan chaqirilgan shankroid;
• Yersinia pestis tomonidan chaqirilgan chuma;
• Francisella tularensis tomonidan chaqirilgan tulyaremiya;
• Vibrio cholera tomonidan chaqirilgan vabo;
• Campylobacter fetus tomonidan chaqirilgan kampilobakterioz;
• Brucella species tomonidan chaqirilgan brutsellez (streptomitsin bilan majmuada);
• Bartonella bacilliformis tomonidan chaqirilgan bartonellez;
• Calymmatobacterium granulomatis tomonidan chaqirilgan donovanoz (venerik granulema);
Quyida sanab o‘tilgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari tetratsiklinlarga chidamli bo‘lgan, shuning uchun materialni ekish va antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlashni o‘tkazish tavsiya etiladi.
Doksitsiklin, agar bakteriologik tekshirishlar ularning dori vositasiga nisbatan adekvat sezuvchanligini isbotlasa, quyidagi grammanfiy mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi
• Escherichia coli;
• Enterobacter aerogenes;
• Shigella species;
• Acinetobacter species;
• Haemophilus influenzae tomonidan chaqirilgan respirator infektsiyalar;
• Klebsiella species tomonidan chaqirilgan nafas yo‘llari va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari.
Doksitsiklin, agar bakteriologik tekshirishlar ularning dori vositasiga nisbatan adekvat sezuvchanligini isbotlasa, quyidagi grammusbat mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi
• Streptococcus pneumoniae tomonidan chaqirilgan yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari;
• Bacillus anthracis tomonidan chaqirilgan kuydirgi, shu jumladan kydirgining o‘pka shakli (ta'siridan keyin) Bacillus anthracis ni ekspozitsiyasidan keyin kasallikni uchrash chastotasi yoki avj olishini pasaytirish uchun qullariladi.
Penitsillinni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda, doksitsiklin muqobil vosita sifatida quyidagi infektsiyalarni davolash uchun ishlatilishi mumkin
• Neisseria gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan gonoreya;
• Treponema pallidum tomonidan chaqirilgan sifilis;
• Treponema pallidum tomonidan chaqirilgan frambeziya;
• Listeria monocytogenes tomonidan chaqirilgan listerioz;
• Leptotrichia buccalis (eski nomi Fusobacterium fusiform) tomonidan chaqirilgan Simanovskiy-Plaut-Vensan anginasi (o‘tkir nekrozga olib keluvchi yarali gingivit);
• Actinomyces israelii tomonidan chaqirilgan aktinomikoz;
• Clostridium spp tomonidan chaqirilgan infektsiyalar.
O‘tkir ichak amebiazida doksitsiklin amebitsid vositalarga qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llanishi mumkin.
Yordamchi dori vositasi sifatida doksitsiklin og‘ir aknelarni davolashda ishlatilishi mumkin.
Doksitsiklin qisqa muddatli (<4 oy) sayohatchilardagi Plasmodium falciparum tomonidan chaqirilgan xlorixin va/yoki pirimetaminsulfadoksinga rezistent shtammlar tomonidan chaqirilgan bezgagni oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doksitsiklinning odatdagi dozasi va qo‘llashlar soni ko‘pchilik boshqa tetratsiklinlarning shunday ko‘rsatkichidan farq qilishini yodda tutish lozim. Tavsiya qilingan dozani oshirilishi nojo‘ya samaralarning tez-tezligini oshirishi mumkin. Davolashni simptomlar va isitma yo‘qolganidan keyin, xech bo‘lmaganda 24-48 soat davomida davom ettirish kerak. Streptokokkli infektsiyalarda, revmatik isitma va glomerulonefritni rivojlanishini oldini olish uchun davolashni 10 kun davomida davom ettirish lozim.
Doksitsiklinning odatdagi dozasi kattalarda davolashning birinchi kuni 200 mg ni tashkil etadi (100 mg dan har 12 soatda bir marta yuboriladi), so‘ngra dori vositasi sutkada 100 mg li tutib turuvchi dozada buyuriladi (bir marta yoki 50 mg dan har 12 soatda yuboriladi). Ancha og‘irroq infektsiyalarda (ayniqsa siydik yo‘llarining surunkali infektsiyalarida) dori vositasini butun davolash kursi davomida sutkada 200 mg dozada qo‘llash kerak.
12 yoshdan katta bolalar tana vazni 50 kg va undan kam bo‘lgan bolalarga doksitsiklin birinchi kuni 4,4 mg/kg dozada (bir marta yoki ikki marta qabul qilishga) buyuriladi, so‘ngra 2,2 mg/kg (bir marta yoki ikki marta qabul qilishga) buyuriladi. Og‘irroq infektsiyalarda dori vositasini sutkada 4,4 mg/kg gacha dozada qo‘llash kerak. Tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarda doksitsiklin kattalar uchun odatdagi dozada buyuriladi.
Kanali va bitli qaytar tifda doksitsiklin infektsiyaning og‘irligiga qarab, 100 mg yoki 200 mg dozada ichga bir marta muvaffaqiyat bilan qo‘llab kelingan. Kanali qaytar tifni vaqti-vaqti bilan avj olishi yoki qaytalanish xavfini pasaytirish maqsadida doksitsiklinni 100 mg dan 7 kun davomida har 12 soatda qo‘llash tavsiya etiladi.
Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan asoratlanmagan uretral, endotservikal va rektal infektsiyalar 100 mg dan sutkada ikki marta 7 kun davomida buyuriladi.
C. Trachomatis yoki N. gonorrhoeae tomonidan chaqirilgan o‘tkir epididimo-orxit seftriakson 250 mg mushak ichiga yoki boshqa to‘g‘ri keladigan sefalosporin bir marta doksitsiklin bilan birga 100 mg dozada sutkada ikki marta 10 kun davomida buyuriladi.
Chlamydia trachomatis yoki Ureaplasma urealyticum tomonidan chaqirilgan gonokokkli bo‘lmagan uretrit (GBU) 7 kun davomida 100 mg dan sutkada ikki marta buyuriladi.
Chlamydia trachomatis tomonidan chaqirilgan venerik limfogranulematoz doksitsiklin 100 mg ichga sutkada ikki marta, xech bo‘lmaganida 21 kun davomida qo‘llanadi.
Kattalarda asoratlanmagan gonokokkli infektsiyalar (erkaklardagi anorektal infektsiyadan tashqari) 100 mg ichga sutkada ikki marta 7 kun davomida buyuriladi. Muqobil sifatida doksitsiklinni 300 mg dozada qabul qilish, keyinchalik 1 soat davomida ikkinchi 300 mg li dozani qabul qilish mumkin. Ovqat bilan, shu jumladan sut yoki gazlangan ichimlik bilan bir marta qabul qilish mumkin.
Kuydirgi(ta'siridan keyin) kattalarga 100 mg dan ichga sutkada ikki marta 60 kun davomida buyuriladi. Tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalarga tana vazniga 2,2 mg/kg dan ichga sutkada ikki marta 60 kun davomida buyuriladi. Tana vazni 45 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga kattalar uchun odatiy bo‘lgan dozada qo‘llaniladi.
Birlamchi va ikkilamchi sifilis birlamchi va ikkilamchi sifilis bilan xastalangan, penitsillinga allergiyasi bo‘lgan va homilador bo‘lmagan bemorlarda, penitsillinga, doksitsiklin bilan 100 mg dozada ichga sutkada ikki marta ikki hafta davomida davolash muqobil bo‘lishi mumkin.
Latent va uchlamchi sifilis latent yoki uchlamchi sifilis bilan xastalangan, penitsillinga allergiyasi bo‘lgan va homilador bo‘lmagan bemorlarda, penitsillinga, doksitsiklin bilan 100 mg dozada ichga sutkada ikki marta ikki hafta davomida davolash, agar infektsiya davomiyligi 1 yildan ortiq bo‘lmasa, muqobil bo‘lishi mumkin. Aks holda doksitsiklin 4 hafta davomida qo‘llanadi.
Akne sutkada 50-100 mg dozada 12 haftagacha bo‘lgan vaqt davomida buyuriladi.
Xloroxinga rezistent bo‘lgan Plasmodium falciparum tomonidan chaqirilgan bezgakni davolash, sutkada 200 mg dozada xech bo‘lmaganda 7 kun davomida buyuriladi. Infektsiyaning potenuial og‘irligini hisobga olib, doksitsiklin bilan bir vaqtda tez ta'sir qiluvchi shizontitsid dori vositasi, masalan, xininni qo‘llash kerak, xininning tavsiya etilgan dozalari turli regionlarda farq qiladi.
Bezgakni oldini olish kattalarda sutkada 100 mg; 12 yoshdan katta bolalarda preparat tana vazniga 2 mg/kg dozada sutkada bir marta buyuriladi; doza kattalarning dozasigacha yetishi mumkin. Profilaktikani bezgak uchraydigan xududga safardan 1-2 kun oldin boshlash mumkin. Uni butun safar davomida va qaytgandan keyin 4 hafta davomida davom ettirish kerak.
Kattalarda vaboni davolash va uni selektiv profilaktikasi 300 mg bir marta buyuriladi.
Yapon daryo isitmasini profilaktikasi 200 mg ichga bir marta buyuriladi.
Kattalarda sayohatchilar diareyasini profilaktikasi safarning birinchi kuni 200 mg (bir marta yoki 100 mg dan har 12 soatda) buyuriladi, so‘ngra sutkada 100 mg dan regionda bo‘lish davri davomida qo‘llanadi. Dori vositasini 21 kundan ortiq vaqt davomida profilaktik qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Leptospirozni profilaktikasi 200 mg dan ichga haftada bir marta regionda bo‘lish davri davomida va safar so‘ngida 200 mg buyuriladi. Dori vositasini 21 kundan ortiq vaqt davomida profilaktik qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.
Tetratsiklinlarning tabletkalarini, qizilo‘ngachni ta'sirlanish va yaralanish xavfini pasaytirish uchun adekvat miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Qizilo‘ngachni ta'sirlanishi yuz bergan hollarda doksitsiklinni ovqat yoki sut bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Tadqiqotlar, ovqat yoki sutni bir vaqtda qabul qilish doksitsiklinni so‘rilishiga jiddiy ta'sir qilmasligini ko‘rsatdi.
Davolash tartibi va sxemasiga qat'iy amal qilish, preparatni bir xil vaqt oraliqlarida qabul qilish va dori vositasining qo‘llanilayotgan dozalarini o‘tkazib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatning navbatdagi qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborilgan hollarda tabletkani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar navbatdagi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, dozan ikki barobar qabul qilmang. Keyin preparatni tavsiya qilingan sxema bo‘yicha qabul qiling.
Keksa patsiyentlar dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan hollarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki potentsial gepatotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan shaxslarda doksitsiklinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi o‘tkazilgan tadqiqotlar, doksitsiklinni odatdagi tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanishi buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda antibiotikni xaddan tashqari to‘planishiga olib kelmasligidan dalolat beradi.
Nojo‘ya ta'siri
Nerv tizimi tomonidan bosh miya ichki bosimini xavfsiz oshishi (ishtahani pasayishi, qusish, bosh og‘rig‘i, ko‘rish nervi diskining shishi), markaziy nerv tizimiga toksik ta'siri (bosh aylanishi yoki noturg‘unlik).
Eshitish a'zolari tomonidan quloqlarni shang‘illashi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, shishlar, perikardit, gipotenziya.
Ovqat hazm qidish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat yoki diareya, qorinda og‘riqlar, glossit, disfagiya, ezofagit (shu jumladan eroziv), gastrit, me'da va 12-barmoq ichakning yaralanishi, dispepsiya, enterokolit (stafilokokklarning rezistent shtammlarini proliferatsiyasi hisobiga).
Allergik reaktsiyalar makulopapulez toshma, terini qichishishi, eshakemi, teri giperemiyasi, anafilaktik shok, anafilaksiya, anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish, dori oqibatidagi qizil yugirik, Stivens-Djonson sindromi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, neytropeniya, eozinofiliya, porfiriya.
Boshqalar sariqlik, gepatit (kam hollarda), jigarning funktsional holati ko‘rsatkichlarini tranzitor oshishi, jigar yetishmovchiligi, qon zardobida mochevina kontsentratsiyasini oshishi, artralgiya, mialgiya, fotosensibilizatsiya, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, zardob kasalligi, soxta membranoz kolit, superinfektsiya, tish emali ranggini turg‘un o‘zgarishi, anogenital sohada yallig‘lanish, kandidoz (vaginit, glossit, stomatit, proktit), disbakterioz, qizib ketish hissi.
Yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar yoki dori vositasini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan nojo‘ya reaktsiyalar yuz bergan hollarda, shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddaga yoki istalgan yordamchi moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Doksitsiklinni tetratsiklinlarga yuqori sezuvchanlikda, porfiriyada, og‘ir jigar yetishmovchiligida, homiladorlik, laktatsiya davrida (davolanish davrida emizishdan voz kechish kerak), 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan jigar faoliyatini buzilishi, leykopeniya.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Doksitsiklin siklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Bu dori vositalarni birga qo‘llanishi faqat shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi lozim.
Tetratsiklinlar va metoksifluranni (ingalyatsion narkoz vositasi) birga qo‘llanishi og‘ir buyrak yetishmovchiligiga (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanishiga) olib kelishi mumkin.
Doksitsiklinni metall ionlarini saqlovchi vositalar (alyuminiy, kaltsiy va magniy tuzlarini saqlovchi antatsidlar; marganets, ruh saqlovchi preparatlar, temir preparatlari) bilan, nofaol xelatlarni hosil bo‘lishi tufayli, birga qo‘llash mumkin emas. Xolestiramin doksitsiklinni so‘rilishini susaytiradi. Alkogol, barbituratlar, karbamazepin, fenitoin zardobda doksitsiklinning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Doksitsiklin penitsillin, oral kontratseptivlarning samardorligini kamaytiradi; oral kontratseptivlar bilan birga qo‘llanganda hayz ko‘rish siklida qon ketish ehtimoli oshadi. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda davolash uchun qo‘llanganda qon vishini sinchiklab nazorat qilish talab qilinadi (tetratsiklinlarni qabul qilish fonida K vitaminining sintezi pasayadi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu dori shaklini 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Mahalliy ta'sirlantiruvchi ta'sirini (ezofagit, gastrit, me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatini yaralanishini) oldini olish uchun kunduzgi vaqtlarda katta miqdordagi suyuqlik bilan, ovqat yoki sut bilan qabul qilish tavsiya qilinadi.
Fotosensibilizatsiyani rivojlanish xavfi tufayli, davolanish vaqtida va undan keyin 4-5 kun davomida insolyatsiyani cheklash lozim.
Uzoq vaqt qo‘llanganda jigar faoliyatini, qon yaratish a'zolarini nazorat qilish lozim.
Sifilisning ko‘rinishlarini niqoblashi mumkin, shu boisdan mikst-infektsiya yuz berishi mumkin bo‘lsa, 4 oy mobaynida serologik taxlilni har oy o‘tkazish lozim.
Barcha tetratsiklinlar har qanday suyak hosil qiluvchi to‘qimalarda Sa2+ bilan barqaror komplekslar hosil qiladi. Shu tufayli, tishlarni rivojlanish davrida qabul qilish tishlarni sariq-kulrang-jigarrang rangga uzoq vaqt bo‘yalishiga, shuningdek emalni gipoplaziyasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Katexolaminlarning siydikdagi darajasini fluorestsent usul bilan aniqlashda, ularning darajasini soxta oshishi kuzatilishi mumkin.
Doksitsiklinni uzoq muddat olgan patsiyentlarda qalqonsimon bez bioptati tekshirilganda, uning faoliyati o‘zgarmagan bo‘lib, mikropreparatlarda to‘qimalar to‘q-jigarrangga bo‘yalib qolishi mumkin.
Tadqiqotlarda doksitsiklin homilani rivojlanishiga toksik ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi (skeletni rivojlanishini kechiktirishi) – tog‘ayda metalloproteazalarni (kollagen va proteoglikanlarning degradatsiyasini katalizlovchi fermentlarni) bloklashi, deformatsiyalovchi osteoartrozda shikastlanishlarni kamayishiga olib kelishi aniqlangan.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki potentsial gepatotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan shaxslarda doksitsiklinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Teratsiklinlarni, shu jumladan doksitsiklinni peroral yoki parenteral qabul qilish bilan bog‘liq jigar faoliyatini buzilishlari to‘g‘risida juda kam xabar berilgan.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan shaxslarda doksitsiklinni buyrak orqali ekskretsiyasi 72 soat ichida taxminan 40% ni tashkil qiladi. bu diapazon og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam) bo‘lgan shaxslarda 72 soat ichida 1-5% gacha pasayishi mumkin.
Tadqiqotlar, buyrak faoliyati normal va faoliyatini buzilishi bo‘lgan shaxslarda doksitsiklinni qon zardobidan yarim chiqarilish davrida sezilarli farqlarni aniqlamagan. Gemodializ dori vositasining qon zardobidan yarim chiqarilish davriga ta'sir qilmaydi.
Tetratsiklinlarning anabolik ta'siri qonda mochevina darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Anabolik samarasi buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda doksitsiklin qo‘llanganda namoyon bo‘lmagan.
Fotosensibilizatsiya. Yorug‘likni sezuvchanlik reaktsiyalari tetratsiklinlar, shu jumladan doksitsiklin qabul qilgan ayrim shaxslarda aniqlangan. Doksitsiklin bilan davolash vaqtida va u tugaganidan keyin 4-5 kun davomida tananing ochiq sohalarini to‘g‘ri quyosh nurlaridan va sun'iy UB nurlanishdan himoya qilish tavsiya qilinadi. Terida eritemaning birinchi ko‘rinishlarida tetratsiklinlar, shu jumladan doksitsiklin bilan davolash darhol to‘xtatilishi lozim.
Soxta membranoz kolit. Deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan doksitsiklin qo‘llanganda soxta membranoz kolitni rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan. bu asoratning og‘irlik darajasi yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha o‘zgarib turgan. Antibakterial vositalarni qo‘llash oqibatidagi diareya yuzasidan murojaat qiluvchi patsiyentlarda bu tashhisni ko‘rib chiqish lozim.
Ezofagit. Tetratsiklinlar sinfi dori vositalarining kapsula yoki tabletka shakllarini, shu jumladan doksitsiklinni qo‘llagan patsiyentlarda ezofagit va qizilo‘ngach yaralari qayd etilgan. Bu patsiyentlarning ko‘pchiligi dori vositasini bevosita uyqudan oldin yoki yetarli bo‘lmagan miqdordagi suyulik bilan qabul qilishgan.
Yengil bosh miya ichki gipertenziyasi dori vositasini maksimal terapevtik dozada qabul qilgan shaxslarda qayd etilgan. Bu simptomlar dori vositasi bekor qilingandan keyin tezda yo‘qolgan.
Porfiriya. Porfiriyani yuz berishining kam hollari tetratsiklinlarni qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan.
Venerik kasalliklarni davolash. Yondosh sifilisga shubha bo‘lgan venerik kasalliklarni davolashda tegishli diagnostik muolajalar, qorong‘i maydondagi mikroskopiya va boshqa tahlillar ishlatililish lozim. Bunday hollarda kamida 4 oy davomida har oylik serologik testlar o‘tkazilishi lozim.
Beta-gemolitik streptokokk. A guruhi beta-gemolitik streptokokklari tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda davolash kamida 10 kun davom etishi lozim.
Miasteniya gravis. Tetratsiklinlar guruhi dori vositalari kuchsiz nerv-mushak blokadasini chaqirishi mumkin, shuning uchun miasteniya gravis bilan xastalangan patsiyentlarda doksitsiklinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Tizimli qizil yugirik. Tetratsiklinlar tizimli qizil yugirikni avj olishini chaqirishi mumkin.
Metoksifluran. Metoksifluranni tetratsiklinlar bilan bitr vaqtda qo‘llanishi fatal neyrotoksiklikka olib keladi.
Dori vositasining tarkibiga laktoza kiradi, shu boisdan uni galaktozani kam uchraydigan tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi, Lapp laktaza tanqisligi va glyukoza-galaktoz malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Dori vositasining tarkibiga allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan xinolin sarig‘i (E-104) apelsin sarig‘i (E-110) bo‘yovchilari kiradi.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanishi homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llash mumikn emas.
Avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri patsiyentlar yuqori diqqatni, tezkor ruhiy va harakat reaktsiyasini talab etuvchi barcha faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan hollarda dori vositasini bekor qilish va simptomatik davolashni boshlash kerak. Dializ preparatni zardobdan yarim chiqarilish davriga ta'sir qilmaydi va doza oshirib yuborilgan hollarda samarasizdir.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan kontur uyali o‘ramlarda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan o‘ramda.
Statsionarlar uchun o‘ram 150 kontur uyali o‘ramlar tegishli miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
.
4 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
RUP «Belmedpreparati»,
Belarus Respublikasi, 220007, Minsk sh,
Fabritsius ko‘ch, 30-uy, t./f. (+375 17) 220-37-16,
e-mail medic@belmedpreparaty.com,
http//www.belmedpreparaty.com.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.