Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Enzofen vaginal kapsulalar 1000 mg № 2
Nomi | Narx | |||||
Энзофен вагин. капс.1000 мг №2 (208001850##1823) |
UZS 77 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фентиконазола нитрат
Страна производитель
Турция
Дозировка
1000 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Форма выпуска
Капсулы вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Enzofen
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Fentikonazol
Dori shakli
Vaginal kapsulalar
Tarkibi
1 vaginal kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 600 mg yoki 1000 mg fentikonazol nitrat.
yordamchi moddalar suyuq yengil parafin, yumshoq oq parafin, soya letsitini;
kapsula jelatin, glitserin, titan dioksidi, natriy etilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoati.
Ta'rifi oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan bir jinsli massa saqlovchi oq rangdan och sariq ranggacha bo‘lgan yumshoq oval tiniq bo‘lmagan jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Zamburug‘larga qarshi vosita. Imidazol hosilalari.
ATX kodi G01AF12
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Enzofen – dermatofitlar (Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton larning barcha turlari), Candida albicans, shuningdek teri qoplamlari va shilliq qavatlarning boshqa zamburug‘li infektsiyalariga nisbatan yuqori fungistatik va fungitsid faollikka ega bo‘lgan keng ta'sir doirali zamburug‘larga qarshi preparatdir. Fentikonazol grammusbat mikroorganizmlarga antibakterial ta'sir ko‘rsatadi va Trichomonas vaginalis ga nisbatan parazitlarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Preparat Candida albicans ning kislotali proteinazasini ingibitsiya bo‘lishi, qobig‘ini shikastlanishi va sitoxromoksidaza va peroksidazani bloklanishi orqali o‘zining zamburug‘larga qarshi faolligini namoyon qiladi.
Farmakokinetikasi
Fentikonazol tizimli absorbtsiyaga deyarli uchramaydi, uzoq muddat davomida vaginal qo‘llanganida uning qondagi kontsentratsiyasi aniqlanmaydi. Shilliq qavatlar orqali so‘rilish darajasi ahamiyatsiz darajada.
Qo‘llanilishi
Enzofen 600 mg
—genital kandidoz.
Enzofen 1000 mg
—genital kandidoz (vulьvovaginit, kolpit), shu jumladan grammusbat flora bilan asoratlangan genital kandidoz;
—Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan infektsiyalar;
—Trichomonas vaginalis va Candida albicans lar tomonidan chaqirilgan aralash infektsiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal qo‘llash uchun mo‘ljallangan
Infektsiyani takroran yuqishidan saqlanish maqsadida jinsiy olatning boshchasiga va uning qoplangan terisiga Enzofen kremini surtish orqali bir vaqtda jinsiy sherikni mahalliy davolash tavsiya etiladi.
Enzofen 600 mg kapsula uxlashdan oldin yotgan holatda qinga chuqur kiritiladi. Agar simptomlar saqlanib tursa, u holda 3 kundan keyin yana 1 kapsula kiritish mumkin.
Enzofen 1000 mg kapsula uxlashdan oldin yotgan holatda qinga chuqur kiritiladi. Trichomonas vaginalis tomonidan chaqirilgan infektsiyalar va (Trichomonas vaginalis va Candida albicans) tomonidan chaqirilgan aralash infektsiyalarni davolash 1000 mg li 1 kapsula qo‘llanadi. Zarurat bo‘lganida 24 soatdan keyin takroran qo‘llanadi. Agar simptomlar saqlanib qolsa, u holda 3 kundan keyin yana 1 kapsulani kiritish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Enzofen tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida preparat deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun tizimli samaralarni rivojlanishi istisno qilinadi. Mahalliy yuborilganidan so‘ng ahamiyatsiz darajadagi vaqtinchalik qizarish yoki achishish hissi rivojlanishi mumkin.
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan juda kam hollarda (< 1/10000).
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan juda kam hollarda – eritema, qichishish, toshma.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan juda kam hollarda – yuborilgan joyda achishish hissi.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Fentikonazol nitratga va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga kiruvchi ayrim yordamchi moddalar (paragidroksibenzoatlar) allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Sensibilizatsiya yoki allergik reaktsiyalar rivojlanganida davolash to‘xtatilishi kerak.
Patsiyentga o‘zining shifokori bilan maslahatlashish tavsiya etiladi
—agar bir hafta davomida yaxshilanish kuzatilmagan bo‘lsa;
—simptomlar takroran rivojlanganida (oxirgi 6 oy davomida 2 dan ortiq infektsiyani rivojlanishi kuzatilganida);
—agar anamnezida jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infektsiyalar (JYYuI) bo‘lsa, yoki jinsiy sherikda YuYYuK bo‘lsa;
—agar patsiyentning yoshi 16 yoshgacha yoki 60 yoshdan oshgan bo‘lsa;
—imidazolga yoki zamburug‘larga qarshi boshqa vaginal preparatlarga ma'lum o‘ta yuqori sezuvchanlikda;
—normada kuzatilmaydigan har qanday yoki nomuntazam kuzatiladigan vaginal qon ketishlari bo‘lganida;
—qindan ajralib chiqadigan har qanday qonli ajralmalar kuzatilganida;
—terining har qanday vulьvovaginal ochiq shikastlanishlarida, yaralar yoki bullyoz shikastlanishlarda;
—qorinning pastki qismida preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday og‘riqlarida yoki dizuriyada;
—davolash bilan bog‘liq bo‘lgan eritema, qichishish yoki toshma kabi har qanday noxush reaktsiyalar rivojlanganida maslahatlashish tavsiya etiladi.
Vaginal kapsulalar to‘siqli kontratseptivlar bilan birga ishlatilishi mumkin emas.
Homiladorlik va emizish vaqtida fentikonazol preparati faqat shifokorning nazorati ostida ishlatilishi kerak.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda fentikonazolni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen samaralar aniqlanmagan, embriotoksik va fetotoksik ta'siri peroral yuboriladigan juda yuqori dozalardagina kuzatilgan. Intravaginal qo‘llanganida fentikonazolning past tizimli ta'siri kuzatiladi. Homiladorlik vaqtida fentikonazolni shifokorning kuzatuvi ostida ishlatish kerak.
Hayvonlarga fentikonazolni peroral yuborish orqali o‘tkazilgan tadqiqotlar, preparat va/yoki uning metabolitlari ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi mumkinligini ko‘rsatgan. Hatto agar Enzofenni intravaginal qo‘llash fentikonazol va/yoki uning metabolitlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishiga olib kelishini ko‘rsatuvchi ma'lumotlar bo‘lmasa-da, bola uchun havfni istisno qilish mumkin emas. Laktatsiya vaqtida fentikonazolni shifokorning nazorati ostida ishlatish lozim.
Pediatriyada qo‘llanishi
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda fentikonazolning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. 16 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etiladigan dozalari kattalar uchun mo‘ljallangan dozalar bilan bir xil.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tizimli qon oqimiga so‘rilish darajasi past bo‘lganligi sababli, dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Enzofen ichga qabul qilish uchun emas, balki mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bexosdan ichga qabul qilinganida qorinda og‘riq va qusish kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Enzofen 600 mg vaginal kapsulalar. 2 kapsula blisterda. 1 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Enzofen 1000 mg vaginal kapsulalar. 1 yoki 2 kapsula blisterda. 1 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.