Mupirosept surtma 2% - 15 g
39 300 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
2%
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Турция
Yoʻriqnoma: Mupirosept surtma 2% - 15 g
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Mupirosept®Preparatning savdo nomi
Mupirosept®Ta'sir etuvchi modda (XPN): Mupirotsin
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma1 g surtma tarkibi:
faol moddalar: mupirotsin 20 mg;
yordamchi moddalar: polietilenglikol 400 va polietilenglikol 4000.
Tavsifi: Oq yoki deyarli oq rangli, yod kiritmalardan holi bo‘lgan, yumshoq konsistentsiyali bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun antibiotiklar.ATX kodi: D06AX09
Farmakologik xususiyatlari
Ta'sir mexanizmi. Mupirotsin fluorestsentli psevdomonadalarni (Pseudomonas fluorescens) fermentatsiyasi orqali olinadigan yangi antibiotikdir.Izoleytsil-tRNK-sintetazani tormozlaydi va bu bilan bakterial oqsillar sintezini susaytiradi.
Mupirotsin maxalliy qo‘llanilganda erishiladigan minimal ingibitsiya qilish kontsentratsiyalarida bakteriostatik va yuqoriroq kontsentratsiyalarida bakteritsid xususiyatlarga ega.
Chidamlilik mexanizmi.
Stafilokokklardagi past darajali chidamlilik maqsadli ferment izoleytsil-tRNK-sintetaza uchun oddiy stafilokokk xromosoma genining (ileS) ichki nuqtali mutatsiyalari bilan bog‘liq.
Stafilokokklardagi yuqori darajali chidamlilik alohidagi plazmida orqali kodlanadigan izoleytsil-tRNK-sintetaza fermenti bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Enterobakteriyalar (Enterobacteriaceae) kabi grammanfiy organizmlardagi ichki rezistentligi grammanfiy bakterial xujayra g‘ovining tashqi membranasini kuchsiz penetratsiyasi bilan bog‘liq bo‘lib mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan ta'sir printsipi va kimyoviy strukturasi tufayli mupirotsin boshqa klinik axamiyatli antibiotiklarga kross-rezistentlik namoyon qilmaydi.
Asosiy ta'sirlanuvchi turlar: Staphylococcus aureus, Streptococcus pyogenes, streptokokk turlari (piogen streptokokklardan farqli beta-gemolitik streptokokklar).
Grammanfiy anaeroblar: Haemophilus influenza, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Branhamella catarrhalis, Pasteurella multocida, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes, Citrobacter freundii, Bordetella pertussis.
Davolashda qiyinchilik tug‘diradigan orttirilgan chidamliligi bo‘lgan turlari: stafilokokklarning koagulazo-manfiy turlari.
Xarakteri tufayli chidamli organizmlar: korinebakteriyalar, mikrokokklarning bir turlari.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Mupirotsin odamni shikastlanmagan terisi orqali yaxshi so‘rilmaydi.Metabolizm. Faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Shikastlangan teri orqali so‘rilgan taqdirda mupirotsin nofaol moniy kislotasigacha tez metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi. Mupirotsin organizmdan nofaol metabolit – moniy kislotasigacha metabolik yo‘li orqali aylanib buyraklar orqali tez chiqariladi.
Qo‘llash uchun ko‘rsatmalar
Mupirotsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan terini birlamchi va ikkilamchi infektsion shikastlanishni davolash, shu jumladan:
- terini birlamchi infektsiyalari: piodermiyalar (streptodermiyalar, stafilodermiyalar): impetigo, sikoz, follikulit, furunkulez (shu jumladan tashqi eshitish yo‘llari va quloq chig‘anog‘ini furunkullari) va ektimlar;
- ikkilamchi infektsiyalar: infektsiyalanganekzema; infektsiyalangan atopik, kontakt va allergik dermatit, infektsiyalangan jaroxatlar (shilinishlar, kesilishlar, xasharotlar chaqishi), trofik yaralar, kichik jaroxatlar, axamiyatsiz yaralar va kuyishlar (gospitalizatsiya talab qilmaydigan);
- jarroxlik kesmalar va katta bo‘lmagan yaralanishlar vaqtidagi infektsiyalarning profilaktikasi;
- burun bo‘shlig‘ining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari;
- katta bo‘lmagan yaralar, kesilishlar, shilinishlar va boshqa ifloslanmagan teri shikastlanishlarda bakterial infektsiyalar profilaktikasida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llaniladi.Paxtali yoki dokali tampon yordamida surtmani ozgina miqdorini shikastlangan teri soxasiga sutkada 2-3 marta surtiladi. Keyin surtmani surtilgan sohasiga oddiy dokali yoki okklyuzion bog‘lov qo‘yiladi. Davolash davomiyligi va surtilish tez-tezligi klinik ko‘rinish dinamikasiga bog‘liq. Preparatni 10 kundan ortiq qo‘llamaslik kerak.
Davolanish boshlangandan 5 kundan keyin samaradorligi yo‘qligi aniqlansa klinik ko‘rsatkichlarini dinamikasi xisobga olingan xolda keyingi davolash taktikasini qayta ko‘rib chiqish tavsiya tiladi.
Preparatni surtishdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlash imkoniyati yo‘q.
Immun tizimi tomonidan: juda kam – tizimli allergik reaktsiyalar (shu jumladan anafilaksiya, tarqoq toshma, eshakemi va angionevrotik shish).
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan: tez-tez – surtilgan joyidagi achishishlar; kam – qichishish, eritema, sanchish, surtilgan joyida quruqlanish. Mupirotsin yoki surtma asosiga teri allergik reaktsiyalari.
NOJO‘Ya TAЪSIR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mupirotsinga yoki preparat tarkibiga kiradigan boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surtmani ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Ko‘zga tushganda – surtma qoldiqlari to‘la ketguncha ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash lozim.Kam xollarda preparat qo‘llanilganda yuqori sechuvchanlik reaktsiyasi yoki og‘ir mahalliy qo‘zg‘aluvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Bunday xolatda davolanishni to‘xtatib, iloji boricha surtilgan soxadan preparatni olib tashlab infektsiyani muqobil terapiyasi belgilanadi.
Boshqa antibakterial preparatlarxolati kabi, mupirotsinni uzoq muddat qo‘llanganda sezgir bo‘lmagan mikrorganizmlarni xaddan ziyod o‘sish xavfi mavjud.
Antibiotiklarni qo‘llanganda og‘irlik darajasi yengildan xayot uchun xavfli turlarigacha bo‘lgan psevdomembranoz kolit rivojlanish xolatlari kuzatilgan.
Shunday qilib, agar antibiotiklarni qo‘llash fonida yoki keyin diareya rivojlansa patsiyentlarda bunday tashxis bo‘lishi mumkinligini nazarda tutish muximdir. Mupirotsinni maxalliy qo‘llanganda bunday xolat rivojlanish extimoli kam bo‘lsada, uzoq muddatli yoki axamiyatli darajadagi diareya yoki qorinda spazmlar rivojlanish xollarida, davolashni darxol to‘xtatish va patsiyentni qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazish kerak.
Preparatni oftalmologiyada, intranazal, kateterlar bilan birgalikda, xamda markaziy venoz kateter kiritilish joyida qo‘llash mumkin emas.
Polietilenglikol ochiq yara yuzasi va boshqa shikastlangan teri qoplamalari orqali so‘rilishi mumkin va buyraklar orqali chiqariladi.
Polietilenglikol asosidagi boshqa surtmalar kabi, polietilenglikolni ko‘p miqdorda so‘rilishi ehtimoli bo‘lgan holatlarda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligini o‘rta yoki og‘ir darajasida, mupirotsin surtmasini qo‘llamaslik kerak.
Atibakterial faolligini pasayishi yoki surtmadagi mupirotsinni barqarorligini o‘zgarishi mumkinligini oldini olish maqsadida preparatni boshqa dori vositalari bilan birga aralashtirmaslik kerak.
Mupirotsin surtmasini ta'siri 1 yoshdan kichik bolalarda o‘rganilmagan, shu tariqa qo‘shimcha ma'lumotlar paydo bo‘lmaguncha bunday patsiyentlarda qo‘llanilmaslik kerak.
Davolanish tugagandan keyin tubada qolgan surtmani keyingi davolash kursi uchun ishlatish mumkin emas.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishning o‘ziga xosligi.
Transport vositasini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashga salbiy ta'siri aniqlanmagan.
Homiladorlik va emizish davri
FDA tasnifi bo‘yicha kategoriya – belgilanmagan.
Ko‘krak sutiga o‘tishi xaqida ma'lumotlar yo‘q. Emizish va xomiladorlik davrida qo‘llanilmasin. Agar kutilayotgan foyda asoratlarni rivojlanishi xavf extimolidan ustun bo‘lganda preparatni qo‘llash mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: Xozirgi vaqtda mupirotsin bilan dozasini oshirib yuborilishi xaqida chegaralangan ma'lumotlar mavjud.Davolash: mupirotsin dozasini oshirib yuborilishidagi spetsifik davolash mavjud emas. Dozani oshirib yuborilganda qo‘llab turiladigan terapiya va zarurat bo‘lganda patsiyentga tegishli nazorat ko‘rsatilgan. Adashib surtmani ichga ko‘p miqdorda qabul qilinganda, polietilenglikolni mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari tufayli buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni buyrak faoliyatini sinchkov tarzda nazoratini olib borish kerak.
Chiqarilish shakli
«Mupirosept®» sirtga qo‘llash uchun surtma 2% tubalarda, 15 g dan.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Muzlatilmasin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
“Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.”Turkiya, Dyuzdje shahri, Sandjaklar Max, Eski Akchakodja ko‘chasi, 299
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
uchun ishlab chiqarilgan
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A”
Tel: (99871) 207 99 00; Faks: (99871) 207 99 01; E-mail: pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.