Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Perota inf. uchun eritma tayyorlash uchun steril liofillangan kukun. 4g/0,5g №1
Perota inf. uchun eritma tayyorlash uchun steril liofillangan kukun. 4g/0,5g №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пиперациллин, тазобактам
Страна производитель
Грузия
Дозировка
4г/0,5г
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Порошок для приготовления раствора для внутривенного введения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Perota
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) piperatsillin, tazobaktam (piperacillin/tazobaktam
Dori shakli
v/i infuziya uchun eritma tayyorlash uchun steril liofillangan kukun.
Tarkibi
Preparatning bir flakoni (2 g/0,25 g) kuyidagilarni saqlaydi
2 g piperatsillinga ekvivalent piperatsillin natriy va 0,25 g tazobaktamga ekvivalent tazobaktam natriy
Preparatning bir flakoni (4 g/0,5 g) kuyidagilarni saqlaydi
4 g piperatsillinga ekvivalent piperatsillin natriy va 0,5 g tazobaktamga ekvivalent tazobaktam natriy saqlaydi.
Ta'rifi
Farmakoterapevtik guruhi
penitsillinlar guruhi yarimsintetik antibiotigi (piperatsillin) beta-laktamazlarning ingibitori tazobaktam bilan.
ATX Kodi J01CR05
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy antibakterial preparatdir. Piperatsillin keng ta'sir doirasiga ega penitsillinlar guruhi yarimsintetik bakteritsid antibiotigi, mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini susaytiradi.
Tazobaktam-beta-laktamazalarning (shu jumladan plazmid va xromosomali) ingibitori. Tazobaktamning ishtiroki piperatsilinning ta'sir doirasini ahamiyatli kengaytiradi.
Preparat grammanfiy aerob bakteriyalarga nisbatan faol Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Enterobacter spp., (Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes), Providencia spp., Sitrobacter spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Morganella morganii, Serratia spp. (Serratia marcescens, Serratia liquifaciens), Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris), Pseudomonas aeruginosa (faqat piperatsillinga sezgir shtammlari), Pseudomonas spp. (Burkholderia cepacia, Pseudomonas fluorescens ni ham qo‘shib), Moraxella spp. (Moraxella catarrhalis ni ham qo‘shib), Neisseria spp. (shu jumladan Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae), Haemophilus spp. (Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae ni ham qo‘shib), Pasteurella multocida, Yersinia spp., Campylobacter spp., Gardnerella vaginalis, Stenotrophomonas maltrophilia, Acinetobacter spp. (xromosom beta-laktamazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan);
grammusbat aerob bakteriyalar Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus bovis), Viridans group streptococci (C va G), Enterococcus spp. (Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium), Staphilococcus spp. (Staphylococcus aureus metitsillinga sezgir shtammlari, Staphylococcus epiderrmidis, Staphylococcus saprophyticus), Listeria monocytogenes, Nocardia spp.;
anaerob bakteriyalar Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatus va boshqalar), Fusobacterium nucleatum, Clostridium spp. (shu jumladan Clostridium perfringens, Clostridium difficile), Peptostreptococcus spp., Eubacter spp., Veillonella spp., Actinomyces spp.
Vena ichiga infuziyadan keyin T1/2 36-72 minutni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi piperatsillin uchun 21% va tazobaktam uchun 23% ni tashkil qiladi.
Organizmning to‘qima va suyuq muhitlariga, ichakning shilliq qavatiga, o‘t pufagiga, safroga va o‘pkaga yaxshi kiradi. Piperatsillinning 69% va tazobaktamning 80% siydik bilan chiqariladi. Piperatsillin shuningdek safro bilan ham chiqariladi.
Qullanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsion yallig‘lanish kasalliklari
- nafas yo‘llarining quyi bo‘limlarini infektsiyalari (pnevmoniya, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi);
- abdominal infektsiyalar - peritonit, pelvioperitonit, xolangit, o‘t qopining empiyemasi, appenditsit (shu jumladan abstsess bilan asoratlangan);
- siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan asoratlangan) - piyelonefrit, sistit, prostatit, epididimit, gonoreya, endometrit, vulvovaginit, tug‘ruqdan keyingi endometrit va adneksit;
- suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;
- teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari - flegmona, furunkulyoz, abstsess, piodermiya, limfadenit, limfangit; infektsiyalangan trofik yaralar, infektsiyalangan jarohatlar va kuyishlar.
- intraabdominal infektsiyalar;
- neytropeniyali bemorlardagi bakterial infektsiyalar;
- sepsis, meningit;
- operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish.
Preparat og‘ir infektsion-yallig‘lanish kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilarini aniqlashdan oldin davolash uchun qo‘llanadi.
Qullash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
infektsiyaning og‘irligi va lokalizatsiyasiga, qo‘zg‘atuvchining preparatga sezgirligiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi. Preparat v/i tomchilab 20-30 minut davomida yuboriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda o‘rtacha sutkalik doza 12 g piperatsillin va 1,5 g tazobaktamni 2/0,25 g (2 g piperatsillin/0,25 g tazobaktam) har 6 soatda yoki 4/0,5 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 8 soatdani tashkil qiladi.
Pseudomonas aeruginosa chaqirgan infektsiyalarda aminoglikozidlarni qo‘shimcha buyurish ko‘rsatilgan. Vazni 40 kg gacha bo‘lgan buyrak faoliyati normal bo‘lgan bolalarga tavsiya qilinadigan doza har 8 soatda 100 mg piperatsillin/12,5 mg tazobaktam/kg ni tashkil qiladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligida preparatning sutkalik dozalariga kretinin klirensiga (KK) qarab tuzatish kiritiladi.
KK
(ml/min)Piperatsillin/tazobaktamning tavsiya qilinadigan dozalari
20-40Sutkalik doza 12/1,5 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 8 soatda
<20Sutkalik doza 8/1 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 12 soatda
Gemodializda bo‘lgan bemorlar uchun maksimal sutkalik doza 8 g piperatsillin/1 g tazobaktamni tashkil qiladi; chunki gemodializ vaqtida piperatsillinning 30-50% 4 soatda yuvib chiqariladi, har bir dializ seansidan keyin qo‘shimcha 2 g piperatsillin/0,25 g tazobaktam dozasini buyurish kerak. Davolash kursi odatda 7-10 kun, ko‘rsatmalar buyicha 14 kungacha oshirilishi mumkin.
Eritmani tayyorlash va yuborish usuli
V/i ga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun erituvchi sifatida 0,9% NaCl eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, in'ektsiya uchun steril suv ishlatiladi.
V/i ga oqim bilan yuborish uchun (3-5 min) 2 g/0,25 g preparat saqlovchi flakon 10 ml yuqorida ko‘rsatilganeritmalardan biri bilan suyultiriladi.
V/i ga tomchilab yuborish uchun 2 g/0,25 g yoki 4 g/0,5 g preparat saqlagan flakonni 10 yoki 20 ml 0,9% NaCl eritmasiga muvofiq suyultiriladi. Olingan eritma keyinchalik 50 ml ko‘rsatilgan eritmalardan biri bilan yoki dekstrozaning 5% suvdagi eritmasi yoki 5% dekstroza va 0,9% NaCl eritmasining aralashmasida suyultiriladi.
Nojuya ta'sirlari
Tez-tez diareya, qusish, ko‘ngil aynishi
Kamroq flebit, tromboflebit, terini qizarishi, allergik reaktsiyalar (shu jumladan eshakemi, terini qichishi, toshma), superinfektsiyani rivojlanishi.
Kam ko‘pshaklli ekssudativ eritema, ekzema, miasteniya, mialgiya, gallyutsinatsiyalar, AB ni pasayishi, qonovchanlik, yuborish joyida og‘riq va qizarish.
Juda kam soxtamembranoz enterokolit.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tranzitor leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, gipokaliyemiya, “jigar” transaminazalari faolligini tranzitor oshishi, bilirubinemiya, mochevina va kreatinin kontsentratsiyasini oshishi mumkin.
Qullash mumkin bulmagan xolatlar
- Penitsillinlarga, sefalosporinlarga va beta-laktam antibiotiklarning boshqa ingibitorlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas;
Ehtiyotkorlik bilan og‘ir qon ketishlar, mukovistsidoz, soxtamembranoz enterokolit, surunkali buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning uzaro ta'sirlari
Perota aminoglikozidlar, laktatli Ringer eritmasi, qon o‘rnini bosuvchilar yoki albumin gidrolizatlari bilan farmatsevtik (bir shpritsda) nomutanosib. Perota eritmalarini natriy bikarbonatini saqlovchi infuzion eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari, T1/2 ni oshiradi va piperatsillinni ham, tazobaktamni ham buyrak klirensini kamaytiradi, bunda ikkala preparatning plazmadagi Cmax o‘zgarmay qoladi.
Preparat geparin. peroral antikoagulyantlar va boshqa gemostatik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida tez-tez qonning koagulyatsion parametrlarini nazorat qilish kerak.
Piperatsillin metotreksatni chiqarilishini kamaytiradi, shuning uchun oxirgisining qon plazmasidagi darajasini monitoringi kerak. Probenetsid Perotaning yarim chiqarilish davrini oshiradi. Piperatsillin va vekuroniyni bir vaqtda qo‘llash (yoki boshqa qutblantirmaydigan miorelaksantlar) vekuroniyning nerv-mushak blokadasini uzaytiradi.
Maxsus kursatmalar
Penitsillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qarama-qarshi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Hayotiy muhim ko‘rsatkichlarda preparatni erta davrdanoq qo‘llash mumkin.
Og‘ir vaqti-vaqti bilan avj oluvchi diareya paydo bo‘lgan hollarida soxtamembranoz enterokolitni rivojlanish ehtimolini hisobga olish kerak. Yengil hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish yetarlidir, o‘rtacha va og‘ir hollarda esa maxsus davolash talab qilinadi.
Uzoq muddat davolanish buyrak, jigar faoliyatini, qon ko‘rsatkichlarini (shu jumladan ivish tizimini) vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Gonoreyani davolash uchun antibiotiklarni yuqori dozalarda qisqa muddatda qo‘llash sifilisning yashirin (inkubatsion) davrini niqoblashi mumkin, shuning uchun antibakterial davolashni boshlashdan avval gonoreyali bemorlar sifilisni aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat agarda ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari qo‘zg‘alish, tirishishlar.
Davolash simptomatik, shu jumladan tutqanoqqa qarshi vositalarni buyurish (diazepam yoki barbituratlar ham qo‘shib), gemodializ yoki perotoneal dializ.
Chikarilish shakli
Vena ichiga infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun steril liofillangan kukun
1 flakon saqlaydi – 2 g piperatsillin/0,25 g tazobaktam; o‘ramda - 1 flakon.
1 flakon saqlaydi – 4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam; o‘ramda - 1 flakon.
Saklash sharoiti
25°S gacha bo‘lgan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin!
Yangi tayyorlangan eritmani saqlash sharoiti muddati 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda sovutgichda saqlanganida (2°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda) 24 soatni tashkil qiladi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha!
Balk (yarim tayyor) mahsulotni ishlab chiqaruvchi
Laboratorio REIG JOFRE. S.A. C/Gran Capitan, 10, 08970 Sant Joan despi Barselona Spain
Yakuniy mahsulotni ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd Gruziya, Tbilisi sh., Zemo 103
Tel +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.