Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Reatsin in'ektsiya uchun eritma 500mg/2ml №1
Reatsin in'ektsiya uchun eritma 500mg/2ml №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амикацин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
500мл/2мл
Производитель
Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Reatsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) amikatsin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
faol modda amikatsin sulfati amikatsinka qayta hisoblanganda - 100 mg va 500 mg;
yordamchi moddalar natriy sitrat digidrat, natriy metabisulfit, oltingugurt kislotasi 35%, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Aminoglkozidlar.
ATX kodi J01G106
Farmakologik hususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. To‘qima membranasiga faol ravishda kirib, ribasomalar 30S subbirligi bilan qaytmas birikma hosil kiladi. Matritsa RNK va ribasoma 30S subbirlik bilan kompleks xosil bo‘lishia to‘sqinlik qiladi.
Yarimribasomalar oqsil sintezida ishtirok etaolmaydi va oqibatda mikrob hujayralarining o‘limiga olib keladi.
Grammusbat va ayrim grammanfiy mikrorganizmlarga nisbatan faol gentamitsin, tobramitsin, sizomitsin va netilmitsinga nisbatan chidamli; Pseudomonas aeruginosa, penitsillin metiltsillin va ayrim sefalosporinlarga nisbatan chidamli; Enterobacter spp.,Salmonella spp., Shigella spp., Streptococcus spp., Staphylococcus spp. Streptomitsin, izoniazid, PASK va boshka sil kasalligiga qarshi dori vositalariga chidali Mycobacterium tuberculosis ga nisbatan bakteriostatik ta'sir ko‘rsatadi. Oddiy va anaerob sporahosil qilmaydigan grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol emas
Farmakokinetikasi
Preparat me'da-ichak yullarida so‘rilmaydi. M/i va V/i yuboriladi. Smax m/i va v/i 7,5 mg/kg yuborilgandan 1 va 0.5 s. o‘tgandan so‘ng erishiladi va mos ravishda 21 va 38 mkg/mg tashkil qiladi. Terapevtik kontsentratsiyasi (15-25 mkg/ml) m/i va v/i yuborilganda 10-12 s. saqlanadi. plazma oqsillari bilan 4-11%i bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi 0.2-0.4 l/kg, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 0.68 l/kg gacha.
Gistogematik baryerdan oson o‘tib, suyak to‘qimasi, taloq, jigar, miokard, o‘pka to‘qimalariga kirib boradi, buyrak po‘stloq qavatida yig‘iladi, hujayra tashqarisidagi suyuqliklarda, jumladan, asbtsess suyuqligi, sinovial suyuqlik, plevra, yurak va qorin bo‘shlig‘idagi ekssudatlarda, limfa, qon plazmasida tarqaladi. Kam kontsentratsiyalarda mushak va yog‘ to‘qimalarida, bronxlarda, o‘t qopida aniqlanadi. Metabolizmga uchramaydi. Yarim chiqarilish davri T1/2 kattalarda -2-4 soat, yangi tug‘ilganlarda -5-8 soat. Buyrak klirensi 79-100 ml/daq., buyrak faoliyati yetishmovchiligida T1/270-100 s.gacha oshishi mumkin. Siydikda yuqori kontsentratsiyada, uzgarmagan xolatda asosan buyraklar orqali (65-94%) , kam miqdorda o‘t suyuqligi bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• Urogenital yo‘llarining infektsiyalari (prostatit, piyelonefrit, uretrit, sistit, gonoreya);
• Nafas olish organlari infektsiyalarida (o‘pka abstsesi, o‘pka shamollashi, plevralar va o‘pka epiyemasi, bronxit);
• Teri, suyak va yumshoq to‘qimalar infektsiyasida (furunkulez, ostiyemiyelit, trofik yazva, prolej, kuyish);
• Meningit;
• Sepsis (yangi tug‘ilganlar sepsisi xam);
• Peritonit;
• Endokardit;
• Operatsiyadan keyingi bakterial zararlanish.
Qo‘llash usuli va dozalari
M/i va v/i (oqimli, 2 minut davomida, yoki tomchilatib, 60 tomchi minut ichida tezlik bilan).
Kattalar va bolalarga 5 mg/kg dan xar 8 s yoki 7,5 mg/kg danxar 12 s; maksimal doza - 15 mg/kg/kun, kurslik doza 15 g.dan oshmasligi kerak. Chala tug‘ilgan chaqaloqlarda boshlang‘ich doza - 10 mg/kg, keyinchalik 7,5 mg/kg dan xar 18-24 s; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga boshlang‘ich doza - 10 mg/kg, keyin 7,5 mg/kg dan xar 12 s. Davolash davomiyligi v/i yuborilganda - 3-7 kun, m/i - 7-10 kun. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kreatinin klirensini hisobga olgan holda doza rejimini ixchamlashtirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'dan-ichak sistemasi tomonidan jigar transaminazalarining yuqori sezuvchanligi, giperbilerubinemiya, ko‘ngil aynashi, qayd qilish.
Allergik reaktsiyalar toshma, eshakemi, haroratni oshishi, ba'zan-Kvinke shishi.
Qon aylanish tizimi tomonidan anemiya, leykopeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya.
Markaziy va periferik nerv sistemasi tomonidan bosh og‘rishi, uyquchanlik, nerv-mushak o‘tkazilishini buzilishi, eshitish qobilyatini buzilishi, qaytmaydigan karlikka olib borishi, vestibulyar buzilishlar.
Siydik ajratish sistemasi tomonidan oliguriya, proteinuriya, mikrogematuriya, ba'zan-buyrak yetishmovchiligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Buyrak yetishmovchiligi;
• Yuz sohasi nevriti;
• Homiladorlik va laktatsiya davri;
• Preparat tarkibiga yuqori sezuvchanlik;
• Parkinsonizm;
• Miasteniya;\
• Chala tug‘ilgan bolalar (xayotiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha juda xam zarur bo‘lgan holatda qo‘llash mumkin);
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Amikatsinni polimiksin, sisplatin, siklosporin, sefalotin, rentgenokontrast moddalar, NYaQV, efluran, metoksifluran, vankomitsin, amfoteritsin V moddalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda nefrotoksik ta'sir xavfi oshadi.
Bir vaqtda diuretiklar (furosemid, etakrin kislota), sisplatin birga qo‘llanilganda ototoksik ta'siri oshadi.
Penitsillin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda (buyrak yetishmovchiligida) mikroblarga qarshi ta'sirini kamaytiradi.
Etil efiri va nerv-mushak blokatorlari bilan birga qo‘llanilganda nafas siqilishi xavfi oshadi.
Penitsillin, sefalosporin, amfoteritsin V xlortiazid, eritromitsin, geparin, nitrofurantoin, teopentan, bulardan tashqari eritmaning tarkibi va kontsentratsiyasiga bog‘liq ravishda, tetratsiklin, V guruh vitaminlari, S vitamin va kaliy xloridlar bilan birga eritmada qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashdan avvl mikroorganizmlarga sezuvchanlik tekshirib kurish lozim.
In'ektsiya va infuziya uchun eritma qo‘llashdan avval tayyorlanishi kerak.
Homiladorlikda qo‘llanishi.
Hayotiy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holatda qo‘llanilishi mumkin. Platsenta orqali o‘tadi, homila qoni plazmasida 16% miqdor va amniotik suyuqlikda aniqlash mumkin.
Homila buyraklarida yig‘ilib nefrotoksik va ototoksik ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Kam miqdorda ona suti tarkibiga o‘tadi. Davolash vaqtida kqkrak orqali oziqlantirishni to‘htatib turish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari toksik reaktsiyalar, nerv-mushak blokadalari nafas olishni to‘xtab qolishi, emizikli bolalarda - MNS tomonidan (koma, chuqur nafas siqilishi, holsizlik).
Davolash Kaltsiy xlorid v/v, antixolinesteraz moddalar (neostigmin), m-xolinoblokatorlar (atropin), simptomatik davolash. Gemodializ, buyrak faoliyati buzilganda peritoneal dializ, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qon quyish olib boriladi.
Chiqarili shakli
In'ektsiya uchun eritma 100 mg/2 ml; 500 mg/2 ml 2 ml dan ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chikaruvchi
«Remedy Group» MChJ Uzbekiston-Buyuk Britaniya KK
Uzbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent shaxri, Olmazor tumani, Yangi Olmazor kuchasi, 51 Tel./faks (99871) 248-02-05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.