Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinulor nazal sprey 12.5mg/1ml, flakon 10ml
Sinulor nazal sprey 12.5mg/1ml, flakon 10ml
Nomi | Narx | |||||
Синулор спрей наз.12.5мг/1мл, фл. 10мл (011222##2007) |
UZS 61 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Синулор спрей наз.12.5мг/1мл, фл. 10мл (011023##2007) |
UZS 61 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Синулор спрей наз.12.5мг/1мл, фл. 10мл (011023##2033) |
UZS 61 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Синулор спрей наз.12.5мг/1мл, фл. 10мл (011023##2 041) |
UZS 69 700
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фрамицетин
Страна производитель
Россия
Дозировка
12.5мг/1мл 10мл
Производитель
ООО «Фармтехнология», по заказу: ООО «Виокта»
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinulor®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) framitsetin
Dori shakli
nazal sprey
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 12,5 mg (8000 XB) framitsetin sulfati,
yordamchi moddalar glitserin, natriy xloridi, natriy sitrati, limon kislotasi monogidrati, metilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi R01AX08
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Framitsetin – bakteritsid ta'sirga ega bo‘lgan aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotikdir. Sitoplazmatik membranani shikastlaydi, xujayra ichida metabolitlar oqimini dezorganizatsiyasini chaqiradi va mikroorganizmlarni tez nobud bo‘lishiga olib keladi.
Yuqori nafas yo‘llarida infektsion-yallig‘lanish jarayonlarini rivojlanishini chaqiruvchi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol.
Farmakokinetikasi
Tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli dori vositasining farmakokinetik tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
-yuqori nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida, shu jumladan rinit, rinofaringit, sinusitda (to‘siq shikastlanmagan holatlarda) majmuaviy davolash tarkibida;
-jarrohlik aralashuvlaridan keyin yallig‘lanish jarayonlarida (profilaktika va davolash) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Purkalganda flakonni vertikal holatda tutish kerak.
Kattalarga – har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 4-6 marta;
Bolalarga - har bir burun yo‘liga 1 purkashdan sutkada 3 marta buyuriladi.
Davolashning o‘rtacha davomiyligi – 7 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kam hollarda terida o‘zgarishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlikda (shu jumladan boshqa aminoglikozidlarga) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dori vositasini boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasini uzoq vaqt qo‘llaganda disbakterioz va mikroorganizmlarning rezistent shtammlari paydo bo‘lishi mumkin.
Agar 7 kun davolash davomida terapevtik samara kuzatilmasa yoki kuchsiz namoyon bo‘lsa, dori vositasini bekor qilish kerak.
Burun yondosh bo‘shliqlarini yuvish uchun ishlatilmasin.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida dori vositasini qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha adekvat va qat'iy nazoratlangan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tizimli qon oqimiga so‘rilish darajasi past bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
10 ml dan flakonlarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutilarga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
haqida ma'lumot
“Farmtexnologiya” MChJ, 220024, Minsk sh.,
Korjenevskiy ko‘ch., 22.
Tel./faks +375 17 309 44 88
“Viokta” MChJ, Rossiya buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan
Yuridik manzili 129344, Moskva sh.,
Iskra ko‘ch., 31 uy, 1 korp., 7b ofis.
Telefon (faks) +7 (495) 133-03-40
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.