Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Stopdiar 100mg №24
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нифуроксазид
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
100 мг
Производитель
Гедеон Рихтер, ОАО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Stopdiar
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) nifuroksazid (nifuroxazide)
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda nifuroksazid – 100 mg;
Yordamchi moddalar suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, jelatin, tal'k, magniy stearati;
Qobiq tarkibi gipromelloza, titan dioksidi (E171), talk, polietilenglikol, xinolin sarig‘i (E104).
Ta'rifi plyonka qobiq bilan qoplangan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli, diametri taxminan 9 mm bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Ichak infektsiyalarini davolash uchun diareyaga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, mikroblarga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Nifuroksazid – ichak antiseptigi, 5-nitrofuran hosilasi, grammusbat (Staphylococcus oilasi) va grammanfiy (Enterobacteriaceae oilasi Escherichia, Citobacter, Enterobacter, Klebsiella, Salmonella, Shigella, Proteus, Yersinia) bakteriyalarga nisbatan mahalliy antibakterial ta'sirga ega.
Pseudomonas turi va Proteus inconstans, Providentia alcalifaciens turi bakteriyalarining A kichik guruhi shtammlariga nisbatan faol emas.
Ovqat hazm qilish yo‘llaridagi normal bakterial mikrofloraning muvozanatini (disbakterioz chaqirmaydi) buzmaydi, dori vositasiga chidamli mikrob shakllarini rivojlanishiga olib kelmaydi. Preparatning samaradorligi ichak bo‘shlig‘idagi rN muhitiga va bakteriyalarni antibiotiklarga sezuvchanligiga bog‘liq emas. Nifuroksazid mikroorganizmlar tomonidan toksinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi.
Nifuroksazid ichga qabul qilinganidan keyin, ovqat hazm qilish yo‘llaridan deyarli so‘rilmaydi, ichakda ta'sir qiluvchi moddaning yuqori kontsentratsiyasini hosil qilib, tez davolovchi samarani namoyon qiladi. Organizmga umumiy ta'sir ko‘rsatmaydi, qonning klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ham ta'sir qilmaydi. Ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Stopdiar preparati quyidagilarni davolashda qo‘llanadi
-kelib chiqishi bakterial bo‘lgan o‘tkir va surunkali diareya;
-diareya bilan kechuvchi boshqa kasalliklar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Stopdiar preparatining tabletkalari ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2 tabletkadan 4 marta buyuriladi. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar teng vaqt oralig‘ida (har 6 soatda) qabul qilinadi.
Tabletka butunligicha, chaynamasdan va maydalamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutiladi. Stopdiar plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari o‘tkir diareyani davolash uchun 3 kun davomida qabul qilish tavsiya qilinadi. Agar bundan keyin simptomlar yo‘q bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish lozim. Diareya bilan kechuvchi boshqa kasalliklarni davolash kursi ko‘pi bilan 7 kunni tashkil qiladi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni suspenziya shaklida buyurish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qon yaratuvchi va limfatik tizim tomonidan
Granulotsitopeniyaning bir holati ta'riflangan.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan
Nifuroksazidga shaxsiy yuqori sezuvchanlik holatlarida qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va diareyani zo‘rayishi paydo bo‘lishi mumkin. Sust jadallikka ega bunday simptomlarni paydo bo‘lishida maxsus davolashni qo‘llash yoki nifuroksazidni qo‘llashni to‘xtatish zarurati yo‘q. Yuqorida sanab o‘tilgan kuchli jadallikka ega simptomlar rivojlanganda dorini qabul qilishni to‘xtatish lozim. Keyinchalik bemor nitrofuran hosilalarini qabul qilmasligi kerak.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan
Terida toshmalar ko‘rinishida teri reaktsiyalari kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha) paydo bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi shaxsda pustulyozning bir holati va nifuroksazidga kontakt allergiya natijasida tugunli qichitmaning bir holati ta'riflangan.
Nifuroksazid odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya ta'sirlarni deyarli namoyon qilmaydi.
Har qanday noxush samaralar rivojlanish hollarda davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nifuroksazidni uning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda, shuningdek 5-nitrofuran hosilalariga allergiyada qo‘llash mumkin emas.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (2 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarda) qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik
Nifuroksazid bilan davolanish vaqtida alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish mumkin emas, chunki alkogol organizmni preparatga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi va diareyani kuchayishi, qusish, qorinda og‘riq, teri giperemiyasi, yuzda va tananing yuqori qismida issiqlik hissi, boshda shovqin, nafasni qiyinlashishi, taxikardiya, qo‘rquv hissi bilan namoyon bo‘luvchi reaktsiyalarni qo‘zg‘atishi mumkin.
Hansirash, terida toshmalar, qichishish kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari namoyon bo‘lganida preparat qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nifuroksazid bilan davolashda preparatning kuchli adsorbtsion xususiyatlari sababli, peroral vositalarni bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim. Nifuroksazid qon aylanish tizimiga tushmasligi sababli, tizimli preparatlar bilan o‘zaro ta'sirining ehtimoli kam va hozircha ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat bilan davolanish davrida suvsizlanish simptomlari paydo bo‘lsa, bemorning klinik holatiga qarab, regidratatsion davolashni o‘tkazish (kattalarga – sutkada taxminan 2 litr suyuqlik) lozim.
Nifuroksazidni sharbatlar, xom sabzavot va mevalar, achchiq va hazm qilinishi qiyin bo‘lgan ovqatlarni inkor qilingan qat'iy parhezga rioya qilib qo‘llash kerak.
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llanishi
Nifuroksazidni homiladorlik davrida qo‘llanishiga oid klinik ma'lumotlar mavjud emas.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishiga, tug‘ruqni kechishiga yoki tug‘ruqdan keyin bolaning rivojlanishiga na bevosita, na bilvosita ta'sir ko‘rsatmaydi.
Nifuroksazidni homilador ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Nifuroksazidni emizish davrida qo‘llanishi
Nifuroksazid me'da-ichak yo‘llarida so‘rilmaydi. Shunga qaramasdan, yetarli klinik ma'lumotlar yo‘qligi sababli emizikli ayollarga nifuroksazidni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparatni psixomotor reaktsiyalarga ta'siri
Nifuroksazid ruxiy-jismoniy ish qobiliyatni, mexanik harakatlanish vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini susayishini chaqirmaydi.
Shifokor maslahatisiz preparatni belgilangan muddatdan uzoq qo‘llamang!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish simptomlari ma'lum emas. Dozani oshirib yuborish hollarida me'dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
24 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar alyumin folga va PVX-plyonkali blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
+15oS dan +30oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Gedeon Rixter Polsha” MChJ, Grodzisk Mazovetskiy, Polsha “Gedeon Rixter” OAJ, Budapesht, Vengriya uchun.
Ishlab chiqaruvchi
va buyurtmachining manfaatlarini ifodalovchi kompaniya
“Gedeon Rixter” OAJ
1103 Budapesht, Demrei ko‘ch, 19-21, Vengriya.
Ishonch telefoni (qo‘ng‘iroq bepul!) 7-800-555-00777
Elektron manzil drugsafety@g-richter.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.