Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Siprinol tab. 250mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ципрофлоксацин
Страна производитель
Словения
Дозировка
250 мг
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Siprinol® 250 mg, plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Siprinol® 500 mg, plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Siprofloksatsin
Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu ilova-varqaning hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u siz uchun muxim ma'lumot saqlaydi.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. U sizga yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
-Agar sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
-Ushbu preparat shaxsan sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Xatto agar sizda kasallikning o‘xshash belgilari bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
-Agar sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu annotatsiyada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralariga ham taalluqlidir. 4-bo‘limga qarang.
Ushbu annotatsiyada qanday ma'lumot saqlanadi
1.Siprinol® preparati o‘zi nima va u nima uchun mo‘ljallangan.
2.Siprinol® preparatini qo‘llashdan oldin siz nimalarni bilishingiz kerak.
3.Siprinol® preparatini qanday qo‘llash kerak.
4.Mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
5.Siprinol® preparatini qanday saqlash kerak.
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar.
1. Siprinol preparati o‘zi nima va u nima uchun mo‘ljallangan.
Siprinol® - ftorxinolonlar guruxiga mansub bo‘lgan antibiotik. Ta'sir qiluvchi modda - siprofloksatsin. Siprofloksatsin infektsiya chaqiruvchi bakteriyalarni nobud qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi. U faqat bakteriyalarning ma'lum shtammlariga qarshi ta'sir qiladi.
Kattalar
Siprinol® preparati kattalarda quyidagi bakterial infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi
-nafas yo‘llarining infektsiyalari;
-quloq yoki yondosh bo‘shliqlarning davomli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari
-siydik yo‘llarining infektsiyalari
-moyaklarning infektsiyalari
-ayollarning jinsiy a'zolarining infektsiyalari
-me'da-ichak yo‘llarining infektsiyalari va intra-abdominal infektsiyalar
-teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari
-suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari
-leykotsitlar soni juda past bo‘lgan (neytropeniya) patsiyentlarda infektsiyalarni davolash uchun
-leykotsitlar soni juda past bo‘lgan (neytropeniya) patsiyentlarda infektsiyalarni oldini olish uchun
-Neisseria meningitides bakteriyalari chaqirgan infektsiyalarni oldini olish uchun
-Kuydirgining o‘pka shaklini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Agar sizda og‘ir darajadagi infektsiya yoki bittadan ortiq turdagi bakteriyalar chaqirgan infektsiya bo‘lsa, sizga Siprinol® preparatiga qo‘shimcha ravishda antibiotiklar bilan davolash buyurilishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Siprinol® preparati bolalar va o‘smirlarda shifokorning aloxida kuzatuvi ostida quyidagi bakterial infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi
-mukovistsidoz bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda o‘pkalar va bronxlarning infektsiyalari
-siydik yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan buyraklarga yetib borgan infektsiyalar (piyelonefrit)
-kuydirgining o‘pka shaklini oldini olish va davolash uchun.
Shuningdek Siprinol® preparati bolalar va o‘smirlarda, shifokor zarur deb topsa, boshqa spetsifik og‘ir darajadagi infektsiyalarni davolash uchun ham ishlatilishi mumkin.
2. Siprinol® preparatini qo‘llashdan oldin siz nimalarni bilishingiz kerak.
Siprinol® preparatini qabul qilmang
-agar sizda siprofloksatsinga, boshqa xinolonlarga yoki ushbu preparatning boshqa komponentlariga allergiya bo‘lsa (6. bo‘limga qarang).
-agar siz tizanidin qabul qilayotgan bo‘lsangiz ( 2. bo‘lim “Boshqa dori preparatlari va Siprinol® preparati”ga qarang).
Maxsus ko‘rsatmalar
Siprinol® preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Siprinol® preparatini qo‘llashdan oldin
O‘z shifokoringizga ayting, agar
-sizda buyraklar bilan biron-bir muammolar kuzatilgan bo‘lsa, chunki davolashga tuzatish kiritishga extiyoj paydo bo‘lishi mumkin
-sizda tutqanoq yoki boshqa nevrologik kasalliklar bo‘lsa
-ilgari Siprinol® kabi antibiotiklar bilan davolangan vaqtda sizda paylar bilan muammolar kuzatilgan bo‘lsa
-sizda miasteniya gravis (mushak kuchsizligini turi) bo‘lsa, shifokorga xabar bering.
Siprinol® preparatini qo‘llash vaqtida
Agar Siprinol® preparatini qo‘llash vaqtida sizda quyidagi xolatlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Shifokor Siprinol® preparati bilan davolashni bekor qilish kerakligini hal qiladi.
-To‘satdan kuzatiladigan og‘ir darajadagi allergik reaktsiya (anafilaktik reaktsiya/shok, angionevrotik shish). Xatto bir doza qabul qilingandan keyin ham quyidagi simptomlar ko‘krakda siqilish xissi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki xushdan ketish, oyoqqa turganda bosh aylanishi bilan kechuvchi og‘ir darajadagi allergik reaktsiyani rivojlanish ehtimoli yuqori emas
-Ular paydo bo‘lganda, Siprinol® preparatini qabul qilishni to‘xtating va shifokor bilan darxol bog‘laning.
-Ayrim xollarda, ayniqsa agar siz keksa yoshda va bir vaqtda kortikosteroidlar bilan davolanayotgan bo‘lsangiz, bo‘g‘imlarda og‘riq va shish, shuningdek tendinit paydo bo‘lishi mumkin. Ayrim simptomlar xatto siprofloksatsinni qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng bir necha oy o‘tgach ham rivojlanishi mumkin. Og‘riq yoki yallig‘lanishning birinchi belgilari paydo bo‘lganida Siprinol® preparatini qabul qilishni to‘xtating va og‘riq joyini xarakatlantirmang. Xar qanday keraksiz jismoniy xarakatlardan saqlaning, chunki u paylarning uzilishi xavfini oshirishi mumkin.
-Agar siz tutqanoq yoki bosh miya ishemiyasi yoki insult kabi boshqa neyrologik kasalliklar bilan xastalangan bo‘lsangiz, sizda markaziy nerv tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin. Ular paydo bo‘lganida, Siprinol® preparatini qabul qilishni to‘xtating va shifokor bilan darxol bog‘laning.
-Siprinol® preparati birinchi marta qabul qilinganida, sizda ruxiy reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Agar siz depressiya yoki psixoz bilan xastalangan bo‘lsangiz, Siprinol® preparati bilan davolanishda sizning simptomlaringiz yomonlashishi mumkin. Ular paydo bo‘lganida Siprinol® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darxol shifokor bilan bog‘laning.
-Sizda og‘riq, achishish xissi, sanchilish xissi, uvishish va/yoki xolsizlik kabi neyropatiyaning simptomlari rivojlanishi mumkin. Ular paydo bo‘lganida Siprinol® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darxol shifokor bilan bog‘laning.
-Antibiotiklarni, shu jumladan Siprinol® preparatini, qabul qilganda, yoki xatto ular qo‘llanganidan keyin bir necha xaft o‘tgach ham diareya rivojlanishi mumkin. Agar u og‘irlashsa, yoki doimiy bo‘lib qolsa, yoki agar siz axlatingizda qon yoki shilliq borligini sezsangiz, Siprinol® preparatini qo‘llashni darxol to‘xtating, chunki bu hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Ichak xarakatini to‘xtatuvchi yoki sekinlashtiruvchi dori preparatlarini qabul qilmang va shifokorga murojaat qiling.
-Agar sizga qon yoki siydikni taxlilga topshirish kerak bo‘lsa, shifokorga yoki laboratoriya xodimiga siz Siprinol® preparatini qabul qilayotganingizni ayting.
-Siprinol® jigarning shikastlanishini chaqirishi mumkin. Agar siz ishtaxani pasayishi, sariqlik (terini sarg‘ayishi), siydikni to‘q rangga bo‘yalishi, qichishish, palpatsiyada qorinni og‘riq kabi simptomlarni sezsangiz, Siprinol® preparatini qabul qilishni to‘xtating va darxol shifokor bilan bog‘laning.
-Siprinol® leykotsitlar sonini pasaytirishi mumkin, va sizning infektsiyaga nisbatan qarshiligingiz pasayishi mumkin. Agar sizda isitma yoki umumiy xolatingizni jiddiy yomonlashishi kabi infektsiya simptomlari, yoki isitma va tomoq/xalqum/og‘iz bo‘shlig‘ida og‘riq kabi maxalliy infektsiyaning simptomlari yoki siyish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar bo‘lsa, siz darxol shifokor bilan bog‘lanishingiz kerak. Leykotsitlar sonini kuzatilishi mumkin bo‘lgan pasayishini (agranulotsitoz) tekshirish uchun qon taxlili o‘tkaziladi. Shifokorga qabul qilayotgan dori preparatlaringiz xaqida ma'lumot berish muxim.
-Agar sizda yokioilangiz a'zosida glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza (G6PD) tanqisligi ma'lum bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering, chunki siprofloksatsin qo‘llanganda sizda anemiyani rivojlanish xavfi bo‘lishi mumkin.
-Ko‘rish faoliyatini buzilishida yoki ko‘zlarni boshqa shikastlanishida, darxol okulistga murojaat qiling.
-Siprinol® preparatini qo‘llash vaqtida teringiz quyosh yoki ultrabinafsha (UB) nuriga sezuvchanroq bo‘lib qoladi. Kuchli quyosh nurini yoki nur ta'sirida terini qizarishi kabi sun'iy UB nurini ta'siridan saqlaning.
-Agar sizda QT intervalini tug‘ma uzayishi yoki oilaviy anamnezda QT intervalini uzayishi (yurakni EKG da kuzatilgan), organizmda tuz almashinuvini buzilishi (ayniqsa, qonda kaliy yoki magniyning darajasini past bo‘lishi), yurak ritmini juda sekinligi (“bradikardiya” nomi ostidagi), yurakni kuchsizligi (yurak yetishmovchiligi), anamnezda yurak xuruji (miokard infarkti) bo‘lsa, yoki siz ayol yoki keksa yoshda bo‘lsangiz yoki siz EKG da patologik o‘zgarishlarga olib keluvchi boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qabul qilish vaqtida extiyotkorlikka rioya qilish kerak (2-bo‘limga “Boshqa dori preparatlari va Siprinol® preparati” qarang).
Boshqa dori preparatlari va Siprinol® preparati
Agar siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Yuragingiz ritmini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorga xabar berishingiz kerak
-aritmiyaga qarshi guruxga mansub bo‘lgan dori preparatlari (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid),
-tritsiklik antidepressantlar,
-ayrim mikroblarga qarshi preparatlar (makrolidlar guruxiga mansub bo‘lgan preparatlar),
-ayrim neyroleptiklar.
Siprinol® preparatini tizanidin bilan qabul qilmang, chunki bu arterial bosimni pasayishi va uyquchanlik kabi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin (2-bo‘lim “TSiprinol® preparatini qabul qilmang”ga qarang).
Organizmda Siprinol® preparati bilan quyidagi dori preparatlarining o‘zaro ta'sir qilishi ma'lum. Ushbu dori preparatlari bilan Siprinol® preparatini qabul qilish, bu dori preparatlarining terapevtiksamarasiga ta'sir qilishi mumkin. U shuningdek nojo‘ya samaralarni rivojlanish ehtimolini oshirishi ham mumkin.
Agar siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz shifokorga xabar bering
-varfarin yoki boshqa antikoagulyantlar (qonni suyultirish uchun)
-probenetsid (podagrani davolash uchun)
-metoklopramid (ko‘ngil aynishiga qarshi dori preparati sifatida)
-omeprazol (yarani davolash uchun)
-metotreksat (rakning ma'lum turlarini, psoriazni, revmatoid artritni davolash uchun)
-teofillin (nafas kasalliklarini davolash uchun)
-tizanidin (ko‘psonli sklerozda mushak spazmlarini yo‘qotish uchun)
-klozapin, olanzapin (neyroleptiklar)
-ropirinol (Parkinson kasalligini davolash uchun)
-fenitoin (tutqanoqni davolash uchun)
-siklosporin (a'zoning ko‘chib ketishini oldini olish uchun)
-glibenklamid (qandli diabetni davolash uchun)
-duloksetin (antidepressant)
-lidokain (maxalliy og‘riqsizlantiruvchi)
-sildenafil (erektsiya bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni yo‘qotish uchun)
Siprinol® preparati qoningizda quyidagi dori preparatlarining darajasini oshirishi mumkin
-pentoksifillin (qon aylanishini buzilishi kasalliklarini davolash uchun)
-kofein
Ayrim dori preparatlari Siprinol® preparatining samarasini pasaytiradilar. Agar siz quyidagi preparatlarni qabul qilayotgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, shifokorga xabar bering
-antatsidlar
-mineral qo‘shimchalar
-sukralfatlar
-fosfat-bog‘lovchi polimer preparatlar (masalan, sevalamer)
-tarkibida kaltsiy, magniy, alyuminiy yoki temir saqlovchi dori preparatlari yoki qo‘shimchalar
Agar bu preparatlarni qabul qilish muxim bo‘lsa, Siprinol® preparatini ularni qabul qilishdan ikki soat oldin yoki ularni qabul qilgandan so‘ng kamida to‘rt soatdan keyin qabul qiling.
Siprinol® preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
Agar siz Siprinol® preparatini ovqat vaqtida qabul qilmasangiz, tabletkalarni qabul qilish vaqtida xech qanday sutli maxsulotlarni (sut yoki yogurt kabi) yoki kaltsiy qo‘shilgan ichimliklarni yemang va ichmang, chunki bu faol moddaning so‘rilishiga ta'sir qilishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Homiladorlik vaqtida Siprinol® preparatini qabul qilishdan saqlanish afzal. Agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokorga xabar bering.
Emizish vaqtida Siprinol® preparatini qabul qilmang, chunki siprofloksatsin ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi va bolangizga zarar yetkazishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Siprinol® preparati ongingizning aniqligini pasaytirishi mumkin. Ayrim nevrologik noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin. Shunday qilib, transport vositasini boshqarish yoki mexanizm bilan ishlashdan oldin, siz Siprinol® preparatiga nisbatan qanday reaktsiya qilishingiz ma'lumligiga ishonch hosil qiling. Agar sizda gumonlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslaxatlashing.
3. Siprinol® preparati qanday qabul qilinadi.
Preparatni hamisha sizga shifokor yoki farmatsevt aytganidek qabul qilish kerak. Agar sizda gumonlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Shifokoringiz sizga aynan qanday dozani, qanday tez-tezlikda va qancha vaqt davomida Siprinol® preparatini qabul qilish kerakligini tushuntirib beradi. Bu sizdagi infektsiyaning turi va og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar sizda buyraklar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar bo‘lsa, shifokorga xabar bering, chunki preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.
Odatda, davolash vaqti 5 dan 21 kungacha davom etadi, lekin og‘ir darajadagi infektsiyalarda u uzoqroqqa cho‘zilishi mumkin. Tabletkalarni sizga shifokor aytganidek aniq qabul qiling. Agar siz Siprinol® preparatining nechta tabletkasini qabul qilish va qanday qabul qilish kerakligiga gumon qilsangiz, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
-Tabletkalarni yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qiling. Tabletkalarni chaynamang, chunki ular yoqimsiz ta'mga ega.
-Tabletkalarni xar kuni taxminan bir vaqtda qabul qilishga xarakat qiling.
-Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishlar orasidagi vaqtida qabul qilish mumkin. Siz ovqatlanish vaqtida oladigan kaltsiy, preparatning so‘rilishiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Lekin Siprinol® preparatini sut yoki yogurt kabi sutli maxsulotlar yoki vitaminlashtirilgan meva sharbatlari (masalan, kaltsiy bilan boyitilgan apelsin sharbati) bilan qabul qilmang.
Siprinol® preparatini qabul qilish vaqtida katta miqdorda suyuqlik ichish kerakligini yodda tuting.
Agar siz Siprinol® preparatini keragidan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz,
Agar siz buyurilgan dozadan kattaroq dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, darxol shifokorga murojaat qiling. Agar iloji bo‘lsa, o‘zingiz bilan tabletkalarni yoki o‘ramini oling va shifokorga ko‘rsating.
Siprinol® preparatining dozasini o‘tkazib yuborish
Iloji boricha tezroq odatdagi dozani qabul qiling, so‘ngra esa ko‘rsatmaga muvofiq qabul qilishni davom ettiring. Lekin agar ayni vaqtdeyarli navbatdagi dozani qabul qilish vaqti bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang, odatdagi qabulni davom ettiring. O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun, ikki marta katta dozani qabul qilish kerak emas. Davolash kursini yakunlang.
Agarda siz Siprinol® preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz
Xatto agar siz bir necha kun o‘tgach o‘zingizni yaxshi xis qila boshlasangiz ham, davolash kursini tugatish muhim. Agar siz ushbu dori preparatini qo‘llashni juda erta to‘xtatsangiz, infektsiyabutunlay tuzalmasligi mumkin, infektsiyaning simptomlari esa qaytalanishi yoki xatto og‘irlashishi mumkin. Shuningdek sizda antibiotikka chidamlilik rivojlanishi mumkin.
Agar sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
4. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat xam, garchi ular xammada paydo bo‘lmasa-da, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Agar birorta nojo‘ya samaralari jiddiylashsa yoki agar siz ushbu annotatsiyada ta'riflanmagan nojo‘ya ko‘rinishlarni sezsangiz, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Tez-tez 10 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
-ko‘ngil aynishi, diareya;
-bolalarda bo‘g‘imlarda og‘riq
Tez-tez emas 100 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
-zamburug‘li superinfektsiya;
-eozinofillarning (leykotsitlarning turi) kontsentratsiyasini yuqori bo‘lishi
-ishtahani yo‘qolishi (anoreksiya)
-o‘ta yuqori faollik yoki ajitatsiya
-bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqu bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar yoki ta'm bilishni buzilishi
-qusish, qorinda og‘riq, me'daning faoliyatini buzilishi (xazm bo‘lmaslik/kekirish) yoki meteorizm kabi ovqat xazm bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar
-qonda ayrim moddalarning (transaminazalar va/yoki bilirubin) miqdorini oshishi.
-toshma, qichishish yoki eshakemi
-kattalarda bo‘g‘imlarda og‘riq
-buyraklar faoliyatini buzilishi
-mushaklar va suyaklarda og‘riq, o‘zini yomon xis qilish (asteniya) yoki isitma
-ishqoriy fosfataza (qondagi ma'lum modda)ning darajasini oshishi
Kam hollarda 1000 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
-ichakning antibiotikni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yallig‘lanishi (kolit) (juda kam hollarda o‘limga olib kelishi mumkin) (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
-qon tarkibida o‘zgarishlar (leykopeniya, leykotsitoz, neytropeniya, anemiya), qon ivish omillari (trombotsitlar) sonini oshishi yoki kamayishi.
-allergik reaktsiyalar, shish (qavariq) yoki teri va shilliq qavatlarni tez shishi (angionevrotik shish)
-qonda qand miqdorini oshishi (giperglikemiya)
-ongni chalkashishi, oriyentatsiyani buzilishi, xavotirlik reaktsiyalari, g‘alati tushlar ko‘rish, depressiya yoki sanchilish va chimchilash xissi, xissiyot qo‘zg‘atuvchilarga odatda kuzatilmaydigan sezuvchanlik, terining reaktsion xususiyatini pasayishi, tremor, tirishishlar (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang) yoki bosh aylanishi
-ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar (ko‘zlar oldida jismlarni ikkilanish).
-quloqlarda shovqin, eshitishni yo‘qolishi, eshitishni buzilishi
-yurakni tez-tez urishi (taxikardiya)
-qon tomirlarni kengayishi (vazodilatatsiya), arterial bosimni pasayishi yoki xushdan ketishlar
-nafasni qiyinlashishi, shu jumladan astma simptomlari
-jigar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar, sariqlik (xolesterin oqibatidagi sariqlik) yoki gepatit
-yorug‘likka sezuvchanlik (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang)
-mushaklarda og‘riq, bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi, mushak tonusini oshishi yoki tirishishlar
-buyrak yetishmovchiligi, siydikda qon yoki kristallarni bo‘lishi (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang), siydik yo‘llarini yallig‘lanishi
-suyuqlikni tutilishi yoki kuchli terlash
-qon ivishi omili (protrombin)ning patologik darajalari yoki amilaza fermentining darajasini yuqori bo‘lishi.
Juda kam hollarda 10000 odamdan 1 tasida paydo bo‘lishi mumkin
-eritrotsitlar sonini pasayishini uziga xos turi (gemolitik anemiya); leykotsitlar turini xavfli pasayishi (agranulotsitoz); eritrotsitlar yoki trombotsitlar sonini pasayishi (pantsitopeniya), u o‘limga olib kelishi mumkin; shuningdek suyak ko‘migini susayishi, u xam o‘limga olib kelishi mumkin (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang)
-og‘ir darajadagi allergik reaktsiyalar (anafilaktik reaktsiya yoki anafilaktik shok, ular o‘limga olib kelishi mumkin - zardob kasalligi) (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang)
-ruxiyatni buzilishi (ruxiy reaktsiyalar) (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang)
-migren, koordinatsiyani buzilishi, barqaror bo‘lmagan qadam tashlash (qadam tashlashni buzilishi), xidlarni sezishni buzilishi (xid bilishni buzilishi), bosh miyani bosim ostida ezilishi (bosh miya ichki bosimi)
-rang ajratishni buzilishi,
-qon tomirlar devorini yallig‘lanishi (vaskulit)
-pankreatit
-juda kam xollarda xayot uchun xavf tug‘diruvchi jigar yetishmovchiligiga olib keluvchi, jigar xujayralarini o‘limi (jigar nekrozi)
-teri ostiga katta bo‘lmagan nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar); turli teri toshmalari yoki toshma (masalan, potentsial o‘limga olib kelishi bo‘lgan Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz)
-mushak kuchsizligi, paylarni yallig‘lanishi, paylarni uzilishi - ayniqsa orqadagi yoki katta payni boldir tovon bo‘g‘imidagi (axill payi) (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
” ga qarang); miasteniya gravis simptomlarini yomonlashishi (2-bo‘lim “
Maxsus ko‘rsatmalar
” ga qarang).
Ma'lum emas mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida uchrash tez-tezligini aniqlash mumkin emas
-og‘riq, achishishi xissi, oyoq-qo‘llarda sanchilish, uvishish va/yoki kuchsizlik xissi kabi nerv tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar.
-asosan dori preparatlari tomonidan chaqiriladigan kam uchraydigan og‘ir darajadagi teri toshmasi (o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulez -O‘EP)
-patologik tezlashgan yurak ritmi, xayot uchun xavf tug‘diruvchi nomuntazam yurak ritmi (EKG da ko‘rinadigan, “QT intervalini uzayishi” nomi ostidagi, yurakni elektrik faolligi)
-qon ketish xavfini oshishi (qonni suyultiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda).
5. Siprinol® preparatini qanday saqlash kerak
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ushbu preparat qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlash mumkin emas. Siz endi qo‘llamaydigan dori preparatlarini qanday yo‘qotish kerakligini farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni ximoya qilishga yordam beradi.
6. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
Siprinol® preparati nima saqlaydi
- Ta'sir qiluvchi modda - siprofloksatsin (gidroxlorid monogidrati ko‘rinishida).
Siprinol 250 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan xar bir tabletka, 291,0 mg siprofloksatsin gidroxloridi monogidrati saqlaydi, bu 250 mg siprofloksatsinga ekvivalent.
Siprinol 500 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Qobiq bilan qoplangan xar bir tabletka, 582,0 mg siprofloksatsin gidroxloridi monogidrati saqlaydi, bu 500 mg siprofloksatsinga ekvivalent.
- Yordamchi moddalar povidon, natriy kraxmal glikolyati (A turi), mikrokristall sellyuloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kroskarmelloza natriy, magniy stearati.
- Qobig‘i gipromelloza, talk, titan dioksidi (E171), propilenglikol.
Siprinol® preparati qanday ko‘rinishga ega
250 mg li tabletkalar dumaloq, ikki tomonlama qavariq, chetlari qiya va bir tomonida kesigi bo‘lgan, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
500 mg li tabletkalar oval, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida kesigi bo‘lgan, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 tabletkadan PVX/PVDX-alyumin folga blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmareshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.