Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yunidoks Solyutab 100mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Доксициклин
Страна производитель
Нидерланды
Дозировка
100 мг
Производитель
Astellas Pharma Europe B.V.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Yunidoks Solyutab®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) doksitsiklin
Dori shakli
dispersiyalanuvchi tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda doksitsiklinga qayta hisoblanganda 100,0 mg doksitsiklin monogidrati
Yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, saxarin, giproloza (quyialmashingan), gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi (suvsiz), magniy stearati, laktoza monogidrati.
Ta'rifi dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-sariqdan kulrang-sariq rangligacha bo‘lgan, bir tomonida «173» gravirovkasi (tabletkaning kodi) va boshqa tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi preparatlar. Tetratsiklinlar.
ATX kodi J01AA02
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Tetratsiklinlar guruhiga mansub, keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. Bakteriostatik ta'sir qiladi, ribosomalarning 30S subbirligi bilan o‘zaro ta'sir qilish yo‘li bilan, mikrob hujayrasida oqsil sintezini bostiradi. Ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol Streptococcus spp., Treponema spp., Staphylococcus spp., Klebssiella spp., Enterobacter spp. (shu jumladan E. aerogenes), Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Haemophilus influenzae, Chlamydia spp., Mycoplasma spp., Ureaplasma urealyticum, Listeria monocytogenes, Rickettsia spp., Typhus exanthematicus, Escherichia coli, Shigella spp., Campylobacter fetus, Vibrio cholerae, Yersinia spp. (shu jumladan Yersinia pestis), Brucella spp., Francisella tularensis, Bacillus antracis, Bartonella bacilliformis, Pasteurella tultocida, Borrelia recurrentis, Clostridium spp. (Clostridium difficile dan tashqari), Actinomyces spp., Fusobacterium fusiforme, Calymmatobacterium granulomatosis, Propionibacterium acnes, ayrim soda hayvonlar (Entamoeba spp., Plasmodium falciparum).
Odatda, Acinetobacter spp., Proteus spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Providencia spp., Enterococcus spp. ga ta'sir qilmaydi.
Bir qator qo‘zg‘atuvchilarda doksitsiklinga orttirilgan chidamlilik bo‘lishi mumkinligini e'tiborga olish kerak, u ko‘pincha guruh ichida kesishgan bo‘ladi (ya'ni doksitsiklinga chidamli shtammlar, bir vaqtda tetratsiklinlar guruhining hammasiga chidamli bo‘ladi).
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
So‘rilishi – tez va to‘liq (taxminan 100%). Ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga kuchsiz ta'sir qiladi.
200 mg qabul qilinganidan keyin doksitsiklinning qon plazmasidagi maksimal darajasiga (2,6-3 mkg/ml) 2 soat o‘tgach erishiladi, 24 soatdan keyin qon plazmasidagi faol moddaning kontsentratsiyasi 1,5 mkg/ml gacha pasayadi.
Davolashning birinchi kuni 200 mg va keyingi kunlari sutkada 100 mg dan qabul qilinganidan keyin, doksitsiklinning qon plazmasidagi kontsentratsiyaning darajasi 1,5-3mkg/ml ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Doksitsiklin plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi (80-90%), a'zolar va to‘qimalarga yaxshi kiradi, orqa-miya suyuqligiga - yomon kiradi (qon plazmasidagi darajasining 10-20%), biroq doksitsiklinning orqa-miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi orqa-miya pardasini yallig‘lanishida oshadi.
Taqsimlanish hajmi – 1,58 l/kg. Ichga qabul qilinganidan keyin 30-45 minut o‘tgach doksitsiklin terapevtik kontsentratsiyalarda jigarda, buyraklarda, o‘pkada, taloqda, suyaklarda, tishlarda, prostata bezida, ko‘z to‘qimalarida, plevral va astsitik suyuqliklarida, safroda, sinovial ekssudatda, gaymorov va peshona bo‘shliqlarining ekssudatida, milk jo‘yaklari suyuqligida aniqlanadi.
Jigarning normal faoliyatida preparatning safrodagi darajasi, plazmadagiga qaraganda 5-10 marta yuqori.
So‘lakda doksitsiklinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasining ko‘rsatkichini 5-27% aniqlanadi.
Doksitsiklin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga oz miqdorda chiqadi.
Dentinda va suyak to‘qimasida to‘planadi.
Metabolizmi
Doksitsiklinning juda oz miqdori metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Ichga bir marta qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri – 16-18 soat, takroriy dozalar qabul qilinganidan keyin – 22-23 soat.
Qabul qilingan preparatning taxminan 40% buyraklar orqali va 20-40% ichak orqali faol bo‘lmagan shakllar (xelatlar) ko‘rinishida chiqariladi.
Alohida klinik holatlaridagi farmakokinetikasi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi, chunki uni ichak orqali chiqarilishi oshadi.
Gemodializ va peritoneal dializ doksitsiklinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi
Qo‘llanilishi
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari
-nafas yo‘llarining infektsiyalari, shu jumladan faringit, o‘tkir bronxit, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini zo‘rayishi, traxeit, bronxopnevmoniya, bo‘lakli pnevmoniya, kasalxonadan tashqari pnevmoniya, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi;
-LOR-a'zolarining infektsiyalari, shu jumladan otit, sinusit, tonzillit;
-siydik-jinsiy tizimining infektsiyalari sistit, piyelonefrit, bakterial prostatit, uretrit, uretrotsistit, urogenital mikoplazmoz, o‘tkir orxiepididimit; endometrit, endotservitsit va salpingoofiorit va boshqa majmuaviy davolash tarkibida; shu jumladan jinsiy yo‘li bilan yuqadigan infektsiyalar urogenital xlamidioz, penitsillinni o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlardagi sifilis, asoratlanmagan gonoreya (muqobil davolash sifatida), chov granulemasi, tanosil limfogranulema;
-me'da-ichak yo‘llari va o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (vabo, iyersinioz, xoletsistit, xolangit, gastroenterokolit, batsillyar va amyobali dizenteriya, “sayohatchilar” diareyasi);
-teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (shu jumladan, hayvonlar tishlaganidan keyingi yarali infektsiyalar), og‘ir xusnbuzar kasalligi (majmuaviy davolash tarkibida);
-boshqa kasalliklar frambeziya, legionellyoz, kelib chiqishi turli xlamidioz (shu jumladan prostatit va proktit), rikketsioz, Ku isitmasi, qoyali tog‘lar dog‘li isitmasi, tif (shu jumladan toshmali, qaytuvchan kana), Layma kasalligi (I bosq. – erythema migrans), tulyaremiya, o‘lat, aktinomikoz, bezgak; ko‘zning infektsion kasalliklari, majmuaviy davolash tarkibida – traxoma, leptospiroz, psittakoz, ornitoz, kuydirgi (shu jumladan o‘pka shakli), bartonellyoz, granulotsitar erlixioz; ko‘kyo‘tal, brutsellyoz, osteomiyelit; sepsis, nimo‘tkir septik endokardit, peritonit;
-operatsiyadan keyingi yiringli asoratlarni oldini olish; Plasmodium falciparum chaqirgan bezgak, xloroxin va/yoki pirimetamin-sulfadoksinga chidamli shtammlar tarqalgan xududlarga qisqa muddatli sayohatlarda (4 oydan kam) qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-tetratsiklinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik
-homiladorlik
-laktatsiya
-8 yoshgacha bo‘lgan bolalar
-jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari
-porfiriyada qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalar
Odatda davolashning davomiyligi 5–10 kunni tashkil etadi. Tabletkani suspenziya hosil qilish uchun oz miqdordagi (taxminan 20 ml) suvda eritish mumkin, shuningdek butunligicha, qismlarga bo‘lib yoki chaynab, suv bilan yutish mumkin. Tabletkalar o‘tirgan yoki turgan holatda qabul qilinadi, bu ezofagit va qizilo‘ngach yarasining rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi. Ovqat vaqtida qabul qilish afzalroq. Preparatni bevosita uyquga ketishdan oldin qabul qilish mumkin emas.
Kattalar va 8 yoshdan oshgan tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga davolashning birinchi kuni sutkada 200 mg 1–2 qabulda buyuriladi, keyinchalik 100 mg dan har kuni. Og‘ir infektsiyalarda Yunidoks butun davolash davri davomida har kuni 200 mg dan buyuriladi.
8–12 yoshli tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan bolalarga birinchi kuni – o‘rtacha sutkalik doza - 4 mg/kg, keyinchalik – kuniga 2 mg/kg dan (1-2 qabulda). Og‘ir kechuvchi infektsiyalarda Yunidoks butun davolash kursi davomida har kuni 4 mg/kg dozada buyuriladi.
Ayrim kasalliklarda dozalashning o‘ziga xos xususiyatlari
S.pyogenes chaqirgan infektsiyalarda Yunidoks kamida 10 kun qabul qilinadi. Asoratlanmagan gonoreyada (erkaklardagi anorektal infektsiyalardan tashqari)
Kattalarga 100 mg dan sutkada 2 marta to‘liq sog‘ayguncha (o‘rtacha 7 kun davomida) buyuriladi yoki 1 kun davomida 600 mg ni – 300 mg dan 2 qabulda (ikkinchi qabul birinchi qabuldan so‘ng 1 soat o‘tgach) buyuriladi.
Birlamchi sifilisda 100 mg dan kuniga 2 marta 14 kun davomida, ikkilamchi sifilisda – 100 mg dan kuniga 2 marta 28 kun davomida buyuriladi.
Chlamydia tranchomatis chaqirgan asoratlanmagan urogenital infektsiyalarda, Ureaplasma urealiticum chaqirgan servitsitda, gonokokksiz uretritda 100 mg dan sutkada 2 marta 7 kun davomida buyuriladi.
Xusnbuzar toshmasida sutkada 50 mg dan buyuriladi, davolash kursi 6-12 hafta.
Bezgak (oldini olish) 100 mg dan sutkada 1 marta safardan 1-2 kun oldin, so‘ngra safar vaqtida har kuni va qaytgandan keyin 4 hafta davomida; 8 yoshdan oshgan bolalarga 2 mg/kg dan sutkada 1 marta.
“Sayohatchilar” diareyasi (oldini olish) – safarning birinchi kuni 200 mg (1 qabulda yoki 100 mg dan sutkada 2 marta), keyinchalik 100 mg dan sutkada 1 marta regionda bo‘lishning butun vaqti davomida (3 haftadan ko‘p emas).
Leptospirozni davolash – 100 mg dan ichga sutkada 2 marta 7 kun davomida; leptospirozni oldini olish – 200 mg dan haftada 1 marta noxush hududda bo‘lgan vaqt davomida, so‘ngra 200 mg ketganidan keyin. Oldini olish maqsadida preparatni 21 kundan ortiq qabul qilish to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Tibbiy abortda infektsiyalarning oldini olish maqsadida aralashuvdan 1 soat oldin
100 mg va undan keyin 200 mg buyuriladi.
Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – og‘ir gonokokkli infektsiyalarda sutkada 300 mg gacha yoki 600 mg gacha 5 kun davomida. 8 yoshdan oshgan tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalar uchun – 200 mg gacha, 8–12 yoshli tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan bolalar uchun har kuni 4 mg/kg dan butun davolsh davomida.
Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam) va/yoki og‘ir jigar yetishmovchiligida doksitsiklinning sutkalik dozasini pasaytirish talab qilinadi, chunki bunda uni organizmda asta-sekin to‘planishi (gepatotoksik ta'sirining xavfi) yuz beradi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, disfagiya, diareya, enterokolit (stafilokokk enterit), glossit, stomatit, anogenital kandidoz, anal qichishish, soxtamembranoz kolit, ezofagit, qizilo‘ngach yarasi, tilni to‘q rangga bo‘yalishi. Uzoq muddatli davolaganda ichak mikroflorasi tarkibida V guruhi vitaminlarini hosil qiluvchi bakteriyalarni o‘sishini bostirilishi tufayli, V guruhi vitaminlari tanqisligi kuzatilishi mumkin.
Dermatologik va allergik reaktsiyalar eshakemi, fotosensibilizatsiya, angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, tizimli qizil yugurikni zo‘rayishi, makulo-papulyoz va eritematoz toshma, zardob kasalligiga o‘xshash eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, Shyonleyn-Genox purpurasi, fotoonixolizis.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan perikardit.
Jigar tomonidan ba'zida pankreatit bilan assotsiatsiyalangan jigarni shikastlanishi (preparatni uzoq muddat qabul qilishda yoki buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda).
Buyrak tomonidan preparatning antianabolik samarasi bilan bog‘liq bo‘lgan mochevina qoldiq azotini oshishi, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda azotemiyani og‘irlashishi. Doksitsiklinni qabul qilish fonida limon kislotasini saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish Fankoni sindromiga o‘xshash simptomlarni albuminuriya, glyukozuriya, gipofosfatemiya, gipokaliyemiya va buyrak kanalchalar atsidoz.
Qon yaratish tizimi tomonidan gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, neytropeniya, eozinofiliya, protrombin faolligini pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh miya ichki bosimini xavfsiz oshishi (anoreksiya, qusish, bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, tremor, ko‘rish nervini shishi), vestibulyar buzilishlar (bosh aylanishi yoki muvozanatsizlik), gallyutsinatsiyalar, ko‘rishni noaniqligi, skotoma, ko‘zda ikkilanish.
Qalqonsimon bezi tomonidan doksitsiklin guruhiga mansub antibiotiklarni uzoq vaqt qabul qilgan patsiyentlarda, ko‘pgina hollarda qalqonsimon bezining faoliyatini buzilishisiz, uning to‘qimasi qaytuvchan to‘q jigarrangga bo‘yalishi mumkin.
Tishlar va suyaklar tomonidan doksitsiklin osteogenezni sekinlashtiradi, bolalarda tishlarning normal rivojlanishini buzadi (tishlarning rangini qaytmas o‘zgartiradi, emalning gipoplaziyasi rivojlanadi).
Boshqalar superinfektsiya ko‘rinishlari sifatida kandidoz (stomatit, glossit, proktit, vaginit).
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari jigarni shikastlanishi chaqirgan nojo‘ya reaktsiyalarni kuchayishi – qusish, isitmali holat, sariqlik, azotemiya, transaminazalarning darajasini oshishi, protrombin vaqtini oshishi.
Davolash katta dozalar qabul qilinganidan keyin darhol me'dani yuvish, ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, zarurati bo‘lganida – qusishni qo‘zg‘atish tavsiya qilinadi. Faollashtirilgan ko‘mir va osmotik surgi vositalari qabul qilinadi. Past samaradorligi tufayli gemodializ va peritoneal dializ tavsiya qilinmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsidlar, temir preparatlari, natriy gidrokarbonati, magniy saqlovchi surgi vositalari doksitsiklinni so‘rilishini
kamaytiradi, shuning uchun ularni 3 soatlik interval bilan alohida qo‘llash kerak.
Doksitsiklin tomonidan ichakning mikroflorasini bostirilishi tufayli protrombin indeksi pasayadi, bu bilvosita antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritishni talab qiladi.
Doksitsiklin xujayra devorining sintezini buzuvchi bakteritsid antibiotiklar (penitsillinlar, sefalosporinlar) bilan birga qo‘llanganida bu antibiotiklarning samaradorligi pasayadi.
Estrogen saqlovchi gormonal kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida doksitsiklin kontratseptsiyaning ishonchliligini pasaytiradi va atsiklik qon ketishlarini rivojlanishi tez-tezligini oshiradi.
Etanol, barbituratlar, rifampitsin, karbamazepin, fenitoin va mikrosomal oksidlanishning boshqa rag‘batlantiruvchilari, doksitsiklinning metabolizmini tezlashtirib, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Doksitsiklin va retinolni bir vaqtda qo‘llash bosh miya ichki bosimini oshishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tetratsiklin qatorining boshqa preparatlari bilan kesishgan chidamlilik va o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishining imkoniyati mavjud.
Tetratsiklinlar protrombin vaqtini oshirishi mumkin, koagulopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda tetratsiklinlarning buyurilishi sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak.
Tetratsiklinlarning antianabolik samarasi qonda mochevina qoldiq azotining darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Odatda bu buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlar uchun jiddiy ahamiyatga ega emas. Biroq buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda azotemiyani o‘sishi kuzatilishi mumkin. Tetratsiklinlarni buyrak faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash shifokor nazoratini talab qiladi.
Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida qonning laborator ko‘rsatkichlarini, jigar va buyrak faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish talab qilinadi.
Fotodermatitni rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolanish vaqtida va undan keyin 4-5 kun davomida insolyatsiyani cheklash kerak.
Antibiotiklarni qabul qilish sezgir bo‘lmagan, shu jumladan Candida avlodi zamburug‘larining ortiqcha o‘sishini chaqirishi mumkin. Bunday holda preparat qabul qilishni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak.
Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan doksitsiklinni qabul qilishda soxtamembranoz kolit rivojlanishi hollari ta'riflangan. Uning og‘irlik darajasi yengildan hayot uchun xavfli holatlargacha bo‘lgan. Antibakterial preparatlar qabul qilish fonida rivojlangan diareyali patsiyentlarda ushbu tashxisni e'tiborga olish kerak. Anamnezni sinchiklab yig‘ish kerak, chunki Clostridium difficile chaqirgan diareya antibakterial preparatlarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 2 oy davomida rivojlanishi mumkin.
Miasteniya gravis (Myasthenia gravis) nerv-mushak blokadasini rivojlanishi mumkinligi tufayli, bu kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga tetratsiklinlarni buyurishda ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak.
Tizimli qizil yugurik tetratsiklinlar tizimli qizil yugirikni zo‘rayishini chaqirishi mumkin.
Dispeptik holatlarni oldini olish uchun preparatni ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya qilinadi.
Ezofagit yoki qizilo‘ngach yarasini rivojlanishini oldini olish uchun preparatni ko‘p miqdordagi suv bilan qabul qilish va uyqudan oldin preparatni qabul qilmaslik kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Doksitsiklin gemato-yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Tetratsiklinlar homilaga (osteogenezni sekinlashishi) va tish emalini shakllanishiga (rangini qaytmas o‘zgarishi, gipoplaziya) salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli, shuningdek onada jigarni shikastlanishi xavfini oshishi sababli, tetratsiklinlar preparat o‘ta xavfli va og‘ir infektsiyalarni (qoyali tog‘lar dog‘ili isitmasi, Bacillus anthracis ni ingalyatsion ta'siri va boshqalar) davolash va oldini olish uchun yaga vosita bo‘lgan hollardan tashqari qo‘llanilmaydi. Tug‘ish yoshidagi ayollarga doksitsiklinni buyurishgacha homiladorlikni inkor etish lozim.
Doksitsiklin ko‘krak sutiga kiradi. Bolalarda tishlar va suyaklarni shakllanishiga noxush ta'siri tufayli, doksitsiklin boshqa tetratsiklinlar kabi emizish vaqtida qo‘llanilmaydi. Agar tetratsiklinlarni buyurish zarurati bo‘lganida emizish to‘xtatiladi.
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyatlari tekshirilmagan.
Transport vositalari, mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri noma'lum.
Bosh aylinishi, ko‘rishni noaniqligi yoki ko‘zlarda ikkilanish paydo bo‘lgan hollarda avtotransport yoki mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi. Nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlarga qarang.
Chiqarilish shakli
100 mg dispersiyalanuvchi tabletkalar; 10 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterda.
1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15 dan 25oS gacha haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
5 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
Astellas Farma Yurop B.V., Niderlandiya
Silviusveg 62, 2333 VE Leyden
Ishlab chiqarilgan
Astellas Farma Yurop B.V., Niderlandiya
Xogemaat 2, 7942 JGMeppel
Qadoqlangan va o‘ramlangan
Astellas Farma Yurop B.V., Niderlandi
Xogemaat 2, 7942 JGMeppel
Iste'molchilarning e'tirozlari quyidagi manzilga yuborilsin
Astellas Farma Yurop B.V., Niderlandiyaning Moskvadagi vakolatxonasi
109147 Moskva, Marksistskaya ko‘ch. 16
"Mosalarko Plaza-1" biznes-markaz, 3 qavat
Telefon (495) 737-07-55; 737-07-56
Faks (495) 737-07-67
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.