Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Блог
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari
    Keng ko‘lamli antibiotiklar
    Ziomitsin-500 tab. №3
    ЗИОМИЦИН

    Ziomitsin-500 tab. №3

    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Dozasi
    :
    500 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Индия
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Ziomitsin-500 tab. №3

    Batafsil
    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Ziomitsin-500 tab. №3

    • Preparatning savdo nomi
    • Dori shakli
    • Tarkibi
    • Ta'rifi
    • Farmakologik xususiyatlari
    • Farmakodinamika
    • Farmakokinetikasi
    • Qo‘llanilishi
    • Qo‘llash usuli va dozalari
    • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
    • Maxsus ko‘rsatmalar
    • Dozani oshirib yuborilishi
    • Chiqarilish shakli
    • Saqlash sharoiti
    • Yaroqlilik muddati
    • Ishlab chiqaruvchi

    Preparatning savdo nomi

    Ziomitsin
    Ta'sir etuvchi modda (XPN): azitromitsin

    Dori shakli

    plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

    Tarkibi

    Xar bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
    faol modda: 250 mg va 500 mg azitromitsinga ekvivalent bo‘lgan azitromitsin digidrati;
    yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmellozasi, natriy laurilsulьfati, povidon, tozalangan talьk, magniy stearati, sariq rangli Opadray 04B520005, izopropil spirti, tozalangan suv.

    Ta'rifi

    250 mg li tabletkalar: sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «A 250» gravirovkasi va ikkinchi tomoni yassi bo‘lgan kapsulasimon shakldagi tabletkalar.
    500 mg li tabletkalar: sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «A 500» gravirovkali va ikkinchi tomoni yassi bo‘lgan kapsulasimon shakldagi tabletkalar.
    Farmakologik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vositalar. Makrolidlar. Azitromitsin.
    ATX kodi: J01FA10

    Farmakologik xususiyatlari

    Farmakodinamika

    Ta'ssir mexanizmi
    Azitromitsin - azalidlar guruhiga mansub makrolid antibiotik hisoblanadi. Molekulasi eritromitsin A lakton halqasiga azot atomini qo‘shish orqali sintezlangan. Azitromitsinning kimyoviy nomi 9-dezoksi-9a-aza-9a-metil-9a-gomoeritromitsin A deb nomlanadi. Molekulyar og‘irligi 749,0. Azitromitsinning ta'sir mexanizmi bakteriyalar ribosomalarning 50s subbirligi bilan bog‘lanish orqali oqsil sintezini bostirish va peptidlar translokatsiyasini ingibirlashga asoslangan.
    Rezistentlik mexanizmi:
    Azitromitsinga qarshilik boshlang‘ich yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Bakteriyalarda qarshilik ko‘rsatishning uchta asosiy mexanizmi mavjud: nishon-saytining o‘zgarishi, antibiotik tashishning o‘zgarishi va antibiotikning modifikatsiyasi.
    Azitromitsin eritromitsinga chidamli gram-musbat izolyatlar bilan o‘zaro kesishgan qarshilikka ega. Vaqt o‘tishi bilan makrolidlarga sezuvchanlikning pasayishi qayd etilgan, ayniqsa Streptococcus pneumoniae va Staphylococcus aureus bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Xuddi shunday, Streptococcus viridans va Streptococcus agalactiae (V guruhi) orasida boshqa makrolidlar va linkozamidlarga nisbatan sezuvchanlikning pasayishi kuzatilgan.

    Farmakokinetikasi

    So‘rilishi
    Og‘iz orqali kiritilganidan keyin biologik o‘zlashtirilishi taxminan 37% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga preparatni qabul qilganidan 2-3 soat o‘tgach erishiladi.
    Taqsimlanishi
    Azitromitsin og‘iz orqali kiritilgandan so‘ng butun tanaga tarqaladi. Farmakokinetik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, azitromitsinning to‘qimalarda o‘lchanadigan mavjud kontsentratsiyasi plazmadagidan sezilarli darajada yuqori (50 baravargacha), bu moddaning to‘qimalar bilan kuchli bog‘lanish hosil qilishidan dalolat beradi.
    Zardob oqsillari bilan bog‘lanishi plazmadagi kontsentratsiyasiga qarab o‘zgaradi va zardobda 0,5 mkg / ml da 12% dan 0,05 mkg azitromitsin / ml da 52% gacha o‘zgaradi. Muvozanat holatida o‘rtacha taqsimlanish hajmi (VVss) 31,1 l / kg deb hisoblangan.
    Chiqarilishi
    Plazmadan to‘liq yarimchiqarilish davri to‘qimalardan yarimchiqarilish davriga to‘g‘ri keladi va 2-4 kunni tashkil qiladi.
    Vena ichiga kiritilgan azitromitsinning taxminan 12% keyingi uch kun ichida siydik bilan o‘zgarishsiz chiqariladi. Ayniqsa, azitromitsinning o‘zgarmagan yuqori kontsentratsiyasi odam safrosida topilgan. Shuningdek, safroda N- va O-demetillanish, dezozamin- va aglikon halqalarining gidroksillanishi va kladinoz kon'yugatining parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan o‘nta metabolit aniqlangan. Suyuqlik xromatografiyasi va mikrobiologik tahlil natijalarini solishtirish shuni ko‘rsatdiki, azitromitsinning metabolitlari mikrobiologik faol emas.
    Hayvonlarni o‘rganishda fagotsitlarda azitromitsinning yuqori kontsentratsiyasi aniqlangan. Shuningdek, faol fagotsitoz paytida faol bo‘lmagan fagotsitlardan azitromitsinning yuqori kontsentratsiyasi ajralib chiqishi aniqlangan. Hayvon modellarida bu azitromitsinning yuqori kontsentratsiyasini infektsiya joyiga yetkazilishiga olib kelganligi aniqlangan.

    Qo‘llanilishi

    - LOR a'zolari infektsiyalari (sinusit, faringit, tonzillit, otit)
    - nafas yo‘llari infektsiyalari: o‘tkir bronxit, interstitsial va alьveolyar pnevmoniya
    - Helicobacter pylori sabab bo‘lgan oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak kasalliklari
    - teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (surunkali ko‘chib yuruvchi eritema (Laym kasalligi), saramas yallig‘lanishi, impetigo, ikkilamchi piodermiyalar, balog‘at yoshida husnbuzarning murakkab shakllarini davolash)
    - jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar (shu jumladan, urogenital xlamidioz, asoratlanmagan uretrit va Chlamydia trachomatis sabab bo‘lgan servitsit)

    Qo‘llash usuli va dozalari

    Ziomitsin preparatini har doim ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin kiritish kerak, chunki ovqat bilan birga qabul qilinganda azitromitsinning so‘rilishi kamayadi. Preparatni kuniga bir marta olish kerak.
    Kattalar va vazni 50 kg dan ortiq bolalar
    LOR-a'zolar va nafas yo‘llari infektsiyalari, teri va yumshoq to‘qimalar infektsiyalari (ko‘chib yuruvchi surunkali eritemadan tashqari): 500 mg (250 mg dan 2 tabletka yoki 1 tabletka po 500 mg dan 1 tabletka 1 marotaba) 3 kun mobaynida har kuni olinadi.
    Surunkali ko‘chib yuruvchi eritemada: 5 kun mobaynida kuniga 1 mahal, 1-kun 1 g (250 mg dan 4 tabletka yoki 500 mg dan 2 tabletka), so‘ngra 2-kundan 5-kungacha 500 mg (250 mg dan 2 tabletka yoki 500 mg dan 1 tabletka).
    Tanosil kasalliklarida: 1 g dan bir mahal (250 mg dan 4 tabletka yoki 500 mg dan 2 mahal).
    Me'da yara kasalliklarida: 1 g (250 mg dan 4 tabletka yoki 500 mg dan 2 tabletka) 3 kun mobaynida kuniga 1 mahal me'da sekretsiyasiga qarshi preparatlar yoki shifokor tomonidan buyurilgan boshqa dori vositalari bilan ichiladi.
    Yoshlarda husnbuzarlar: davolash kursi dozasi 6 g ni tashkil qiladi. Tavsiya etiladigan davolash rejimi: dastlabki 3 kun mobaynida 250 mg dan 2 tabletka yoki kuniga 500 mg dan
    1 mahal buyuriladi, keyingi 9 hafta mobaynida – haftasiga 250 mg dan 2 tabletka yoki 500 mg dan 1 mahal buyuriladi, ikkinchi haftadan boshlab 7 kun mobaynida 1 tabletkadan qabul qilinadi.
    Tana vazni 25 dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalar
    Tana vazni 25 dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalarga Ziomitsin preparati 250 mg dozada tana vazniga ko‘ra 10 mg/kg hisobida 3 kun davomida tavsiya qilinadi. Tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga kattalar uchun mo‘ljallangan dozalar buyuriladi.
    Agar 1 doza o‘tkazib yuborilsa, preparatni mumkin qadar qisqa muddatda qabul qilish, keyingi dozani 24 soat oraliq bilan qabul qilinadi.
    Keksalik yoshidagi hamda buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
    Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar
    Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar uchun dozani sozlash zarur, chunki azitromitsin asosan jigarda metabolizmga uchraydi.
    Nojo‘ya ta'sirlari
    Azitromitsin kiritilganidan so‘ngra nojo‘ya ta'sirlar kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
    Quyida klinik tadqiqotlar va postmarketing kuzatuvlarda qayd etilgan nojo‘ya ta'sirlar a'zolar tizimi va nojo‘ya ta'sirlarning yuzaga kelish chastotasi bo‘yicha tasniflangan.Postmarketing davrda aniqlangan nojo‘ya reaktsiyalar kursiv bilan berilgan. Uchrash tez-tezligi bo‘yicha guruhlar quyidagicha aniqlanadi: : juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). Har bir guruhda noxush samaralar jiddiyligi kamayib borgan holda taqdim etilgan.
    Klinik tadqiqotlar tajribasida va postmarketing kuzatuvlarda azitromitsin bilan bog‘liq yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
    Infektsiyalar va invaziyalar:
    Tez-tez emas: kandidoz, og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi, vaginal infektsiyalar, pnevmoniya, zamburug‘li infektsiyalar, bakterial infektsiyalar, faringit, gastroenterit, respirator kasalliklar, rinit;
    Noma'lum: psevdomembranozli kolit («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
    Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas:leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya;
    Noma'lum: trombotsitopeniya, gemolitik anemiya.
    Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: angionevrotik shishlar, yuqori sezuvchanlik;
    Noma'lum: anafilaktik reaktsiyalar («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
    Metabolizm va ovqatlanish tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez: anoreksiya.
    Psixik buzilishlar:
    Tez-tez emas: asabiylik, uyqusizlik;
    Kam hollarda: bezovtalik;
    Noma'lum: jizzakilik, vahima, deliriy, gallyutsinatsiyalar.
    Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez: bosh og‘rig‘i;
    Tez-tez emas: bosh aylanishi, uyquchanlik, disgevziya, paresteziya;
    Noma'lum: hushdan ketish, tirishishlar, gipesteziya, psixomotor yuqori faollik, anosmiya, agevziya, parosmiya, miasteniya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang).
    Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: ko‘rishning buzilishi.
    Eshitish va quloq labirinti tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: eshitishning buzilishi, vertigo;
    Noma'lum: eshitishning buzilishi, jumladan karlik va / yoki tinnitus.
    Yurak tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: yurak o‘ynog‘i;
    Noma'lum: «piruet» tipidagi qorinchalar taxikardiyasi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), aritmiya («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), jumladan qorinchalar taxikardiyasi.
    Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: qon quyilishi;
    Noma'lum: gipotenziya.
    Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: hansirash, epistaksis.
    Me'da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan buzilishlar
    Juda tez-tez: diareya;
    Tez-tez: qusish, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi;
    Tez-tez emas: gastrit, qabziyat, meteorizm, dispepsiya, disfagiya, qorin dam bo‘lishi, og‘iz qurishi, kekirish, og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi, gipersalivatsiya;
    Noma'lum: pankreatit, til rangining o‘zgarishi.
    Jigar va o‘t qopi yo‘llari tomonidan buzilishlar:
    Kam hollarda: jigar faoliyatining buzilishi, xolestatik sariqlik;
    Noma'lum: kamdan-kam hollarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan jigar yetishmovchiligi («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), fulьminant gepatit, jigar nekrozi.
    Teri va teriosti kletchatkasi tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: qichishish, toshmalar, eshakemi, dermatit, teri quruqligi, gipergidroz;
    Kam hollarda: lekarstvennaya reaktsiya s eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan namoyon bo‘ladigan eozinofiliyali dori reaktsiyalari («Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limiga qarang), yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyalari;
    Noma'lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema.
    Suyak-mushak, biriktiruvchi to‘qimalar tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: osteoartrit, mialgiya, orqa sohasida og‘riqlar, bo‘yin sohasida og‘riqlar;
    Noma'lum: artralgiya.
    Buyrak va siydik tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: dizuriya, buyrak sanchiqlari;
    Noma'lum: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit.
    Reproduktiv tizim va sut bezlari tizimi tomonidan buzilishlar
    Noma'lum: metrorragiya, moyak kasalliklari.
    Umumiy buzilishlar va preparat yuborilgan joydagi holat:
    Tez-tez emas: ko‘krak qafasida og‘riqlar, shishlar, toliqish, asteniya, charchoqlik, yuz shishi, gipertermiya, og‘riqlar, periferik shishlar.
    Laborator va instrumental ma'lumotlar:
    Tez-tez: limfotsitlar miqdorining kamayishi, eozinofillar miqdoriing ortishi, qonda bikarbonat miqdorining kamayishi;
    Tez-tez emas: aspartataminotransferaza miqdorining ortishi, alaninaminotransferaza miqdorining ortishi, qonda bilirubin miqdorining ortishi, qonda mochevina miqdorining ortishi, qonda kreatini miqdorining ortishi, qonda kaliy tarkibining buzilishi, qonda ishqoriy fosfatazalar darajasining ortishi, xloridlarning ko‘tarilishi, glyukozaning ko‘tarilishi, trombotsitlar darajasining ko‘tarilishi, gematokritning kamayishi, bikarbonatlarning ko‘tarilishi, natriy darajasining buzilishi.
    Mycobacterium Avium Complex ni davolash yoki oldini olish bilan bog‘liq yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar klinik tadqiqot tajribalariga va postmarketing kuzatuvlarga asoslangan. Mazkur nojo‘ya reaktsiyalar preparatning chiqarilish shakliga – tez ta'sir qiluvchi yoki uzaytirilgan ta'sir qiluvchi, ya'ni turiga ko‘ra yoki yuzaga kelishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi:
    Metabolizm va ovqatlanish tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez: anoreksiya.
    Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, paresteziya, disgevziya;
    Tez-tez emas: gipesteziya.
    Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez : ko‘rishning buzilishi.
    Eshitish va quloq labirinti tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez: karlik;
    Tez-tez emas: eshitishning buzilishi, tinnitus.
    Yurak tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: yurak o‘ynog‘i.
    Me'da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan buzilishlar:
    Juda tez-tez: diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, qorin sohasida behuzurlik, ich ketishi.
    Jigar va o‘t qopi yo‘llari tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez emas: gepatit.
    Teri va teriosti kletchatkasi tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez: toshmalar, qichishish;
    Tez-tez emas: Stivens-Jonson sindromi, yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyalari.
    Suyak-mushak, biriktiruvchi to‘qimalar tizimi tomonidan buzilishlar:
    Tez-tez: artralgiya.
    Umumiy buzilishlar va preparat yuborilgan joydagi holat:
    Tez-tez: charchoqlik;
    Tez-tez emas: asteniya, holsizlik.

    Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

    - azitromitsinga, makrolidlar guruhi antibiotiklariga yoki preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
    - jigar va buyraklar funktsiyasining jiddiy darajadagi yetishmovchiliklarida qo‘llash mumkin emas.
    Dorilarning o‘zaro ta'siri
    Antatsidlar: Antatsidlar va azitromitsinni birga qo‘llanilganda farmakokinetikasini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, preparatlarning zardobdagi cho‘qqi kontsentratsiyalari taxminan 24% gacha kamaygan bo‘lsa-da umumiy biologik o‘zlashtirishga ta'siri yo‘qligini ko‘rsatgan. Azitromitsin va antatsidlar buyurilgan bemorlarga ushbu dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi .
    Setirizin: Sog‘lom ko‘ngillilarda 5 kunlik azitromitsin kursini 20 mg setirizin bilan muvozanat holatida qabul qilish farmakokinetik o‘zaro ta'sirga va QT oralig‘ida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmagan.
    Didanozin (Didezoksiinozin): OITS ga chalingan olti nafar bemorda kuniga 1200 mg azitromitsinni 400 mg/kun didanozin bilan birgalikda qo‘llash didanozinning muvozanatli farmakokinetikasiga platsebo bilan solishtirganda ta'sir qilmagan.
    Digoksin va kolxitsin (R-glikoprotein substratlari): makrolid antibiotiklarini, shu jumladan azitromitsinni, digoksin va kolxitsin kabi R-glikoproteinli substratlar bilan birgalikda qo‘llash R-glikoprotein substratining zardob darajasini oshiradi. Shuning uchun, agar azitromitsin va R-glikoproteinli substratlar, masalan, digoksin kabi, bir vaqtda qo‘llanilsa, qon zardobida substrat kontsentratsiyasining ortish ehtimolini hisobga olish kerak. Azitromitsin bilan davolash paytida va davolash to‘xtatilganidan keyin klinik kuzatuv va, ehtimol, zardobdagi digoksin darajasini aniqlash talab qilinadi.
    Zidovudin: 1000 mg bir marotabalik dozasi va azitromitsinning 1200 mg yoki 600 mg ko‘p marotabalik dozasi plazmadagi zidovudin yoki uning metaboliti glyukuronidning farmakokinetikasiga va siydik bilan chiqarilishiga deyarli ta'sir qilmaydi. Ammo, azitromitsinni qabul qilish periferik qonning mononuklear hujayralarida klinik faol metabolit bo‘lgan fosforlangan zidovudin kontsentratsiyasini oshiradi. Ushbu isbotning klinik ahamiyati aniq emas, ammo bu bemorlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
    Azitromitsin jigar sitoxrom R450 tizimi bilan sezilarli ta'sirlashmaydi. Eritromitsin va boshqa makrolidlar bilan kuzatilganidek, azitromitsin boshqa dorilar bilan farmakokinetik ta'sirlashuvga kirmaydi, deb ishoniladi. Azitromitsin qabul qilinganda, jigar sitoxrom R450 ning sitoxrom-metabolit kompleksi tomonidan induktsiyasi yoki ingibirlanishi sodir bo‘lmaydi.
    Ergot alkaloidi hosilalari: ergotizmning yuzaga kelishining nazariy imkoniyati tufayli azitromitsinni ergot hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. ("Maxsus ko‘rsatmalar" bo‘limiga qarang).
    Azitromitsin va sitoxrom R450 orqali sezilarli metabolizmga uchraydigan quyidagi dorilar o‘rtasida farmakokinetik ta'sirlashuv bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan.
    Atorvastatin: atorvastatin (kuniga 10 mg) va azitromitsinni (kuniga 500 mg) birga qo‘llash atorvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasini o‘zgartirmaydi (3-gidroksi-3-metilglutaril koenzim A reduktaza ingibitori bilan ingibirlanish tahliliga asoslangan).
    Karbamazepin: Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan farmakokinetik o‘zaro ta'sir tadqiqotida, azitromitsinni birga qabul qilgan bemorlarda plazmadagi karbamazepin yoki uning faol metabolitiga sezilarli ta'sir ko‘rsatilmagan.
    Simetidin: Azitromitsindan 2 soat oldin kiritilgan simetidinning bitta dozasi azitromitsinning farmakokinetikasiga ta'sirini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotda azitromitsinning farmakokinetikasida o‘zgarishlar kuzatilmagan.
    Kumarin qatori peroral antikoagulyantlari: farmakokinetik o‘zaro ta'sirlashuv tadqiqotida azitromitsin sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan qabul qilingan 15 mg varfarin dozasining antikoagulyant ta'sirini o‘zgartirmagan. Marketingdan keyingi davrda kumarin qatori antikoagulyantlar va azitromitsinni birga qo‘llashdan keyin antikoagulyant ta'sirning kuchayishi haqida xabarlar berilgan. Garchi, sabab-oqibat aloqasi tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, peroral kumarin qaotri antikoagulyantlarini qabul qilayotgan bemorlarda azitromitsinni qo‘llashda protrombin vaqtini nazorat qilish chastotasini hisobga olish kerak.
    Siklosporin: Azitromitsinni kuniga 500 mg dan 3 kun davomida og‘iz orqali qabul qilgan, so‘ngra og‘iz orqali 10 mg / kg siklosporinni bir martalik qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarning farmakokinetik tadqiqotlarida olingan siklosporin ko‘rsatkichlarida Cmax va AUC0-5 sezilarli darajada oshgan (mos ravishda 24% va 21% ga), ammo AUC0-∞ da hech qanday sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan. Shuning uchun, bu dorilarni birga qo‘llashdan oldin ehtiyot choralarini ko‘rib chiqish kerak. Agar ushbu dori-darmonlarni bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lsa, qondagi siklosporin darajasini kuzatib borish va dozalarni mos ravishda sozlash kerak.
    Efavirenz: 7 kun davomida kuniga 600 mg azitromitsin va 400 mg efavirenzni bir martalik qabul qilish klinik jihatdan ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta'sirlashuvga olib kelmaydi.
    Flukonazol: 1200 mg azitromitsinning bir martalik dozasi bir martalik 800 mg dozadagi flukonazolning farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi. Azitromitsinning umumiy ekspozitsiyasi va yarimchiqarilish davri flukonazol bilan birgalikda qo‘llashdan keyin o‘zgarmagan, ammo azitromitsinning Cmax (18%) ning klinik jihatdan ahamiyatsiz pasayishi kuzatilgan.
    Indinavir: 1200 mg azitromitsinning bir martalik dozasi 5 kun davomida kuniga uch marta 800 mg dan qabul qilingan indinavirning farmakokinetikasiga statistik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmagan.
    Metilprednizolon: Sog‘lom ko‘ngillilarda farmakokinetik o‘zaro ta'sirini o‘rganish tadqiqotida azitromitsin metilprednizolonning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmagan.
    Midazolam: Sog‘lom ko‘ngillilarda kuniga 500 mg azitromitsinni 3 kun davomida bir martalik 15 mg midazolam bilan birga qabul qilish farmakokinetika va farmakodinamikada klinik jihatdan sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmagan.
    Nelfinavir: Azitromitsin (1200 mg) va nelfinavirni muvozanat holatida (kuniga uch marta 750 mg) birga qabul qilish azitromitsin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelgan. Klinik jihatdan ahamiyatli nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan va dozani to‘g‘irlash talab qilinmagan.
    Rifabutin: Azitromitsin va rifabutinning birgalikda qo‘llanilishi har ikkala preparatning zardobdagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilmagan.
    Azitromitsin va rifabutin bilan birgalikda davolangan bemorlarda neytropeniya kuzatilgan. Garchi, neytropeniya rifabutinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa-da, azitromitsin kombinatsiyasi bilan sabab-oqibat bog‘liqligi o‘rnatilmagan ("Nojo‘ya ta'sirlari" bo‘limiga qarang).
    Sildenafil: Oddiy, sog‘lom erkak ko‘ngillilarda azitromitsinning (3 kun davomida har kuni 500 mg) sildenafil yoki uning asosiy aylanib yuruvchi metabolitining AUC va Cmax darajasiga ta'siri to‘g‘risida hech qanday dalil topilmagan.
    Terfenadin: Farmakokinetik tadqiqotlar azitromitsin va terfenadinning o‘zaro ta'siri to‘g‘risida hech qanday dalil topa olmagan. Kamdan-kam holatlar qayd etilgan, bunda bunday o‘zaro ta'sirlashuv ehtimoli butunlay istisno qilinishi mumkin emas, ammo bunday o‘zaro ta'sir sodir bo‘lganligi haqida aniq dalillar yo‘q bo‘lgan.
    Teofillin: sog‘lom ko‘ngillilarda azitromitsin va teofillinni birga qo‘llashdan keyin klinik ahamiyatga ega bo‘lgan farmakokinetik o‘zaro ta'sirlar haqida dalillar yo‘q.
    Triazolam: Birinchi kuni 500 mg va 2-kuni 250 mg azitromitsinni 2-kuni 0,125 mg triazolam bilan birgalikda 14 nafar sog‘lom ko‘ngillilarda qo‘llanilganda triazolam va platsebo bilan solishtirganda triazolamning farmakokinetik parametrlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan.
    Trimetoprim/sulьfametoksazol: Trimetoprim / sulfametoksazol DS ni (160 mg/800 mg) 7 kun davomida 1200 mg azitromitsin bilan birgalikda qo‘llanilganda trimetoprim va sulьfametoksazolning maksimal kontsentratsiyasiga, umumiy ta'siriga yoki siydik bilan chiqarilishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmagan. Azitromitsinning zardob kontsentratsiyasi boshqa tadqiqotlarda kuzatilganlarga o‘xshash bo‘lgan.

    Maxsus ko‘rsatmalar

    Yuqori sezuvchanlik
    Eritromitsin va boshqa makrolidlarni qo‘llashda angionevrotik shishlar va anafilaksiya (kamdan -kam hollarda o‘limga olib keladigan) kabi kamdan-kam uchraydigan jiddiy allergik reaktsiyalar kuzatilgan. Azitromitsin bilan bo‘lgan bu reaktsiyalarning ba'zilari takroriy simptomlarga va uzoqroq kuzatuv va davolanishga olib kelgan.
    Agar allergik reaktsiya paydo bo‘lsa, preparat qo‘llashni to‘xtatish va tegishli davolash choralari buyurilishi kerak. Shifokorlar, simptomatik terapiya to‘xtatilgandan so‘ng, allergik simptomlarning qaytadan paydo bo‘lishi mumkinligini yodda tutishlari zarur.
    Gepatotoktsiklik
    Jigar asosiy chiqarilish yo‘li bo‘lgani uchun, og‘ir jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarga azitromitsinni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Hayot uchun xavfli jigar yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan fulminant gepatit haqida xabarlar mavjud ("Nojo‘ya ta'sirlari" bo‘limiga qarang). Ba'zi bemorlarda jigar kasalligi bo‘lgan yoki boshqa gepatotoksik dorilarni qabul qilgan bo‘lishi mumkin.
    Jigar disfunktsiyasi, gepatit, xolestatik sariqlik, jigar nekrozi va jigar yetishmovchiligi qayd etilgan, ularning ba'zilari o‘limga olib kelgan. Agar gepatit belgilari va alomatlari paydo bo‘lsa, azitromitsinni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.
    Agar jigar funktsiyasi buzilishining belgilari va alomatlari paydo bo‘lsa, masalan, sariqlik bilan bog‘liq tez rivojlanuvchi asteniya, siydik rangining quyuqligi, qon ketishga moyillik yoki jigar entsefalopatiyasi, darhol jigar funktsiyasini tekshirish / tadqiq qilish o‘tkazilishi kerak. Agar jigar funktsiyasi buzilgan bo‘lsa, azitromitsin qo‘llashni to‘xtatish kerak.
    Infantil gipertrofik pilorik stenoz (IHPS)
    Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda azitromitsin qo‘llanilgandan so‘ng (tug‘ilgandan keyin 42 kungacha bo‘lgan davrda davolanish) chaqaloqlarning gipertrofik pilor stenozi (IHPS) haqida xabarlar mavjud. Ota-onalar va vasiylarga, agar bola ovqatlanayotganda qussa yoki asabiylashsa, shifokor bilan bog‘lanishni tavsiya qilish kerak.
    Ergot alkaloidlar
    Ergot alkaloidi hosilalarini olayotgan bemorlarda, ba'zi makrolid antibiotiklari birgalikda qabul qilinganida, ergotizm tezlashadi. Ergot preparatlar va azitromitsinning o‘zaro ta'siri ehtimoli to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Ergotizmning nazariy imkoniyati tufayli azitromitsin va ergot hosilalarini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.
    QT oralig‘ining uzayishi
    Boshqa makrolidlar bilan davolashda yurak aritmiyasi va «piruet» tipidagi qorinchalar taxikardiyasi xavfiga olib keladigan yurak repolarizatsiyasi va QT intervalining uzayishi kuzatiladi. Yurak repolarizatsiyasining uzoq davom etishi xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda azitromitsinning shunga o‘xshash ta'sirini butunlay inkor etib bo‘lmaydi ("Nojo‘ya ta'sirlari" bo‘limiga qarang), shuning uchun bemorlarni davolashda ehtiyot bo‘lish kerak:
    • QT intervalining tug‘ma yoki hujjatlashtirilgan uzayishi bilan;
    • QT oralig‘ini uzaytiradigan boshqa faol moddalar, masalan, Ia va III sinflarga mansub antiaritmik vositalar, sizaprid va terfenadin bilan davolanish paytida;
    • elektrolitlar buzilishi bilan, ayniqsa gipokaliyemiya va gipomagniyemiya holatida;
    • Klinik ahamiyatga ega bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi bilan;
    • QT oralig‘iga dorilar ta'siriga ko‘proq sezgir bo‘lishi mumkin bo‘lgan keksa bemorlar.
    Superinfektsiya
    Har qanday antibiotikda bo‘lgani kabi, azitromitsinga sezgir bo‘lmagan organizmlar, shu jumladan zamburug‘lar bilan ham superinfektsiya belgilarini kuzatish tavsiya etiladi.
    Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya
    Deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan azitromitsin bilan Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya (CDAD) haqida xabarlar mavjud bo‘lib, ular og‘ir diareyadan to o‘lim bilan tugaydigan kolit g‘olatlarigacha o‘zgarishi mumkin. Antibakterial vositalar bilan davolash yo‘g‘on ichakning normal mikroflorasini o‘zgartiradi, natijada C. difficile haddan tashqari ko‘p o‘sib chiqadi.
    A va B gipertoksinini ishlab chiqaradigan C. difficile shtammlari CDAD rivojlanishiga yordam beradi. C. difficile gipertoksin ishlab chiqaruvchi shtammlari kasallik va o‘limning oshishiga olib kelishi mumkin, chunki bu patogenlar mikroblarga qarshi terapiyaga chidamli bo‘lishi mumkin va kolektomiya talab qilinishi mumkin. Shuning uchun, antibiotiklar bilan davolanish paytida yoki undan keyin diareya bilan og‘rigan bemorlarda CDAD rivojlanish ehtimolini hisobga olish kerak. Agar CDAD aniqlansa va antibakterial vositalar yuborilganidan keyin ikki oy davom etadigan bo‘lsa, kasallikning diqqatli tarixi talab qilinadi.
    Streptokokk infektsiyalari
    Penitsillin odatda Streptococcus pyogenes tomonidan qo‘zg‘atilgan faringit / tonzillitni davolashda, shuningdek, o‘tkir revmatik isitmaning oldini olishda tanlangan dori vositasi hisoblanadi. Azitromitsin, odatda, tomoq-xalqumdagi streptokokklarga qarshi samarali, ammo azitromitsinning o‘tkir revmatik isitmaning oldini olishda samaradorligini ko‘rsatadigan ma'lumotlar yo‘q.
    Buyraklar yetishmovchiligi
    Buyraklarning og‘ir darajadagi yetishmovchiligi (KFT <10 ml/minut.) bo‘lgan bemorlarda azitromitsinning tizimli ta'siri 33% oshganligi kuzatilgan («Farmakokinetikasi» bo‘limiga qarang).
    Miasteniya
    Azitromitsin terapiyasi olayotgan bemorlarda miasteniya simptomlarininng qaytalanishi va yangi miasteniya sindromlarining paydo bo‘lishi qayd etilgan («Nojo‘ya ta'sirlari» bo‘limiga qarang).
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
    Homiladorlik
    Hayvonlarda o‘rtacha toksik dozalarning ona uchun ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ushbu tadqiqotlarda azitromitsinning homila uchun hech qanday zararli ta'siri aniqlanmagan. Biroq homilador ayollarda talabga javob beradigan va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlar reproduktsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar insonlardagi parametrlarga har doim ham mos kelmasa-da, azitromitsinni homiladorlik davrida faqat juda zarur hollardagina qo‘llash mumkin.
    Laktatsiya
    Ko‘krak suti tarkibida ajralishiga oid ma'lumotlar yo‘q. Ko‘pchilik preparatlarning ko‘krak suti bilan ajralishini inobatga olib, agar davolovchi shifokor preparatni qo‘llashning ona uchun potentsial foydasi go‘dak uchun potentsial xavfidan yuqori deb hisoblamasa, preparatni ko‘krak suti bilan boquvchi ayollarda qo‘llash mumkin emas.
    Transport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'siri
    Azitromitsin tabletkalarining avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri mavjud deb hisoblashga hech qanday asos yo‘q.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Yuqori dozalarda yuzaga keladigan nojo‘ya ta'sirlar normal dozalarda yuzaga keladigan nojo‘ya ta'sirlarga o‘xshashdir. Makrolid antibiotiklar dozasi oshib ketganda yuzaga keladigan tipik alomatlar eshitishning qaytar tarzda pasayishi, kuchli darajada ko‘ngil aynishi, qusish va ich ketishi kabilarni qamrab oladi. Doza oshirib yuborilgan hollarda zaruriyatga ko‘ra faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish buyuriladi, umumiy simptomatik va quvvatlovchi choralar o‘tkaziladi.

    Chiqarilish shakli

    250 mg tabletkalar:
    6 tabletka PVX-PVDX blisterda, 1 ta blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
    500 mg tabletkalar:
    3 tabletka PVX-PVDX blisterda, 1 ta blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

    Saqlash sharoiti

    Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
    Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

    Yaroqlilik muddati

    3 yil.
    Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
    Dorixonadan berilishi
    Retsept bo‘yicha.

    Ishlab chiqaruvchi

    Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
    Manzili
    SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan), Hindiston

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Dozasi
    500 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Индия
    Ishlab chiqaruvchi
    Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Блог
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Topshirish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar