Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Блог
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Asab tizimini davolash uchun dori vositalari
    Antidepressantlar
    Velaksin 75 mg kaps №28
    49855ddfee6619d5e0d8d0212ceabdfa

    Velaksin 75 mg kaps №28

    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Dozasi
    :
    75 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Венгрия
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    Egis Pharmaceuticals PLC
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Velaksin 75 mg kaps №28

    Batafsil
    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Velaksin 75 mg kaps №28

    • Dozalash tartibi
    • O‘rami
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar 37,5 mg
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar 75 mg
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar 150 mg
    (venlafaksin)
    Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin, ushbu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
    • Bu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqish kerak bo‘ladi.
    • Agarda Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
    • Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hatto, agar ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
    • Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.
    Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotni saqlaydi:
    1. Velaksin® ta'sir uzaytirilgan kapsulalar preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
    2. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak.
    3. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qanday qo‘llash kerak
    4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalari
    5. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qanday saqlash kerak
    6. Yaroqlilik muddati
    7. Dorixonalardan berish tartibi
    8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
    1. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati noradrenalin va serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari guruhiga mansub antidepressantidir. Bu guruh preparatlari depressiya va xavotirli buzilishlar kabi boshqa xolatlarni davolash uchun qo‘llanadi. Depressiya va/yoki xavotirli buzilishlari bo‘lgan odamlarda, bosh miyada serotonin va noradrenalinning darajasi pastroq bo‘ladi deb hisoblanadi. Antidepressantlarning ta'siri to‘liq o‘rganilmagan, ehtimol, ular bosh miyada serotonin va noradrenalinning darajasini oshirib yordam beradilar.
    Velaksin® kattalarda depressiyani davolash uchun qo‘llanadi. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati, shuningdek kattalarda quyidagi xavotirli xolatlarni davolash uchun xam qo‘llanadi: yoyilgan xavotirli xolatlar, ijtimoiy xovotirli xolatlar (qo‘rquv yoki ijtimoiy vaziyatlardan qochish) va sarosimali buzilishlar (sarosimali xujumlar). Depressiya yoki xavotirli buzilishlarni to‘g‘ri davolash o‘zingizni xis qilishingizni yaxshilanishi uchun muhim. Agar ular davolanmasa, bu holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi, balki yomonlashishi mumkin va uni davolash qiyinroq bo‘lishi mumkin.
    2. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak.
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilmang:
    • Agar Sizda venlafaksinga (preparatning faol moddasiga) yoki Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalarning har qanday komponentiga allergiya bo‘lsa.
    • Agar Siz oxirgi 14 kun davomida har qanday preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz: depressiya yoki Parkinson kasalligini davolash uchun qo‘llanadigan monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari. MAO ning qaytmas ingibitorlarini boshqa preparatlar, shu jumladan Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar bilan birga qabul qilish, jiddiy, hatto xayot uchun xavfli nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin. Shuningdek, Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin, har qanday MAO ingibitorlarini qabul qilishni boshlashda, kamida 7 kun kutish kerak (shuningdek “Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri”, “Serotoninli sindrom” bo‘limlariga ham qarang).
    Tibbiy qo‘llashdagi extiyotkorlik choralari
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalari preparatini qabul qilishni boshlash oldidan davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan xolatlardan biri bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing:
    • Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, ular Velaksin® bilan birga qo‘llanganida serotoninergik sindromning rivojlanishi xavfini oshirishlari mumkin (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang) bo‘lsa;
    • Agar Sizga glaukomaning (yuqori ko‘z ichki bosimi) ayrim turlari kabi, ko‘zlar bilan muammolar bo‘lsa;
    • Agar Sizning anamnezingizda yuqori arterial bosim bo‘lsa;
    • Agar Sizning anamnezingizda yurak bilan muammolar bo‘lsa;
    • Agar Sizning anmnezingizda tirishishlar bo‘lsa (tirishish hurujlari);
    • Agarda Sizning anamnezingizda qonda natriyning darajasi past bo‘lgan bo‘lsa (giponatriyemiya);
    • Agar Sizda ko‘karishlar hosil bo‘lishiga moyillik yoki qon ketishlariga moyillik (anamnezdagi qonning ivishini buzilishi) bo‘lsa, yoki Siz qon ketishlari xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
    • Agar Sizda xolesterinning darajasi oshgan bo‘lsa;
    • Agar Sizda yoki Sizning oila a'zolaringizning anamnezida maniya yoki bipolyar buzilishlar (kuchli qo‘zg‘alish hissi yoki eyforiya) bo‘lsa;
    • Agar Sizning anamnezingizda tajovvuzkor xulq bo‘lsa.
    Velaksin® bezovtalik xissi yoki bir joyda o‘tirish yoki turish mumkin emaslik xolatini chaqirishi mumkin. Agar Sizda bu xolatlar paydo bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering. Agar Sizda bu xolatlardan birontasi bo‘lsa Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati bilan davolashni boshlashgacha, bu xaqida shifokorga xabar bering.
    Suitsidal fikrlar va depressiyani yoki xavotirli buzilishlarni yomonlashishi
    Agar Sizda depressiya va/yoki xavotirli buzilishlar bo‘lsa, Sizda ba'zida o‘z-o‘zini o‘ldirish yoki o‘zingizga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lishi mumkin. Bu xolatlar antidepressantlar bilan davolashni boshlang‘ich bochqichida kuchayishi mumkin, chunki barcha bu dori vositalari biroz vaqt o‘tganidan keyin (odatda, ikki xafta yoki ba'zida ko‘proq) ta'siri qilishni boshlaydi.
    Quydagi xollarda bunday fikrlarning paydo bo‘lishini ehtimoli kattaroq:
    • Sizda ilgari o‘z-o‘zini o‘ldirish yoki o‘ziga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lgan bo‘lsa;
    • Agar Siz o‘smir bo‘lsangiz.
    Klinik tekshirishlarning ma'lumotlari psixiatrik xolatlari bo‘lgan, antidepressantlarni qabul qilgan 25 yoshgacha bo‘lgan kattalarda suitsidal xulqning yuqori xavfini ko‘rsatadi.
    Sizda o‘z-o‘zini o‘ldirish yoki o‘ziga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling yoki darhol kasalxonaga murojaat qiling.
    Sizga qarindoshingiz yoki yaqin do‘stlaringizdan biriga, Sizda depressiya yoki xavotirli buzilish borligi xaqida xabar berish va ulardan ushbu ilova-varaqani o‘qib berishni so‘rasangiz, ehtimol bu Sizga foyda beradi. Agar ularga Sizning depressiyangiz yoki xavotirligingiz kuchayganroq ko‘rinsa, yoki agar Sizning xulqingizdagi o‘zgarishlar ularni xavotirlantirsa, ularni bu xaqida Sizga xabar berishlarini so‘rashingiz mumkin.
    Og‘izni qurishi
    Og‘izni qurishi venlafaksin qabul qilgan 10% patsiyentlarda aniqlanadi. Bu kariyes xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun og‘iz bo‘shlig‘ining gigiyenasini o‘tkazishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
    Qandli diabet
    Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) yoki venlafaksinni qo‘llash glikemik nazoratni o‘zgartirishi mumkin. Insulin va/yoki peroral antidiabetik preparatlarning dozalarini o‘zgartirishning zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
    75 mg va 150 mg kapsulalari tarkibiga quyidagi bo‘yovchilar kiradi: temir II oksidi, temir III oksidi, titan dioksidi. Bo‘yovchilar allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
    Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini, odatda bolalalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. Shuningdek, bu sinf preparatlarini bu yosh guruxini qabul qilishi, suitsidga urinish, suitsidal fikrlar va dushmanlik (asosan tajavvuz, oppozitsion xulq va g‘azab) kabi nojo‘ya samaralari xavfini mumkin bo‘lgan oshishi bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, shifokor Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentga buyurishi mumkin, chunki u buni patsiyentning foydasiga deb hisoblaydi. Agar shifokoringiz Velaksin® kapsulalarini 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentga buyurgan bo‘lsa, va Siz buni muxokama qilishni xoxlasangiz, shifokoringizga murojaat qiling. 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilganlarida, yuqorida sanab o‘tilgan har qanday simptomlarni rivojlanishi yoki yomonlashishi xaqida shifokorga xabar berish kerak.
    Bundan tashqari, bu yosh guruhida Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatining aloxida samaralarini o‘sish, yetilish, shuningdek, kognitiv va xulqning rivojlanishiga nisbatan xavfsizligi xali namoyish qilinmagan.
    Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
    Davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari xaqida xabar bering.
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar va boshqa vositalarni birga qabul qilish mumkinligi xaqidagi qarorni shifokor qabul qiladi.
    Shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashmasdan har qanday dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan, tabiiy va o‘simlik preparatlarini xam qabul qilishni boshlamang yoki to‘xtatmang.
    Albatta shifokoringizga xabar bering, Agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
    • Monoaminooksidaza ingibitorlari (MAOI: “Velaksin® preparatini qo‘llashgacha” bo‘limiga qarang).
    Serotoninli sindrom
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati bilan davolashda, xayot uchun potentsial xavfli xolat, serotoninli sindrom rivojlanishi mumkin (“Mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari” bo‘limiga qarang), xususan boshqa dori vositalari bilan qabul qilinganida.
    Bunday dori vositalarining misollari:
    • triptanlar (migrenni davolash uchun qo‘llanadi);
    • depressiyani davolash uchun dori vositalari, masalan, noradrenalin va serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari, serotoninni qayta qamrab olinishining tanlangan ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar yoki litiy saqlovchi preparatlar;
    • linezolid antibiotigini saqlovchi preparatlar (infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi);
    • moklobemid, qaytuvchan MAOI saqlovchi dori vositalari (depressiyani davolash uchun qo‘llanadi);
    • sibutramin saqlovchi dori vositalari (tana vaznini pasaytirish uchun qo‘llanadi);
    • tramadol saqlovchi dori vositalari (og‘riqni qoldiruvchi);
    • dalachoy saqlovchi preparatlar (Hypercum perforanum, depressiyani davolash uchun tabiiy yoki o‘simlik vositasi);
    • triptofan saqlovchi preparatlar (uyquni buzilishi va depressiya kabi muammolarni davolash uchun qo‘llanadigan)
    Serotoninli sindromning belgilari va simptomlari o‘z ichiga olishi mumkin:
    bezovtalik, gallyutsinatsiyalar, koordinatsiyani yo‘qolishi, yurak ritmini tezlashishi, tana haroratini oshishi, arterial bosimni tez ko‘tarilib tushishi, yuqori reflekslar, diareya, koma, ko‘ngil aynishi, qusish. Agar Sizda serotoninli sindrom bor deb o‘ylasangiz, tibbiy yordamga murojaat qiling.
    Quyidagi dori vositalari ham Velaksin® bilan o‘zaro tasir qilishlari mumkin va ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishlari kerak. Agar Siz quyidagilarni saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorga yoki farmatsevtga xabar berish ayniqsa muxim:
    • Ketokonazol (zamburug‘larga qarshi vosita);
    • Galoperidol yoki risperidon (psixiatrik xolatlarni davolash uchun);
    • Metoprolol (yuqori arterial bosim va yurak kasalliklarini davolash uchun beta-blokator).
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalarni ovqat qabul qilish vaqtida qabul qilish kerak (“Velaksin® ni qanday qabul qilish kerak” bo‘limiga qarang).
    Velaksin® preparatini qabul qilish vaqtida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
    Homiladorlik va emizish va reproduktiv qobiliyat
    Homiladorlik
    Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz, xomilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu xaqida shifokoringizga xabar bering. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni faqat, Sizning tug‘ilmagan bolangiz uchun foyda va xavfning potentsial nisbatini shifokor bilan muxokama qilgandan keyin qabul qilish mumkin.
    Agar Siz homiladorlik vaqtida Velaksin® kapsulalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu xaqida akusherkaga va/yoki shifokorga xabar bering, chunki bolada u tug‘ilganidan keyin simptomlardan birontasi paydo bo‘lishi mumkin. Bu simptomlar, odatda, bola tug‘ilganidan keyin birinchi 24 soat davomida rivojlanadi. Ularga yomon ovqatlanish va nafas bilan muammolar kiradi. Agar bolada u tug‘ilganidan keyin bu simptomlar bo‘lsa, va bu Sizni tashvishlantirsa, shifokorga va/yoki akusherkaga murojaat qiling, ular Sizga maslahat berishlari mumkin.
    Akusherka va/yoki shifokorga Siz Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilayotganingiz xaqida ma'lum ekanligiga ishonch hosil qiling. Homiladorolik vaqtida shunday dori vositalarini (serotoninni qayta qamrab olinishining spetsifik ingibitorlari) qabul qilgan holda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda jiddiy xolatni - tezlashgan nafas va yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘karishiga olib keluvchi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning turg‘un o‘pka gipertenziyasini rivojlanish xavfini oshishi mumkin. Bu simptomlar, odatda, bola tug‘ilganidan keyin birinchi 24 soat davomida rivojlanadi. Bunday vaziyatda darhol akusherkaga va/yoki shifokorga murojaat qilish kerak.
    Emizish
    Ta'sir qiluvchi moddasi ko‘krak sutiga chiqariladi. Bolaga ta'sir qilish xavfi bor. Shuning uchun bu masalani shifokor bilan maslaxatlashish kerak, va u emizishni yoki Velaksin® preparati bilan davolashni to‘xtatishni hal qiladi.
    Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashing.
    Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish
    Velaksin® Sizga qanday ta'sir qilishini bilmaguningizgacha, transport vositalarini boshqarmang va hech qanday asboblarni yoki mexanizmlarni ishlatmang.
    3. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan preparatini qanday qabul qilish kerak.
    Velaksin® kapsulalarini doimo shifokorning ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qiling. Savollar paydo bo‘lganida shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

    Dozalash tartibi

    Depressiya, yoyilgan xavotirli buzilishlar va ijtimoiy xavotirli buzilishlarni davolashda tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza - sutkada 75 mg. Depressiyani davolashda, zarurati bo‘lganida shifokor dozani asta-sekin sutkada 375 mg gacha oshirishi mumkin.
    Sarosimali buzilishlarni davolashda, shifokor pastroq dozadan (37,5 mg) boshlashi va uni asta-sekin oshirishi kerak. Yoyilgan xavotirli buzilishlar, ijtimoiy xavotirli buzilishlar va sarosimali buzilishlarda maksimal doza sutkada 225 mg ni tashkil qiladi.
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini xar kuni, taxminan kunning bir vaqtida, ertalab yoki kechqurun qabul qilish kerak.
    Qo‘llash usuli
    Kapsulalarni butunligicha, yetarli miqdordagi suv bilan birga yutish kerak. Kapsulalarni sindirish, maydalash, chaynash yoki eritish mumkin emas.
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
    Jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lganida, shifokor bilan maslaxatlashing, ehtimol dozani to‘g‘rilash kerak bo‘lishi mumkin.
    Shifokor bilan maslahatlashmasdan Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni to‘xtatmang (“Agar Siz Velaksin®ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz” bo‘limiga qarang).
    Agar Siz Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini xaddan ziyod ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz
    Agar Siz Velaksin® preparatini Sizga buyurilgan dozadan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz, iloji boricha tezroq shifokoringizga yoki yaqindagi kasalxonaga murojaat qiling.
    Dozani oshirib yuborilishining mumkin bo‘lgan simptomlariga: yurak urishini tezlashishi, faollik darajasini o‘zgarishi (uyquchanlikdan to komagacha), ko‘rishni noaniqligi, tirishish xurujlari va tirishishlar, shuningdek qusish kiradi.
    Agar Siz Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
    Agar Siz bir dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Shunga qaramasdan, agar navbatdagi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, vaqtida qabul qilinmagan dozani o‘tkazib yuboring; odatdagidek bir dozani qabul qiling. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati buyurilgan sutkalik dozadan ortiq miqdorini qabul qilmang
    Agar Siz Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
    Hatto agar o‘zingizni his qilishingiz yaxshilangan bo‘lsa ham, shifokor bilan maslahatlashmasdan xech qachon davolashni to‘xtatmang va dozani pasaytirmang..
    Agar shifokor Sizga endi Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilish talab qilinmaydi deb qaror qilsa, u Sizda davolashni to‘liq to‘xtatishgacha dozani asta-sekin pasaytirishni so‘rashi mumkin. Velaksin® preparatini qabul qilish to‘xtatilganida, ayniqsa yuqori dozalar qabul qilinganidan keyin preparat keskin bekor qilinganida, nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lishi ma'um. Ayrim patsiyentlarda charchoqlik, bosh aylanishi, hushdan ketish oldi xolati, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tungi daxshatlar, og‘izni qurishi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, diareya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, psixomotor qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, quloqlarda jaranglash, quloqlarda shovqin, kam hollarda - elektroshok hissi, ko‘p terlash, tirishish hurujlari yoki gripp uchun xarakterli simptomlar kabi simptomlar kuzatilishi mumkin.
    Shifokor Sizga Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati bilan davolashni asta-sekin bekor qilish qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirib beradi. Agar Sizda tashvish chaqiruvchi bu yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing. Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    4. Tibbiy qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
    Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular xamma patsiyentlarda ham paydo bo‘lavermaydi.
    Agar Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilgandan keyin, o‘z axlatingizda mayda oq granulalarni ko‘rsangiz, bezovta bo‘lmang. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini faol modda venlafaksin faol moddasi bilan sferoidlar yoki mayda oq sharchalar saqlaydi. Bu sferoidlar kapsulalardan ovqat xazm qilish yo‘llariga tushadi. Sferoidlar ovqat hazm qilish yo‘llari bo‘ylab surilgan sari venlafaksin asta-sekin chiqariladi. Sferoidlarning “qobig‘i” erimaydi va axlat bilan chiqariladi. Shuning uchun hatto agar Siz axlatingizda sferoidlarni ko‘rgan bo‘lsangiz ham, Siz qabul qilgan venfalaksinning dozasi so‘rilgan bo‘ladi.
    Allergik reaktsiyalar
    Quyidagi simptomlardan biron-bir paydo bo‘lgan xolda, Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalarni qabul qilishni to‘xtating:
    • Ko‘krakda bosilish, hushtaksimon nafas, yutishni yoki nafasni qiyinlashishi
    • Yuz, tomoq, qo‘llar yoki oyoqlarni shishi.
    • Hayajonlanish yoki qo‘zg‘alish hissi, bosh aylanishi, pulsatsiya tuyg‘usi, birdan terini qizarishi va/yoki issiqlik tuyg‘usi.
    • Kuchli toshma, qichishish yoki eshakemi (ko‘pincha qichishuvchi terida kattalashuvchi qizil va oq dog‘lar).
    Darhol shifokorga xabar bering yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.
    Jiddiy nojo‘ya samaralari
    Agar Siz quyidagi belgilardan birontasini sezsangiz, Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab qilinishi mumkin:
    • Tez yoki muntazam bo‘lmagan yurak ritmi kabi yurak ritmining buzilishi, yuqori arterial bosim.
    • Ko‘rishni noaniqligi, qorachiqlarni kengayishi kabi, ko‘zlar bilan muammolar.
    • Bosh aylanishi, sanchilish hissi, harakatlarni buzilishi, tirishish xurujlari yoki tirishishlar kabi nerv tizimini buzilishlari.
    • O‘ta yuqori faollik va eyforiya kabi psixiatrik buzilishlar.
    • Davolashni bekor qilish (“Velaksin® ni qanday qo‘llash kerak”, “Agar Siz Velaksin® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz” bo‘limlariga qarang).
    Agar Siz biron-bir noxush samarani, quyida ko‘rsatilgan, yoki ushbu Yo‘riqnomada eslatilmagan noxush reaktsiyalarni aniqlasangiz, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
    Nojo‘ya samaralarini, ularni paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha to‘liq ro‘yxati:
    Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi (paydo bo‘lish ehtimoli quyidagicha tasniflanadi:
    Juda tez-tez: 10 patsiyentlardan bittadan ko‘prog‘ida uchraydi;
    Tez-tez: 100 patsiyentlardan 1-10 tasida uchraydi;
    Tez-tez emas: 1000 patsiyentlardan 1-10 tasida uchraydi;
    Kam: 10000 patsiyentlardan 1-10 tasida uchraydi;
    Tez-tezligi noma'lum: mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.
    Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
    Tez-tez emas; gematomalar, qora qatronsimon axlat yoki qonli axlat, bu ichki qon ketishining belgisi bo‘lishi mumkin.
    Tez-tezligi noma'lum: shilliq qavatlarni qonuvchanligi, qon ketishi vaqtini oshishi, qonda trombotsitlarni sonini pasayishi, buning natijasida gematomalar hosil bo‘lishini va qon ketishlarning xavfi oshadi, qon kasalliklari, ularning natijasida infektsiyalar xavfi oshishi mumkin.
    Immun tizimi tomonidan buzilishlar
    Tez-tezligi noma'lum: nafasni qiyinlashishini va bosh aylanishini, shu jumladan arterial bosimning pasayishini chaqiruvchi, jiddiy allergik reaktsiyalar,
    Endokrin tizimi tomonidan
    Tez-tezligi noma'lum: qonda prolaktinning (sut hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi gormon) kontsentratsiyasini oshishi.
    Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
    Tez-tez: qon zardobida xolesterinning darajasini oshishi, tana vaznini pasayishi.
    Tez-tez emas: tana vaznini oshishi.
    Tez-tezligi noma'lum: qonda natriyning darajasini pasayishi, bu charchoqlik va ongni chalkashishini, mushaklarning tortilishini, tirishishlar va komani, suvni haddan ziyod ko‘p iste'mol qilishni (antidiuretik gormonning sekretsiyasini buzilishi sindromi) chaqirishi mumkin.
    Ruhiyatni buzilishi
    Tez-tez: odatdagi bo‘lmagan tush ko‘rishlar, libidoni pasayishi, uyqusizlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, sedativ samara, ongni chalkashishi, o‘zidan va reallikdan uzoqlashganlik (yoki ajralganlik) hissi
    Tez-tez emas: xislar yoki emotsiyalarni yo‘qligi, gallyutsinatsiyalar, psixomotor qo‘zg‘alish.
    Kam: patologik yuqori kayfiyat.
    Tez-tezligi noma'lum: ongni chalkashishi, o‘ziga-o‘zi shikast yetkazish yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish fikrlari, tajavvuzkorlik.
    Nerv tizimi buzilishlari
    Juda tez-tez: og‘izni qurishi (10,0%), bosh og‘rig‘i (30,3%).
    Tez-tez: bosh aylanishi, yuqori mushak tonusi, sanchilish hissi, tremor.
    Tez-tez emas: mushaklarni ixtiyorsiz harakatlari, psixomotor qo‘zg‘alish, koordinatsiya va muvozanatni buzilishi.
    Kam: bezovtalik hissi yoki bir joyda o‘tiraolmaslik yoki turaolmaslik, tirishishlar.
    Tez-tezligi noma'lum: mushak kuchlanishi bilan birga yuqori harorat, ongni chalkashishi yoki psixomotor qo‘zg‘alish, shuningdek ko‘p terlash yoki, agar Sizda mushaklarni nazorat qilib bo‘lmaydigan tortilishi bo‘lsa - bu xavfli neyroleptik sindrom sifatida ma'lum bo‘lgan jiddiy holatning simptomi bo‘lishi mumkin; eyforiya xissi, uyquchanlik, parodoksal uyquni tutilishi, qo‘pollik, bezovtalik, alkogolli mastlik hissi, ko‘p terlash yoki mushak kuchlanishi, u serotoninergik sindromning simptomi hisoblanadi, rigidlik, spazmlar va mushaklarni o‘zicha harakati.
    Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
    Tez-tez: ko‘rishni noaniqligi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘rishni buzilishi.
    Tez-tezligi noma'lum: glaukoma (ko‘zlarda kuchli og‘riq va ko‘rishni pasayishi yoki noaniqligi).
    Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint tomonidan buzilishlar
    Tez-tez emas: quloqlarda jaranglash.
    Yurak tomonidan buzilishlar
    Tez-tez: yurak urishini his qilish.
    Tez-tez emas: tezlashgan yurak ritmi.
    Tez-tezligi noma'lum: patologik, tez yoki notekis yurak ritmi, u xushdan ketishga olib kelishi mumkin.
    Tomirlar tomonidan buzilishlar
    Tez-tez: yuqori arterial bosim, yuzni qizarishi.
    Tez-tez emas: bosh aylanishi hissi (xususan, o‘rindan juda keskin turganda), hushdan ketish.
    Tez-tezligi noma'lum: arterial bosimni pasayishi.
    Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan
    Tez-tez: esnash.
    Tez-tezligi noma'lum: yo‘tal, xushtaksimon nafas, hansirash va yuqori harorat, ular leykotsitlarning sonini oshishi bilan birga kechuvchi o‘pkaning yallig‘lanishini simptomlari hisoblanadi (o‘pka eozinofiliyasi).
    Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
    Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi (20,0%), og‘izni qurishi (10,0%),
    Tez-tez: ishtahani pasayishi, qabziyat, qusish.
    Tez-tez emas: ta'm tuyg‘ularini o‘zgarishi, tishlarni g‘ichirlashi, diareya.
    Tez-tezligi noma'lum: me'da osti bezini yallig‘lanishi.
    Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
    Tez-tezligi noma'lum: jigarni yallig‘lanishi.
    Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
    Juda tez-tez: ko‘p terlash (shu jumladan, tungi) (12,2%).
    Tez-tez emas: toshma, sochlarni patologik to‘kilishi, quyosh yorug‘iga yuqori sezuvchanlik.
    Tez-tezligi noma'lum: teri toshmasi, u og‘ir pufaklar hosil bo‘lishiga va terini kepaklanishiga olib kelishi mumkin; qichishish, eshakemi.
    Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
    Tez-tezligi noma'lum: tushintirib bo‘lmaydigan mushak og‘rig‘i, og‘riq yoki kuchsizlik (skelet mushaklarini o‘tkir nekrozi).
    Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
    Tez-tez emas: siyishni qiyinlashishi yoki tezlashgan qistovlar.
    Tez-tez emas: siydikni tutilishi.
    Kam: siydikni tuta olmaslik.
    Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan
    Tez-tez: patologik eyakulyatsiya/orgazm (erkaklarda); orgazmning yo‘qligi; erektil disfunktsiya (impotentsiya); ko‘p qon ketishi yoki muntazam bo‘lmagan qon ketishini ko‘payishi kabi hayz ko‘rishni buzilishi.
    Tez-tez emas: patologik orgazm (ayollarda).
    Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
    Tez-tez: kuchsizlik (charchoqlik); etni uvishishi.
    Tez-tez emas: angionevrotik shish.
    Laboratoriya va instrumental tekshirishlarning natijalariga ta'siri
    Tez-tezligi noma'lum: jigar faoliyatining sinamalarini natijalarida og‘ishni kuzatilishi.
    Ba'zida Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati, arterial bosimni oshishi yoki yurak ritmini buzilishi, qonda jigar fermentlari, natriy yoki xolesterin darajasini ahamiyatsiz o‘zgarishi kabi Siz uchun sezilmaydigan noxush samaralar chaqirishi mumkin. Juda kam Velaksin® preparati qonda trombotsitlar faoliyatini pasaytirishi mumkin, buning natijasida gematomalarning hosil bo‘lishi yoki qon ketishlarning xavfi oshadi. Shuning uchun shifokor vaqti-vaqti bilan, xususan Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati uzoq muddat qabul qilinganida, qonning tahlilini buyurishi mumkin.
    Agar bu nojo‘ya samaralaridan biron-bir jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarni o‘zingizda aniqlasangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
    5. Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qanday saqlash kerak.
    Quruq joyda, 30oS dan past haroratda saqlansin.
    Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
    Agar Siz uning sifatini o‘zgarishini ko‘rinadigan belgilarini aniqlasangiz, Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini ishlatmang.
    Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni yo‘qotish kerak bo‘lsa, farmatsevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof- muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam berishi mumkin.
    6. Yaroqlilik muddati
    Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
    O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparatni ishlatmang.
    7. Dorixonalardan berish tartibi
    Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
    8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparati nima saqlaydi
    Ta'sir qiluvchi modda: har bir kapsulada muvofiq 37,5 mg, 75 mg va 150 mg venlafaksin (42,42 mg, 84,84 mg va 169,68 mg venlafaksin gidroxloridi shaklida).
    Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, natriy xloridi, etiltsellyuloza, talk, dimetikon, kaliy xloridi, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, ksantan kamedi, temir II oksidi.
    CONI-SNAP-3 kapsulasi tarkibi (Velaksin® 37,5 mg): temir II oksidi, indigokarmin.FD va S moviy 2, eritrozin FD va S qizil 3, titan dioksidi, jelatin.
    CONI-SNAP-2 kapsulasi (Velaksin® 75 mg) va CONI-SNAP-0EL kapsulasi (Valkesin®
    150 mg) tarkibi: temir II oksidi, temir III oksidi, titan dioksidi, jelatin.
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar 37,5 mg:
    qattiq jelatin kapsulalar CONI-SNAP-3, o‘zi bekiladigan, rangsiz tiniq asosi 43000 va och-zarg‘aldoq rangli L530 qopqoqchasi bilan.
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar 75 mg:
    qattiq jelatin kapsulalar CONI-SNAP-2, o‘zi bekiladigan, rangsiz tiniq asosi 43000 va zarg‘aldoq-jigarrang rangli L530 qopqoqchasi bilan.
    Velaksin® ta'siri uzaytirilgan kapsulalar 150 mg:
    qattiq jelatin kapsulalar CONI-SNAP 0EL, o‘zi bekiladigan, rangsiz tiniq asosi 43000 va zarg‘aldoq-jigarrang rangli L530 qopqoqchasi bilan.
    Kapsulalarda markirovka yo‘q. Kapsulalarning yuzasida shikastlanishlar yoki kukunning izlari bo‘lmasligi kerak. Kapsulalar oq yoki sariq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz palletlar saqlaydi.

    O‘rami

    ta'siri uzaytirilgan 14 kapsuladan PVX/PVDX/alyumin folga blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.:
    MARKETING LITSENZIYASI EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
    “Farmatsevtik zavod Egis” YoAJ
    1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
    VENGRIYa
    Ishlab chiqarish maydoni
    “Farmatsevticheskiy zavod Egis” YOAJ
    1165 Budapesht, Byokenfyoldi ko‘ch., 118-120.
    VENGRIYA

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Dozasi
    75 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Венгрия
    Ishlab chiqaruvchi
    Egis Pharmaceuticals PLC
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Блог
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Topshirish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar