Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tioktatsid® 600 T in'ektsiya uchun eritma amp. 25mg/ml 24ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоктовая кислота
Страна производитель
Германия
Дозировка
25 мг/мл 24 мл
Производитель
Meda Pharma GmbH & Co. KG, Германия произведено: Hameln Pharmaceuticals GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутривенного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tioktatsid® 600 T
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tioktat kislotasi
Dori shakli
vena ichiga yuborish uchun eritma.
Tarkibi
1 ampuladagi eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 952,2876 mg - tioktat trometamol tioktat kislotasiga qayta hisoblaganda - 600 mg (trometamol tuzi ko‘rinishida).
yordamchi moddalar trometamol, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, sarg‘ish rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi A16AX01.
Farmakologik xususiyatlari
Tioktat (α-lipoat) kislotasi hujayralarning mitoxondriyalardagi moddalar almashinishida ishtirok etadi, yaqqol antitoksik ta'sirga ega bo‘lgan moddalarni almashinuvida jarayonida koenzim vazifasini bajaradi.
Ular hujayraning oraliq moddalar almashinuvida, yoki ekzogen yot moddalarni parchalanishida hosil bo‘ladigan reaktiv radikallardan va og‘ir metallardan himoya qiladi. Glyukozani utilizatsiyasini oshishiga ta'sir etuvchi insulinga nisbatan α-lipoat kislotasini sinergik ta'sir qilishi ma'lumdir. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda tioktat kislotasi qonda piruvat kislotasining kontsentratsiyasini o‘zgarishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Periferik (sensor-motor) diabetik polineyropatiyaning simptomlarini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Og‘ir darajadagi diabetik polinevropatiyadagi sezuvchanlikni yaqqol buzilishlarida davolash boshlanishida sutkalik dozasi 2-4 hafta davomida 1 ampula Tioktatsid 600 T ni tashkil etadi (600 mg tioktat kislotasiga to‘g‘ri keladi).
Vena ichiga yuborishni sekin o‘tkazish kerak (bir minutda tioktat kislotasi 50 mg dan oshmasin, ya'ni 2 ml tioktatsid 600 T eritmasi).
Bundan tashqari, suyultirilmagan eritmani in'ektsiya uchun shprits yoki perfuzor yordamida vena ichiga yuborish mumkin.
Bunday xolatda yuborish vaqti kamida 12 minutni tashkil etishi kerak.
Faol modda yorug‘likka sezuvchanligi tufayli, bevosita qo‘llashdan oldin ampulani karton qutidan chiqarish kerak.
Infuziyani o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Tioktatsid 600 T ni natriy xloridining izotonik eritmasida (100-250 ml ga qo‘shiladi) 30 minut davomida infuziya xolida yuborish mumkin.
Infuzion eritmani yorug‘likdan himoya qilish kerak (masalan, alyumin folgaga o‘raladi). Yorug‘likdan himoyalangan infuziya uchun eritma 6 soat davomida qo‘llashga yaroqlikdir.
Tioktatsid 600 T ning infuzion eritmasi uchun erituvchi sifatida faqat natriy xloridining izotonik eritmasi qo‘llansin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Vena ichiga tez yuborilganida ba'zida o‘z o‘zidan o‘tib ketuvchi, bosh miya ichki bosimini oshishi, nafasni kechikishi kuzatiladi.
Teri toshmasi, eshakemi, qichishish ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar, shuningdek anafilaktik shokkacha rivojlanadigan tizimli allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Ba'zi hollarda vena ichiga yuborilgandan so‘ng tirishishlar, ko‘zlarning oldida jismlarni ikkilanishi, nuqtali qon quyilishlar va qon ketishiga moyillik (trombotsitlar faoliyatini buzilishi tufayli) kuzatilgan.
Ayrim hollarda glyukozani utilizatsiyasini yaxshilanishi natijasida uning qondagi darajasi pasayishi mumkin. Bunday hollarda bosh aylanishi, kuchli terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni buzilishi kabi gipoglikemiya simptomlari rivojlanishi mumkin.
Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tioktat (α-lipoat) kislotasiga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Diqqat
Bolalar va o‘smirlarga preparatni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun preparatni bolalar va o‘smirlarga buyurish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tioktatsid 600 T bilan bir vaqtda buyurilganda sisplatinning samaradorligi pasayishi kuzatiladi. Tioktatsid 600 T metallarni bog‘laydi, shuning uchun uni metallarni saqlovchi preparatlar (masalan, temir, magniy preparatlari bilan, kaltsiy saqlovchi sut maxsulotlari bilan) bir vaqtda buyurish mumkin emas.
Bir vaqtda qo‘llanganida insulin va ichga qabul qilinadigan diabetga qarshi preparatlarning qandni kamaytiruvchi ta'sirini kuchaytirishi mumkin, shuning uchun ayniqsa Tioktatsid 600 T bilan davolashni boshida, qondagi glyukozaning darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Ba'zi hollarda gipoglikemiya (qonda qandning miqdorini haddan tashqari pasayishi) simptomlarini rivojlanishidan saqlanish uchun qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarinng dozasini kamaytirish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alkogolni muntazam ravishda iste'mol qilish polineyropatiyani rivojlanishi xavfi omili hisoblanadi va Tioktatsid 600 T ning samaradorligini pasaytirish mumkin. Shuning uchun patsiyentlarga preparat bilan davolanish vaqtida ham, davolanishdan tashqari davrda ham alkogol iste'mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Reproduktivlikka zaxarli (toksik) ta'sir qilish yuzasidan mavjud bo‘lgan ma'lumotlar homilaga zararli ta'siri haqida xulosa chiqarish imkonini bermaydi.
Homiladorlik davrida preparatni, faqat ona uchun kutilgan foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan xoldagina va shifokorning qat'iy nazorati ostida qo‘llash mumkin.
Tioktat (α-lipoat) kislotasini ko‘krak sutiga o‘tishi noma'lum.
Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish va bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Alfa-lipoat kislotasi 10 dan 40 mg gacha dozada alkogol bilan birga ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy (o‘z joniga qasd qilish maqsadida) qabul qilinganidan so‘ng og‘ir zaharlanish kuzatilgan, ba'zida o‘lim bilan tugagan. Zaharlanishning klinik belgilari dastlab psixomotor qo‘zg‘alishi yoki ongni chalkashishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin; keyinchalik ular odatda, tarqoq tirishish xurujlari va laktatsidozni rivojlanishi bilan kechadi. Bundan tashqari, lipoat kislotasining yuqori dozalari bilan zaxarlanish oqibatida gipoglikemiya, shok, rabdomioliz, gemoliz qon tomirlar ichidagi qonni disseminatsiyalangan ivishi (DVS-sindrom), suyak ko‘migi faoliyatini susayishi va ko‘pchilik a'zolar faoliyatini yetishmovchiligi kuzatilgan.
Zaharlanishni davolash.
Tioktatsid bilan kuchli zaharlanishga ozgina shubxa bo‘lganda ham, zudlik bilan shifoxonaga yetkazib, detoksikatsiya qilish bo‘yicha umumiy davolash choralarini o‘tkazish ko‘rsatilgan. Tarqalgan tirishish xurujlari, laktoatsidoz va zaharlanish oqibatidagi hayot uchun boshqa barcha oqibatlarni davolashda simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Alfa-lipoat kislotasini organizmdan chiqarilishini tezlashtirish uchun gemodializ va ekstrakorporal detoksikatsiya usullarining samaradorligi hozirgi vaqtgacha hali tasdiqlanmagan.
Chiqarilish shakli
24 ml dan eritma jigarrang rangli ampulalarda. 5 ampula ochiq kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 ochiq kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
firmaning nomi va manzili
MEDA Farma GmbX va Ko. KG
Bentsshtrasse 1
61352 BadXomburg
Germaniya
Gameln farmasyutikalz GmbX
LangesFeld 13
31789 Gameln
Germaniya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.