Uni-Festal tab. №100
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Индия
Yoʻriqnoma: Uni-Festal tab. №100
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
UnifestalTa'sir etuvchi modda (XNN): pankreatin
Dori shakli
ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Tarkibi
Har bir ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol modda: pankreatin;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparaben, magniy stearati, jelatin, tozalangan talk, mikrokristall sellyuloza, tozalangan suv.
Ta'rifi
dumaloq shaklli oq rangli, ikkiyoqlama qavariq ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
xazm qilish fermentlari.ATX kodi: A09AA02
Farmakologik xususiyatlari
Ferment preparati. Preparatning tarkibiga kiruvchi pankreatik fermentlar (lipaza, amilaza va proteaza) yog‘lar, uglevodlar va oqsillarning hazm bo‘lishini ta'minlaydi, bu ularning ingichka ichakda to‘liq so‘rilishiga yordam beradi. Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi oqibatida paydo bo‘ladigan (me'dadagi og‘irlik va to‘lib ketish hissi, meteorizm, ichakda gazlarni yig‘ilib qolishi bilan bog‘liq havo yetishmovchiligi hissi, hansirash, diareya) belgilarini bartaraf qiladi. Me'da osti bezining kasalliklarida preparat uning tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligini kompensatsiya qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Me'da osti bezi, me'da va ingichka ichakning xususiy fermentlarini, shuningdek safroni chiqarilishini rag‘batlantiradi. Tabletkalar me'daning kislotali muhitida erimaydigan, hazm fermentlarini me'da shirasining rN ta'sirida parchalanishidan saqlaydigan himoya qobig‘iga ega.Qo‘llanilishi
- me'da osti bezining tashqi sekretor faoliyatining yetishmovchiligi (surunkali pankreatit, mukovistsidoz va boshqalar);- me'da, ichak, jigar, o‘t qopchasining surunkali yallig‘lanishli - distrofik kasalliklari, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, meteorizm, diareya (majmuaviy davolash tarkibida) bilan kechuvchi, bu a'zolarning rezektsiyasi yoki nurlanishidan keyingi holat;
- me'da–ichak yo‘llarining faoliyati me'yorda bo‘lgan patsiyentlarda ovqatlanish tartibi buzilganda, shuningdek chaynash faoliyatining buzilishlarida, uzoq muddatli majburiy immobilizatsiyada, kam harakatli turmush tarzida ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun;
- qorin bo‘shlig‘i a'zolarini rentgenologik va ultratovush tekshirishlarga tayyorlash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin, chaynamasdan, katta mikdordagi suyuqlik, yaxshisi ishqoriy bo‘lmagan (suv, meva sharbatlari) bilan birga qabul qilinadi. Doza me'da osti bezining faoliyatini yetishmovchilik darajasiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi. Kattalarga odatda preparat ovqatni har gal kabul kilishda 1-4 tabletkadan (bu lipaza bo‘yicha 8000-32000 TB FIP ga mos keladi) buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik doza 48000-150000 TB FIP (6-8 tabletka) ni tashkil qiladi. Me'da osti bezining tashqi sekretor faoliyatining to‘liq yetishmovchiligida (masalan, kistozli fibrozda) doza sutkada 400000 TB FIP gacha oshirilishi mumkin, bu katta odamning lipazaga bo‘lgan sutkalik ehtiyojiga mos keladi. Davolash kursi bir necha kundan (parhezdagi xatoliklar oqibatida ovqat hazm bo‘lishini buzilishida) bir necha oy va hattoki bir necha yillar (doimiy o‘rinbosar davolashning zarurati tug‘ilganida) davom etishi mumkin.Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: preparat katta dozalarda qabul qilinganida – ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i (shu jumladan ichak sanchig‘i), diareya, qabziyat, perianal ta'sirlanish, og‘iz shilliq qavatini ta'sirlanishi.
Allergik reaktsiyalar: yuqori sezuvchanlik, shu jumladan teri giperemiyasi, teri toshmasi, terini qichishishi; nafas yo‘llarining obstruktsiyasi.
Boshqalar: giperurikemiya, giperurikozuriya, folatlarning yetishmovchiligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Preparat homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pankreatin bir vaqtda, yuqori dozalarda, uzoq muddat qo‘llanganida temir preparatlari va folat kislotasining so‘rilishini pasayishi mumkin.
Preparat simetidin, bikarbonatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham folatlar darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va/yoki folat kislotasini buyurish tavsiya qilinadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mukovistsidozda pankreatinning dozasi keraklidan oshirilsa, ileotsekal bo‘limi va ko‘tariluvchi chambar ichakda strikturlar (fibrozli kolonopatiya) kuzatilishi mumkin.Shuning uchun mukovistsidozda doza iste'mol qilingan ovqat miqdori va sifatiga qarab, yog‘larning so‘rilishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar miqdoriga adekvat bo‘lishi kerak.
Agar preparatni qabul qilishda ichakni o‘tkazmasligining belgilari paydo bo‘lsa, fibrozli kolonopatiyani istisno qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Unifestal homiladorlik va laktatsiya davrida, faqat agar ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda, homila yoki go‘dak uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Unifestal zaharlanish chaqiradigan komponentlarni saqlamaydi.Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, giperurikozuriya, giperurikemiya, perianal ta'sirlanish; kam – fibrozli kolonopatiya (mukovistsidozda) rivojlanadi.
Davolash: preparatni bekor qilish, gidratatsiya, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka striplarda.10 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruk, salqin joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yilDorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
Combiotic Global Caplet Pvt. Ltd.M-15, D-3, Indastrial Eria,
Sonelat, Xaryana, Hindiston.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“OMAD NUR FARM” MChJ 100095 O‘zbekiston Respublikasi,
Tashkent sh., Olmazor tumani, Farabiy ko‘ch, 448V
Tel: +99871 2187259, +99897 434 33 34
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.