Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Блог
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari
    Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
    Bisoprolol-SANTO tab. 2,5mg №30
    бисопролол 2,5

    Bisoprolol-SANTO tab. 2,5mg №30

    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Казахстан
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    АО Химфарм
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Bisoprolol-SANTO tab. 2,5mg №30

    Batafsil
    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Bisoprolol-SANTO tab. 2,5mg №30

    • Preparatning savdo nomi
    • Dori shakli
    • Tarkibi
    • Ta'rifi
    • Farmakoterapevtik guruhi
    • Farmakologik xususiyatlari
    • Farmakodinamika
    • Farmakokinetikasi
    • Qo‘llanilishi
    • Qo‘llash usuli va dozalari
    • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
    • Maxsus ko‘rsatmalar
    • Chiqarilish shakli
    • Saqlash sharoiti
    • Yaroqlilik muddati
    • Dorixonalardan berish tartibi

    Preparatning savdo nomi

    Bisoprolol-SANTO
    Ta'sir etuvchi modda (XPN): Bisoprolol

    Dori shakli

    Qobiq bilan qoplangan tabletkalar

    Tarkibi

    Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
    faol modda: 2,5 mg bisoprolol fumarati;
    yordamchi moddalar: silikatlashtirilgan mikrokristall sellyuloza (PROSOLV EASYtab SP), kroskarmelloza natriysi, A turi natriy kraxmali glikolyati, magniy stearati;
    qobiq tarkibi: oq rangli opadray moddasi
    tarkibi gipromelloza, titan dioksidi (E171), polietilenglikol/makrogol

    Ta'rifi

    Dumaloq, yuzasi ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

    Farmakoterapevtik guruhi

    Yurak-qon tomirlar tizimi. Beta-adrenoblokatorlar. Selektiv beta-adrenoblokatorlar. Bisoprolol.
    ATX kodi: C07AB07

    Farmakologik xususiyatlari

    Farmakodinamika

    Ta'sir mexanizmi
    Bisoprolol – yuqori selektiv β1-adrenoblokator bo‘lib, ichki simpatomimetik va membrana barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas. Bronxlar va qon tomirlar silliq muskullarining β2-retseptorlari va fermentativ metabolik boshqaruvining β2-retseptorlari bilan juda past darajali o‘xshashligiga ega. Shunday qilib, Bisoprolol preparati, qoida bo‘yicha, nafas yo‘llarining qarshiligiga va β2-vositachiligidagi metabolik jarayonlarga ta'sir qilmaydi. Uning β1-selektivligi terapevtik dozalar doirasidan tashqariga chiqadi.
    Klinik samaradorligi va xavfsizligi
    CIBIS II tadqiqotida umumiy xisobda 2647 nafar bemor ro‘yxatga olingan. 83% (n = 2202) NYHA tasnifi bo‘yicha III sinfga va 17% (n = 445) NYHA tasnifi bo‘yicha IV sinfga kiritilgan. Bemorlarga barqaror simptomatik sistolik yurak yetishmovchiligi tashhisi qo‘yilgan (exokardiografiya ma'lumotlari asosiga ko‘ra yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmi ≤ 35%). Umumiy o‘lim darajasi 17,3% dan 11,8% gacha kamaygan (nisbiy kamayish 34% ni tashkil etgan). To‘satdan o‘lim holatlarining kamayishi (6,3% ga nisbatan 3,6% ga, nisbiy kamayish 44% ga teng bo‘lgan) va kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan yurak yetishmovchiligi epizodlari sonining kamayishiga (17,6% ga nisbatan 12% ga, nisbiy kamayish 36% ga teng bo‘lgan) kuzatilgan. Bundan tashqari, NYHA tasnifiga ko‘ra funktsional holatning sezilarli darajada yaxshilanishi kuzatilgan. Davolash kursi boshida va bisoprololni titrlash vaqtida bradikardiya (0,53%), arterial gipotenziya (0,23%) va o‘tkir dekompensatsiya (4,97%) sababli kasalxonaga yotqizish holatlari belgilangan, ammo ular platsebo guruhi (0%, 0,3% va 6,74%) bilan solishtirganda ko‘p bo‘lmagan. Tadqiqot davri davomida nogironlik va o‘limga olib keladigan darajada insultlar soni bisoprolol guruhida 20 ta, platsebo guruhida 15 tani tashkil etgan.
    CIBIS III tadqiqotiga 65 yoshdan yuqori bo‘lgan1010ta bemorlar kiritilgan bo‘lib, ular yengil va o‘rta darajada surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuE; NYHA tasnifi bo‘yicha II yoki III sinf) va chap qorincha chiqarish fraktsiyasi ≤ 35% bo‘lgan, ilgari angiotenzin aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, angiotenzin retseptori blokatorlari yoki beta blokatorlar olmagan bemorlardir. Bemorlar davolashning dastlabki 6 oyligidan keyin 6 dan 24 oygacha bo‘lgan davrda bisoprolol va enalapril kombinatsiyasi bilan, shuningdek, yoki bisoprolol, yoki enalapril bilan davolangan.
    Bisoprololni dastlabki 6 oylik davolash sifatida qo‘llaganida, surunkali yurak yetishmovchiligining kuchayishi tendentsiyasi yuqori bo‘lgan. Bisoprolol bilan davolanishning dastlabki bosqichida enalapril bilan taqqoslaganda samaradorligi kamligi isbotlanmagan bo‘lsa-da, protokolga muvofiq olingan ma'lumotlarni tahlil qilish bisoprolol bilan dastlabki monoterapiyaning afzalligini ko‘rsatmagan, ammo ikkala strategiyada ham surunkali yurak yetishmovchiligini davolashni boshlash tadqiqotning yakunida o‘lim va kasalxonaga yotqizilgan birlamchi birlashtirilgan so‘nggi ma'lumotlarning natijalari o‘xshashligini isbotlagan (bisoprolol guruhida 32,4%, tadqiqot protokoliga kiritilgan enalapril guruhi populyatsiyasida 33,1%). Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bisoprolol yengil va o‘rtacha darajadagi surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan keksa bemorlar uchun xam qo‘llanilishi mumkin.
    Shuningdek, Bisoprolol gipertenziya va stenokardiyani davolash uchun ishlatiladi.
    Surunkali yurak yetishmovchiligi belgilarisiz yurak ishemik kasalligi (YuIK) bilan xastalangan bemorlarda bir marta qo‘llanganda bisoprolol yurak qisqarishlar sonini va yurak zarb xajmini kamaytiradi va buning natijasida yurakdan otilib chiqadigan qon xajmi va kislorodga bo‘lgan ehtiyojni pasaytiradi. Uzoq muddat qo‘llanilganda oldindan oshgan periferik qon tomirlar qarshiligi pasayadi.

    Farmakokinetikasi

    Absorbtsiyasi
    Ichga qabul qilinganidan so‘ng bisoprolol deyarli to‘liq so‘riladi va uning biologik o‘zlashtirilishi taxmiman 90% ni tashkil etadi.
    Taqsimlanishi
    Taqsimlanish hajmi 3,5 l/kg ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi taxmiman 30% ni tashkil etadi.
    Biotransformatsiyasi va eliminatsiyasi
    Bisoprolol tanadan ikki yo‘l bilan chiqarib yuboriladi. Preparatning 50% jigarda nofaol metabolitlarning hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, so‘ngra ular buyraklar orqali chiqariladi. Qolgan 50% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Bisoprololning umumiy klirensi 15 l / soatni tashkil qiladi. Plazmadagi yarim chiqarilish davri 10-12 soat, bu bir martalik kunlik dozasi qabul qilingandan so‘ng 24 soat davomida ta'sir qilinishini ta'minlaydi.
    To‘g‘ri proportsionallik
    Bisoprololning kinetikasi to‘g‘ri chiziqli hisoblanadi va bemorning yoshiga bog‘liq emas.
    Bemorlarning alohida guruhi
    Buyraklar va jigar orqali chiqarib yuborish bir xil darajada sodir bo‘lganligi sababli, jigar faoliyati buzilgan yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Surunkali turg‘un yurak yetishmovchiligi bo‘lgan va jigar yoki buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda preparatning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (NYHA, III bosqich) qon plazmasida bisoprololning darajasi yuqori va yarim chiqarilish davri sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan uzoqroq. Plazmadagi maksimal kontsentratsiya barqaror xolatda kunlik 10 mg dozada 64 ± 21 ng/ml ni, yarim chiqarilish davri 17 ± 5 soatni tashkil qiladi.

    Qo‘llanilishi

    Chap qorincha sistolik funktsiyasi pasaygan surunkali turg‘un yurak yetishmovchiligini davolashda AAF ingibitorlariga va diuretiklarga, shuningdek, yurak glikozidlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.

    Qo‘llash usuli va dozalari

    Surunkali yurak yetishmovchiligining standart davolash tizimi AAF ingibitori (yoki AAF ingibitorlari yaxshi o‘zlashtirilmasa angiotenzin II retseptori antagonistlari), beta blokator, diuretiklar va kerak bo‘lganda yurak glikozidlaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bisoprolol bilan davolanishni boshlashda bemorlar turg‘un holatda bo‘lishi kerak (o‘tkir yurak yetishmovchiligi bo‘lishi kerak emas).
    Davolovchi shifokor surunkali yurak yetishmovchiligini davolash tajribasiga ega bo‘lishi tavsiya etiladi.
    Titrlash bosqichi vaqtida yoki undan keyin yurak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya yoki bradikardiya kechishi vaqtincha sodir bo‘lishi mumkin.
    Dozalash rejimi
    Titrlash bosqichi
    Surunkali yurak yetishmovchiligini bisoprolol bilan davolash majburiy titrlash bosqichini talab qiladi.
    Bisoprolol bilan davolashni quyidagi bosqichlarga muvofiq dozani bosqichma-bosqich oshirish bilan boshlash kerak:
    1,25 mg dan kuniga 1 marta 1 hafta davomida, agar preparat yaxshi o‘zlashtirilsa keyingi hafta davomida kuniga bir marta 2,5 mg ga oshiriladi, agar yaxshi o‘zlashtirilsa, keyingi hafta davomida kuniga bir marta 3,75 mg ga oshiriladi, agar yaxshi o‘zlashtirilsa, keyingi 4 hafta davomida kuniga bir marta 5 mg ga oshiriladi, agar yaxshi o‘zlashtirilsa keyingi 4 hafta davomida kuniga bir marta 7,5 mg ga oshiriladi, agar yaxshi o‘zlashtirilsa, ta'minot (quvvatlovchi) terapiyasi sifatida kuniga bir marta 10 mg.
    Tavsiya etilgan maksimal doza – kuniga bir marta 10 mg.
    Titrlash bosqichida hayotiy ko‘rsatkichlar (yurak urishlari soni, arterial qon bosimi) va yurak yetishmovchiligining rivojlanish belgilarini diqqat bilan kuzatib borish zarur. Simptomlar terapiyani boshlaganidan keyin birinchi kun mobaynida paydo bo‘lishi mumkin.
    Davolashni to‘g‘rilash
    Agar tavsiya etilgan maksimal doza yaxshi o‘zlashtirilmasa, dozani bosqichma-bosqich (birdaniga emas) kamaytirishni ko‘rib chiqish zarur.
    Yurak yetishmovchiligi kechishi vaqtincha yomonlashganda, arterial gipotenziya yoki bradikardiya yuzaga kelganda, davolovchi yondosh dorilarning dozalarini qayta ko‘rib chiqish tavsiya etiladi. Shuningdek, bemorga bisoprolol dozasini vaqtincha kamaytirish yoki bekor qilish zarur bo‘lishi mumkin.
    Bemorning axvoli barqarorlashgandan so‘ng bisoprololni qayta tavsiya etish va/yoki bisoprolol dozasini titrlash orqali oshirish imkoniyatini doimo ko‘rib chiqilishi kerak.
    Preparatni qo‘llashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, dozani bosqichma-bosqich kamaytirish tavsiya etiladi, chunki to‘satdan bekor qilish bemorning ahvolini keskin o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
    Surunkali yurak yetishmovchiligini bisoprolol bilan davolash odatda uzoq muddatli bo‘ladi.
    Bemorlarning maxsus guruhlari
    Jigar yoki buyraklar faoliyati buzilishlari bo‘lgan bemorlar
    Yondosh jigar yoki buyrak faoliyati buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda bisoprololning farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumot yo‘q. Shu sababli, ushbu guruhdagi bemorlarda dozani oshirish qo‘shimcha ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
    Keksalik yoshidagi patsiyentlar
    Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
    Bolalar
    Bisoprololni pediatriya amaliyotida qo‘llash bo‘yicha tajribaning yetishmasligi tufayli uni bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
    Yuborish usuli va yo‘llari
    Bisoprolol-SANTO preparatini ertalab nonushta paytida ozgina suyuqlik bilan, chaynamasdan ichish kerak.
    Dori vositasidan foydalanish usulini tushuntirish uchun tibbiyot xodimidan maslahat olish uchun tavsiyalar
    Ushbu dorini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmatsevtdan maslahat so‘rang.
    Preparatni qo‘llash bo‘yicha mutaxassisdan maslahat olish bo‘yicha tavsiyalar
    Har qanday dori-darmonlarni qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat qiling yoki maslahat so‘rang.
    Nojo‘ya ta'sirlari
    Tez-tez
    − bosh aylanishi*, bosh og‘rig‘i*
    − ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat
    − Qo‘l-oyoqda sovuq qotish yoki uvishish hissi
    − toliqish*
    Tez-tez emas
    − bradikardiya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishi, mavjud yurak yetishmovchiligining kuchayishi
    − bronxial astma bilan kasallangan yoki anamnezda obstruktiv nafas olish kasalligi bo‘lgan bemorlarda bronxospazm
    − mushaklarning kuchsizligi, mushaklarning spazmlari
    − gipotenziya
    − asteniya
    − tushkunlik, uyquning buzilishi
    Kam xollarda
    − triglitseridlar miqdorining oshishi, jigar fermentlarining ko‘payishi (ALT, AST)
    − hushdan ketish
    − ko‘z yosh bezlari faoliyatining kamayishi (kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlarda hisobga olinishi kerak)
    − eshitish qobiliyatining buzilishi
    − allergik rinit
    − qichishish, qizarish, toshma kabi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
    − gepatit
    − jinsiy maylning buzilishi
    − qo‘rqinchli tushlar, gallyutsinatsiyalar
    Juda kam xollarda
    − kon'yunktivit
    − sochlar to‘kilishi. Beta-blokatorlar psoriaz kasalligini qo‘zg‘ashi yoki kuchaytirishi, yoxud psoriaz turidagi toshmalar chaqirishi mumkin.
    * Ushbu alomatlar davolanishning boshida tez-tez uchraydi. Ular odatda kuchsiz yaqqolikda bo‘ladi va odatda 1–2 xaftadan keyin o‘tib ketadi.
    Shubhali nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar berish juda muhimdir. Bu bemorga preparatning foyda / xavf nisbati profilini doimiy ravishda kuzatib borish imkoniyatini beradi..
    Nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berish
    Dori vositasining salbiy ta'sirlari ro‘y berganda, sog‘liqni saqlash mutaxassisi, farmatsevt bilan bog‘lanish yoki dori vositalarining nojo‘ya reaktsiyalari (ta'sirlari), shu jumladan dori vositasining samarasizligi haqida xabarnomalar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bazasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish zarur.
    Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot va farmatsevtika nazorati qo‘mitasi "Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ekspertiza qilish milliy markazi" REM. http://www.ndda.kz

    Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

    − faol modda bisoprololga yoki biron bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik
    − o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki vena ichiga inotrop terapiya talab qiladigan darajadagi dekompensatsiya bosqichida yurak yetishmovchiligi
    − kardiogen shok
    − II va III darajali atrioventrikulyar blokada (yurak stimulyatorisiz)
    − sinus tugunining zaifligi sindromi
    − sinoatrial blokada
    − simptomatik bradikardiya
    − simptomatik gipotenziya
    − o‘tkir bronxial astma
    − periferik arterial obliteratsiyalanuvchi kasalligi yoki Reyno kasalligining rivojlangan (kech) bosqichlari
    − davolanmagan feoxromotsitoma
    − metabolik atsidoz
    − bisoprololga yoki preparatning har qanday tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik
    − 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan)
    − homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
    Dorilarning o‘zaro ta'siri
    Bir vaqtning o‘zida boshqa preparatlarni qo‘llash preparatning ta'siriga va o‘zlashtirilishiga ta'sir qilishi mumkin. Boshqa dorilarni qabul qilinganidan keyin juda oz vaqt o‘tgan bo‘lsa, xuddi shunday ta'sir o‘tkazish mumkin. Bemor boshqa dori-darmonlarni qabul qilayotgan bo‘lsa bu haqda davolovchi shifokoriga xabar berishi zarur.
    Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi:
    Verapamil va ozroq darajada diltiazem kabi kaltsiy antagonistlari Bisoprolol-SANTO bilan bir vaqtda qo‘llanganda yurak muskuli qisqarishining pasayishiga va atrioventrikulyar impulslar o‘tkazilishining kechikishiga olib kelishi mumkin. Xususan, beta-blokatorlar terapiyasi olayotgan bemorlarga verapamilni vena ichiga yuborish chuqur gipotenziya va atrioventrikulyar blokadaga olib kelishi mumkin.
    Markaziy ta'sir ko‘rsatadigan antigipertenziv dorilar (masalan, klonidin, metildopa, moksonidin, rezerpin) yurak qisqarishlari soni va yurakdan otilib chiqadigan qon hajmining pasayishiga, shuningdek markaziy simpatik tonusning pasayishi tufayli vazodilatatsiyaga olib kelishi mumkin. To‘satdan bekor qilish, ayniqsa, beta-blokatorlarni bekor qilishdan oldin, “rikoshet” gipertenziya rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
    Quyidagi dorilar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llang:
    I sinf antiaritmik vositalar (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon): atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqtiga ta'sir qiladi va salbiy inotrop ta'siri ham kuchayishi mumkin.
    Digidropiridin (masalan, nifedipin) kabi kaltsiy kanali blokatorlari: bir vaqtda qo‘llash arterial gipotenziya xavfini oshirishi mumkin, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda esa qorinchalar nasos funktsiyasining buzilishi istisno etilmaydi.
    III sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, amiodaron): atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqtiga ta'sirini kuchaytirish mumkin.
    Parasimpatomimetiklar: kombinatsion davolash atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqtini oshirishi va bradikardiya xavfini kuchaytirishi mumkin.
    Beta-blokatorlarni mahalliy qo‘llash (masalan, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari) bisoprololning tizimli ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
    Qandni kamaytiradigan insulin va peroral diabetga qarshi vositalarning ta'siri kuchayishi mumkin. β -adrenoretseptorlar blokadasi gipoglikemiya simptomlarini yashirishi mumkin.
    Anestetik dorilar: reflektor taxikardiyani kamaytiradi va gipotenziya xavfini oshiradi.
    Yurak glikozidlari: yurak qisqarishlar tezligining pasayishi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqtining ko‘payishi.
    Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NSYaQD): Bisoprolol-SANTOning gipotenziv ta'sirini kamaytirishi mumkin. β-simpatomimetiklar (masalan, dobutamin, ortsiprenalin): bisoprolol bilan birga qo‘llash har ikkala preparatning ta'sirini kamaytirishi mumkin. Allergik reaktsiyalarni davolash uchun adrenalin (epinefrin) ning yuqori dozalari kerak bo‘lishi mumkin. α- va β-retseptorlarni faollashtiradigan simpatomimetiklar (masalan, adrenalin, noradrenalin): mavjud bo‘lgan qon bosimining ko‘tarilishi va ko‘chib yuruvchi oqsoqlikni kuchaytirishi mumkin. Bunday o‘zaro ta'sirlar noselektiv beta-blokatorlardan foydalanganda ko‘proq kuzatiladi.
    Tritsiklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar, shuningdek boshqa antigipertenziv vositalar: kuchli gipotenziv ta'sir.
    Quyidagi dori-darmonlarni birgalikda qo‘llashda quyidagi eslatmalarni hisobga olish kerak:
    Mefloxin: bradikardiya xavfi ortadi.
    Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO-B ingibitorlaridan tashqari): beta-blokatorlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi, shuningdek, gipertonik kriz xavfi oshadi.

    Maxsus ko‘rsatmalar

    Bisoprolol-SANTO bilan surunkali turg‘un yurak yetishmovchiligini davolashni titrlash bosqichidan boshlash kerak.
    Yurak ishemik kasalligi mavjud bo‘lgan patsiyentlar o‘ta zarurat bo‘lmasa, bisoprolol bilan davolanishni keskin to‘xtatmasliklari kerak, chunki bu holatning vaqtincha yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bisoprolol-SANTO bilan davolanishni boshlash va to‘xtatish doimiy nazoratni talab qiladi. Hozirgi vaqtda quyidagi kasalliklar va patologik holatlarga ega bemorlarda surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda terapevtik tajriba yetarli emas:
    • 1 turdagi qandli diabet
    • buyraklar funktsiyasining og‘ir darajadagi buzilishi
    • jigar funktsiyasining og‘ir darajadagi buzilishi
    • restriktiv kardiomiopatiya
    • tug‘ma yurak nuqsonlari
    • yaqqol gemodinamik buzilishlar bilan yurak klapanlari nuqsoni
    • so‘nggi 3 oy davomida o‘tkazilgan miokard infarkti
    Bisoprolol-SANTO preparatini quyidagi hollarda bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi:
    • bronxospazm (bronxial astma, nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida)
    • qondagi glyukoza darajasining sezilarli o‘zgarishi bilan qandli diabet, gipoglikemiya belgilari yashiringan bo‘lishi mumkin
    • jiddiy parhez
    • desensibilizatsiyani amalga oshirish. Boshqa β-blokatorlar singari, Bisoprolol-SANTO ham allergenlarga sezgirlikni oshirishi va anafilaktik reaktsiyalarning og‘irligini kuchaytirishi mumkin. Bunday hollarda adrenalin bilan davolash har doim ham ijobiy terapevtik samara bermaydi.
    • I darajali blokada
    • Printsmetal stenokardiyasi
    • periferik arteriyalarning obliteratsiyalovchi kasalliklari (terapiyaning boshida shikoyatlar bo‘lishi mumkin)
    • umumiy anesteziya
    Umumiy anesteziya o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan bemorlarda β-blokatorlardan foydalanish narkoz vaqtida, intubatsiya va operatsiyadan keyingi davrda aritmiya va miokard ishemiyasi holatlarini kamaytiradi. Intraoperativ davrda β-blokatorlardan foydalanishni davom ettirish tavsiya etiladi. Anesteziolog bradiaritmiya, reflektor taxikardiya va qon yo‘qotishining o‘rnini qoplash uchun reflektor mexanizmning imkoniyatlarining pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan dori vositalarining o‘zaro ta'sirini o‘rganib chiqishi kerak. Bisoprolol-SANTO ni operatsiyadan oldin to‘xtatish holatida dozani asta-sekin kamaytirish va umumiy narkozdan 48 soat oldin Bisoprolol-SANTO qo‘llashni to‘xtatish lozim.
    Bisoprolol-SANTO preparatining verapamil yoki diltiazem guruhi kaltsiy antagonistlari, I darajali aritmiyaga qarshi dorilar va markaziy ta'sir ko‘rsatadigan antigipertenziv dorilar bilan birga qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
    Kardioselektiv β-blokatorlar (β1) noselektiv β-blokatorlarga qaraganda o‘pka faoliyatiga kamroq ta'sir etsa-da, barcha β-blokatorlarlar singari, nafas olish yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida, agar terapiya o‘tkazish uchun jiddiy sabab bo‘lmasa, ulardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Agar zarur bo‘lsa, Bisoprolol-SANTO preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Obstruktiv nafas yo‘llari kasalligi bo‘lgan bemorlarda Bisoprolol-SANTO bilan davolanishni iloji boricha eng past dozadan boshlash kerak va bemorlardagi yangi simptomlar paydo bo‘lishini (masalan, nafas qisilishi, jismoniy mashqlarga toqat qilmaslik, yo‘tal) kuzatib borish kerak. Bronxial astma yoki boshqa surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklarida bronxodilatatorlar bilan birgalikda davolash olib boriladi. Ba'zi hollarda, preparatni qabul qilish paytida bronxial astma mavjud bo‘lgan bemorlar nafas olish yo‘llarining tonusini ko‘payishi tufayli ß2-simpatomimetiklar dozasini oshirish talab qilinishi mumkin.
    Psoriaz mavjud bo‘lgan bemorlar (shu jumladan, anamnezda), foyda / xavf nisbatlarini sinchkovlik bilan baholagandan so‘ng, beta-blokatorlardan foydalanishlari kerak (masalan, bisoprolol).
    Feoxromotsitoma mavjud bo‘lgan bemorlarga Bisoprolol preparati faqat α-adrenoblokatorlar bilan dastlabki terapiya fonida buyuriladi.
    Preparatni qabul qilishda tireotoksikoz belgilari niqoblanishi mumkin.
    Bisoprolol-SANTO preparatini qo‘llash doping nazoratidan o‘tayotganda ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin. Doping sifatida Bisoprolol-SANTO preparatidan foydalanish sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin.
    Maxsus ogohlik choralari
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
    Bisoprololning farmakologik faolligi homiladorlik va / yoki homila / yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
    Umuman olganda, beta blokatorlar platsenta perfuziyasini kamaytiradi, bu esa bachadon ichi o‘sish-rivojlanishning sustlashishiga, bachadon ichi o‘limga, bola tushishiga yoki erta tug‘ilishga olib kelishi mumkin. Salbiy ta'sir (masalan, gipoglikemiya va bradikardiya) homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda paydo bo‘lishi mumkin. Agar beta-blokatorlar bilan davolash zarur bo‘lsa, β1-selektiv beta-blokatorlarga afzallik beriladi.
    Bisoprolol-SANTO ni homiladorlik paytida foydalanish tavsiya etilmaydi, faqat aniq zaruratli xolatlar bundan mustasno. Agar bisoprolol bilan davolash zarur deb hisoblansa, bachadon ichi platsenta qon oqimi va homila o‘sishini nazorat qilish kerak. Homiladorlik yoki homilaga zararli ta'sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, muqobil terapevtik choralar ko‘rib chiqilishi zarur. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni diqqat bilan kuzatib borish kerak. Odatda gipoglikemiya va bradikardiya belgilari, qoidaga ko‘ra, hayotning dastlabki 3 kunida yuzaga kelishi mumkin.
    Bisoprololning ona sutiga o‘tishi yoki o‘tmasligi ma'lum emas. Shuning uchun, bisoprolol bilan davolash paytida emizish tavsiya etilmaydi.
    Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Bisoprolol yurak koronar tomirlari kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda avtomobil boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmagan. Biroq, individual reaktsiyalar tufayli avtomobilni boshqarish yoki texnik jihatdan murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati buzilishi mumkin. Bunga davolanishning boshida, har safar dozani o‘zgartirgandan so‘ng, shuningdek spirtli ichimliklar bilan bir vaqtda iste'mol qilishda alohida e'tibor berish kerak.
    Doza oshirib yuborilishi
    Simptomlar:
    Beta-blokatorlar dozasining oshib ketish holatlari bilan bog‘liq eng keng tarqalgan belgilar – bu bradikardiya, arterial gipotenziya, bronxospazm, o‘tkir yurak yetishmovchiligi va gipoglikemiya hisoblanadi.
    Davolash:
    Dozani oshirib yuborilganda bisoprolol terapiyasini to‘xtatish va tegishli va simptomatik davolashni boshlash kerak. Cheklangan, ammo mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bisoprololni dializ yordamida chiqarish mumkinligini ko‘rsatadi.
    Bradikardiya: vena ichiga atropin kiritiladi. Agar javob yetarli bo‘lmasa, ortsiprenalin yoki ijobiy xronotrop xususiyatlarga ega bo‘lgan boshqa vositalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkin. Ba'zi hollarda yurak stimulyatorining transvenoz implantatsiyasi zarur bo‘lishi mumkin.
    Gipotenziya: vazopressorlarni vena ichiga yuborish tavsiya etiladi. Vena ichiga yuborilgan glyukagon ham samarali bo‘lishi mumkin.
    AV-blokada (ikkinchi yoki uchinchi daraja): Bemorlarni kuchli nazorat ostida bo‘lishi kerak, shuningdek ortsiprenalin infuzioni talab qilinishi mumkin. Agar kerak bo‘lsa, vaqtinchalik yurak stimulyatori joylashtirilishi kerak.
    Yurak yetishmovchiligining keskin yomonlashuvi: vena ichiga diuretiklar, ijobiy inotrop vositalar va vazodilatatorlar kiritiladi.
    Bronxospazm: Bronxodilatatorlar, masalan, ortsiprenalin, β2-simpatomimetiklar va/yoki aminofillin buyurish lozim.
    Gipoglikemiya: vena ichiga glyukoza yuboriladi.

    Chiqarilish shakli

    Polivinildenxlorid plyonkadan va alyumin folgadan iborat kontur uyali blisterlarda 10 tabletkadan joylashtirilgan.
    3 yoki 5 dona blister preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir davlat va rus tillarida tasdiqlangan yo‘riqnoma bilan birgalikda karton o‘ramga solingan.
    O‘ramlar karton qutilarga joylashtirilgan.

    Saqlash sharoiti

    Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
    Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

    Yaroqlilik muddati

    2 yil.
    Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

    Dorixonalardan berish tartibi

    Retsept bo‘yicha.

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Казахстан
    Ishlab chiqaruvchi
    АО Химфарм
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Блог
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Topshirish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar