Papazol tab. №10 (Irbitskiy XFZ)
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Papazol tab. №10 (Irbitskiy XFZ)
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
PapazolTa'sir etuvchi moddalar (XPN): Bendazol, papaverin gidroxloridi
Dori shakli
TabletkalarTarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 0,03 g bendazol (2-Benzilbenzimidazol gidroxloridi) va 0,03 g papaverin gidroxloridi (6,7-Dimetoksi-1(3,4-dimetoksibenzil)-izoxinolin gidroxloridi);
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearinati.
Ta'rifi
Oq yoki kulrang tusli oq rangli, yassi silindrik shaklli, faskali tabletkalar. Biroz sezilarli kiritmalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.Farmakoterapevtik guruhi
antigipertenziv vositaATX kodi: A03AD51
Farmakologik xususiyatlari
Bendazol (dibazol) – miotrop ta'sirga ega spazmolitik vosita. Qon tomirlarni kengaytiruvchi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.Papaverin gidroxloridi miotrop spazmolitik vositadir. Ichki a'zolar va qon tomirlarning silliq mushaklar tonusini pasaytiradi. Arteriyalarning kengayishini chaqiradi, qon oqishini, shu jumladan serebral qon oqimini oshishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
Periferik qon tomirlar va bosh miya qon tomirlarining spazmlarida, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining silliq mushaklarini spazmlarida qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 2-3 marta.Davolash kursi shaxsiy ravishda belgilanadi, odatda 2-4 hafta.
Bolalarga – davolovchi shifokor tavsiyasi bo‘yicha buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, ko‘p terlash, bosh aylanishi, uyquchanlik, atrioventrikulyar blokadaning rivojlanishi, yurak ritmini buzilishi, miokardning qisqaruvchanligini pasayishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, nafasni susayishi, tutqanoq sindromi, bronxoobstruktiv sindrom, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.Ehtiyotkorlik bilan: ichak peristaltikasini pasayishi, bosh miya jarohatlari, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligida, prostata bezining giperplaziyasi, homiladorlik, laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Farmakodinamik: spazmolitiklar, sedativ vositalar, diuretiklar, tritsiklik antidepressantlar, prokainamid, rezerpin, xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida gipotenziv samarasini kuchayishi mumkin.
Antixolinesteraz preparatlarning (galantamin, prozerin, fiziostigmin va boshqalar) silliq mushaklarga ta'sirini susaytiradi; levodopaning antiparkinsonik samarasini pasaytiradi.
Farmakokinetik: adsorbentlar, burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar preparatni me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash vaqtida alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatning xavfsizligi o‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramda;2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Kortur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati
5 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“Irbitskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod” OAJ,623856, Sverdlov vil., Irbit sh., Kirov ko‘ch., 172
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.