Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Блог
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari
    Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
    Prestarium tab. 5mg №30
    престариум

    Prestarium tab. 5mg №30

    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Tarkibi
    :
    Периндоприл
    Dozasi
    :
    5 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Франция
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
    Chiqarilish shakli
    :
    Tabletkalar
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Prestarium tab. 5mg №30

    Batafsil
    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Prestarium tab. 5mg №30

    1. SAVDO NOMI
    PRESTARIUM®
    2. DORI ShAKLI
    Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 5 mg va 10 mg.
    3. TAЪSIR ETUVChI MODDANING NOMI
    Perindopril arginin.
    4. MAZMUNI
    PRESTARIUM® angiotenzinga-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitoridir. U qon tomirlarga kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, bu qon haydashni yengillashtiradi.
    PRESTARIUM® 5 mg nima saqlaydi
    Faol komponenti perindopril arginindir.
    Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 3,395 mg perindopril (bu 5 mg perindopril argininga to‘g‘ri keladi) saqlaydi.
    Tabletkaning markaziy qismining boshqa komponentlari: laktoza monogidrati, magniy stearati (E470V) maltodekstrin, gidrofob kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmal glikolyati (A turi); plyonka qoplama: glitserin (E422a), gipromelloza (E464), mis xlorofillini (E141(ii)), makrogol 6000, magniy stearati (E470V), titan dioksidi (E171).
    PRESTARIUM® 10 mg nima saqlaydi
    Faol komponenti perindopril arginindir.
    Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka 6,790 mg perindopril (bu 10 mg perindopril argininga to‘g‘ri keladi) saqlaydi.
    Tabletkaning markaziy qismining boshqa komponentlari: laktoza monogidrati, magniy stearati (E470V) maltodekstrin, gidrofob kolloid kremniy dioksidi, natriy kraxmal glikolyati (A turi); plyonka qoplama: glitserin (E422a), gipromelloza (E464), mis xlorofillini (E141(ii)), makrogol 6000, magniy stearati (E470V), titan dioksidi (E171).
    PRESTARIUM® qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi
    PRESTARIUM® 5 mg - uzunchoq shaklli, och-yashil rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida belgi va ikkala tomonida bo‘luvchi chizig‘i bosib tushirilgan tabletkalar. Tabetkalar ikki teng bo‘lakka bo‘linishi mumkin.
    PRESTARIUM® 10 mg - yashil rangli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida belgi va boshqa tomonida bosib tushirilgan tabletkalar. Tabetkalar 30 tabletka saqlovchi butilkalarda chiqariladi.
    5. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
    AAF ning oddiy ingibitori, ATX kodi: S09AA04.
    6. FARMAKOLOGIK XUSUSIYaTLARI
    Farmakodinamik xususiyatlari
    Ta'sir mexanizmi
    Perindopril angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi ferment ingibitoridir (angiotenzinga aylantiruvchi ferment, AAF). Aylantiruvchi ferment, yoki kinaza, ektopeptidaza bo‘lib, u angiotenzin I ni qon tomirlarni toraytiruvchi modda angiotenzin II ga aylantirish imkoniyatini beradi, shuningdek qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan bradikinining faol bo‘lmagan geptapeptidgacha parchalanishining sababchisi hisoblanadi.
    AAF ning ingibitsiya qilinishi plazmada angiotenzin II ning kamayishiga olib keladi, bu plazmada reninning faolligini oshigiga (reninning ajralib chiqishini salbiy teskari aloqasini ingibitsiya qilinishi hisobiga) va aldosteronning sekretsiyasini pasayishiga olib keladi. AAF bradikininning faolligini bloklashi tufayli, AAF ning ingibitsiya qilinishi shuningdek aylanib yuruvchi va lokal kallikrein-kinin tizimining faolligini oshishiga ham olib keladi (bunda shuningdek prostaglandinlar tizimi ham faollashadi). Ehtimol, bu mexanizm AAF ingibitorlarining gipotenziv ta'siri yuz berishiga yordam beradi va nojo‘ya samaralaridan ayrimlarini (masalan, yo‘tal) qisman belgilaydi.
    Perindopril o‘zining faol metaboliti, perindoprilat orqali ta'sir qiladi. Boshqa metabolitlari in vitro sharoitda AAF ta'sirini ingibitsiya qilish qobiliyatini ko‘rsatmagan.
    Klinik samaradorligi va xavfsizligi
    Gipertenziya:
    Perindopril har qanday darajadagi arterial gipertenziyada ta'sir qiladi: yengil, o‘rtacha, og‘ir; uni qo‘llash fonida chalqancha yotgan holda ham, turgan holda ham sistolik va diastolik arterial bosimni pasayishi aniqlanadi.
    Perindopril periferik qon tomirlarning qarshiligini pasaytiradi, bu arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Buning oqibatida, yurak qisqarishlari tez-tezligini o‘zgarishisiz periferik qon oqimi oshadi.
    Odatda, buyrak qon oqimi oshadi, shu vaqtning o‘zida kalavalar filtratsiyasining tezligi (KFT) o‘zgarmaydi.
    Bir marta qabul qilingandan keyin 4-6 soat o‘tgach maksimal gipotenziv samaraga erishiladi va eng kamida 24 soat davomida saqlanadi: preparatning minimal faolligidagi samara, maksimal faolligidagi samaradan taxminan 87-100% ni tashkil qiladi.
    Arterial bosimni pasayishi tez yuz beradi. Davolashga moyil patsiyentlarda, normallashishga bir oy davomida erishiladi va taxifilaksiya paydo bo‘lishisiz saqlanadi.
    Davolashni to‘xtatish bekor qilish sindromini chaqirmaydi.
    Perindopril chap qorinchaning gipertrofiyasini kamaytiradi.
    Odamda perindoprilning qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatishi isbotlangan. U katta arteriyalarning elastikligini yaxshilaydi va kichik arteriyalarda oqim/tomir bo‘shlig‘i nisbatini kamaytiradi.
    AAF ingibitorini tiazidli diuretik bilan majmuasi additiv sinergizmga olib keladi. AAF ingibitorini tiazid preparati bilan majmuasi shuningdek diuretiklarni qabul qilishda paydo bo‘luvchi gipoglikemiya xavfini pasaytiradi.
    Yurak yetishmovchiligi:
    Perindopril oldyuklama va keyingi yuklamani pasaytirib, yurak ishini kamaytiradi.
    Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarning tekshirishlari quyidagilarni ko‘rsatgan:
    - chap va o‘ng qorinchaning to‘lish bosimini pasayishi;
    - periferik tomirlarning umumiy qarshiligini pasayishi;
    - yurakdan otilib chiqayotgan qon xajmini oshishi va yurak indeksini yaxshilanishi.
    Yengil yoki o‘rtacha darajadagi yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlardagi qiyosiy tadqiqotlarda 2,5 mg perindopril argininni birinchi qabuli, platsebo bilan solishtirganda arterial bosimni sezilarli darajada pasayishini chaqirmagan.
    Yurakning barqaror koronar kasalligi bo‘lgan patsiyentlar:
    EUROPA tadqiqotlari – 4 yillik xalqaro ko‘p markazli ikki tomonlama yashirin platsebo-nazoratli randomizatsiyalangan tadqiqotlar.
    18 yoshdan oshgan o‘n ikki ming ikki yuz o‘n sakkiz (12218) nafar patsiyentlar 8 mg perindopril tret-butilamin (bu 10 mg perindopril argininga to‘g‘ri keladi) (n=6 110) guruhiga yoki platsebo-guruhiga (n=6 108) randomizatsiyalangan.
    Tadqiqotda ishtirok etgan populyatsiyada yurak yetishmovchiligining klinik simptomlarisiz yurak ishemik kasalligi kuzatilgan. Umuman tadqiqot ishtirokchilarining 90% ilgari miokard infarkti va/yoki koronar revaskulyarizatsiya o‘tkazganlar. Patsiyentlarning ko‘p qismi tekshirilayotgan preparatni trombotsitlarning ingibitorlari, gipolipedimik preparatlar va beta-blokatorlarni o‘z ichiga oluvchi an'anaviy davolash fonida qabul qilganlar.
    Samaradorlikning asosiy mezoni - yurak-qon tomir kasalliklari, miokard infarktidan o‘lim bilan yakunlanishsiz va/yoki muvaffaqiyatli reanimatsiya bilan yurakni to‘xtashidan o‘limning aralash yig‘indisi hisoblanadi.
    Perindopril tret-butilamin 8 mg (bu 10 mg perindopril argininga ekvivalent) kuniga bir marta qabul qilish bilan davolash birlamchi yakuniy nuqtani 1,9% mutloq sezilarli darajada pasayishiga olib kelgan (nisbiy xavfni 20% ga pasayishi, bu DI 95% [9,4; 28,6]) – p<0.001).
    Anamnezida miokard infarkti va/yoki revaskulyarizatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda 2,2% mutloq pasayishga erishilgan, bu platsebo bilan solishtirganda birlamchi yakuniy nuqta bo‘yicha 22,4% ga xavfga nisbatan pasayishga (XNP) to‘g‘ri keladi (DI 95% [12,0; 31,6]) – p<0.001).
    Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi:
    Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda perindoprilning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
    Kalavalar filtratsiyasi >30 ml/min/1,73 m2 li 2 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 62 nafar gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi ochiq qiyoslanmagan klinik tadqiqotlar davomida, patsiyentlar 0,07 mg/kg o‘rtacha dozada perindopril qabul qilganlar. Doza patsiyentning profili va qon bosimining reaktsiyasiga qarab shaxsiy ravishda tanlangan va kuniga maksimal 0,135 mg/kg ni tashkil qilgan.
    59 nafar patsiyentlar uch oylik tadqiqot davrini o‘tganlar; 36 nafar patsiyentlar tadqiqotning uzaytirish davrini yakunlaganlar, ya'ni minimum 24 oy davomida kuzatilgan (tadqiqotning o‘rtacha davomiyligi: 44 oy).
    Sistolik va diastolik arterial bosim ilgari boshqa antigipertenziv preparatlarni qabul qilgan patsiyentlarda tadqiqotga kiritilgan vaqtdan to oxirgi tekshirishga kelgan vaqtgacha turg‘un bo‘lib qolgan va ilgari boshqa preparatlarni qabul qilmagan patsiyentlarda pasaygan.
    Oxirgi tekshirish vaqtida 75% dan ko‘proq bolalarda sistolik va diastolik arterial bosim 95-li foizdan past bo‘lgan.
    Xavfsizlik perindoprilning ma'lum xavfsizlik profiliga muvofiq bo‘lgan.
    Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining ikki tomonlama blokadasi, klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari:
    Ikki katta randomizatsiyalangan nazoratlangan tadqiqotlarda (ONTARGET (Telmisartanni monoterapiyada va ramipriln bilan birga qo‘llash bilan yakuniy nuqtalarni global o‘rganishning joriy tadqiqot va VANEPHRON-D (Diabetdagi nefropatiya, veteranlarga tibbiy yordam departamenti) AAF ingibitori va angiotenzin II retseptorlarining blokatori majmuaviy qo‘llash o‘rganilgan.
    ONTARGET - anamnezida yurak-qon tomir yoki serebrovaskulyar kasalliklar yoki nishon-a'zoni shikastlanishi bilan birga kechuvchi 2 tip qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot.
    VANEPHRON-D - 2 tip qandli diabet va diabetik nefropatiyasi bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi tadqiqot.
    Ushbu tadqiqotlar buyrak va/yoki yurak-qon tomir kasalliklar va o‘limga axamiyatli ijobiy samarasini ko‘rsatmagan. Shu vaqtning o‘zida monoterapiya bilan solishtirganda giperkaliyemiya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki gipotenziyaning yuqori xavfi kuzatilgan.
    Farmakodinamik xususiyatlarining o‘xshashligini e'tiborga olib, bu natijalar shuningdek boshqa AAF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlarining blokatorlariga xam tegishli xisoblanadi.
    Shuning uchun AAF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlarining blokatorlarini diabetik nefropatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
    ALTITUDE (2 tip qandli diabetda aliskirenni qo‘llash bilan yurak-qon tomir va buyrak kasalliklarida yakuniy nuqtani tekshirish) - bu tadqiqotning maqsadi 2 tip qandli diabeti va surunkali buyrak yetishmovchiligi, yurak-qon tomir kasalligi yoki ikkala kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari bilan standart davolashga aliskirenni qo‘shishning foydasini o‘rganish xisoblanadi. Noxush natijalar xavfini oshishi tufayli tadqiqot muddatidan oldin yakunlangan. Yurak-qon tomir kasalliklari va insult natijasidagi o‘lim bilan yakunlanish, platsebo guruhiga qaraganda, aliskiren qabul qilgan guruhda soni jixatdan ko‘proq bo‘lgan. Shuningdek platsebo qabul qilgan guruhga qaraganda, aliskiren qabul qilgan guruhda noxush ko‘rinishlar va ahamiyatli jiddiy noxush ko‘rinishlar (giperkaliyemiya, gipotenziya va buyrak faoliyatini buzilishi) ko‘proq kuzatilgan.
    7. FARMAKOKINETIKASI
    So‘rilishi
    Peroral qabul qilinganda perindopril tez so‘riladi va maksimal kontsentratsiyaga 1 soat davomida erishiladi. Perindoprilning plazmadagi yarim parchalanish davri 1 soatni tashkil qiladi.
    Perindopril olddori hisoblanadi. Perindoprilning qabul qilinadigan dozasining yigirma yetti foizi qon oqimiga faol metaboliti perindoprilat ko‘rinishida yetib boradi. Plazmadigi perindoprilatning maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilingandan keyin 3-4 soat davomida erishiladi.
    Ovqat perindoprilni perindoprilatga aylanishini, demak uning biokiraolishligini pasaytirishi tufayli, perindopril argininni sutkada bir marta ertalab peroral ovqatdan oldin qabul qilish kerak.
    Perindoprilning dozasi va uning plazmadagi ekspozitsiyasi orasidagi aloqaning proportsionalligi ko‘rsatilgan.
    Taqsimlanishi
    Taqsimlanmagan perindoprilatning taqsimlanish hajmi - taxminan 0,2 l/kg. Perindoprilatning qon plazmasi oqsillari, asosan angiotenzinga-aylantiruvchi ferment bilan bog‘lanishi 20% ni tashkil qiladi va dozaga bog‘liq xarakterga ega.
    Chiqarilishi
    Perindoprilat siydik bilan chiqariladi va erkin fraktsiyasining yarim chiqarilishining yakuniy davri taxminan 17 soatni tashkil qiladi. Muvozanat holatiga 4 sutka davomida erishiladi.
    Alohida populyatsiya
    Perindoprilatni chiqarilishi keksa patsiyentlarda va yurak va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda pasayadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozani tanlashni buyrak faoliyatining (kreatinin klirensi) darajasini hisobi bilan o‘tkazish tavsiya etiladi.
    Perindoprilatning dializdagi klirensi minutiga 70 ml ni tashkil qiladi.
    Sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda perindoprilning kinetikasi o‘zgaradi: dastlabki molekulaning buyrak klirensi ikki marta sekinlashadi. Shunga qaramasdan, hosil bo‘layotgan perindoprilatning miqdori kamaymaydi va demak dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
    8. QO‘LLANILIShI
    PRESTARIUIM® quyidagi hollarda qo‘llanadi:
    - yuqori arterial bosimni (gipertenziyani) davolashda,
    - yurak yetishmovchiligini (yurak yetarli darajada organizmni qon bilan ta'minlay olmaydigan kasallik) davolashda,
    - yurak xurujini va/yoki yurakni qon bilan ta'minlovchi qon tomirlarni kengaytirish hisobiga uni ta'minlashni yaxshilash bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan koronar arteriyalarning turg‘un kasalligi (yurakni qon bilan ta'minlanishi pasaygan yoki bloklangan holat) bo‘lgan patsiyentlarda yurak xuruji kabi yurak asoratlari xavfini pasaytirishda.
    9. QABUL QILISh USULI VA DOZALASh TARTIBI
    PRESTARIUM® ni qabul qilganda doimo shifokor yoki farmatsevtning ko‘rsatmasiga qat'iy rioya qiling. Agar Siz preparatni qabul qilishning to‘g‘riligiga shubhalansangiz, Siz shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashishingiz kerak.
    Tabletkalarni kuniga bir marta, ertalab nonushtadan oldin, bir stakan suv bilan, yaxshisi har kuni bir vaqtda qabul qilish tavsiya etiladi. Shifokoringiz, Sizga qanday doza to‘g‘ri kelishini xal qiladi.
    Odatdagi dozalash:
    Arterial bosimni oshishi: odatdagi boshlang‘ich va samarani bir maromda ushlab turuvchi doza kuniga bir marta 5 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganda, bir oy davolashdan keyin dozani kuniga bir marta 10 mg gacha oshirish mumkin. Yuqori arterial bosimda maksimal tavsiya etilgan doza kuniga 10 mg ni tashkil qiladi.
    Agar Siz 65 yoshda va kattaroq bo‘lsangiz, odatdagi boshlang‘ich doza kuniga bir marta
    2,5 mg ni tashkil qiladi. Bir oy davolagandan keyin dozani kuniga bir marta 5 mg gacha, so‘ngra esa, zarurati bo‘lganda 10 mg gacha oshirish mumkin.
    Yurak yetishmovchiligi: odatdagi boshlang‘ich doza kuniga bir marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Ikki xafta davolagandan keyin dozani kuniga bir marta 5 mg gacha oshirish mumkin, bu yurak yetishmovchiligida tavsiya etilgan maksimal doza xisoblanadi.
    Koronar arteriyalarning turg‘un kasalligi: odatdagi boshlang‘ich doza kuniga bir marta
    5 mg ni tashkil qiladi. Ikki xafta davolagandan keyin dozani kuniga bir marta 10 mg gacha oshirish mumkin, bu ushbu ko‘rsatgichda tavsiya etilgan maksimal doza hisoblanadi.
    Agar Siz 65 yoshda va kattaroq bo‘lsangiz, odatdagi boshlang‘ich doza kuniga bir marta
    2,5 mg ni tashkil qiladi. Bir xafta davolagandan keyin dozani kuniga bir marta 5 mg gacha, so‘ngra esa, yana bir xafta o‘tgach 10 mg gacha oshirish mumkin.
    Bolalar va o‘smirlar tomonidan qabul qilinishi
    Ushbu preparatni bolalar va o‘smirlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
    Agar Siz PRESTARIUM® ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
    Preparatni har kuni qabul qilish muhim, chunki qabul qilishning muntazamligi davolashni samaradorliroq qiladi. Shunga qaramasdan, agar Siz Prestarium® dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, navbatdagi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling, keyingi dozani ikki marta oshirmang.
    Agar Siz PRESTARIUM® qabul qilishni to‘xtatsangiz
    Prestarium® ni qabul qilish odatda butun umr davom etishi tufayli, preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan oldin Siz shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.
    Agar Sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga, farmatsevtga yoki hamshiraga murojaat qiling.
    10. NOJO‘Ya TAЪSIRI
    Barcha boshqa dori preparatlari kabi, bu preparat ham, garchi har bir patsiyentda bo‘lmasa ham, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
    Agar Sizda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan quyidagi holatlardan birontasi yuz bersa, ushbu tibbiy preparatni qabul qilishni darxol to‘xtating va shifokoringiz bilan bog‘laning:
    - yuz, lablar, og‘iz bo‘shlig‘i, til yoki tomoqni shishishi, nafas olishni qiyinlashishi (angioshish) (13-bo‘lim “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang) (Tarqalmagan, 100 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi),
    - past arterial bosim chaqirgan kuchli bosh aylanishi yoki xushni yo‘qotish (Tarqalgan - 10 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi),
    - odatdagi bo‘lmagan tez yoki nomuntazam yurak urishi, ko‘krakda og‘riq (stenokardiya) yoki yurak xuruji (Juda kam hollarda - 10000 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi),
    - qo‘llar yoki oyoqlarda kuchsizlik, gaplashishda muammolar, bu insultning belgisi xisoblanadi (Juda kam hollarda - 10000 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi),
    - to‘satdan xushtaksimon nafas, ko‘krakda og‘riq, hansirash yoki nafas olishni qiyinlashishi (bronxlar spazmi) (Tarqalmagan, 100 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi),
    - me'da osti bezining yallig‘lanishi, u o‘zini yomon xis qilish bilan birga kechuvchi qorin va belda jiddiy og‘riqlar chaqirishi mumkin (Juda kam hollarda - 10000 patsiyentdan 1 dan kamida yuz berishi mumkin),
    - teri yoki ko‘zlarning oqini sarg‘ayishi (sariqlik), bu gepatitning belgisi bo‘lishi mumkin (Juda kam hollarda - 10000 patsiyentdan 1 dan kamida yuz berishi mumkin),
    - teri toshmasi, u ko‘pincha yuzda, qo‘llar yoki oyoqlarda qizil qichishuvchi dog‘larning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi (ko‘p shaklli eritema) (Juda kam hollarda- 10000 patsiyentdan 1 dan kamida yuz berishi mumkin).
    Agar Siz quydagi biron-bir nojo‘ya samaralardan birini o‘zingizda aniqlasangiz, bu haqida shifokorga xabar bering:
    Tarqalgan (10 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi):
    - bosh og‘rig‘i,
    - bosh aylanishi,
    - vertigo,
    - oyoq-qo‘llarda sanchilish xis qilish,
    - ko‘rishni buzilishi,
    - tinnitus (quloqlarda shovqin),
    - yo‘tal,
    - hansirash (dispnoe),
    - me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, ta'm sezishni buzilishi, dispepsiya va ovaqt xazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qabziyat),
    - allergik reaktsiyalar ( teri toshmasi, qichishish kabi),
    - mushak tirishishlari,
    - kuchsizlik xissi,
    Tarqalmagan (100 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi):
    - kayfiyatning o‘zgaruvchanligi,
    - uyquni buzilishi, og‘izning quruqligi,
    - kuchli qichishish yoki ko‘p teri toshmasi,
    - terida o‘choqli po‘rsildoqlar paydo bo‘lishi,
    - buyrak faoliyatining buzilishi, jinsiy kuchsizlik,
    - ko‘p terlash,
    - eozinofillar (oq qon tanachalarining turi) miqdorini oshishi,
    - uyquchanlik, xushni yo‘qotish,
    - yurak urishini tezlashishi, taxikardiya,
    - vaskulit (qon tomirlarining yallig‘lanishi),
    - yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyasi (terini quyoshga yuqori sezuvchanligi),
    - artralgiya (bo‘g‘imlarda og‘riq),
    - mialgiya (mushaklarda og‘riq),
    - ko‘krakda og‘riq,
    - diskomfort xissi,
    - isitma, periferik shish,
    - yiqilish,
    - laboratoriya ko‘rsatgichlarining o‘zgarishlari: davolash to‘xtatilganidan keyin kamayuvchi, qonda kaliyning yuqori darajasi, natriyning past darajasi, qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda gipoglikemiya (qonda qandning juda past darajasi), qonda mochevina va kreatininning miqdorini oshishi.
    Kam hollarda (1000 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi):
    - laboratoriya ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari: jigar fermentlarining yuqori darajasi, qonda bilirubinning yuqori darajasi.
    Juda kam hollarda (10 000 patsiyentdan 1 dan kamida yuz beradi):
    - ongni chalkashishi,
    - eozinofil pnevmoniya (pnevmoniyaning kam uchraydigin turi),
    - rinit (burunni bitishi yoki burundan ajralmalar),
    - o‘tkir buyrak yetishmovchiligi,
    - leykotsitlar va eritrotsitlar miqdorini kamayishi, gemoglobinni pasayishi, trombotsitlar miqdorini kamayishi kabi, qon tarkibining buzilishlari.
    Nojo‘ya samaralari haqida xabar berish
    Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga, farmatsevtga yoki xamshiraga xabar bering. Bu shuningdek mumkin bo‘lgan, ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan xar qanday nojo‘ya samaralarga ham taalluqlidir.
    Nojo‘ya samaralar xaqida xabar berib siz ushbu dori preparatining xavfsizlik profili haqida ko‘proq ma'lumot olishga yordam berasiz.
    11. QO‘LLASh MUMKIN BO‘LMAGAN XOLATLAR
    PERISTARIUM® ni qabul qilish mumkin emas
    - agar Sizda perindoprilga yoki bu preparatning har qanday boshqa komponentiga (komponentlari 4 bo‘limda sanab o‘tilgan), yoki har qanday boshqa AAF ingibitoriga allergiya bo‘lsa,
    - agar ilgari AAF ning boshqa ingibitorlari qabul qilganda yoki boshqa vaziyatlarda Sizda yoki Sizning qarindoshlaringizda xushtaksimon nafas, yuzning, til yoki tomoqning shishi, jadal qichishish yoki ko‘p teri toshmasi (angioshish) kabi simptomlar paydo bo‘lgan bo‘lsa,
    - agar Siz homilador bo‘lsangiz va homiladorlik muddati 3 oydan ortiq bo‘lsa (shuningdek homiladorlikning erta bosqichlarida PRESTARIUM® ni qabul qilishdan saqlangan yaxshi - “Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
    - Agar Sizda qandli diabet yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa va arterial bosimni pasaytiruvchi aliskiren saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
    12. BOShQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TAЪSIRI
    Agar Siz boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz kerak bo‘lsa, bu xaqida davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
    PRESTARIUM® bilan davolash boshqa preparatlarni qabul qilishga ta'sir qilishi mumkin. Shifokoringiz dozani o‘zgartirishi va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
    - oshgan arterial bosimni davolash uchun boshqa preparatlar, shu jumladan angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari (ARB), aliskiren (shuningdek “PRESTARIUMni qabul qilmang” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limlarga ham qarang) yoki diuretiklar (buyrak tomonidan ishlab chiqarilayotgan siydik hajmini oshiruvchi preparatlar),
    - kaliyni tejovchi preparatlar (masalan, triamteren, amilorid), kaliyli qo‘shimchalar yoki kaliy saqlovchi tuzni o‘rinbosarlari,
    - yurak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan kaliy tejovchi preparatlar: eplerenon va spirinolakton kuniga 12,5 mg dan to 50 mg gacha,
    - maniya yoki depressiyadagi litiy,
    - og‘riqni yo‘qotish uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (masalan, ibuprofen) yoki aspirinning yuqori dozalari,
    - diabetni davolash uchun preparatlar (masalan, insulin yoki metformin),
    - baklofen (ko‘p sonli skleroz kabi kasalliklarda mushaklar regidligini davolash uchun qo‘llanadi),
    - depressiya, xavotirlik, shizofreniya va boshqalar kabi ruhiy buzilishlarni davolash uchun preparatlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar, antipsixotik preparatlar),
    - autoimmun buzilishlarni davolash uchun yoki transplantatsiyadan keyin (masalan, siklosporin, takrolimus) ishlatiladigan immunodepressantlar (organizmning himoya mexanizmlarini pasaytiruvchi dori preparatlari),
    - trimetoprim (infektsiyalarni davolash uchun),
    - estramustin (rakni davolashda qo‘llanadi),
    - allopurinol (podagrani davolash uchun),
    - prokainamid (nomuntazam yurak ritmini davolash uchun),
    - qon tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar, shu jumladan nitratlar (qon tomirlarning kengayishini chaqiruvchi preparatlar),
    - geparin (qonni suyultirish uchun dori preparati),
    - pasaygan arterial bosim, shok yoki astmani davolash uchun ishlatiladigan preparatlar (masalan, efedrin, noradrenalin yoki adrenalin),
    - oltin-xlorvodorodli natriy, ayniqsa vena ichiga yuborilganda (revmatoid artrit simptomlarini davolash uchun qo‘llanadi).
    13. MAXSUS KO‘RSATMALAR
    Agar quyida sanab o‘tilganlardan birontasi Sizda bo‘lsa, PRESTARIUM®ni qabul qilishdan oldin shifokoringiz, farmatsevt yoki hamshira bilan maslahatlashing:
    - agar Sizda aorta stenozi (yurakdan keluvchi asosiy qon tomirini torayishi), gipertrofik kardiomiopatiya (yurak mushagining kasalligi) yoki buyrak arteriyasining stenozi (buyrakni qon bilan ta'minlovchi arteriyani torayishi) bo‘lsa,
    - agar Sizda boshqa yurak kasalliklari bo‘lsa,
    - agar Sizda jigar faoliyatini buzilishi bo‘lsa,
    - agar Sizda buyrak faoliyati buzilishi bo‘lsa yoki Siz dializ o‘tayotgan bo‘lsangiz,
    - agar Sizda tizimli qizil yugurik yoki sklerodermiya kabi kollagenoz - qon tomirli kasalliklar bo‘lsa (biriktiruvchi to‘qimaning kasalligi),
    - agar Sizda diabet bo‘lsa,
    - agar Siz tuzning miqdori past bo‘lgan parhezga rioya qilsangiz yoki kaliy saqlovchi tuz o‘rnini bosuvchilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz,
    - agar Sizda anesteziya va/yoki jiddiy jarrohlik operatsiya o‘tkaziladigan bo‘lsa,
    - agar Siz PZLP aferez o‘tayotgan bo‘lsangiz (qondan xolesterinni apparat orqali chiqarish),
    - agar Siz asalarilar yoki arilarni chaqishiga allergik reaktsiyani kamaytirishi kerak bo‘lgan desensibilizatsiya o‘tmoqchi bo‘lsangiz,
    - agar Sizda yaqinda diareya, qusish yoki organizmni suvsizlanishi kuzatilgan bo‘lsa,
    - agar shifokor Sizga qandlarning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik bor deb aytgan bo‘lsa,
    - yuqori arterial bosimni davolash uchun quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
    - angiotenzin II retseptorlarining blokatori (ARB) (shuningdek sartanlar sifatida ma'lum bo‘lgan, masalan, valsartan, telmisartan, irbesartan), ayniqsa agar Sizda diabet chaqirgan buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lsa,
    - aliskiren.
    Shifokoringiz buyrak faoliyatini, arterial bosimni va qonda elektrolitlar miqdorini (masalan, kaliyni) muntazam monitoringini o‘tkazishi mumkin.
    Shuningdek “PRESTARIUM® ni qabul qilmang” bo‘limida keltirilgan ma'lumotga ham qarang.
    - agar Siz afrikalik irqqa mansub bo‘lsangiz, Siz angioshishning yuqoriroq xavfiga duchor bo‘lishingiz mumkin, shuningdek bu preparat afrikalik irqqa mansub bo‘lmagan patsiyentlar bilan solishtirganda arterial bosimni pasaytirishda kamroq samarador bo‘lishi mumkin.
    Angionevrotik shishi
    AAF ingibitorlarini, shu jumladan PRESTARIUM®ni qabul qilayotgan patsiyentlarda angioshish (yondosh yuz, lablar, til yoki tomoqning shishi, yutish yoki nafas olishni qiyinlashishi bilan jiddiy allergik reaktsiya) aniqlangan. Bu reaktsiyalar davolashning har qanday vaqtida yuz berishi mumkin. Agar Sizda bu simptomlar paydo bo‘lsa, Siz darhol PRESTARIUM®ni qabul qilishni to‘xtatishingiz va shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Shuningdek 10 bo‘limga ham qarang.
    Agar Siz homiladorman deb o‘ylasangiz (yoki homiladorlikni rejalashtirsangiz) shifokoringizni ogohlantirib qo‘yishingiz kerak. Homiladorlikning erta muddatlarida PRESTRARIUM® ni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat 3 oydan katta muddatlarda qabul qilinmasligi kerak, chunki bu bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
    Bolalar va o‘smirlar
    Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
    PRESTARIUM®ni ovqat va ichimlik bilan qabul qilish
    PRESTARIUMNI ovqatdan oldin qabul qilish afzalroq.
    Homiladorlik va emizish
    Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
    Homiladorlik
    Agar Siz homiladorman deb o‘ylasangiz (yoki homiladorlikni rejalashtirsangiz), Siz shifokoringgizni ogohlantirib qo‘yishingiz kerak. Odatda, shifokor Sizga homiladorlikkacha yoki homiladorlik tasdiqlangandan keyin darhol PRESTARIUMNI qabul qilishni to‘xtatishni maslaxat beradi va uning o‘rniga Sizga boshqa preparat buyuradi. PRESTARIUMNI homiladorlikning erta muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Preparat 3 oydan katta muddatlarda qabul qilinmasligi kerak, chunki bu bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
    Emizish
    Agar Siz emizsangiz yoki emizishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorni xabardor qiling. PRESTARIUM® emizikli onalarga tavsiya etilmaydi. Agar Siz emizishni xohlasangiz, ayniqsa agar bola yangi tug‘ilgan yoki muddatidan oldin tug‘ilgan bo‘lsa, shifokor Sizga boshqa davolashni buyurishi mumkin.
    Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish
    PRESTARIUM® odatda xushyorlikka ta'sir qilmaydi, lekin ayrim patsiyentlarda past arterial bosim tufayli bosh aylanishi yoki kuchsizlik yuz berishi mumkin. Bunday holda avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyati pasaygan bo‘lishi mumkin.
    PRESTARIUM® laktoza saqlaydi
    Agar shifokor Sizga qandlarning ayrim turini o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
    14. DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI
    Agar Siz juda ko‘p tabletkalar qabul qilgan bo‘lsangiz, yaqindagi tez yordam bilan bog‘laning, yoki darhol bu haqida shifokoringizga xabar bering. Doza oshirib yuborilgan holda eng ehtimoli bo‘lgan samara arterial bosimni pasayishi hisoblanadi, shuning uchun Siz bosh aylanishini sezishingiz yoki xushni yo‘qotishingiz mumkin. Agar bu sodir bo‘lsa, yoting va oyoqlarni ko‘taring, bu Sizning holatingizni yaxshilashi mumkin.
    15. SAQLASH BO‘YICHA TAVSIYALAR
    Preparatni ko‘rinmaydigan va bolalar olaolmaydigan joyda saqlang.
    Karton o‘rami va konteynerda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qabul qilinmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilganda ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni ko‘zda tutiladi.
    Namlik tushishidan saqlanish uchun konteynerni zich yopilgan holda saqlang.
    30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
    Dori kanalizatsiyaga tashlanmasin va maishiy chiqindilarga tashlab yuborilmasin. Qabul qilish tugatilgan dorilarni qanday yo‘qotish kerakligi haqida farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan.
    16. SAQLASH MUDDATI
    3 yil.
    17. BERISH TARTIBI
    Shifokor buyurishi bo‘yicha qabul qilish uchun dori preparati.
    18. ISHLAB CHIQARUVCHINING NOMI VA MANZILI
    Qayd etish guvohnomasining egasi
    Les Laboratoires Servier / LeLaboratuar Servye - France FRANSIYA
    Ishlab chiqaruvchilar
    Les Laboratoires Servier Indastrie / LeLaboratuar Serve Industri
    905 route de Saran
    45520 Gidy - France (Fransiya)
    yoki Servier (Ireland) Indastries Ltd / Servye (Irlandiya) Indastriz Ltd
    Gorey Road
    Arklov - Co. Wicklow - Ireland (Irlandiya)

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Tarkibi
    Периндоприл
    Dozasi
    5 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Франция
    Ishlab chiqaruvchi
    Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie
    Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Блог
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Topshirish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar