Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Levoksimed ko‘z/quloq tomchilari 0,5% 5 ml №1
Levoksimed ko‘z/quloq tomchilari 0,5% 5 ml №1
Nomi | Narx | |||||
Левоксимед глаз/ушные капли 0,5% 5 мл №1 (308002561##1937) |
UZS 57 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левофлоксацин
Страна производитель
Турция
Дозировка
0,5% 5 мл
Производитель
World Medicine Europe, Болгария произведено: Adipharm LTD
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные / ушные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Levoksimed
Ta'sir etuvchi modda (XPN) levofloksatsin
Dori shakli
ko‘z/quloq tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg levofloksatsin (levofloksatsin gemigidrati shaklida);
yordamchi moddalar natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi och sariq yoki yashimtir sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
oftalmologiya va otologiyada mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan antibakterial preparat.
ATX kodi S01AE05
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Levoksimed – ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan mikroblarga qarshi vosita.
Levofloksatsin – ofloksatsinning ratsemik dori substantsiyasini L-izomeridir. Ofloksatsinning antibakterial faolligi asosan L-izomeriga taalluqli. Levofloksatsin DNK-giraza va tomoizomeraza IV ni bloklaydi, uzilgan DNK zanjirini bog‘lanishi va superspiralizatsiyasini izdan chiqaradi, DNK sintezini susaytiradi, bakteriyalarning sitoplazmasi, hujayra devori va membranalarida chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi.
Levoksimed quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar Branhamella (Moraxella) catarrhalis, Haemophilus influenzae, Neisseria gonorrhoeae, Pseudomonas aeruginosa;
Aerob grammusbat mikroorganizmlar Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes;
Boshqa mikroorganizmlar Chlamydia trachomatis ga nisbatan faoldir.
Farmakokinetikasi
Ko‘zga instillyatsiya qilinganidan so‘ng levofloksatsin ko‘z yoshi suyuqligida yaxshi saqlanib turadi.
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, preparat mahalliy qo‘llanganidan keyin 4 soat va 6 soat o‘tgach ko‘z yoshida aniqlangan levofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 17,0 mkg/ml va 6,6 mkg/ml ni tashkil etganligini ko‘rsatdi. Sinovdagilarning oltitasidan beshtasida levofloksatsin instillyatsiya qilinganidan so‘ng uning kontsentratsiyasi 2 mkg/ml va undan yuqori qiymatni tashkil etgan. Sinovdagilarning oltitasidan to‘rttasida ushbu kontsentratsiya instillyatsiyadan so‘ng 6 soatdan keyin ham saqlanib turgan.
Levofloksatsin ko‘z/quloq tomchilari 15 kun davomida qo‘llanganida 15 nafar katta yoshdagi sog‘lom ko‘ngillilarning qon plazmasida levofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasi aniqlangan. Preparat qo‘llanganidan keyin 1 soat o‘tgach plazmada levofloksatsinning o‘rtacha kontsentratsiyasi 1-sutkada 0,86 ng/ml dan 15-sutkaga kelib
2,05 ng/ml gacha bo‘lgan qiymatni tashkil qilgan. Plazmada levofloksatsinning 2,25 ng/ml ga teng bo‘lgan maksimal kontsentratsiyasi preparat har 2 soatda sutkada 8 martagacha 2 kun davomida qo‘llanganidan so‘ng 4-sutkaga kelib aniqlangan. Levofloksatsinning 15-kunga kelib erishilgan maksimal kontsentratsiyasi levofloksatsinning standart dozalari peroral qabul qilingandan so‘ng kuzatiladigan kontsentratsiyasidan 1000 marta kam bo‘lgan.
Qo‘llanilishi
Oftalmologiyada
• 1 yosh va undan oshgan patsiyentlarda levofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan, ko‘zning yuzaki bakterial infektsiyalarini davolash;
• bakterial kon'yunktivit;
• shox pardani yiringli yaralari;
• kattalarda ko‘zlarni gonoreyali va xlamidiyali kasalliklari;
• ko‘zlarda jarrohlik va lazer yordamida o‘tkazilgan operatsiyalaridan keyingi asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Otologiyada
• tashqi quloq otiti;
• o‘tkir va surunkali o‘rta quloq otiti;
• jarrohlik aralashuvlaridan oldin va keyin, quloq jarohatlarida, tashqi quloq yo‘lidan quloqning to‘qimalarini shikastlanishi bilan kechuvchi yod jismni olib tashlanganida kuzatiladigan infektsion otitlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Oftalmologiya
Kattalar hamda 1 yosh va undan oshgan bolalar birinchi 2 sutka davomida eritma bir/har ikkala shikastlangan ko‘zga 1-2 tomchidan har 2 soatda, sutkada 8 martagacha instillyatsiya qilinadi. 3-7 sutkalar davomida har 4 soatda (sutkada 4 martagacha) tomiziladi.
Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasi va klinik hamda bakteriologik zararlanishni rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘lib, odatda 5 sutkani tashkil etadi.
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan bir necha oftalmologik preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida instillyatsiyalar o‘rtasida 15-minutlik intervalga rioya qilish kerak.
Tomchilagich va eritmani mikroblar bilan zararlanishini oldini olish uchun tomchilagich uchligini har qanday yuzalar bilan kontaktda bo‘lishidan saqlanish kerak.
Otologiya
Tashqi quloq otitlarida
Kattalarga shikastlangan quloqqa 10 tomchidan kuniga 1 marta 7 kun davomida tomiziladi.
1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar shikastlangan quloqqa 5 tomchidan kuniga 1 marta 7 kun davomida tomiziladi.
Surunkali yiringli o‘rta quloq otitlarda (nog‘ora parda perforatsiyasi bo‘lganida)
12 yosh va undan oshgan patsiyentlar shikastlangan quloqqa 10 tomchidan kuniga 2 marta 14 kun davomida tomiziladi.
Infektsion otitlarni oldini olish uchun shikastlangan quloqqa 5 tomchidan kuniga 2 marta 10 kun davomida tomiziladi.
Levoksimed tomchilarini quloqqa tomizishdan oldin tashqi eshituv yo‘lini sanatsiya qilish kerak.
Eritma eshituv yo‘liga tomizilishi kerak. Patsiyent shikastlangan qulog‘ini yuqoriga qaratib yotishi va preparat tomizilgandan so‘ng shunday holatda kamida 5 minut davomida qolishi kerak. Preparat tomizilgandan so‘ng quloqning solinchagini pastga va orqaga tortib, tomchilarni eshituv yo‘liga tushishiga imkon berish kerak. Tashqi eshituv yo‘liga paxtali turunda qo‘yish mumkin.
Eritmani tomizishdan oldin flakonni 1-2 minut davomida qo‘lda ushlab ilitish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralari taxminan 10% patsiyentlarda kuzatilishi mumkin.
Nojo‘ya samaralari odatda yengil yoki o‘rtacha og‘irlik shaklida namoyon bo‘ladi, vaqtinchalik hisoblanadi, odatda ko‘z simptomlarini bilan cheklanadi.
Levoksimed konservant sifatida benzalkoniy xloridini saqlaydi. Bu konservant faol modda sifatida kontakt dermatit, ko‘zni ta'sirlanishi yoki ularni birga namoyon bo‘lishini chaqirishi mumkin.
Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlangan tez-tez (≥ 1/100 dan 1/10 gacha); kam hollarda (≥ 1/10000 dan 1/1000 gacha).
Ko‘rish a'zolari tomonidan tez-tez – ko‘zni achishishi, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, cho‘ziluvchan shilliqni paydo bo‘lishi; kam hollarda – blefarit, xemoz, so‘rg‘ichli kon'yunktival reaktsiya, qovoqlarni shishi, ko‘zda noxush hislar, ko‘zni qichishishi, ko‘zda og‘riq, kon'yunktivani giperemiyasi, kon'yunktivani follikulyozi, ko‘zlarni qurishi, qovoqlarni eritemasi, fotofobiya, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Klinik tadqiqotlar vaqtida aniqlangan boshqa nojo‘ya samaralar bosh og‘rig‘i va rinit bo‘lgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• levofloksatsinga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• xinolon qatori preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• homiladorlik;
• laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat mahalliy qo‘llanganidan so‘ng plazmada levofloksatsinning maksimal kontsentratsiyasi peroral qabul qilingandagiga nisbatan 1000 marta kam, shuning uchun boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sir qilish ehtimoli kam. Levoksimed ko‘z/quloq tomchilarini o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tizimli qo‘llash uchun mo‘ljallangan ftorxinolonlar hatto bir marta qo‘llanganidan keyin ham yaqqol ifodalangan allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Levofloksatsinga nisbatan allergik reaktsiya paydo bo‘lganida ko‘z/quloq tomchilarini qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Levofloksatsinni ko‘z/quloq tomchilari ko‘rinishida uzoq muddat qo‘llash chidamli mikroorganizmlar, shuningdek zamburug‘larni ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Kasallikning klinik manzarasi yomonlashganida yoki yaxshilanishi kuzatilmaganida dori preparatini bekor qilish va muqobil davolashga o‘tish kerak.
Levoksimed ko‘z/quloq tomchilari linzalarda to‘planishi va ko‘zga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan benzalkoniy xloridi konservantini saqlaydi. Preparatni qo‘llashdan oldin linzalarni olib tashlash va instillyatsiyadan so‘ng kamida 15 minutdan keyin qo‘yish kerak.
Bakterial kon'yunktivitning simptomlari bo‘lganida har qanday turdagi kontakt linzalardan foydalanish mumkin emas.
Ijobiy davolash samarasiga erishish uchun tomchilarni mikroblarga qarshi tizimli davolash bilan birga (engil holatlar bundan mustasno) qo‘llash kerak.
Eritma va tomchilagichni zararlanishdan saqlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Levoksimed ko‘z/quloq tomchilarini homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizish to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi
o‘rganilmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ko‘rish o‘tkirligini, preparat tomizilgan zahoti rivojlanadigan buzilishlari borligi tufayli, ko‘rish o‘tkirligi normal holatga qaytgunicha avtomobil hamda potentsial havfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni ko‘z/quloq tomchilar ko‘rinishida dozasini oshirib yuborilishi ehtimoli kam.
Dozani oshirib yuborilish simptomlari preparatning nojo‘ya samaralari bilan bir xil bo‘ladi. Levoksimed ko‘z/quloq tomchilarini ortiqcha dozasi mahalliy qo‘llanganidan so‘ng ko‘zlarni xona haroratidagi toza suv (vodoprovod) bilan yuvish kerak. Yaqqol ifodalangan nojo‘ya samaralari bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Shuningdek ichga ataylab yoki bexosdan qabul qilinganida, simptomlari nojo‘ya samaralari bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ko‘z/quloq tomchilarini bir flakonida saqlangan levofloksatsinning umumiy miqdori (25 mg), hatto ichga bexosdan qabul qilingandan keyin ham toksik reaktsiyalarni chaqirishi uchun juda kam.
Chiqarilish shakli
Ko‘z/quloq tomchilari 5 ml dan oq rangli buraladigan himoya qopqoqchasi bo‘lgan himoya halqasi bilan ta'minlangan polietilen flakon-tomchilagichda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparatni 28 kun davomida qo‘llash mumkin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin Oftalmiks Ilachlari Ltd. Shti.», Turkiya
“World Medicine Ophthalmics Ilaslari Ltd. Şti.”, Turkey
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K.1B Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K.1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«EvroFarmBiznes» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy ko‘ch. 1 uy.
Tel 212-18-41, 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.