Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Immunoglobulin cheloveka norm.eritma 1 doza 1,5 ml №10

'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Иммуноглобулин человека
Страна производитель
Россия
Производитель
Микроген НПО,ФГУП филиал г.УФА
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Ампулы
Ko'rsatmalar
Preparat sog‘lom donorlar qon plazmasidan 0oS dan past haroratda etil spirti yordamida fraktsiyalash usuli orqali ajratib olingan immunologik faol oqsil fraktsiyasining kontsentratsiyalangan eritmasidir. Immunoglobulin seriyasini tayyorlash uchun, V gepatiti virusining yuzaki antigeni (NBsAg), S gepatiti virusi va odam immuntanqisligi OITV-1 va OITV-2 viruslariga antitelalarning yo‘qligiga individual tekshirilgan kamida 1000 nafar sog‘lom donorlardan olingan plazma ishlatiladi.
Immunoglobulindagi oqsil kontsentratsiyasi 9,5 dan 10,5% gachani tashkil qiladi.
Eritmada glitsin stabilizatori (2,25 0,75)% kontsentratsiyada saqlanadi. Preparat konservant va antibiotiklarni saqlamaydi.
Tiniq yoki biroz tovlanuvchi, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik. Saqlash jarayonida, preparat (202)oC haroratda chayqatilganida yo‘qoladigan biroz cho‘kma paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
IMMUNOLOGIK XUSUSIYATLARI. Turli spetsifik antitelalar faolligiga ega bo‘lgan immunoglobulinlar asosiy ta'sir etuvchi moddasi bo‘lib hisoblanadi.
Qonda antitelalarning maksimal kontsentratsiyasiga 24-48 soatdan keyin erishiladi; antitelalarning organizmdan yarim chiqarilish davri 3-4 haftani tashkil qiladi. Preparat shuningdek organizmning chidamliligini oshirib, nospetsifik faollikka ega.
BUYuRILIShI. A gepatiti, qizamiq, ko‘k yo‘tal, meningokokkli infektsiyalar, poliomiyelit, grippni oldini olish; gipo- va agammaglobulinemiyani davolash; infektsion kasalliklarni rekonvalestsentsiyasi davrida organizmning chidamliligini oshirishda qo‘llanadi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI. Immunoglobulin mushak ichiga dumba mushagining yuqori tashqi kvadranti yoki sonning tashqi yuzasiga yuboriladi. Preparatni vena ichiga yuborish ta'qiqlanadi. In'ektsiya qilishdan oldin ampuladagi preparat xona haroratida 2 soat davomida saqlab turiladi. Ampulani ochish va yuborish muolajasi aseptika va antiseptika qoidalariga qa'tiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Ko‘pik hosil bo‘lishidan saqlanish uchun preparat teshigi keng ignali shpritsga olinadi.
Ochilgan ampuladagi preparat saqlashga yaroqli emas. Butunligi va yorlig‘i buzilgan ampuladagi preparat, fizik xususiyatlari o‘zgarganida (rangini o‘zgarishi, eritmani loyqalanishi, parchalanmaydigan qoldiqlarni borligi), yaroqlilik muddati o‘tganida va saqlash sharoitiga rioya qilinmaganda qo‘llash uchun yaroqsizdir.
Immunoglobulinning dozasi va uni yuborishlar soni qo‘llashga bo‘lgan ko‘rsatmalariga bog‘liq.
A GEPATITINI PROFILAKTIKASI. Preparat quyidagi dozalarda bir marta yuboriladi 1 yoshdan 6 yoshgacha bolalarga – 0,75 ml; 7-10 yoshgacha – 1,5 ml; 10 yoshdan katta bolalar va kattalarga- 3 ml yuboriladi.
A gepatitini profilaktikasi zarurati bo‘lgan hollarda immunoglobulinni takroran, kamida 2 oy o‘tgach yuborish ko‘rsatilgan.
QIZAMIQNI PROFILAKTIKASI. Preparat 3 oylikdan boshlab, qizamiq bilan og‘rimagan va ushbu infektsiyaga qarshi emlanmaganlarga, bemor bilan kontaktidan eng kechi bilan 6 kun muddatda bir marta yuboriladi. Bolalarga preparatning dozasi (1,5 ml yoki 3 ml) sog‘lig‘ini holatiga va kontaktdan keyingi o‘tgan vaqtiga ko‘ra belgilanadi. Kattalar, shuningdek bolalargi aralash infektsiyalar bilan kontakt bo‘lgan hollarda preparat 3 ml dozada yuboriladi.
GRIPPNI DAVOLASh VA PROFILAKTIKASI. Preparat quyidagi dozalarda bir marta yuboriladi 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1,5 ml; 2 yoshdan 7 yoshgacha – 3 ml; 7 yoshdan oshgan bolalarga va kattalarga – 4,5–6 ml yuboriladi. Grippning og‘ir shakllarini davolashda immunoglobulinni xuddi shu dozalarda takror (24-48 soatdan keyin) yuborish ko‘rsatilgan.
KO‘KYO‘TALNI PROFILAKTIKASI. Preparat ikki marta 24 soat oralig‘ida bir martalik 3 ml dozada, ko‘kyo‘tal bilan og‘rimagan va ko‘kyo‘talga qarshi emlanmagan (to‘liq emlanmagan) bolalarga bemor bilan kontaktdan keyingi iloji boricha erta muddatlarda, ammo 3 sutkadan kechiktirilmasdan yuboriladi.
MENINGOKOKK INFEKTSIYaSINI PROFILAKTIKASI. Preparat bir marta 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga meningokokk infektsiyasining yoyilgan shakli bo‘lgan bemor bilan kontaktidan 7 sutkadan kech bo‘lmagan muddatda 1,5 ml (3 yoshgacha bo‘lgan bolalar) va 3 ml (3 yoshdan katta bolalar) dozalarda yuboriladi.
POLIOMIELITNI PROFILAKTIKASI. Preparat bir marta 3-6 ml dozalarda poliomiyelit vaktsinasi bilan emlanmagan yoki to‘liq emlanmagan bolalarga, poliomiyelit bilan og‘rigan bemorlar bilan kontaktidan keyin iloji boricha erta muddatlarda yuboriladi.
BOLALARDA GIPO- VA AGAMMAGLOBULINEMIYaNI DAVOLASh. Preparat tana vaznining 1 kg ga 1 ml dozada yuboriladi hisoblangan dozani 2-3 qabulda 24 soat oralig‘ida yuborish mumkin. Immunoglobulinni keyinchalik ko‘rsatmalar bo‘yicha kamida 1 oydan keyin yuboriladi.
UZOQ DAVOM ETUVChI O‘TKIR INFEKTSION KASALLIKLARINI REKONVALESTSENTSIYa DAVRIDA VA UZOQ DAVOM ETUVChI SURUNKALI PNEVMONIYaLARDA ORGANIZMNI CHIDAMLILIGINI OShIRISh.
Preparat 1 kg tana vazniga bir martalik 0,15-0,2 ml dozada yuboriladi. Yuborishlar sonini (4 in'ektsiyagacha) davolovchi shifokor belgilaydi, in'ektsiyalar orasidagi interval 2-3 kunni tashkil qiladi.
NOJO‘YA TA'SIRLARI. Immunoglobulinni yuborishga reaktsiyalar odatda yo‘q. Kam hollarda giperemiya va preparatni yuborgandan keyingi birinchi soat davomida haroratni 37,5oS gacha oshishi ko‘rinishidagi mahalliy reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Ayrim reaktivligi o‘zgargan odamlarda har-xil turdagi allergik reaktsiyalar, juda kam hollarda esa – anafilaktik shok rivojlanishi mumkin, shu sababli preparat yuborilgan shaxslar, uni yuborilgandan keyin 30 minut davomida tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Emlashlar o‘tkaziladigan joy shokka qarshi davolash vositalari bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.
BOShQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TASIRI. Aniqlanmagan.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR. Immunoglobulinni anamnezida odam qoni preparatlarini yuborishga og‘ir allergik reaktsiyalari bo‘lgan shaxslarda qo‘llash mumkin emas.
Allergik kasalliklar bilan og‘rigan yoki anamnezida og‘ir allergik reaktsiyalari bo‘lgan shaxslarga immunoglobulinni yuborish kunida va keyingi 3 kun davomida antigistamin preparatlarini buyurish tavsiya qilinadi.
Tizimli immunopatologik kasalliklar (qon, biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, nefrit va shunga o‘xshashlar) bilan og‘rigan shaxslarga immunoglobulinni muvofiq davolash fonida yuborish lozim.
Immunoglobulin faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. Immunoglobulinni yuborish o‘rnatilgan hisobga olish shaklida, seriya nomeri, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqaruvchi korxona, yuborish sanalari, dozasi, preparatni yuborishga bo‘lgan reaktsiya xarakterini ko‘rsatilgan holda qayd qilinadi.
IMMUNOGLOBULINNI YuBORISh VA PROFILAKTIK EMLAShLAR. Immunoglobulinni yuborgandan keyin qizamiqqa va epidemik parotitga qarshi emlashlarni kamida 3 oy o‘tgandan keyin o‘tkazish kerak. Bu infektsiyalarga qarshi vaktsinatsiyadan keyin, kamida 2 hafta o‘tgach immunoglobulinni yuborish kerak; Immunoglobulinni bu muddatdan ertaroq qo‘llash zarurati tug‘ilganida, qizamiq yoki epidemik parotitga qarshi vaktsinatsiyani takror o‘tkazish kerak. Boshqa infektsiyalarga qarshi emlashlarni immunoglobulinni yuborishdan oldin yoki keyin istalgan muddatlarda o‘tkazish mumkin.
ChIQARILISh ShAKLI. Ampulalarda 1,5 ml (1 doza) dan. 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, ampula pichoqchasi yoki ampula skarifikatori bilan birga karton qutida. Sindirish xalqasi yoki ochish nuqtasi bo‘lgan ampulalarga o‘ramda ampula pichoqchasi yoki ampula skarifikatori qo‘yilmaydi
BERISH TARTIBI. Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
YAROQLILIK MUDDATI. SAQLASH SHAROITI VA TASHISH.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagan preparat qo‘llashga yaroqsiz.
Tashilishi SP 3.3.2.1248-03 ga muvofiq 2 dan 8°S gacha haroratda amalga oshiriladi. Muzlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saqlash SP 3.3.2.1248-03 ga muvofiq 2 dan 8° S gacha haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda. Muzlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ishlab chiqaruvchi
korxona/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
Ishlab chiqaruvchi
korxona «NPO «Mikrogen» FDUK.
Rossiya, 115088, Moskva sh., 1-Dubrovskaya ko‘ch., 15 uy,
tel. (495) 7103787, faks (495) 7838804, yemail secretariat@microgen.ru;
Ishlab chiqarish manzili
Rossiya, 603950, Nijegorodskaya viloyati, Nijniy Novgorod sh., Gruzinskaya ko‘ch., 44 uy,
tel. (831) 434-42-77;
Rossiya, 614089, Perm o‘lkasi, Perm sh., Bratskaya ko‘ch., 177 uy, tel. (342) 281-94-96;
Rossiya, 634040, Tomsk viloyati, Tomsk sh., Ivanovskiy ko‘ch., 8 uy, tel. (3822) 63-37-34;
Rossiya, 450014, Boshqirdiston Respublikasi, Ufa sh., Novorossiyskaya ko‘ch., 105 uy,
tel. (347) 229-92-01.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.