Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Galavit mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun. 100 mg №5
Galavit mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun. 100 mg №5
Nomi | Narx | |||||
Галавит пор.д/приг р-ра для в/м введ.100мг №5 (030422##1543) |
UZS 252 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Галавит пор.д/приг р-ра для в/м введ.100мг №5 (040323##1895) |
UZS 252 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминодигидрофталазиндион натрия
Страна производитель
Россия
Производитель
Сэлвим
Форма выпуска
Ампулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Galavit®
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) aminodigidroftalazindion natriy
Dori shakli
mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Tarkibi
Farmatsevtik substantsiya aminodigidroftalazindion natriy (Galavit®) - 50 mg, 100 mg.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kristall kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'sir mexanizmi fagotsitar xujaylarning (monotsitlar/makrofaglar, neytrofillar, tabiiy killerlar) funktsional-metabolik faolligiga ta'sir qilish xususiyati bilan bog‘liq. Bundan tashqari, Galavit antitelalarning xosil bo‘lishini normallashtiradi, endogen interferonlarni (IFN-ά, IFN-γ) ishlab chiqarilishini bilvosita rag‘batlantiradi.
Yallig‘lanish kasalliklarida preparat yallig‘lanish reaktsiyalarining darajasini, ularning siklikligini, shuningdek intoksikatsiyaning yaqqolligini belgilovchi o‘ta yuqori faollashgan makrofaglar tomonidan o‘smalar nekrozi omili-ά, interleykin-1, interleykin-6 va boshqa yallig‘lanishga qarshi sitokinlar, kislorodning faol shakllarining ortiqcha sintezini 6-8 soatga qaytaruvchan ingibirlaydi, ularning miqdori yallig‘lanish reaktsiyalarning darajasi, ularning siklikligi, shuningdek intoksikatsiyaning yaqqolligi va oksidant stressning darajasini belgilaydi. Makrofaglarning funktsional holatini normallashishi makrofaglarning antigenligini ifodalovchi va boshqaruvchi faoliyatini tiklanishiga va autoagressiya darajasini kamayishiga olib keladi. Fagotsitozni kuchaytirib va infektsion kasalliklarga organizmning nospetsifik rezistentligini oshirib, neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Mushak ichiga in'ektsiyadan keyin yarim chiqarilish davri 30-40 minutni tashkil qiladi. Asosiy farmakologik xususiyatlari 72 soat davomida kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda va 12 yoshdan boshlab bolalarda immuntanqisligi holatlarni majmuaviy davolashda immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida
-me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi;
-virusli gepatitlar;
-gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklar;
-odam papilloma virusi chaqirgan kasalliklar;
-infektsion-yallig‘lanishli urogenital kasalliklar (xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretrit, xlamidiyali prostatit, o‘tkir va surunkali salpingooforit, endometrit);
-kichik chanoq a'zolarining yiringli-yallig‘lanish kasalliklari;
-bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi;
-reproduktiv yoshdagi ayollarda operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlar;
-operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar va ularni oldini olish (shu jumladan onkologik bemorlarda);
-surunkali qaytalanuvchi furunkulyoz, saramas;
-astenik holatlar, nevrotik va somatoform buzilishlar, jismoniy ishlash qobiliyatini pasayishi (shu jumladan sportchilarda), alkogolga va narkotik qaramlikdagi ruxiy, xulqiy va postabstinent buzilishlar;
-markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanish va infektsion-allergik kasalliklari;
-nerv tizimining degenerativ kasalliklari;
-og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklari, paradont kasalliklari.
Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarda monoterapiyada
-me'da-ichak yo‘llarining intoksikatsiya va/yoki diareya bilan birga kechuvchi o‘tkir va surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklari;
-surunkali urogenital infektsiyalar, shu jumladan qaytalanishlar orasidagi davrda klinik remissiyani tutib turish maqsadida immunoreabilitatsion tadbirlarni o‘tkazishda.
6 yoshdan oshgan bolalarda immuntanqisligi holatlarni majmuaviy davolashda immunomodulyator va yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida
-yiringli xirurgik kasallliklar (kuyishli shikastlanishlar, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit);
-Nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklari (tez-tez O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzillit, surunkali otit, surunkali adenoidit).
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin preparat 2 ml in'ektsiya uchun suv yoki 0,9% li natriy xloridining eritmasida eritiladi. Qo‘llash usuli, dozalari va qo‘llash davomiyligi tashxis, kasallikning og‘irligi, bemorning yoshiga qarab shifokor tomonidan tanlanadi.
-Me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligining o‘tkir davrida 2 kun 200 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan 72 soatlik interval bilan qo‘llanadi. Kurs 15-25 in'ektsiya. Surunkali davrida – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 20 in'ektsiya.
-Virusli gepatitlarda boshlang‘ich doza 200 mg ni tashkil qiladi bir marta qo‘llanadi, so‘ngra 100 mg dan kuniga 2 marta intoksikatsiya va yallig‘lanish simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llanadi. Keyinchalik kurs 100 mg dan 72 soat interval bilan davom ettiriladi. Kurs 20-25 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Gerpes virusi chaqirgan surunkali qaytalanuvchi kasalliklarda 100 mg dan har kuni 5 in'ektsiya, so‘ngra 100 mg dan kunora 15 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Papilloma virusi chaqirgan kasalliklarda 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora 15 in'ektsiya. Kurs – 20 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Urogenital kasalliklarda – xlamidiya va trixomonada etiologiyali uretrit, xlamidiyali prostatitda birinchi kuni 100 mg dan 2 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora. Kurs 10-15 in'ektsiya (patologik jarayonning og‘irligiga qarab) qo‘llanadi.
-Salpingooforitda, endometritda o‘tkir davrida 2 kun 200 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan 72 soatlik interval bilan, qo‘llashning davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq. Xammasi bo‘lib kursga 20 in'ektsiya qo‘llanadi. Surunkali davrida – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 20 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Kichik chanoq a'zolarining o‘tkir va surunkali yiringli kasalliklarida o‘tkir davrida – birinchi kuni 200 mg dan bir marta, 3 kun 100 mg dan har kuni, so‘ngra 100 mg dan kunora 5 in'ektsiya qo‘llanadi. Kurs 10 in'ektsiya. Surunkali davrida – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 20 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Bachadon miomasi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasi uchun va reproduktiv yoshdagi ayollardagi operatsiyadan keyingi davrdagi asoratlarda 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora qo‘llanadi. Kurs 15 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Operatsiyadan oldingi va keyingi davrdagi xirurgik asoratlarni oldini olish va davolash uchun (shu jumladan onkologik bemorlarda) 100 mg dan kuniga 1 marta 5 in'ektsiya operatsiyagacha, operatsiyadan keyin 100 mg dan kunora 5 in'ektsiya va 5 in'ektsiya 100 mg dan 72 soatlik interval bilan buyuriladi. Kasallikning og‘ir kechishida boshlang‘ich doza 200 mg bir marta yoki 100 mg dan kuniga 2 marta. Kurs – 20 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Surunkali qaytalanuvchi furunkulyozda, saramasda – 5 kun 100 mg dan kuniga 1 marta, so‘ngra 100 mg dan kunora qo‘llanadi. Kurs – 20 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Astenik holatlarda, nevrotik va somatoform buzilishlarda, sarosimalik, xulqiy va postabstinent buzilishlarda, alkogolli va narkotik qaramlik bo‘lgan bemorlarda 5 kun 100 mg dan har kuni, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda. Kurs 15-20 in'ektsiya. Jismoniy ish qobiyatini oshirish uchun 100 mg dan kunora – 5 in'ektsiya, so‘ngra 100 mg dan har 72 soatda, kurs 20 in'ektsiyagacha qo‘llanadi.
-Markaziy va periferik nerv tizimining yallig‘lanishli va infektsion-allergik kasalliklarida 5 kun 100 mg dan xar kuni, so‘ngra 100 mg dan xar 72 soatda. Kurs 15-20 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Nerv tizimining degenerativ kasalliklarida boshlang‘ich doza 100 mg 5 kun xar kuni, so‘ngra 100 mg dan xar 72 soatda. Kurs 15 in'ektsiya qo‘llanadi.
-Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq shilliq qavatining yallig‘lanish kasalliklarida, parodontning kasalliklarida boshlang‘ich doza 100 mg dan har kuni 5 in'ektsiya, so‘ngra 100 mg dan 72 soatlik interval bilan. Kurs – 15 in'ektsiya qo‘llanadi.
Kattalar va 12 yoshdan boshlab bolalarda
-me'da-ichak yo‘llarining intoksikatsiya va/yoki diareya bilan birga kechuvchi o‘tkir va surunkali infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida 200 mg bir marta, so‘ngra intoksikatsiya simptomlari yo‘qotilgunicha 100 mg dan kuniga 2 marta. Keyinchalik kursni 100 mg dan 72 soatlik interval bilan davom ettirish mumkin. Kurs 20-25 in'ektsiya qo‘llanadi.
-surunkali urogenital infektsiyalar, shu jumladan qaytalanishlar orasidagi davrda klinik remissiyani tutib turish maqsadidagi immunoreabilitatsion tadbirlarni o‘tkazishda 100 mg dan kunora 10 in'ektsiya kursi bilan qo‘llanadi.
6 yoshdan oshgan bolalarda
-Yiringli xirurgik kasalliklarda (kuyishli shikastlanishlar, surunkali osteomiyelit, omentit bilan gangrenoz appenditsit, peritonit, yiringli plevrit) 6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarga 50 mg bir in'ektsiyadan har kuni – 5 in'ektsiya, so‘ngra 50 mg bir in'ektsiyadan kunora 10-15 kun davomida. Kurs 10-15 in'ektsiya; 12-18 yoshli bolalarga – davolash shu sxema bo‘yicha 100 mg dan mushak ichiga in'ektsiya ko‘rinishida o‘tkaziladi. Bog‘lovlarda galavitni in'ektsiya uchun suvdagi 1% li eritmasida xo‘llangan steril salfetkalar bilan bog‘lov ko‘rinishida galavitni sirtga qo‘llash yaxshiroq (qorishmalar bilan bog‘lovlar yoki suvda eruvchi surtmalar bilan bog‘lovlar)..
-Nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining Bakterial va virusli etiologiyali tez-tez qaytalanuvchi kasalliklarida (tez-tez O‘RVI, bronxit, pnevmoniya, surunkali tonzilit, surunkali otit, surunkali adenoit) 6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarga 50 mg bir in'ektsiyadan har kuni 5 kun davomida, so‘ngra 50 mg dan bir marta kunora 10-15 kun davomida. Kurs 10-15 in'ektsiya. 12-18 yoshli bolalarga – davolash shu sxema bo‘yicha 100 mg dan mushak ichiga in'ektsiya ko‘rinishida.
Qo‘llashdagi extiyotkorlik choralari
Aloxida choralar mavjud emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy o‘zlashtira olmaslik; homiladorlik va laktatsiya, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida antibiotiklarning kursli dozalarini pasaytirish mumkin. Boshqa dori preparatlari bilan nomutanosiblik xollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori preparatini xomilador ayollar, emizikli davridagi ayollar, surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalar, kattalarda tibbiy qo‘llashni mumkinligi va o‘ziga xosligiga ko‘rsatma
Preparat xomilador ayollar, emizikli ayollar, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Tibbiy qo‘llash uchun dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta'siri xaqida ma'lumotlar
Ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish xollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 50 mg yoki 100 mg dan 50 ml yoki 100 ml sig‘imli flakonlarda, 3 yoki 5 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
+15oS dan +25°S gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Dori preparatini ishlab chiqaruvchisining nomi, manzili va dori preparatini ishlab chiqarilish manzili
Ishlab chiqaruvchi
“Selvim “ MChJ, manzil 123290, Rossiya, Moskva sh. tupik Magistralniy 1-nchi, uy 5A, xona 91. Tel/faks (499) 951-30-11, 271-92-29
Ishlab chiqarish joyining manzili
308013, Belgorod sh., Rabochaya ko‘ch., 14.
E'tirozlar quyidagi manzilga jo‘natilsin
123290, Rossiya, Moskva sh. tupik Magistralniy 1-nchi, uy 5A, xona 91.
Tel/faks (499) 951-30-11, 271-92-29
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.