Immunokind tabletkalar gomeopatik №150
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
40 мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Германия
Yoʻriqnoma: Immunokind tabletkalar gomeopatik №150
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
ImmunokindDori shakli
tabletkalarTarkibi
1 tabletka (100 mg) quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: 20 mg Calcium carbonicum Hahnemanni trit. D6, 20 mg Calcium fluoratum trit. D6, 20 mg Calcium phosphoricum trit. D6, 20 mg Sulfur jodatum trit. D12 (faol moddadar laktoza saqlaydi). yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, talьk, magniy stearati.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq, ikki tomoni yassi, chetlari kesilgan tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
gomeopatik vositalar.Farmakologik xususiyatlari
Gomeopatik davolash usuli kasallikni tushunish ma'nosida va dori substantsiyalarini qo‘llanishida an'anaviy tibbiyotdan ahamiyatli farq qiladi. Gomeopatik vositalar organizmning shaxsiy himoya kuchlarini rag‘barlantiradi, hamda o‘zini-o‘zi davolash qobiliyatini faollashtiradi. Gomeopatik vositalarga organizmning javobi yuqori shaxsiy. Shu sabablarga ko‘ra doza-spetsifik samarani, shuningdeka farmakodinamik va farmakokinetik ma'lumotlarni aniqlashning imkoniyati yo‘q.Qo‘llanilishi
Kichik yoshdagi va emizikli bolalardagi yuqori nafas yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklarga qarshiligini oshirish uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan kuniga 3 marta.Immunokindni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Tabletkalarni og‘izda asta-sekin erishiga yo‘l qo‘yib, ovqatlanishdan yarim soat oldin yoki yarim soat keyin qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida tabletkalarni ozgina miqdordagi suv bilan eritish mumkin.
Preparatni o‘tkazib yuborilgan qabulini o‘rnini bosish uchun ikki barobar dozani berish tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Hozirgi vaqtgacha noma'lum. Agar Siz farzandingizda preparatni qabul qilganidan keyin nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan deb o‘ylasangiz, shifokoringizga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha noma'lum. Agar farzandingiz boshqa dori vositalarini qabul qilgan yoki qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gomeopatik dori vositalari qo‘llanganida kasallikning belgilari vaqtinchalik birlamchi yomonlashishi mumkin. Bunday hollarda Immunokindni qabul qilishni bekor qilish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.Immunokind preparati bilan davolashni boshlashdan oldin ota-onalarga, agar ularning farzandlarida qalqonsimon bezining kasalligi bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.
Agar Siz farzandingiz yetarlicha Immunokindga javob bermayotganini sezsangiz, yoki unda kutilmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos shifokorga murojaat qiling. Shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan preparatni uzoq muddat davolash uchun qo‘llamang.
Preparat laktoza (sut qandi) saqlaydi. Agar shifokoringiz Sizga farzandingizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligingiz haqida aytgan bo‘lsa, u bilan dori vositasini qo‘llashgacha maslahatlashing.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi.
Xozirgi vaqtgacha noma'lum.
Chiqarilish shakli
150 tabletkadan shisha flakonlarda, 1 flakondan karton qutida.Saqlash sharoiti
Alohida sharoit talab qilmaydi.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili va ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining egasi
Doyche Xomeopati – Union DXU – Artsnaymittelь GmbX & Ko. KG
Ottoshtrasse 24, 76227 Karlsrue, Germaniya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
O‘zbekiston, 100041, Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, Navnixol ko‘ch. 86
Tel.: +99871 230 91 93.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.