Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Viferon sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma 40000 XB / 12 g
Viferon sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma 40000 XB / 12 g
Nomi | Narx | |||||
ВИФЕРОН мазь д/нар-го и мест-го прим-ия 40000МЕ/г 12г (038S##1946) |
UZS 49 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Интерферон альфа-2 человеческий рекомбинантный
Страна производитель
Россия
Дозировка
40000 МЕ
Производитель
ООО «ФЕРОН», Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
VIFERON®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) interferon alfa-2b
Dori shakli
sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda odam rekombinant alfa-2 interferoni 40 000 XB;
yordamchi moddalar 0,02 g alfa-tokoferol atsetati, 0,34 g suvsiz lanolin, 0,45 g tibbiy vazelin, 0,12 g shaftoli moyi, 1 g gacha tozalangan suv.
Ta'rifi oq-sariqdan sariq ranggacha o‘ziga xos lanolin hidli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita (tsitokinlar).
ATX kodi L03AB04
Farmakologik xususiyatlari
Immunomodulyatsiya qiluvchi va viruslarga qarshi preparat. Odam rekombinant alfa-2 interferoni yaqqol viruslarga qarshi, antiproliferativ va immunomodulyatsiya qiluvchi xususiyatga ega. Preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar (antioksidant alfa-tokoferol atsetati) mavjudligida odam rekombinant alfa-2 interferonining viruslarga karshi spetsifik faolligi oshadi, uning immunomodulyatsiya qiluvchi ta'siri kuchayadi (jarohatlangan o‘choqda neytrofillarning fagotsitar funktsiyasini rag‘batlantirilishi).
Sirtga va mahalliy qo‘llanganida interferonning tizimli so‘rilishi past.
Qo‘llanilishi
Turli lokalizatsiyali teri va shilliq qavatlarning gerpetik infektsiyalarini (Herpes simplex 1 va 2 tip) davolash uchun qo‘llanadi.
1 yoshdan boshlab bolalarda gripp va boshqa O‘RVI ni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Gerpetik infektsiyada surtma shikastlanish o‘chog‘iga yupqa qavat qilib sutkada 3- 4 marta surtiladi, davolash davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Teri va shilliq qavatlarini shikastlanishining birinchi belgilari paydo bo‘lganda (qichishish, achishish, qizarish) darhol davolashni boshlash tavsiya qilinadi. Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrida yoki kasallikni qaytalanishining belgilari paydo bo‘lishini eng boshida boshlagan ma'qul.
Gripp va boshqa O‘RVI ni davolash uchun kasallikning butun davrida surtma burun yo‘llarining shilliq qavatiga yupqa qavat qilib sutkada 3-4 marta surtiladi Bolalarga 1 yoshdan 2 yoshgacha 2500 XB (diametri 0,5 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 3 marta, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2500 XB (diametri 0,5 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 4 marta, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5000 XB (diametri 1 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 4 marta. Davolash davomiyligi 5 kunni tashkil qiladi.
Ochilgan alyumin tuba 1 oy sovutgichda saqlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘pchilik hollarda VIFERON® preparati, sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma yaxshi o‘zlashtiriladi. Burun shilliq qavatiga surtilganida nojo‘ya samaralari (rinoreya, aksirish, burun shilliq qavatini achishishi) kuchsiz va o‘tkinchi xarakterga ega va preparat bekor qilingandan keyin mustaqil o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlarini individual o‘zlashtiraolmaslik.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
VIFERON® preparati, sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma O‘RVI, shu jumladan gripp, teri va shilliq qavatlarning virusli shikastlanishlarini (gerpetik) davolash uchun qo‘llanadigan barcha dori preparatlari bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Sirtga va mahalliy qo‘llanilganda interferonni tizimli so‘rilishi pastligi va preparat faqat shikastlanish o‘chog‘iga ta'sir ko‘rsatishi tufayli, VIFERON® surtmasi preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'siri
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma 40000 XB/g. 12g dan alyumin tubada.
1 tuba davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
2°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«FERON» MChJ, Rossiya. 123098, Moskva sh., Gamalei ko‘ch., 18 uy.
Telefon/faks (499) 193-30-60
Proizvoditel/organizatsiya, prinimayush’aya pretenzii (predlojeniya) po kachestvu lekarstvennogo sredstva na territorii Respubliki Uzbekistan.
OOO «FERON», Respublika Uzbekistan,
g. Tashkent, 100077, Mirzo-Ulugbekskiy rayon, ul. Buyuk Ipak Yuli, 154/4.
tel. (+99897)776-45-67;
Elektronnaya pochta aybek_tairov@mail.ru.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.