Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
LORDE HYAL ingalyatsion va intranazal yuborish uchun steril eritma 4 ml №10
LORDE HYAL ingalyatsion va intranazal yuborish uchun steril eritma 4 ml №10
Nomi | Narx | |||||
Лорде гиаль р-р стерильный для ингаляционного и интраназального введения 4 мл №10 (6123##2 074) |
UZS 69 600
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Украина
Производитель
ЮРИЯ ФАРМ ООО
Форма выпуска
Раствор для ингаляций
Ko'rsatmalar
Tarkibi
1 ml (ml) eritma saqlaydi natriy xloridi30,0 mg (mg); natriy gialuronati1,0 mg (mg).
O‘ram tarkibi
4 ml (ml) dan polimer konteynerlarda, 10 konteynerdan karton qutida.
Ta'rifi
LORDE HYALingalyatsion va intranazal yuborish uchun steril eritma, u osmotik samarasi tufayli nafas olish a'zolarining yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda yuqori va kuyi nafas yo‘llarining shilliq qavati sekretini suyultirish va chiqarilishini yaxshilash yo‘li bilan nafas olishni yengillashtiradi.
Maxsus tavsiya
LORDE HYALnafas yo‘llarining shilliq qavati shishishini kamaytirish, sekretsiyani suyultirish va nafas olishni osonlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanilishi
Laringitlar, traxeitlar, bronxitlar, bronxiolitlarlar, mukovistsidoz, bronxoektatik kasallik va o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalliklari. Shuningdek burun-halqum, burun bo‘shlig‘i va yondosh bo‘shliklariningo‘tkir va surunkali kasalliklarida, bolalarda adenoidlar gipertrofiyasida, yil bo‘yi va mavsumiy allergik rinitda, qo‘llaniladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tibbiy buyum komponentlarigayuqori individual sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Maqsadli guruh (populyatsiya)
Nafas olish yo‘llarining shilliq qavatining shishishini kamaytirish, sekretsiyani suyultirish va nafas olishni osonlashtirish kerak bo‘lgan shaxslar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ingalyator yordamida qo‘llash.
Jarayonni bajarishdan oldin, ingalyatorni ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘qib chiqing. Siz foydalanayotgan ingalyator modeli uchun foydalanish ko‘rsatmalariga amal qiling.
Eritma ingalyatsiyasini yuzga maxsus niqobni, lab orti moslamasini, lab orti moslamasi-so‘rg‘ichni yoki nazal kanyulyani qo‘llab nebulayzer yordamida o‘tkazish mumkin.
Bolalarda qo‘llanilishi (tug‘ilishidan boshlab) 1 ml (ml) dan 4 ml (ml) gacha eritma qo‘llaniladi. Dozasi, davomiyligi va qo‘llash tez-tezligi shifokor tomonidan belgilanadi.
Kattalarda qo‘llanilishi kuniga 2 marta bir konteynerdan foydalaniladi. Zarurat bo‘lganida foydalanish tez-tezligi kuniga 4 martagacha oshirilishi mumkin.
• Nebulayzerni foydalanishga tayyorlab qo‘ying.
• Polimer paketni oching va u yerdan bir dozalik konteynerni chiqaring. Konteyner shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling. Agar bunga zarurat bo‘lmasa, konteynerni paketdan chiqarmang.
• Chiqarilgan konteynerni silkiting. Boshqa konteynerlarni polimer paketda qoldiring va ularni karton qutiga joylashtiring.
• Konteynerni yuqori chetidan ushlab, uni ochish uchun boshqa chetini burang.
• Konteynerni ochilgan chetini pastga qaratib nebulayzerga qo‘ying va sekin bosing. Hamma eritma nebulayzerga oqib tushganiga ishonch hosil qiling.
• Nebulayzerni yig‘ing va maqsadga muvofiq foydalaning.
• Foydalangandan keyin nebulayzerni yuvib tashlang, eritma qoldiqlarini utilizatsiya qiling.
Intranazal yuborilishi
Bir yoshgacha bolalargaburunning har bir yo‘liga 12 tomchidan kuniga 23 marta; kattalar va 1 yoshdan oshgan bolalargaburunning har bir yo‘liga 13 tomchidan kuniga 34 marta.
Kattalar. Muolajadan oldin qo‘llarni sovun bilan yuvish kerak va burun yo‘llarini sekretdan burun orqali keskin nafas chiqarish orqali tozalab tashlash kerak. Eritmani oqib ketishini oldini olish uchun yotish yoki o‘tirish va boshni orqaga tashlab, keyin eritmani tomizish kerak. Tomizilganidan keyin bosh orqaga tashlangan holda 2 minut davomida yotish tavsiya etiladi.
Bolalar. Muolajani boshlashdan oldin qo‘llar sovun bilan yuvilishi va bolaning burun yo‘llari ehtiyotkorlik bilan shilimshiqdan bo‘shatilishi kerak. Burun shilimshiqdan bo‘shatilganidan keyin eritma burunning harbiryo‘liga tomizdiriladi. Eritma burunning o‘ng teshigiga tomizdirilganida bolaning boshi ozgina orqaga tashlanishi va chapga egilishi kerak, va aksincha, eritma burunning chap teshigiga tomizdirilganida bolaning boshi o‘ng tomonga egilishi kerak.Tomizilganidan keyin bolani o‘tqizib, unga burun yo‘llarini suyultirilgan shilimshiqdan tozalashga yordam berish kerak.
Nojo‘ya reaktsiyalari
Eritma komponentlarini individual o‘zlashtirolmaydigan shaxslarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Kam hollarda burun shilliq qavatining giperemiyasi, yo‘tal yoki bronxospazm paydo bo‘lishi mumkin.
Har qanday nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan holatda tibbiy buyumdan foydalanishni darhol to‘xtatish va shifokorga va ishlab chiqaruvchiga xabar berish lozim.
Cheklovlar, ehtiyotkorlik choralari
Eritma faqat ingalyatsion yoki intranazal yuborish yo‘li orqali foydalanishga mo‘ljallangan.
Eritmadan birinchi bor foydalanish shifokor yoki malakali xodimlar nazorati ostida o‘tishi kerak. Bolalar tomonidan foydalanishi kattalar nazorati ostida o‘tishi kerak!
Tibbiy buyumdan foydalanishdan oldin o‘ram butunligini va yaroqlilik muddatini tekshiring. Birlamchi o‘ram shikastlanganda yoki agar yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa buyumdan foydalanmang.
Boshqa eritmalar yoki dori vositalari bilan aralashtirmang!
Buyum faqat bir marotaba qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Takroran foydalanmang.
Tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha mahalliy talablarga muvofiq utilizatsiya qilinsin.
Saqlash sharoiti
+ 5°S dan+ 30°S gacha bo‘lgan haroratda quyosh nurlaridan himoya qilingan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
shikastlanmagan o‘ramda saqlash sharoitiga rioya qilinganida amal qilinadi.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Yuriya-farm» MChJ, Ukraina, 03038, Kiyev sh., N. Amosov ko‘ch., 10
Tel. +38 (044) 275-92-42; +38 (044) 275-01-08
E-mail uf@uf.ua
www.uf.ua
Ishlab chiqarish manzili Ukraina, 18030, Cherkassы sh., Kobzarskaya ko‘ch., 108
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.