Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Блог
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari
    Ko’z tomchilari
    Glaukoma uchun tomchilar
    Rimosopt ko‘z tomchilari 5ml №1
    ce6a436f382612c809374900b8ea54f2

    Rimosopt ko‘z tomchilari 5ml №1

    106 300 UZS
    +#BONUSES# на счет
    106 300 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Tarkibi
    :
    Тимолол, бримонидин
    Dozasi
    :
    5 мл
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Турция
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
    Chiqarilish shakli
    :
    Капли
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Rimosopt ko‘z tomchilari 5ml №1

    Batafsil
    106 300 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Sotuvda mavjud
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Rimosopt ko‘z tomchilari 5ml №1

    • Preparatning savdo nomi
    • Dori shakli
    • Tarkibi
    • Ta'rifi
    • Farmakoterapevtik guruhi
    • Farmakodinamikasi
    • Farmakokinetikasi
    • Qo‘llanilishi
    • Qo‘llash usuli va dozalari
    • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
    • Maxsus ko‘rsatmalar
    • Dozani oshirib yuborilishi
    • Chiqarilish shakli
    • Saqlash sharoiti
    • Yaroqlilik muddati
    • Dorixonalardan berish tartibi
    • Ishlab chiqaruvchi

    Preparatning savdo nomi

    Rimosopt
    Ta'sir etuvchi moddalar (XPN): brimonidin, timolol

    Dori shakli

    ko‘z tomchilari.

    Tarkibi

    1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
    faol moddalar: 2 mg brimonidin tartrat, 5 mg timolol (timolol maleati shaklida);
    yordamchi moddalar: suvsiz natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfat monogidrati, benzalkoniy xloridi, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.

    Ta'rifi

    sariq rangli tiniq eritma.

    Farmakoterapevtik guruhi

    Glaukomaga qarshi preparatlar va miotik vositalar. β-adrenoretseptorlarning blokatorlari. Timolol, majmuada.
    ATX kodi: S01ED51
    Farmakologik hususiyatlari

    Farmakodinamikasi

    Rimosopt preparatining tarkibiga ikkita ta'sir etuvchi modda: α2-adrenoretseptorlarni rag‘batlantiruvchi adrenomimetik – brimonidin, va β-adrenoretseptorlarning blokatori – timolol kiradi. Har ikkala faol moddasi o‘zaro o‘zaro ta'sirini to‘ldirishi hisobiga oshgan ko‘z ichki bosimini (KIB) pasaytiradi, har bir komponenti alohida qo‘llanganda kuzatiladigan samarasiga nisbatan KIB ni yanada yaqqolroq pasayishiga olib keladi.
    Brimonidin – α2-adrenergik retseptorlarning agonisti bo‘lib, α2-adrenoretseptorlarga nisbatan selektivligi, α1-adrenoretseptorlarga qaraganda 1000 marta yuqori. Selektivligi midriaz hamda mikrotsirkulyator qon oqimidagi qon tomirlarning vazokonstriktsiyasini yo‘qligi bilan namoyon bo‘ladi. Brimonidinning gipotenziv ta'siri ko‘z ichki suyuqligi hosil bo‘lishini pasayishi va uni uveoskleral yo‘l orqali oqib chiqishini oshishi hisobiga ta'minlanadi.
    Timolol – β-adrenoretseptorlarning noselektiv blokatori bo‘lib, ichki simpatomimetik va membranalarni barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas, bevosita miokardial depressant hisoblanmaydi. Timolol ko‘z ichki suyuqligi hosil bo‘lishini kamayishi hisobiga KIBni pasaytiradi.

    Farmakokinetikasi

    Brimonidin. 0,2% li eritma ko‘z tomchilari shaklida instillyatsiya qilinganida qon plazmasida brimonidinning kontsentratsiyasi juda past. Brimonidin ko‘z to‘qimalarida ahamiyatsiz darajada metabolizmga uchraydi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 29% ni tashkil etadi. Mahalliy qo‘llanganidan so‘ng o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil etadi.
    In vitro sharoitlarida hayvonlar va odamning jigar hujayralarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, aldegidoksidaza va sitoxrom R450 brimonidinning metabolizmi jarayoniga ahamiyatli darajada kirishishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, preparatning tizimli chiqarilishi birinchi navbatda jigardagi metabolizmi bilan belgilanadi.
    Timolol. Kataraktani bartaraf qilish bo‘yicha jarrohlik muolajasini o‘tkazgan patsiyentlarga 0,5% li ko‘z tomchilari mahalliy qo‘llangandan so‘ng bir soatdan keyin, ko‘z suyuqligida timololning maksimal kontsentratsiyasi 898 ng/ml ni tashkil etgan. Dozaning bir qismi tizimli qon oqimiga so‘riladi, shundan so‘ng jigarda ekstenziv ravishda metabolizmga uchraydi. Timololni qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 7 soatni tashkil etadi. Timolol jigarda qisman metabolizmga uchraydi va uning metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi. Timolol plazma oqsillari bilan ahamiyatsiz darajada bog‘lanadi.

    Qo‘llanilishi

    • ochiq burchakli glaukoma;
    • ko‘z ichki gipertenziyasi (β-adrenoblokatorlar bilan mahalliy davolash samarasi yetarli bo‘lmaganida) da qo‘llanadi.

    Qo‘llash usuli va dozalari

    Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
    Ko‘zlarni infektsiyalanishidan va ko‘z tomchisini ifloslanishidan oldini olish maqsadida tomchilagich uchligini turli yuzalar bilan kontaktda bo‘lishidan saqlanish kerak.
    Kattalarda, shu jumladan keksa yoshdagi patsiyentlarda qo‘llanishi
    Shikastlangan ko‘zning kon'yunktivasiga 1 tomchidan sutkada 2 marta 12 soatlik interval bilan tomiziladi.
    Ko‘z ichki bosimini pasaytirish maqsadida Rimosopt preparatini boshqa oftalmologik preparatlar bilan qo‘llash mumkin, bunda instillyatsiyalar orasida besh minutlik tanaffus bo‘lishi kerak.
    Boshqa ko‘z tomchilari qo‘llanganida bo‘lgani kabi, yuz berishi mumkin bo‘lgan tizimli so‘rilishini pasaytirish uchun ko‘zning ichki burchagidagi ko‘z yoshi qopchasini bosish yoki ko‘zlarni 2 minut davomida yopib turish tavsiya etiladi. Tizimli nojo‘ya samaralarning yaqqolligini kamaytirish va mahalliy ta'sirini kuchaytirish maqsadida har bir ko‘z tomchisi instillyatsiya qilingan zahoti yuqoridagini bajarish kerak.
    Nojo‘ya ta'sirlari
    Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya samaralar kon'yunktiva giperemiyasi va ko‘zning shilliq qavatini achishish hissi hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda ushbu simptomlar kuchsiz ifodalangan bo‘ladi.
    Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
    Ko‘rish a'zolari tomonidan: juda tez-tez – ko‘z kon'yunktivasini giperemiyasi, achishish hissi; tez-tez – o‘tkir achitadigan yoki sanchidigan og‘riq, allergik kon'yunktivit, shox parda eroziyasi, yuzaki keratit, qovoqlarning terisini qichishish, kon'yunktiva follikuliti, ko‘rishni buzilishi, blefarit, epifor, ko‘z shilliq pardasini qurishi, ko‘zdan ajralmalarni ajralishi, og‘riq, ko‘z shilliq pardasini ta'sirlanishi, ko‘z yot jism borligi hissi; tez-tez emas – ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, follikulyar kon'yunktivit, allergik blefarit, kon'yunktivit, shishasimon tanada suzib yuruvchi pretsipitatlar, astenopiya, fotofobiya, ko‘zning papillyar mushaklari gipertrofiyasi, qovoqlarda og‘riq, kon'yunktivani oqarishi, shox pardani shishi, shox pardani infiltratlari, shishasimon tanani yorilishi; uchrash tezligi noma'lum – ko‘rishni noaniqligi.
    Ruhiyat tomonidan: tez-tez – depressiya.
    Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – uyquchanlik, bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – bosh aylanishi, sinkope.
    Yurak tomonidan: tez-tez emas – tez-tez – dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurakni urib ketishi hissi; uchrash tezligi noma'lum – aritmiya, bradikardiya, taxikardiya.
    Qon tomirlari tomonidan: tez-tez – gipertenziya; uchrash tezligi – gipotoniya.
    Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan: tez-tez emas – rinit, burun shilliq qavatini qurishi.
    Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini qurishi; tez-tez emas – ta'm bilishni buzilishi, ko‘ngil aynishi, diareya.
    Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: tez-tez – qovoqlarni shishi, qovoqlar terisini qichishishi, qizarishi; tez-tez emas – allergik kontakt dermatit; uchrash tezligi noma'lum – yuz terisini qizarishi.
    Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas – allergik kontakt dermatit.
    Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez – astenik holatlar.
    Preparatning ta'sir etuvchi moddalaridan biri qo‘llanganida, Rimosopt preparatini qo‘llash vaqtida istisno qilish mumkin bo‘lmagan nojo‘ya samaralarni rivojlanishi kuzatilgan.
    Brimonidin
    Ko‘rish a'zolari tomonidan: irit, iridotsiklit (oldingi uveit), mioz.
    Ruhiyat tomonidan: uyqusizlik.
    Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan: yuqori nafas yo‘llarini yallig‘lanish kasalliklari, hansirash.
    Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: me'da-ichak simptomlari.
    Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tizimli allergik reaktsiyalar.
    Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: teri reaktsiyalari, shu jumladan terini qizarishi, yuz terisini shishi, qichishish, toshma va vazodilatatsiya.
    Brominidin tug‘ma glaukomani davolash uchun qo‘llangan holatlarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi (2 yoshdan kichik bo‘lgan) bolalarda brimonidinning dozasini oshirib yuborilishini quyidagi simptomlari: xushni yo‘qolishi, holsizlik, uyquchanlik, gipotenziya, bradikardiya, gipotermiya, sianoz, terini oqarishi, nafas faoliyatini susayishi va apnoe rivojlanganligi xaqida xabar berilgan.
    2 yosh va undan oshgan bolalarda, ayniqsa 2-7 yoshdagi, va/yoki tana vazni ≤ 20 kg bo‘lgan bolalarda uyquchanlikni rivojlanish tezligini oshishi va og‘irlik darajasini kuchayishi kuzatilgan.
    Timolol
    Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar preparatlar kabi, Rimosopt (brimonidin / timolol) ham tizimli qon tushadi. Timololni so‘rilishi tizimli ta'sir qiluvchi β-adrenoblokatorlar qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganidan so‘ng tizimli nojo‘ya samaralarni uchrash tezligi, tizimli qo‘llangandagiga nisbatan kamroq bo‘ladi.
    Immun tizimi tomonidan: tizimli allergik reaktsiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, eshakemi, mahalliy yoki tarqoq toshmalar, qichishish, anafilaktik reaktsiyalar.
    Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya.
    Ruhiyat tomonidan: uyqusizlik, dahshatli tushlar ko‘rish, xotirani yo‘qolishi.
    Endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya, qandli diabet bo‘lgan patsiyentlarda gipoglikemiyaning simptomlarini yashirinishi.
    Nerv tizimi tomonidan: bosh miyada qon aylanishini buzilishi, bosh miya ishemiyasi, gravis miasteniyasining simptomlarini yomonlashishi, paresteziya.
    Ko‘rish a'zolari tomonidan: keratit, ko‘zning tomirli pardasini ko‘chishi (filtratsion jarrohlik yo‘li bilan davolangandan keyin), shox pardaning sezuvchanligini pasayishi, shox parda eroziyasi, ptoz, ko‘z oldida jismlarni ikkilanishi.
    Yurak tomonidan: ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, shishlar, atrioventrikulyar blokada, yurak urishini to‘xtashi, yurak yetishmovchiligi.
    Qon-tomirlar tomonidan: Reyno sindromi, qo‘l-oyoqlarda sovuq qotish hissi.
    Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan: bronxospazm (asosan anamnezida bronxospastik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda), hansirash, yo‘tal.
    Me'da-ichak yo‘llari tomonidan: dispepsiya, qorinda og‘riq, qusish.
    Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: alopetsiya, psoriazga o‘xshash toshma yoki psoriazni zo‘rayishi, teri toshmasi.
    Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mialgiya.
    Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan: jinsiy faoliyatni buzilishi, libidoni pasayishi.
    Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: toliqish bo‘lishi mumkin.

    Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

    • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
    • nafas yo‘llarini reaktiv kasalliklari, jumladan bronxial astma, shu bilan birga anamnezidagi bronxial astma, o‘pkani og‘ir darajadagi surunkali obstruktiv kasalligi;
    • sinusli bradikardiya, sinus tuguni faoliyatini buzilishi sindromi, yurak ritmini suniy boshqaruvchisi implantatsiya qilinmagan II–III darajadagi atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok;
    • monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, noradrenergik o‘tkazuvchanlikka ta'sir qiluvchi antidepressantlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar va mianserin) bilan yondosh davolash;
    • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
    Dorilarning o‘zaro ta'siri
    MNTning faoliyatini susaytiruvchi vositalar (alkogol, barbituratlar, opiatlar, sedativ vositalar, umumiy anestetiklar) Rimosopt bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning ta'sirini kuchaytirishi mumkinligini inobatga olish kerak.
    Oftalmologik β-adrenoblokatorlar va kaltsiy kanallarining blokatorlari, tizimli ta'sir qiluvchi β-adrenoblokatorlar, antiaritmik preparatlar (jumladan amiodaron), angishvonagul glikozidlari, parasimpatomimetiklar yoki guanetidin bir vaqtda qo‘llanganidagipotenziya va/yoki bradikardiyaga olib keluvchi additiv samara kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, brimonidin qo‘llanganidan so‘ng gipotenziya rivojlanishi mumkin, shuning uchun Rimosopt preparatini tizimli gipotenziv vositalar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
    Oftalmologik β-adrenoblokatorlar va epinefrin bir vaqtda qo‘llanganida midriaz rivojlanishi mumkin. β-adrenoblokatorlar diabetga qarshi preparatlarning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi, shuningdek gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin.
    Klonidinni to‘satdan bekor qilishga nisbatan kuzatiladigan gipertenziv reaktsiya β-adrenoblokatorlarni qo‘llash fonida kuchayishi mumkin.
    CYP2D6 ning ingibitorlari (masalan, xinidin, fluoksetin, paroksetin) va timolol bir vaqtda qo‘llanganida β-adrenoblokatorlarning tizimli samarasi (yurak qisqarishlar sonini pasayishi, depressiya) kuchayishi mumkin. β-adrenoblokatorlarni umumiy anesteziya uchun qo‘llanadigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash kompensator taxikardiyani yashirishi va gipotenziyaning rivojlanish havfini oshirishi mumkin, shuning uchun shifokor-anesteziologni, patsiyent Rimosopt preparatini qabul qilayotganligi xaqida ogohlantirish kerak.
    Tarkibida yod saqlovchi rentgenokontrast preparatlar bilan bir vaqtda, va lidokain vena ichiga yuborilganida Rimosopt preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
    Simetidin, gidralazin, etil1 spirti qon plazmasida timololning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
    Qonda aylanib yuruvchi katexolaminlar, masalan xlorpromazin, metilfenidat, rezerpinning metabolizmi va o‘zlashtirilishiga ta'sir qiluvchi dori preparatlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. α-adrenergik agonistlar bilan o‘zaro ta'sir qiluvchi yoki ularning faolligini izdan chiqaruvchi tizimli ta'sirga ega (dori shaklidan qat'iy nazar) yondosh preparatlar (masalan, izoprenalin yoki prazozin) ning dozasini o‘zgartirish yoki ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
    Prostamidlar, prostaglandinlar, karboangidraza ingibitorlari va pilokarpin bilan qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini pasayishining additiv samarasini nazariy jihatdan kuchayishi mumkinligini inobatga olish kerak.
    Brimonidin va MAO ingibitorlari yoki noradrenergik o‘tkazuvchanlikka ta'sir qiluvchi antidepressantlar (masalan, tritsiklik antidepressantlar va mianserin) ni birga qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlarini qabul qilgan patsiyentlarni, Rimosopt preparati bilan davolashni MAO ingibitorlari bekor qilingandan so‘ng 14 kundan keyin boshlash mumkin.

    Maxsus ko‘rsatmalar

    Mahalliy qo‘llanadigan barcha oftalmologik preparatlar kabi, Rimosopt ham tizimli so‘rilishi mumkin.
    Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida Rimosopt preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
    2 yosh va undan oshgan bolalarda, ayniqsa 2-7 yoshdagi, va/yoki tana vazni ≤ 20 kg bo‘lgan bolalarda uyquchanlikni rivojlanish tezligi va og‘irlik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash yoki doimiy kuzatuvda bo‘lishi kerak.
    Bolalar va o‘smirlarda (2-17 yosh) Rimosopt preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
    Yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, Printsmetall stenokardiyasi va yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan patsiyentlarni va β-adrenoblokatorlarni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan gipotenziv davolash vaqtida sinchkovlik bilan tekshirish va boshqa ta'sir etuvchi moddalari bo‘lgan dori vositalari bilan davolash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Bundan patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklarini og‘irlashish belgilari va nojo‘ya reaktsiyalarni borligini aniqlash maqsadida ularni kuzatish kerak.
    Qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tish vaqtiga salbiy ta'sir qilishi mumkinligi tufayli, birinchi darajadagi yurak blokadasi bo‘lgan patsiyentlarga β-adrenoblokatorlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
    Tizimli ta'sir qiluvchi β-adrenoblokatorlar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, YuIK bo‘lgan patsiyentlarni Rimosopt preparati bilan davolashni to‘xtatish zarurati bo‘lganida, yurak ritmini buzilishi, miokard infarkti yoki to‘satdan o‘lim holati yuz berishidan saqlanish maqsadida davolash asta-sekin bekor qilinadi.
    Periferik qon aylanishini og‘ir darajadagi buzilishlari/o‘zgarishlari (masalan, Reyno kasalligini og‘ir shakllari yoki Reyno sindromi) bo‘lgan patsiyentlarga davolashni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
    Bronxial astma bo‘lgan patsiyentlarga ayrim oftalmologik β-adrenoblokatorlar qo‘llanganidan keyin nafas faoliyatini buzilishlari, shu jumladan bronxospazm tufayli o‘lim holati qayd etilgan. Yengil/o‘rtacha darajadagi O‘SOB (o‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarga Rimosopt preparatini ehtiyotkorlik bilan, va davolashdan kutiladigan foyda potentsial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash kerak.
    Labil diabet yoki spontan gipoglikemiyaga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga β-adrenoblokatorlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki β-adrenoblokatorlar o‘tkir gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin. β-adrenoblokatorlar shuningdek gipertireozning belgilari va simptomlarini ham yashirishi mumkin.
    Metabolik atsidoz va feoxromotsitomasi (oldindan davolamasdan turib) bo‘lgan patsiyentlarga Rimosopt preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
    Ko‘zning shox pardasi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki oftalmologik β-adrenoblokatorlar ko‘zni quritishi mumkin.
    Tizimli β-adrenoblokatorni allaqachon qabul qilayotgan patsiyentlarda, timolol qo‘llanganida, ko‘z ichki bosimiga ta'siri va tizimli β-adrenoblokatorlarning ma'lum samaralari kuchayishi mumkin. Bunday patsiyentlarda davolashga nisbatan reaktsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Ikkita mahalliy β-adrenoblokatorlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi. β-adrenoblokatorlar bilan davolashda anamnezida atopiyasi yoki turli allergenlarga og‘ir darajadagi anafilaktik reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarga shunday allergenlar takroran yuborilganida reaktsiyaning yaqqolligi oshishi va epinefrinning odatdagi dozasi yuborilganida samara bo‘lmasligi mumkin.
    Operatsiyadan oldin shifokor-anesteziologni Rimosopt preparatini qo‘llayotganingiz xaqida ogohlantirish kerak, chunki u β-agonistlar, masalan epinefrinning samarasini bloklashi mumkin.
    Jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Rimosopt preparati ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, chunki ushbu patsiyentlar guruhida preparatni qo‘llash yetarli darajada o‘rganilmagan.
    Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan, gemodializdagi patsiyentlarni timolol bilan davolash arterial bosimni yaqqol pasayishi bilan kechgan.
    Rimosopt preparatining tarkibidagi benzalkoniy xloridi ko‘zning shilliq pardasini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin. Rimosopt preparatini instillyatsiya qilishdan oldin kontakt linzalarni yechish, va 15 minutdan keyin yana taqish mumkin. Yumshoq kontakt linzalar bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanish kerak, chunki benzalkoniy xloridi ularni rangsizlantiradi.
    Preparat yopiq burchakli glaukoma bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilmagan.
    Flakon birinchi marta ochilganidan so‘ng Rimosopt preparatining yaroqlilik muddati 28 sutkani tashkil etadi. Ko‘rsatilgan vaqt tugaganidan so‘ng, hatto unda oz miqdorda preparat qolgan bo‘lsa ham, uni tashlab yuborish tavsiya etiladi. Bu infektsiyalanish havfini oldini olish uchun kerak.
    Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
    Homilador ayollarda brimonidin va timololni majmuada qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Preparatni qo‘llash juda zarur bo‘lgan holatlardan tashqari, homiladorlik vaqtida Rimosopt preparatini qo‘llash mumkin emas. Agar preparat homiladorlik vaqtida qo‘llanilsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvolini hayotining birinchi kunlari davomida (β-adrenoblokatorlarning ta'siri, ya'ni bradikardiya, gipotoniya, nafas yetishmovchiligi va gipoglikemiya namoyon bo‘lishi mumkinligi tufayli) yaxshilab nazorat qilish kerak.
    Rimosopt preparatini emizikli ayollarga qo‘llash mumkin emas, chunki timolol ko‘krak sutiga o‘tadi. Shunday bo‘lsa ham, timolol ko‘z tomchilari shaklida terapevtik dozalarda qo‘llanganida, bolada beta-blokadaning klinik simptomlari namoyon bo‘lishi uchun, ko‘krak sutida preparatning yetarli miqdorda bo‘lishi ehtimoli kam.
    Pediatriyada qo‘llanishi
    Rimosopt preparatini yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklar (2 yoshdan kichik) da qo‘llash mumkin emas. Bolalar va o‘smirlarda (2-17 yosh) Rimosopt preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun uni ushbu yoshdagi patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmagan, va uni qo‘llash zarurati bo‘lganida, ehtiyotkorlik bilan va doimiy kuzatuv ostida o‘tkazilishi kerak.
    Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Rimosopt avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ahamiyatsiz darajada ta'sir ko‘rsatadi. Preparat qisqa muddatga ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish faoliyatini buzilishi, holsizlik va uyquchanlikni chaqirishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar rivojlanganida avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishdan saqlanish kerak.
    Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Rimosoptning dozasini oshirib yuborilishi, odatda nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishiga olib kelmaydi. Dozasi oshirib yuborilganida davolash tutib turuvchi vv simptomatik davolashdan iborat. Patsiyentning nafas faoliyatini tutib turish kerak.
    Ta'sir etuvchi moddalaridan birining dozasi oshirib yuborilganida Rimosopt preparatining dozasi oshirib yuborilganida istisno qilish mumkin bo‘lmagan simptomlarni rivojlanishi kuzatilgan.
    Brimonidin
    Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi: xushni yo‘qolishi, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, gipotermiya, sianoz va apnoe.
    Bexosdan ichga qabul qilinganida dozani oshirib yuborilishi: kattalarda brimonidinning dozasini bexosdan oshirib yuborilishi yuzasidan ma'lumotlar cheklangan. Rikoshet gipertenziya qayd etilgan huruj tugaganidan keyin faqat bitta nojo‘ya ko‘rinish – arterial gipotenziyani rivojlanganligi ma'lum.
    Brimonidin saqlovchi ko‘z tomchilari bexosdan yutib yuborilganida bolalarda jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlanganligi yuzasidan xabar berilgan. MNT ning faoliyatini susayishi, vaqtinchalik koma yoki xushning darajasini pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, gipotenziya, bradikardiya, gipotermiya, terini oqarishi nafas faoliyatini susayishi va apnoe kuzatilgan, bu jadal davolash bo‘limiga gospitalizatsiya qilish zaruriyatiga olib kelgan. Barcha holatlarda faoliyatlarni 6-24 soat davomida butunlay tiklanganligi xaqida xabar berilgan. α2-adrenomimetiklar guruhiga mansub preparatlarning dozasi oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar: gipotenziya, asteniya, qusish, uyquchanlik, sedativ samara, bardikardiya, aritmiya, mioz, apnoe, gipotermiya, nafas faoliyatini susayishi, tirishishlar xaqida xabar berilgan.
    Timolol
    Timololning dozasini oshirib yuborilishini umumiy simptomlari: bradikardiya, gipotenziya, bronxospazm, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurak urishini to‘xtashi bo‘lishi mumkin.
    Timolol gemodializ yordamida organizmdan butunlay chiqarilmaydi.

    Chiqarilish shakli

    Ko‘z tomchilari. Preparat 5 ml dan himoya xalqasi bilan ta'minlangan buraladigan himoya qopqoqli, tiqin tomchilagich bilan berkitilgan polietilen flakonda.
    Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

    Saqlash sharoiti

    Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
    Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.

    Yaroqlilik muddati

    2 yil.

    Dorixonalardan berish tartibi

    Retsept bo‘yicha.

    Ishlab chiqaruvchi

    Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
    «Uorld Meditsin Oftalmiks Ilachlari Ltd. Shti.», Turkiya
    ("World Medicine Ophthalmics Ilaçlari Ltd. Şti.", Turkey).
    Ishlab chiqarilganss
    «Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
    (Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
    Djami Yolu Djad. №50 K.1B Zemin 4-5-6, Istambul)
    "World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
    (Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
    Cami Yolu Cad. No:50 K.1B Zemin 4-5-6, İstanbul).

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Tarkibi
    Тимолол, бримонидин
    Dozasi
    5 мл
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Турция
    Ishlab chiqaruvchi
    World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
    Chiqarilish shakli
    Капли
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Блог
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Topshirish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar