Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Блог
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Ginekologik va mammologik dori vositalari
    Kontratsepsiv dorilar
    Laktinet tab 0,075 mg №28
    ЛАКТИНЕТ®-РИХТЕР Tabletkalar

    Laktinet tab 0,075 mg №28

    107 900 UZS
    +#BONUSES# на счет
    107 900 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Dozasi
    :
    0,075 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Венгрия
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    Gedeon Richter PLC
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Laktinet tab 0,075 mg №28

    Batafsil
    107 900 UZS
    +#BONUSES# на счет
    Sotuvda mavjud
    Mavjud
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Laktinet tab 0,075 mg №28

    • Preparatning savdo nomi
    • Dori shakli
    • Tarkibi
    • Ta'rifi
    • Farmakoterapevtik guruhi
    • Farmakologik xususiyatlari
    • Farmakodinamikasi
    • Farmakokinetikasi
    • Qo‘llanilishi
    • Qo‘llash usuli va dozalari
    • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
    • Dozani oshirib yuborilishi
    • Chiqarilish shakli
    • Saqlash sharoiti
    • Yaroqlilik muddati
    • Dorixonalardan berish tartibi
    • Ishlab chiqaruvchi

    Preparatning savdo nomi

    Laktinet® (Lactinette®)
    Ta'sir etuvchi modda (XPN): dezogestrel (desogestrel)

    Dori shakli

    plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

    Tarkibi

    Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
    Faol modda: 75 mkg dezogestrel.
    Yordamchi moddalar:
    tabletkaning yadrosi: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon K-30, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, stearin kislotasi, magniy stearati, DL-α-tokoferol. tabletkaning qobig‘i: oq OPADRI II 85F28751 (titan dioksidi, talk, polietilenglikol 3000, polivinil spirti).

    Ta'rifi

    dumaloq, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «D» va boshqa tomonida «75» markirovkali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

    Farmakoterapevtik guruhi

    progestagenlar
    ATX kodi: G03AC09

    Farmakologik xususiyatlari

    Farmakodinamikasi

    Laktinet plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar faqat progestagen – dezogestrel saqlagan kontratseptiv hisoblanadi.
    Faqat progestagen saqlovchi boshqa kontratseptivlar kabi, Laktinet preparati emizish davrida, shuningdek estrogen saqlovchi preparatlarni qabul qila olmaydigan yoki qabul qilishni xohlamaydigan ayollar uchun to‘g‘ri keladi. Faqat progestagen saqlovchi odatdagi tabletkalardan farqli ravishda, Laktinet plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparatining kontratseptiv ta'siri asosan ovulyatsiyani bostirilishi hisobiga erishiladi. Preparatning boshqa samaralariga bachadon bo‘yni shillig‘ining qovushqoqligini oshishi kiradi.
    Ovulyatsiyaning tasdig‘i bo‘lib, progesteronning darajasi ketma-ket 5 kun davomida
    16 nmol/l dan yuqori bo‘lgan ikkita sikl davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida, ovulyatsiya 1% (1/103) da aniqlangan, bunda 95% II preparatni qabul qilishni boshlagan guruhda (tekshirish usuli muvaffaqiyatsiz bo‘lgan foydalanuvchilar uchun ham) 0,02%-5,29% bo‘lgan. Ovulyatsiyani susayishi preparatni qo‘lashning birinchi siklidan boshlab kuzatilgan. Ushbu tadqiqotda ikkita sikl davomida (56 kun ketma-ket) qabul qilingan dezogestrel bekor qilingandan so‘ng, ovulyatsiyasi o‘rtacha 17 kun (7-30 kun orasida) dan keyin kuzatilgan.
    Preparatning samaradorligini qiyosiy tekshirish ma'lumotlariga ko‘ra (preparatni qabul qilish kerak bo‘lgan vaqtdan tabletkalarni qabul qilishga ruxsat etiladi) preparatni qabul qilishni boshlagan guruhda Perl indeksining qiymati dezogestrel uchun (95% II 0,09-1,20) 30 mkg dozada qabul qilingan levonorgestrel (95% II 0,42-3,96) uchun 1,6 ga nisbatan 0,4 ni tashkil qilgan.
    Shunday qilib, dezogestrel uchun Perl indeksi OK (oral kontratseptivlar) qabul qilgan umumiy populyatsiyada majmuaviy OK uchun belgilangan indeks bilan bir xil bo‘lgan.
    Dezogestrelni qo‘llash estradiolning darajasini ilk follikulyar fazasiga muvofiq qiymatgacha pasayishiga olib keladi. Uglevodlar almashinuviga, lipidlar almashinuviga va gemostazga klinik ahamiyatli ta'siri aniqlanmagan.

    Farmakokinetikasi

    So‘rilishi
    Ichga qabul qilinganidan keyin dezogestrel tez so‘riladi va etonogestrelgacha metabolizmga uchraydi. Muvozanatli holatida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga tabletkalar ichga qabul qilingandan so‘ng 1,8 soatdan keyin erishiladi; etonogestrelning mutloq biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil etadi.
    Taqsimlanishi
    Etonogestrel qon plazmasi oqsillari bilan, asosan albumin bilan 95,5-99% ga va kamroq darajada jinsiy gormonlarni bog‘lovchi globulin bilan bog‘lanadi.
    Biotransformatsiyasi
    Dezogestrel gidroksillanish va degidrogenizatsiya yo‘li bilan metabolizmga uchraydi va faol metaboliti etonogestrel hosil bo‘ladi. Etonogestrel metabolizmga uchrab, sulfat va glyukuronid kon'yugatlarini hosil qiladi.
    Chiqarilishi
    Etonogestrelning o‘rtacha yarim chiqarilish davri, u ko‘p marta yoki bir marta qo‘llanganidan qat'iy nazar, taxminan 30 soatni tashkil etadi. Plazmada muvozanatli kontsentratsiyalariga 4-5 kundan keyin erishiladi. Etonogestrel vena ichiga yuborilganida plazma klirensi soatiga taxminan 10 l ni tashkil etadi. Etonogestrel va uning metabolitlari erkin steroidlar yoki kon'yugatlar holida siydik va ahlat bilan (1,5:1 nisbatda) chiqariladi. Emizikli ayollarda etonogestrel ko‘krak sutiga 0,37-0,55 sut/plazma nisbatida ajralib chiqadi. Ushbu ma'lumotlarni hisobga olgan holda, shuningdek emizikli bolani kuniga 1 kg tana vazniga 150 ml miqdorida ko‘krak sutini iste'mol qilishini hisobga olib, u sutkada taxminan 0,01-0,05 mikrogramm etonogestrel qabul qilishi mumkin.

    Qo‘llanilishi

    Kontratseptsiya uchun qo‘llanadi.

    Qo‘llash usuli va dozalari

    Tabletkalarni har kuni sutkaning ayni bir vaqtida, shunday qabul qilish kerakki, ikki tabletkani qabul qilishlar o‘rtasidagi interval hamisha 24 soatni tashkil etsin. Birinchi tabletkani hayz ko‘rish siklining birinchi kunida qabul qilish kerak. So‘ngra yuz berishi mumkin bo‘lgan qon ketishlariga e'tibor bermay, har kuni bir tabletkadan qabul qilishni davom ettirish kerak. Yangi blister o‘ramni qabul qilishni tabletkalarni avvalgi o‘rami tugaganidan so‘ng keyingi kuni boshlash kerak.
    Laktinet preparatini qabul qilishni qanday boshlash kerak
    Ilgari (oldingi oyda) gormonal kontratseptivlar qabul qilmagan ayollar
    Tabletkalarni qabul qilishni tabiiy hayz ko‘rish siklining birinchi kunida (birinchi kun bo‘lib menstrual qon ketishining birinchi kuni hisoblanadi) boshlash kerak. Tabletkalarni qabul qilishni shuningdek hayz ko‘rish siklining 2-5 kunlarida ham boshlashga ruxsat etiladi, lekin bunday hollarda tabletkalarni qabul qilishni birinchi 7 kuni davomida kontratseptsiyaning qo‘shimcha to‘siq usullarini qo‘llashni tavsiya etiladi.
    Birinchi uch oyligidagi abortdan keyin
    Homiladorlikning birinchi uch oyligida homila abort qilinishi bilanoq, tabletkalarni qabul qilishni boshlash tavsiya etiladi. Bunday hollarda qo‘shimcha kontratseptsiya usullaridan foydalanish zarurati yo‘q.
    Tug‘ruqdan yoki ikkinchi uch oyligidagi abortdan keyin
    Tug‘ruqdan keyin hayz ko‘rish sikli boshlangunicha Laktinet kontratseptiv vositasini qabul qilishni boshlash mumkin. Agar tug‘ruqdan keyin 21 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, homiladorlikni istisno qilish va birinchi hafta davomida qo‘shimcha kontratseptsiya usulidan foydalanish kerak.
    Emizish davrida preparatni qo‘llash xaqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun “Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi” bo‘limiga qarang.
    Boshqa kontratseptsiya usullaridan foydalangandan so‘ng Laktinet preparatini qabul qilishni qanday boshlash kerak.
    Majmuaviy gormonal kontratseptivlar (majmuaviy peroral kontratseptivlar (MPK), kontratseptiv qin halqalari yoki transdermal kontratseptiv plastirlar) dan Laktinet preparatiga o‘tish
    Ayol MPK oxirgi faol tabletkasini qabul qilganidan so‘ng ertasiga yoki kontratseptiv qin halqasi yoki transdermal kontratseptiv plastir olib tashlangan kuni Laktinet preparatini qabul qilishni boshlashi kerak. Bunda qo‘shimcha kontratseptsiya usullarini qo‘llash talab etilmaydi.
    Ayol shuningdek kontratseptiv tabletkalarni qabul qilishda yoki plastirlardan foydalanishda tanaffus tugaganidan so‘ng, yoki uning dastlabki majmuaviy gormonal kontratseptivi platsebo tabletkalarini qabul qilish davridan keyin ko‘pi bilan ertasiga preparatni qabul qilishni boshlashi mumkin, biroq tabletkalarni qabul qilishning birinchi 7 kuni davomida kontratseptsiyaning to‘siq usullaridan qo‘shimcha ravishda foydalanish tavsiya etiladi.
    Faqat progestagen saqlovchi preparatlardan (“mini-pili”, in'ektsiyalar, implantat), yoki progestagen ajratib chiqaruvchi bachadon ichi tizimi (BIT) dan Laktinet preparatiga o‘tish
    Ayol “mini-pili” dan har qanday kunda (implantatdan yoki BIT dan – ular olib tashlangan kunda, kontratseptiv preparatlarning in'ektsion shakllaridan – navbatdagi rejalashtirilayotgan in'ektsiya kunida) Laktinet preparatiga o‘tishi mumkin; qo‘shimcha kontratseptsiya usullari talab etilmaydi.
    Preparatni qabul qilish vaqti o‘tkazib yuborilganida harakatlar tartibi
    Agar ikkita tabletkani qabul qilish orasida 36 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, kontratseptiv himoya pasayishi mumkin. Agar tabletkani qabul qilish o‘tkazib yuborilgandan so‘ng 12 soatdan kamroq vaqt o‘tgan bo‘lsa, ayol o‘tkazib yuborilgan tabletkani uni qabul qilish esiga tushishi bilanoq, uni qabul qilishi kerak, navbatdagi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qilish kerak. Agar tabletkani qabul qilish o‘tkazib yuborilgandan so‘ng 12 soatdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa, ayol keyingi 7 kun davomida qo‘shimcha kontratseptsiya usulidan foydalanishi kerak. Agar tabletkalarni qabul qilish birinchi hafta davomida o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa va ayolda tabletkalarni qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hafta davomida jinsiy aloqa yuz bergan bo‘lsa, homiladorlik yuz bergan bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.
    Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar kuzatilganida beriladigan tavsiyalar
    Me'da-ichak yo‘llari tomonidan og‘ir darajadagi buzilishlar kuzatilganida faol moddani so‘rilishi to‘liq bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun qo‘shimcha kontratseptsiya choralari ko‘rilishi kerak.
    Agar tabletkalarni qabul qilgandan so‘ng 3-4 soat davomida qusish bo‘lgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan tabletkalarni qabul qilish yuzasidan tavsiyalarga rioya qilish kerak.
    Nojo‘ya ta'sirlari
    Klinik tadqiqotlar davomida eng ko‘p muntazam bo‘lmagan qon ketishlar kabi noxush reaktsiyalar xaqida xabar berilgan. Dezogestrel qabul qilgan 50% gacha ayollarda atsiklik qonli ajralmalar kelganligi xaqida xabarlar berilgan. Dezogestrel ovulyatsiyani deyarli 100% ga (faqat progestagen saqlovchi boshqa kontratseptivlardan farqli ravishda) susayishiga olib kelishi tufayli, preparatni qabul qilganda kuzatiladigan nomuntazam qon ketishlar faqat progesteron saqlovchi boshqa kontratseptivlarni qabul qilgandagiga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. 20-30% ayollarda qon ketishi tez-tez paydo bo‘lishi mumkin, ayni vaqtda boshqa 20% ayollarda – kamroq yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Hayz ko‘rish sikli (vaginal qon ketishi) uzoq vaqt davom etishi mumkin.
    Preparatni qabul qilinganidan ikki oy o‘tgach hayz ko‘rish sikli odatda kamayadi. Hayz ko‘rish sikli yuzasidan ma'lumotlar, maslahatlar va hayz ko‘rish kundaligini olib borish ayolga yangi hayz ko‘rish jadvaliga moslashish imkonini beradi.
    Dezogestrel yordamida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko‘ra akne, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, sut bezlarida og‘riq, ko‘ngil aynishi va tana vaznini oshishi kabi noxush reaktsiyalar xaqida eng ko‘p ( 2,5%) xabar berilgan. Quyidagi jadvalda keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar tadqiqotlar tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish “preparatni qabul qilish bilan sabab oqibat bog‘liqligi aniq, extimol va bo‘lishi mumkin” ko‘rinishida baholangan.
    A'zolar tizimi
    (MedDRA) Nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish tez-tezligi
    Tez-tez ≥1/100 Tez-tez emas
    <1/100, ≥1/1000 Kam hollarda
    <1/1000
    Infektsiyalar va invaziyalar Qinning infektsion kasalliklari
    Ruxiy buzilishlar Kayfiyatni o‘zgaruvchanligi
    Libidoni pasayishi
    Depressiv holat
    Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i
    Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar Kontakt linzalarni qo‘llay olmaslik
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar Ko‘ngil aynishi Qusish
    Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Akne Alopetsiya Teri toshmalari, urtikar toshmalar (eshakemi)
    tugunli eritema
    Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar Sut bezlarida og‘riq nomuntazam qon ketishlar, amenoreya Dismenoreya, tuxumdonlar kistasi
    Tizimli buzilishlar, yuborilgan joydagi asoratlar Toliqish
    Laborator va instrumental ma'lumotlar Tana vaznini oshishi
    MedDRA 14.1
    Laktinet preparati qo‘llanganida sut bezlari tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin. Kam hollarda ektopik homiladorlik qayd etiladi (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang). Bundan tashqari, angionevrotik shishni rivojlanishi (og‘irlashishi) va/yoki tug‘ma angionevrotik shishni zo‘rayishi bo‘lishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang).
    Peroral (majmuaviy) kontratseptiv vositalarni qabul qilayotgan ayollarda qayd etilgan qator jiddiy noxush reaktsiyalar ma'lum. Ularga venoz va arterial tromboemboliyalar, gormonlarga bog‘liq o‘smalar (masalan, jigar o‘smalari, sut bezlari raki) va xloazma kiradi, ularning ba'zilari “Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limida batafsil ko‘rib chiqilgan.

    Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

    - Diagnostika qilingan yoki taxmin qilingan homiladorlik;
    - Homiladorlik aniqlanganida yoki taxmin qilinganida;
    - Venalarning faol fazadagi tromboembolik kasalliklarida;
    - Jigarni mavjud bo‘lgan yoki o‘tkazilgan jiddiy kasalliklar (jigar sinamalari ko‘rsatkichlari normallashgunicha) da;
    - Diagnostika qilingan yoki gumon qilingan gormonga bog‘liq havfli o‘smalarda;
    - Etiologiyasi aniqlanmagan vaginal qon ketishlarida;
    - Laktinet preparatining faol moddasiga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
    Ehtiyotkorlik bilan
    Quyida keltirilgan kasalliklar/havf omillaridan birontasi bo‘lganida, har bir konkret ayol uchun progesteronni qo‘llashdan kutilgan foyda va mumkin bo‘lgan havfni baholash va dezogestrelni qabul qilishni boshlashdan oldin ularni muhokama qilishi kerak. Bu kasalliklar zo‘rayganida, qaytalanganida yoki birinchi marta namoyon bo‘lganida, ayol davolovchi shifokori bilan maslahatlashishi kerak. Ayol dezogestrelni qabul qilishni davom ettirishi kerakligini, shifokor hal qilishi kerak.
    Umuman olganda, sut bezi rakini rivojlanish havfi yosh o‘tgan sari oshib boradi. Majmuaviy peroral kontratseptivlar (MOK) ni qabul qilish vaqtida sut bezi rakini rivojlanish havfi biroz oshgan bo‘ladi. Ushbu yuqori havf MOK ni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 10 yil davomida asta-sekin pasayadi; u MOK larni qabul qilish davomiyligi, bilan emas, balki MOK ni qabul qilayotgan ayolning yoshiga bog‘liq.
    MOK ishlatuvchi 10000 ta ayolga hisoblanganida sut bezi raki tashxisi qayd etilgan holatlar, (MOKlarni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng ko‘pi bilan 10 yil davomida) shu vaqt davomida MOK ni qabul qilmagan ayollarga nisbatan yosh guruhlari bo‘yicha hisoblangan; olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
    Ayollarning yoshi MOK ishlatuvchi ayollar o‘rtasida sut bezi raki tashxisini kutilgan holatlar soni MOK ni ishlatmaydigan ayollar o‘rtasida sut bezi raki tashxisini kutilgan holatlar soni
    16-19 yosh 4,5 4
    20-24 yosh 17,5 16
    25-29 yosh 48,7 44
    30-34 yosh 110 100
    35-39 yosh 180 160
    40-44 yosh 260 230
    Faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlarni qabul qilayotgan ayollar o‘rtasida qayd etilgan holatlar soni majmuaviy OK qabul qilayotgan ayollarda kuzatilgan holatlar soniga mos kelgan. Biroq, faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlar yuzasidan ma'lumotlar to‘liq emas. Hayot davomida sut bezi rakini rivojlanish havfiga nisbatan MOK ni qabul qilinganda kuzatiladigan havf, past bo‘ladi. MOK ni qabul qilayotgan ayollarda sut bezi raki odatda MOK larni qabul qilmayotgan ayollarga nisbatan, ertaroq aniqlanadi. MOK ni qabul qilayotgan ayollarda sut bezi rakini rivojlanish havfini yuqoriligi, erta tashxis qo‘yilishi, tabletkalarni biologik ta'siri yoki har ikkala omilni majmuasi bilan tushuntirilishi mumkin.
    Jigar rakini rivojlanishiga progestagenning biologik ta'sirini inkor etib bo‘lmasligi tufayli, jigar raki bilan xastalangan ayollarda “foyda/havf” nisbatini individual baholash kerak.
    Jigar faoliyatini o‘tkir yoki surunkali buzilishida ayolni tegishli mutaxassisga tekshirish va maslahat olish uchun yo‘llash kerak.
    Epidemiologik tadqiqotlarning ma'lumotlariga binoan, MOK ni qo‘llanishi venoz tromboemboliyani (VTE, chuqur venalar trombozi va o‘pka tromboemboliyasi) rivojlanish tez-tezligini oshishi bilan bog‘liq. Garchi bu ma'lumotlarni, estrogen komponenti bo‘lmagan kontratseptivlarda ishlatiladigan dezogestrelga nisbatan klinik ahamiyati ma'lum bo‘lmasada, tromboz rivojlanganida Laktinet preparatini qabul qilishni to‘xtatish lozim. Jarrohlik aralashuvlari yoki kasalliklar oqibatida patsiyent uzoq muddatga immobilizatsiya qilinganida Laktinet preparatini bekor qilishni ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida tromboembolik asoratlari bo‘lgan ayollar, kasallikni qaytalanishi kuzatilishi mumkinligi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
    Garchi progestagenlar to‘qimalarni insulinga nisbatan rezistentligiga va glyukozaga nisbatan tolerantligiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa-da, hozirgi vaqtda faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlarni qabul qilayotgan, qandli diabeti bilan xastalangan patsiyent ayollarni davolash sxemasini o‘zgartirish kerakligi yuzasidan biron-bir dalillar mavjud emas. Biroq, preparatni qo‘llashni birinchi oyi davomida qandli diabet bilan xastalangan ayollarni sinchkov kuzatish kerak.
    Agar Laktinet preparatini ishlatilganida turg‘un arterial gipertenziya rivojlansa, yoki agar ahamiyatli darajada oshgan arterial qon bosimi gipotenziv davolashga javoban pasaymasa, Laktinet preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
    Laktinet preparatini qabul qilish qon zardobida estradiolning kontsentratsiyasini ilk follikulyar fazasidagi kontsentratsiyasiga mos darajagacha pasayishiga olib keladi. Bu pasayish suyak to‘qimasini mineral zichligiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatishi hozirgi vaqtgacha noma'lum.
    Faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlar majmuaviy peroral kontratseptivlardek bachadondan tashqari homiladorlikdan unchalik samarali himoya qilaolmaydilar. Bu, faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlar qo‘llanganida, ovulyatsiya yetarli darajada tez-tez kuzatilishi bilan tushuntiriladi. Laktinet preparati ovulyatsiyani kuchli bostirishiga qaramasdan, differentsial diagnostika o‘tkazilganida homilador bo‘lishi (agar ayol amenoreya yoki qorinda og‘riqqa shikoyat qilsa) mumkinligini inobatga olish kerak.
    Kam hollarda, ayniqsa anamnezida homiladorlar xloazmasi bo‘lgan ayollarda xloazmalar paydo bo‘lishi mumkin. Xloazmaga moyilligi bo‘lgan ayollar, Laktinet preparatini qabul qilish vaqtida quyosh nurlari, shuningdek ultrabinafsha nurlari ta'siridan saqlanish kerak.
    Homiladorlik vaqtida ham, jinsiy steroid gormonlar ishlatilgan vaqtda ham kasallikni rivojlanishi progestagenlarni qabul qilish bilan bog‘liqligi aniqlanmagan quyidagi kasalliklar qayd etilgan: xolestaz bilan bog‘liq bo‘lgan sariqlik va/yoki qichishish; o‘t pufagida toshlarni hosil bo‘lishi; porfiriya; tizimli qizil yugurik, gemolitik-uremik sindrom; Sidengam xoreyasi; homiladorlar gerpesi; eshitishni ateroskleroz bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qolishi; (nasliy) angionevrotik shish.
    Tibbiy nazorat/maslahat
    Laktinet preparatini buyurishdan oldin tibbiy anamnez (shu jumladan, oilaviy anamnez) ni batafsil yig‘ish va homiladorlikni istisno qilish maqsadida patsiyentni sinchkov ginekologik tekshiruvdan o‘tkazish tavsiya etiladi. AB ni o‘lchash va asosiy fiziologik ko‘rsatkichlarni baholash, preparatni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang), maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralarini (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang) e'tiborga olish kerak.
    Ayolga preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan diqqat bilan tanishib chiqishni va shifokorning tavsiyalariga e'tibor berishni tavsiya etish kerak. Tibbiy ko‘ruvlarning xarakteri va soni amaliyotda qabul qilingan qo‘llanmalarga asoslangan bo‘lishi va har bir ayol uchun moslashtirilgan bo‘lishi kerak.
    Laktinet preparati OITV-infektsiyasi (OITS) va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklardan himoya qilmasligi xaqida ayolga ma'lumot berish kerak.
    Samaradorligini pasayishi
    Laktinet preparatining samaradorligi qator hollarda, masalan, gormonlar saqlovchi tabletkalarni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang), gormonal tabletkalarni qabul qilish vaqtida me'da-ichak buzilishlarida (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang), yoki dori vositalari bilan yondosh davolanganda (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang) pasayishi mumkin.
    Hayz ko‘rish sikli hususiyatini o‘zgarishi
    Tarkibida faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlarni qo‘llash vaqtida, vaginal qon ketishlar ba'zi ayollarda tezroq yoki davomliroq bo‘lishi mumkin, ayni vaqtda boshqa ayollarda esa, bu qon ketishlar kamroq bo‘lishi yoki umuman to‘xtashi mumkin. Bu o‘zgarishlarga ko‘pincha, ayol ushbu kontratseptsiya usulidan voz kechishi yoki shifokorning ko‘rsatmalariga qat'iy rioya qilmasligi sabab bo‘lishi mumkin. Bu masalani Laktinet preparatini qabul qilishni boshlagan ayollar bilan batafsil muhokama qilish hayz ko‘rish sikli xarakteridagi bunday o‘zgarishlarni yaxshilash imkonini beradi. Vaginal qon ketishlarni baholash klinik holat asosida o‘tkazilishi lozim va o‘z ichiga havfli o‘smalar hamda homiladorlikni istisno qilish maqsadidagi tekshirishlarni olishi mumkin.
    Laktozani o‘zlashtirolmaslik bilan xastalangan patsiyentlar, Laktinet plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati tarkibida 67,445 mg laktoza monogidrati saqlashini inobatga olishlari kerak, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikni kam uchraydigan nasliy patologiyasi, Lapp laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan ayollar preparatni qabul qilmasliklari kerak.
    Dorilarning o‘zaro ta'siri
    Gormonal kontratseptivlar va boshqa dori vositalari o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir to‘xtovsiz qon ketishini rivojlanishiga va/yoki kontratseptiv preparatni samarasizligiga olib kelishi mumkin. Adabiyotlardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra quyidagi preparatlar (asosan, bu majmuaviy kontratseptivlarga tegishli, biroq faqat progestagen saqlovchi kontratseptivlarga ham tegishli bo‘lishi mumkin) bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan xabarlar berilgan.
    Jigardagi metabolizm: mikrosomal fermentlarni induktsiya qiluvchi dori preparatlar (gidantoinlar kabilar (masalan, fenitoin), barbituratlar (masalan, fenobarbital), primidon, karbamazepin, rifampitsin) bilan o‘zaro ta'siri rivojlanishi mumkin, bu jinsiy gormonlarning klirensini oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, okskarbazepin, topiramat, rifabutin, felbamat, ritonavir, nelfinavir, grizeofulvin va teshik dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi preparatlar bilan o‘zaro ta'sir qilishi mumkin.
    Fermentlarni maksimal induktsiyasi kamida 2-3 haftadan keyin kuzatiladi, biroq keyinchalik u davolash to‘xtatilganidan so‘ng kamida 4 hafta davomida saqlanib turishi mumkin.
    Ushbu dori preparatlaridan birini qabul qilayotgan ayollarga, Laktinet preparatiga qo‘shimcha ravishda, kontratseptsiyaning to‘siq usullarini vaqtinchalik qo‘llash tavsiya etiladi.
    Preparat fermentlarni induktsiya qiluvchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanganida, davolash kursi davomida va ularni qabul qilishni tugatgandan so‘ng 28 kun davomida kontratseptsiyaning to‘siqli usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Jigar fermentlarining induktorlari bilan uzoq vaqt davomida davolanayotgan ayollar uchun nogormonal kontratseptsiya usulidan foydalanishi mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.
    Faollashtirilgan ko‘mir qabul qilinganida tabletkadagi steroidlarini so‘rilishi pasayishi mumkin, demak kontratseptsiyaning samaradorligi ham pasayadi. Yuqoridagini hisobga olgan holda, “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida keltirilgan tavsiyalarga rioya qilish kerak.
    Gormonal kontratseptivlar boshqa preparatlarning metabolizmiga ta'sir qilishi mumkin. Muvofiq ravishda, ularning qon plazmasi va to‘qimalardagi kontsentratsiyasi oshishi ham (masalan, siklosporin), pasayishi ham mumkin.
    Izoh: kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta'sirlarni aniqlash uchun ushbu dori vositalarning qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan tanishib chiqish kerak.
    Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
    Homiladorlik
    Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, progestagen faollikka ega bo‘lgan birikmalarning juda katta dozalari urg‘ochi naslida maskulinizatsiya bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi.
    Kengaytirilgan epidemiologik tadqiqotlar vaqtida, homiladorlikdan oldin MOK qabul qilgan ayollardan tug‘ilgan bolalarda tug‘ma rivojlanish nuqsonlari havfini oshishi ham, homiladorlikni erta muddatlarida MPK ni bexosdan qabul qilganda preparatning teratogen ta'siri ham aniqlanmagan. Dezogestrel saqlovchi turli majmuaviy OK larga nisbatan farmakologik ogohlik ma'lumotlari ham havfni oshishidan dalolat bermaydi.
    Homiladorlik vaqtida Laktinet preparatini qo‘llash mumkin emas.
    Agar Laktinet preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik kuzatilgan bo‘lsa, uni qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.
    Laktatsiya davri
    Laktinet preparati ko‘krak sutini ishlab chiqarilishiga va uning sifatiga (protein, laktoza yoki yog‘larning kontsentratsiyasi) ta'sir qilmaydi. Biroq etonogestrel (dezogestrelning metaboliti) ning ko‘p bo‘lmagan miqdori ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Natijada chaqaloq kuniga 1 kg tana vazniga 0,01-0,05 mkg (iste'mol qilinadigan sut hajmining taxminan 150 ml/kg/kun hisobida) preparat qabul qilishi mumkin.
    Tug‘ruqdan so‘ng 4 dan 8 haftagacha bo‘lgan davr davomida Laktinet preparatini qabul qilishni boshlagan onalardan tug‘ilgan bolalar xususida uzoq muddatli tadqiqotlarning cheklangan ma'lumotlari mavjud. Ular umrining 7 oyligigacha emganlar va 1,5 yoshgacha (n=32) yoki 2,5 yoshgacha (n=14) nazoratda bo‘lganlar. Bolalarning bo‘yi, jismoniy va aqliy rivojlanishini baholashda bachadon ichi terapevtik tizim (BITT) dan foydalangan onalardan tug‘ilgan go‘daklarga nisbatan farqlar aniqlanmagan. Mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga asosan, Laktinet preparatini laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Shunday bo‘lsada, Laktinet preparatini qabul qiladigan onalardan tug‘ilgan bolalarni o‘sishi va rivojlanishini sinchiklab kuzatish kerak.
    Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
    Dezogestrel transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi yoki biroz ta'sir ko‘rsatadi.
    Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Preparatning dozasi oshirib yuborilishi natijasida jiddiy salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar tushmagan. Doza oshirib yuborilgan hollarda quyidagi simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, yosh qizlarda esa – biroz vaginal qon ketishi kuzatilishi mumkin. Antidotlari mavjud emas, simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.

    Chiqarilish shakli

    Qobiq bilan qoplangan 28 tabletka, PVX/PVDX-plyonka va alyumin folgali blisterda. 1 yoki 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

    Saqlash sharoiti

    25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoya qilish uchun original o‘ramda saqlansin.

    Yaroqlilik muddati

    3 yil.

    Dorixonalardan berish tartibi

    Retsept bo‘yicha.
    Har qanday ishlatilmagan mahsulot yoki chiqindilari mahalliy talablarga muvofiq utilizatsiya qilinishi kerak.

    Ishlab chiqaruvchi

    «Gedeon Rixter» OAJ, Budapesht, Vengriya
    Ishlab chiqaruvchi va buyurtmachining manfaatlariga mas'ul kompaniya:
    «Gedeon Rixter» OAJ,
    1103 Budapesht, Dyomryoi ko‘ch., 19-21, Vengriya
    Ishonch telefoni (qo‘ng‘iroq bepul): 7-800-555-00777
    Elektron manzil: drugsafety@g-richter.ru

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Dozasi
    0,075 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Венгрия
    Ishlab chiqaruvchi
    Gedeon Richter PLC
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Блог
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Topshirish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar