Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Etamzilat in'ektsiya uchun eritma 12,5% 2ml №10
Etamzilat in'ektsiya uchun eritma 12,5% 2ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этамзилат
Страна производитель
Украина
Дозировка
12,5%
Производитель
ГНЦЛС ОЗ,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Etamzilat
Ta'sir etuvchi modda (XPN) etamzilat
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda etamzilat - 125 mg;
yordamchi moddalar natriy metabisulfiti (E 223), suvsiz natriy sulfiti (E 221), dinatriy edetati (Trilon B), in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz och sariq tuslisuyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tizimli qo‘llash uchun gemostatik vositalar. Angioprotektorlar.
ATX kodi B02BX01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Etamzilat qon ketishini oldini olish va to‘xtatish uchun vositadir. U gemostaz mexanizmining birinchi bosqichiga (endoteliy va trombotsitlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir) ta'sir qiladi. Etamzilat trombotsitlarning adgezivligini oshiradi, kapillyarlar devori mustahkamligini normallashtiradi, va shu yo‘l bilan ularning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, trombotsitlar dezagregatsiyasini, vazodilatatsiyani va kapillyarlarning oshgan o‘tkazuvchanligini chaqiruvchi prostaglandinlar biosintezini ingibitsiya qiladi. Buning natijasida qon ketish vaqti ancha sezilarli kamayadi, qon yo‘qotilishi kamayadi.
Farmakokinetikasi
Preparat vena ichiga yuborilganidan keyin gemostatik ta'siri 5-15 minutdan so‘ng aniqlanadi, maksimal ta'siri esa – 1-2 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Preparat 4-6 soat davomida samarali bo‘lib, shundan so‘nggina samarasi asta-sekin yo‘qoladi. Etamzilat
500 mg dozada vena ichiga yuborilgandan so‘ng qon plazmasidagi uning eng yuqori darajasiga 10 minutdan keyin erishiladi va u 50 mkg/ml ni tashkil etadi.
Yuborilgan dozaning taxminan 72% birinchi 24 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri -taxminan 2 soatni tashkil etadi. Etamzilat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga ajralib chiqadi.
Qo‘llanilishi
Yuza joylashgan va ichki kapillyarlardan turli etiologiyali qon quyilishlarini, ayniqsa qon ketishi endoteliyni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi holatlarda oldini olish va nazorat qilishda qo‘llaniladi
-otorinolaringologiyada, ginekologiyada, akusherlikda, urologiyada, stomatologiyada, oftalmologiyada va plastik jarrohlikda jarrohlik operatsiyalari vaqtida va undan keyin qon ketishlarini oldini olish va davolash;
-turli etiologiyali va lokalizatsiyaga ega kapillyardan qon ketishlarini
-gematuriya, metrorragiya, birlamchi gipermenoreya, bachadon ichki homilaga qarshi vositalari bo‘lgan ayollarda gipermenoreya, burundan qon ketishi, milklarda qon ketishini oldini olish va davolash;
-neonatologiya chala tug‘ilgan chaqaloqlarda periventrikulyar qon ketishini oldini olish uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga (sekin) yoki mushak ichiga yuboriladi. Kattalar uchun optimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 10-20 mg etamzilatni tashkil etadi, uni 3-4 marta qabul qilishda yuboriladi. Bolalar uchun sutkalik doza kattalarning sutkalik dozasini yarmini tashkil etadi.
Operativ aralashuvdan oldin 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Operatsiya vaqtida 1-2 ampulaning ichidagi modda vena ichiga yuboriladi; bu dozani takroran yuborish mumkin. Operatsiyadan keyin 1-2 ampulaning ichidagi moddani har 6 soatda qon ketish xavfi yo‘qolgunicha yuboriladi.
Neonatologiyada Etamzilat tana vazniga 12,5 mg/kg (0,1 ml = 12,5 mg) dozada vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Davolashni bola tug‘ilganidan keyin ilk 2 soatlar davomida boshlash lozim. Preparatni yuborishni 4 sutka davomida xar 6 soatda yig‘indi doza 200 mg/kg gacha yetgunicha o‘tkazish kerak.
Etamzilatni mahalliy ravishda (teri trasplantati, tish oldirish) preparat shimdirilgan steril doka salfetkani qo‘yish yordamida qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nerv tizimi tomonidan kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yuzni qizib ketishi, oyoqlarni paresteziyasi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan juda kam hollarda – tromboemboliya, arterial gipotenziya.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, diareya.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – allergik reaktsiyalar, tana haroratini oshishi, terida toshmalar, anafilaktik shok, angionevrotik shishning bir holati ta'riflangan.
Nafas tizimi tomonidan bronxospazm.
Endokrin tizimi tomonidan juda kam hollarda – o‘tkir porfiriya.
Suyak-mushak tizimi tomonidan kam hollarda – belda og‘riq.
Teri tomonidan qichishish, eshakemi.
Boshqalar to‘qimalar perfuziyasini pasayishi, bu biroz vaqtdan keyin o‘z-o‘zidan tiklanadi.
Barcha nojo‘ya samaralar kuchsiz va o‘tkinchidir.
O‘tkir limfatik va miyeloid leykemiyada qon ketishini oldini olish uchun etamzilat bilan davolangan bolalarda ko‘pincha og‘ir leykopeniya aniqlangan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Etamzilatga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik; natriy sulfitiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Bronxial astma, o‘tkir porfiriya, qon ivishini oshishi, antikoagulyant vositalar chaqirgan gemorragiyalar, bolalardagi gemoblastoz (limfatik va miyeloid leykemiya, osteosarkoma) da qo‘llash mumkin emas.
Davolashni bachadonning fibroz tuzilmalari borligi istisno qilinganidan keyin boshlash mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Etamzilat fiziologik eritma bilan aralashtirilsa, uni darhol qo‘llash lozim.
Reopoliglyukinni yuborishdan oldin qabul qilish, oxirgining antiagregatsion ta'sirini bartaraf etadi, reopoliglyukinni yuborgandan so‘ng qabul qilish gemostatik ta'sir ko‘rsatmaydi. Aminokapron kislotasi, vikasol bilan birga qo‘llash mumkin.
Nomutanosiblik.
Ampulaning ichidagi moddani bir shpritsda boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas.
Etamzilat eritmasi natriy gidrokarbonati eritmasi va natriy laktati kukuni bilan nomutanosibdir.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ilgari trombozlar yoki tromboemboliyalar qayd etilgan patsiyentlarga, shuningdek antikoagulyant vositalar tomonidan chaqirilgan gemorragiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq gemorragik asoratlarda, spetsifik antidotlarni qo‘llash kerak.
Preparat trombotsitlar soni kamayganda samarasizdir.
Davolashni boshlashdan oldin qon ketishining boshqa sabablarini istisno qilish kerak.
Qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini buzilish bo‘lgan patsiyentlarni Etamzilat bilan davolashni, qon ivish tizimi omillarining nuqsoni yoki aniqlangan tanqislikni barataraf etuvchi dori vositalarini yuborish bilan to‘ldirish kerak.
In'ektsion eritmaning rangi o‘zgargan hollarda preparatni qo‘llash man etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrilarida qo‘llanishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanmaydi.
Etamzilat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar.
Gemoblastozi (limfatik va miyeloid leykemiya, ostesarkomasi) bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir etish xususiyati.
Etamzilat bilan davolanish vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki bosh aylanishi yuz berishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Etamzilatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan bllisterda, 2 blisterdan qutida; 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25oS gacha haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi
«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ
Manzili
Ukraina, 61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22
(«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ)
Ukraina, 61057, Xarkov sh. Vorobyev ko‘ch., 8.
(«Optny zavod «GNTSLS» MChJ)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.