Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Adazal - Neo tab. 400 mg №1
Adazal - Neo tab. 400 mg №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Албендазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
400 мг
Производитель
BIOGEN,СП,ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Adazal Neo.
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Albendazol
Dori shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quydagilarni saqlaydi
Faol modda Albendazol - 200 mg va 400 mg.
Yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati, magniya stearati, tal'k, natriy kraxmal glikolyati, krospovidon, polivinilpirrolidon K25, natriy laurilsulfati.
Ta'rifi
200 mg tabletkalar Dumaloq, ikki tomoni qavariq, och-apelsin rangli o‘ziga xos hidli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
400 mg tabletkalar Oq yoki deyarli oq rangli, cho‘ziq, bir tomonida bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, ikkiyoqlama qavariq, o‘ziga xos hidli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antigelmint vosita.
ATX kodi R02SA03
Farmakologik xususiyatlari
Gijjaga qarshi vosita, mono- va poliinvaziyalarda samarador. Beta-tubulinning polimerizatsiyasini tanlab parchalaydi, gijjalarning ichak kanallari hujayralarinimikrotubulyar tizimi faolligini buzadi; glyukozani utilizatsiyasini bostiradi, ularning o‘limiga sabab bo‘luvchi, sekretor granulalar va dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi boshqa organellalarini harakatlanishini ularni halok bo‘lishi bilan bog‘liq holda bloklaydi. Ayniqsa, sestodlarning lichinkali shakllariga - Echinococcus granulosus va Taenia solium, nematodlarning - Strongyloides stercolatis nisbatan faol
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan so‘ng, albendazol me'da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi, plazmada o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi, chunki jigardagijjaga qarshi faollikka ega bo‘lgan, birlamchi metabolit- albendazol sulfoksidga tezda aylanadi.
Kiraolishligi past. Yog‘li ovqatni qabul qilish albendazolning va so‘rilishini maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) ni 5 martaga oshiradi. Albendazol sulfoksidining Cmax ga erishish vaqti 2-5 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan 70 % bog‘lanadi.
A'zolar bo‘yicha deyarli to‘liq tarqaladi siydikda, safroda, jigarda, kista devori va kista suyuqligida, orqa miya suyuqligida. Gijjalar sistalarining devori va suyuqligiga o‘tadi. Albendazol sulfoksidi albendazol sulfoniga (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan mahsulotlarga metabollanadi. Albendazol sulfoksidining yarim chiqarilish davri (T1/2) - 8-12 soatni tashkil etadi.
Faol metabolit albendazol sulfoksidi ko‘rinishida o‘t-safro bilan ichaklar orqali chiqariladi, uning katta bo‘lmagan qismigina siydik bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda klirensi o‘zgarmaydi. Jigarni zararlanishida kiraolishligi oshadi, bunda albendazol sulfoksidining Cmax 2 marta oshadi, T1/2 esa uzayadi. Albendazol mikrosomal fermentlari sitoxrom R-450 (IA) tizimining induktori hisoblanadi; ko‘pgina dori preparatlarining metabolizmini tezlashtiradi.
Qo‘llanilishi
Preparatgijja invaziyalarida, shu jumladan nematodozlarda qo‘llanadi
• cho‘chqa solityorining lichinkalik shakli (Taenia solium) chaqirgan neyrotsistitserkoz;
• it tasmasimon chuvalchangining lichinkalik shakli (Echinococcus granulosus) chaqirgan jigar, o‘pkalar, qorinpardaning exinokokkozi; exonokokkoz kistalarining jarrohlik davolanishida yordamchi vosita sifatida;
• askaridoz;
• trixotsefalez;
• ankilostomidoz;
• enterobioz;
• nekatoroz;
• strongiloidoz (strogiloidoz);
• opistorxoz;
• mikrosporidioz;
• toksokaroz;
• lyamblioz;
• aralash gijjalar.
Qo‘llash usuli va dozasi
Ichga, ovqatdan so‘ng tabletkalarni chaynamasdan, suv bilan ichiladi. Sutkalik doza- 0.4 g (bir qabul uchun), bolalar uchun - 6 mg/kg. Curgi dori vositalarini qo‘llash va maxsus parhez talab qilinmaydi.
Ankilostomidoz va askaridozda 0.4 g dan, enterobiozda 0.2 g dan bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.
Strongiloidoz 0.4 g dan va sestodoz 0.2 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.
2 yoshdan katta bolalar va kattalar - bosh miya sistitserkozi 0.4 g dan sutkasiga 2 marta , 8-30 sutka davomida.
Askaridoz, trixotsefalez, enterobioz va ankilostomidoz - 0.4 g dan sutkasiga bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.
Lyamblioz 0.4 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida. Strongiloidoz va sestodoz 0.4 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, “jigar” transaminazalar faolligining oshishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, meningeal simptomlar.
Qon yaratish tizimi tomonidan bosh miya qon yaratilishining cheklanishi, leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Allergikreaktsiyalar teri toshmasi, qichishish.
Boshqalar gipertermiya (tana haroratining oshishi), arterial bosimning oshishi, qaytariluvchan alopetsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan emizish), 6 yoshgacha bo‘lganlarda – havfsizligi aniqlanmagan.
Ehtiyotkorlik bilan ko‘mik qon yaratilishining susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasining patologiyasi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Deksametazon, prazikvantel va simetidin qondagi albendazol kontsentratsiyasini oshiradi.
Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida, albendazol kontsentratsiyasining o‘t-safro va exinokkok kistasida exinokokkozni davolash samaradorligini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Albendazolni suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishida, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘z to‘r pardasining patologiyasida bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparat bilan davolash davrida qon tahlilini har 28 kunlik siklning boshida va har 2 haftada o‘tkazish zarur. Leykopeniya rivojlanganida davolashni to‘xtatish zarur. Agar umumiy leykotsitlar va neyrotrofilli leykotsitlarning umumiy sonini sust kam bo‘lsa va xaddan tashqari kamayib ketmasa albendazol bilan davolash mumkin.
Preparatni katta dozalarda qabul qilayotgan patsiyentlar jigar faoliyatini doimiy nazoratida sinchkovkuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda davolashni boshlashdan avval, homiladorlikni yo‘qligi yuzasidan test o‘tkaziladi. Davolanish vaqtida ishonchli kontratseptsiyadan foydalanish shart.
Ko‘zlarni zararlanishi bilan kechuvchi neyrotsistitserkozida albendazol bilan davolashni boshlashdan avval, ko‘z to‘r pardasini (uning patologiyasini chuqurlashib ketish havfi tufayli tekshirish lozim).
Neyrotsistitserkozi bo‘lgan patsiyentlar steroidlar (GKS) va tirishishga qarshi preparatlar bilan muvofiq davoni olishlari kerak. Oral va vena ichiga yuboriladigan kortikosteroidlar sistaga qarshi davoni birinchi haftasida gipertenziv hurujlarni bartaraf qilishi uchun qo‘llanadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Zarurat bo‘lganda simptomatik davo o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 200 mg va 400 mg dan kontur-uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Kuruk, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«BIOGEN» MChJO‘zbekiston-Buyuk Britaniya QK O‘zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘chasi, 51 uy.Tel./faks(99871)
248-04-99.
Citco Chemicals Ltd, Angliya, buyurtmasi buyicha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.