Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аlbezol 200 tab. №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Альбендазол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
200 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Albezol®
Ta'sir etuvchi modda Albendazol
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Faol modda albendazol 200 mg va 400 mg.
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, polivinilpirrolidon, makkajo‘xori kraxmali, natriy lauril sulfati, natriy saxarin, temir III oksidi, natriy kraxmal glikolyati, mikrokristall sellyuloza, och sariq vanilli aromatizator, apelsinli aromatizator, magniy stearati.
Ta'rifi Och pushtidan pushti rangligacha bo‘lgan, marmar yuzali va yuzasida dog‘lari bo‘lgan, oval shakldagi, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antigelmint vosita.
ATX kodi R02SA03
Farmakologik xususiyatlari
Keng tasir doirasiga ega antigelmint preparat, mono- va poliinvaziyalarga nisbatan faol. Beta-tubulinning polimerizatsiyasini tanlab susaytiradi, gijjalarning ichak kanallari hujayralarini mikrotubulyar tizimi faolligini buzadi, glyukozaning utilizatsiyasini susaytiradi, dumaloq chuvalchanglarning mushak hujayralaridagi sekretor granulalar va boshqa organellalarini xarakatlanishini bloklaydi, ularni nobud bo‘lishiga olib keladi. Ayniksa sestodlara - Echinococcus granulosus va Taenia solium. nematod - Strongyloides stercolatis ning lichinkali shakllariga nisbatan samaralidir.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul kilingandan so‘ng albendazol me'da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi, plazmada o‘zgarmagan xolda aniklanmaydi, chunki jigarda tezda antigelmint qarshi faollikka ega bo‘lgan birlamchi metaboliti - albendazol sulfoksidiga aylanadi.
Biokiraolishligi past. Yog‘li ovqatni qabul qilish albendazolning maksimal kontsentratsiyasini (Smax) va so‘rilishini 5 barobar oshiradi. Albendazol sulfoksidining Smax ga erishish vaqti 2-5 soatni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan 70% ga bog‘lanadi. Organizm bo‘ylab deyarli to‘liq tarqaladi siydikda, safroda, jigarda, kista devori va kista suyuqligida, orqa miya suyuqligida aniqlanadi. G'ijjalarning sistalari devori va suyuqligiga o‘tadi. Albendazol sulfoksidi metabolizmga uchraydi va albendazol sulfoni (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan maxsulotlari hosil bo‘ladi. Albendazol sulfoksidining yarim chiqarilish davri (T1/2) - 8-12 soatni tashkil qiladi. Faol metabolit albendazol sulfoksidi ko‘rinishida safro bilan ichak orqali chiqariladi, uning katta bo‘lmagan kismigina siydik bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda klirensi o‘zgarmaydi. Jigar shikastlanishida biokiraolishligi oshadi, bunda albendazol sulfoksidining Smax ko‘rsatkichi 2 marta oshadi. T1/2 esa uzayadi. Albendazol sitoxrom R450 (IA) tizimi mikrosomal fermentlarining induktori hisoblanadi ko‘pchilik dori preparatlarining metabolizmini tezlashtiradi.
Qo‘llanilishi
Enterobioz, ankilostomidoz va nekatoroz, gimenolepidoz, tenioz, strongiloidoz, askaridoz, trixotsefalez, klonorxoz, opistarxoz, Larva Migrans teri sindromi, bolalardagi lyamblioz, kistozli exinokokkoz, alveolyar exinokokkoz, neyrotsistitsirkoz, gepatikolez, gnatostomoz, trixinellez, toksokaroz, mikrosporidioz; aralash gelmintozlarni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, chaynab, ovqat bilan birga qabul qilinadi. Sutkaning aynan bir vaqtida qabul qilgan afzal. Agar 3 haftadan keyin sog‘ayish kuzatilmasa, unda davolashning ikkinchi kursini belgilash kerak.
Ichak infektsiyalari va Larva Migrans teri sindromi.
InfektsiyaYoshiQabul qilishning davomiyligi
Enterobioz, ankilostomidoz, nekatoroz, askaridoz,
trixotsefalezKattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar400 mg sutkada 1 marta, bir marta
1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar200 mg sutkada 1 marta, bir marta
Strongiloidoz, tenioz, gimenolepidozKattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar400 mg sutkada 1 marta 3 kun davomida. Gimenolepidozda 10 kundan 21 kungacha bo‘lgan takroriy davolash kursi tavsiya qilinadi
Klonorxoz, opistarxozKattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar400 mgsutkada 2 marta 3 kun davomida.
Larva Migrans teri sindromiKattalar va 2 yoshdan oshgan bolalar400 mg sutkada 1 marta. Qabul qilish davomiyligi 1 kundan 3 kungacha.
LyambliozFaqat 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar400 mg sutkada 1 marta 5 kun davomida.
Tizimli gelmintli infektsiyalar (yuqoriroq dozalar bilan davomli davolanish).
Dozalash tartibi
infektsiyaning og‘irlik darajasi, bemorning vazni va yoshiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni yuqori (800 mg/sut yuqori) dozalarda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Vazni 60 kg dan ortiq bo‘lgan bemorlarga preparatning dozasi 400 mg sutkada 2 marta. Vazni 60 kg gacha bo‘lgan bemorlarga preparat sutkada 15 mg/kg hisobidan 2 marta qabul qilishga buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg ni tashkil qiladi.
InfektsiyaQabul qilishning davomiyligi
Kistozli exinokokkoz28 kun. Operatsiya qilib bo‘lmaydigan shaklda preparatni qabul qilishda 14 kunlik tanaffus bilan uchta 28 kunlik davolash sikli tavsiya qilinadi. Operatsiyadan oldin preparatni qabul qilishda 14 kunlik tanaffusi bilan bo‘lingan ikkita 28-kunlik sikl tavsiya etiladi. Agar operatsiyadan oldingi kurs 14 kundan kam bo‘lsa yoki xayotga yaroqli kistalar topilgan bo‘lsa, unda operatsiyadan keyin preparatni kabul qilishda 14 kunlik tanaffusi bilan bo‘lingan ikkita 28-kunlik sikl o‘tkaziladi.
Alveolyar exinokokkoz28 kun. Ikkinchi 28 kunlik sikl preparatni qabul qilishda ikki haftalik tanaffusdan keyin takrorlanadi. Davolash bir necha oy yoki yil davom etishi mumkin.
NeyrotsistitsirkozQabul qilish davomiyligi 7 kundan 31 kungacha. Ikkinchi kursni ikki haftalik tanaffusdan keyin takrorlash mumkin.
Gepatikolez400 mg sutkada 1 marta 10 kun davomida.
Gnatostomoz400 mg sutkada 1 marta 10-20 kun davomida.
Trixinellez, toksokaroz400 mg sutkada 2 marta 5-10 kun davomida.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qornnda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, "jigar" transaminazalari faolligini oshishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, meningeal simptomlar.
Kon yaratish tizimi tomonidan suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi. leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish.
Boshqalar gipertermiya (tana xaroratini oshishi), arterial bosimni oshishi, qaytuvchan alopetsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat o‘ta yuqori sezuvchanlik, xomiladorlik, laktatsiya davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tizimli gelmintli infektsiyalarda sutkada 800 mg dan yuqori dozalarda (xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan Qon yaratilishini susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘zning to‘r pardasini patologiyasi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Deksametazon, prazikvantel va simetidin albendazolning qondagi kontsentratsiyasini oshiradi.
Simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, safro va exinokokk kistasining ichidagisida albendazolning kontsentratsiyasini oshishi aniqlangan, bu exinokokkozni davolash samaradorligini oshirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Albendazol suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishida, jigar yetishmovchiligi, jigar sirrozi, ko‘zning to‘r pardasining patologiyasi bo‘lgan patsiyentlarda extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparat bilan davolash davrida qon taxlilini xar bir 28 kunlik siklning boshida va xar 2 haftada o‘tkazish kerak. Leykopeniya rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak.
Albendazol bilan davolashni, fakat agarda leykotsitlar va neyrotrofil leykotsitlarning umumiy miqdorini pasayishi o‘rtacha bo‘lsa va oshmagan takdirda davom ettirish mumkin.
Preparatni katta dozalarda qabul qilayotgan patsiyentlar, jigar faoliyatini doimiy nazoratida, sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Reproduktiv yoshdagi ayollarda davolashni boshlashdan avval homiladorlikni yo‘qligi yuzasidan sinama o‘tkaziladi. Davolanish vaqtida ishonchli kontratseptsiya shart.
Ko‘zlarni zararlanishi bilan kechuvchi neyrotsistitserkozda albendazol bilan davolashni boshlashdan avval, ko‘z to‘r pardasini (uning patologiyasini chuqurlashib ketish xavfi tufayli) tekshirish kerak.
Neyrotsistitserkozi bo‘lgan patsiyentlar steroidlar (GKS) va tirishishga qarshi preparatlar bilan muvofiq davolashni olishlari kerak. Og‘iz orqali va vena ichiga yuboriladigan kortikosteroidlar sistaga qarshi davolashning birinchi haftasida gipertenznv xurujlarni bartaraf qilishi uchun qo‘llanadi.
Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomalri nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi.
Davolash simptomatik, me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish.
Chiqarilish shakli
«Albezol® 200», chaynash uchun tabletkalar 200 mg dan, №3, № 6.
«Albezol® 400», chaynash uchun tabletkalar 400 mg dan №1, №3, №6.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5"A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.