Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Longokain Xevi in'ektsiya uchun eritma 5mg/ml 5ml №5
Nomi | Narx | |||||
Лонгокаин Хеви раств.д/ин. 5мг/мл 5мл №5 (DE123/1-1##2 073) |
UZS 165 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бупивакаин
Страна производитель
Украина
Дозировка
5 мг/мл 5 мл
Производитель
Юрия-Фарм,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- Yurak-qon tomir tizimidan
Preparatning savdo nomi
Longokain Xevi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Bupivakain
Dori shakli
In'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi;
faol modda suvsiz bupivakain gidroxloridi - 5 mg;
yordamchi moddalar glyukoza monogidrati, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy anesteziya uchun preparatlar. Amidlar. Bupivakain.
ATX kodi N01BB01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Longokain Xevi davomli ta'sirga ega, amid turiga mansub bo‘lgan mahalliy anestetik-bupivakain saqlaydi. Bupivakain nerv membranalari orqali natriy ionlarini transportini bostirib, nerv tolalari tomonidan impulsni o‘tkazuvchanligini qaytuvchan bloklaydi. Shunga o‘xshash samaralar miyaning va miokardning qo‘zg‘aluvchan membranalarida ham kuzatilishi mumkin.
Longokain Xevi giperbarik spinal anesteziya uchun mo‘ljallangan. In'ektsiya uchun eritmaning taxminiy zichligi 20ºS da 1,026 ni (37°S da 1,021 ga ekvivalent) tashkil qiladi. Og‘irlik kuchi Longokain Xevini subaraxnoidal bo‘shliqda boshlang‘ich taqsimlanishiga ahamiyatli darajada ta'sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Bupivakain moy/suv nisbati 27,5 bo‘lgan taqsimlanish koefitsentiga ega bo‘lgan yog‘da eruvchi preparat hisoblanadi. So‘rilish ikki bosqichda yuz beradi. Yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 50 va 400 minutni tashkil qiladi. Sekin so‘rilish bosqichi bupivakainni cheklangan chiqarilishi omili hisoblanadi, bu subaraxnoidal bo‘shliqqa yuborilganidan keyin oxirgi yarim chiqarilish davri vena ichiga yuborilgan holdagiga nisbatan uzoqroq ekanligi bilan tushuntiriladi. Intratekal yuborilganidan keyin bupivakainning qondagi kontsentratsiyasi boshqa regional og‘riqsizlantiruvchi muolajalarga nisbatan ahamiyatli darajada past. Bu intratekal anesteziya uchun zarur bo‘lgan katta bo‘lmagan doza bilan bog‘liq. Umuman olganda, har 100 mg yuborilganda plazmadagi maksimal kontsentratsiyasini oshishi 0,4 mg/l ni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Vena ichiga yuborilgandan keyin bupivakainning plazmadagi umumiy klirensi 0,58 l/min, muvozanat holatida taqsimlanish hajmi – 73 l, oxiri yarim chiqarilish davri – 2,7 soatni, jigardan chiqarilish koeffitsiyenti esa – 0,4 ni tashkil qiladi. Bupivakain asosan alfa-1-nordon glikoprotein bilan bog‘lanadi; oqsillar bilan bog‘lanishi – 96% ni tashkil qiladi. Bupivakain jigarda metobolizmga uchraydi. Uning klirensiperfuziyasiga qaraganda ko‘proq jigarning ichki fermentlarini o‘zgarishiga bog‘liq. Shuningdek, preparatning metabolitlari ham farmakologik faol hisoblanadi, biroqfaolligi bupivakainga solishtirilganda sezilarli darajada past.
Bupivakain yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Erkin bupivakainning kontsentratsiyasi ona va xomilada bir xildir. Biroq xomila plazmasidagi umumiy kotsentratsiyasi past, sababi, u oqsillar bilan kam darajada bog‘lanadi.
Qo‘llanilishi
Jarrohlikda (masalan, urologik jarrohlik operatsiyalarida, 2-3 soat davom etadigan qo‘l-oyoqlar jarrohligida, 45-60 minut davom etadigan abdominal jarroxlikda) kattalar va har xil yoshdagi bolalarda intratekal (subaraxnoidal) spinal anesteziya uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bupivakain- amid tipidagi uzoq ta'sirga ega anestetik. Longokain Xevi ta'siri tez boshlanadi va uzoq davom etadi. T10-T12 segmentlarda og‘riqsizlantirish davomiyligi 2-3 soatni tashkil etadi.
Longokain prparatini qo‘llasha oyoqlarda 2-2,5 soat davom etuvchi mushaklarning o‘rtacha bo‘shashishiga olib keladi. Qorin pressi mushaklari qisqarish faolligini blokadasi eritmaning 40-60 daqiqa davom etuvchi abdominal jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun yaroqliligini bildiradi. Mushaklar qisqarish faolligini blokadasi davomiyligi og‘riqsizlantirish davomiyligidan oshib ketmaydi. Longokain Xevini yurak tomir tizimiga ta'siri spinal anesteziya o‘tkazish uchun mo‘ljallangan boshqa preparatlarga o‘xshash yoki kamroq ifodalanadi.
Intratekal yuborish uchun qo‘llash usullari.
Kattalar va 12 yoshdan oshganlar
Dori vositasini dozalashdaquyidagi tavsiyalarini o‘rta yoshdagi kattalarda qo‘llash uchun ko‘rsatma sifatida qarash kerak.
Raqamlar preparat o‘rtacha yo‘l qo‘yiladigan dozasidiapazonini ifodalaydi.Bemorlarni individual talablarini ta'minlash maqsadida va blokada o‘tkazishning alohida usullariga ta'sir qiluvchi omillar bo‘lgan hollarda, dozaga tegishli bo‘lgan standart tavsiyalarga e'tibor qilinishi zarur.
Preparatning zarur dozasini hisoblashdavrachning malakasi va bemorning jismoniy holati muhim omillardan hisoblanadi. Anesteziyani boshlanishida va o‘tkazish davomida individual o‘zgaruvchan holatlar bo‘lishi mumkin, va anesteziyani tarqalish darajasini oldindan aytish qiyin bo‘lib, qo‘llanilayotgan preparatning hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Dori vositasini dozalash bo‘yicha yo‘riqnomalar
Jarrohlikda intratekal anesteziya
2-4 ml (10-20 mg bupivakain gidroxloridi).
Keksa yoshdagi bemorlar va homiladorlikning oxirgi bosqichlaridagi bemorlarda preparat dozasini kamaytirish zarur.
Yangi tug‘ilganlar, chaqaloqlar va tana vazni 40 kg gacha bo‘lgan bolalar
Longokain Xevini pediatrik praktikada qo‘llash mumkin.
Kattalar va bolalar orasidagi farqlardan biri-bu bolalar va yangi tug‘ilganlar chaqaloqlarda orqa miya suyuqligining hajmi nisbatan ko‘proq bo‘ladi, bu esa uchun bolalarga, kattalardagi kabi blokada darajasiga erishish uchun biroz yuqoriroq doza (doza/kg) yuborishni talab qiladi.
Bolalarda regionar anesteziya muolajalarini, bolalarda regionar anesteziya o‘tqazish uchun zarur malakaga ega bo‘lgan, hamda anesteziya o‘tkazish uslublari malakasiga ega bo‘lganmutaxassis shifokorlar o‘tkazishi zarur.
1-jadvalda keltirilgan dozalarni, dori vositasini pediatriyada qo‘llaniladigan hollarda tavsiya sifatida qarash zarur. Individual o‘zgaruvchanlik hollari kuzatilgan.
Bemorlarni individual talablarini ta'minlash maqsadida va blokada o‘tkazishning alohida usullariga ta'sir qiluvchi omillar bo‘lgan hollarda, dozaga tegishli bo‘lgan standart tavsiyalarga e'tibor qilinishi zarur.
Adekvat anesteziya uchun zarur bo‘lgan preparatning eng kam zarur dozasini qo‘llash tavsiya etiladi.
1-jadval
Yangi tugilganlar, chaqaloqlar va bolalar uchun preparatnitavsiya etilgan dozalari.
Tana vazni, kg
Doza mg/kg
<5 kg
0,40-0,50
5-15 kg
0,30-0,40
15-40 kg
0,25-0,30
Longokain Xevi preparatini qo‘llashda erishilgan anesteziya vaqtida preparatning taqsimlanishi bir nechta omillarga, jumladan eritma hajmi va in'ektsiya vaqtida va in'ektsiyadan keyin bemorning holatiga bog‘liq
Bemor o‘tirgan holatidaL3-L4 umurtqalararo bo‘shliqqa 3 ml Longokain Xevi preparati yuborilsa, dori vositasi orqa miyaning T7-T10 segmentlarigacha tarqaladi. Qorni bilan gorizontal holatda preparat ine'ktsiyasini olgan bemor orqa tomonga o‘girilib yotsa, blokada orqa miyaning T4-T7 segmentlarigacha tarqaladi. Har qanday anestetik yuborishda erishiladigan orqa miya anesteziyasi darajasi, uni oladigan bemorda bashorat qilib bo‘lmasligi mumkin.
In'ektsiya tavsiya etiladigan sohasi L3 dan pastda.
Longokain Xevi preparatini 4 ml dan oshadigan dozada in'ektsiya shaklida yuborilgandagi ta'siri hozirgi kungacha o‘rganilmaganligi sababli, bunday hajmda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Eritmani ampulani ochgandan so‘ng iloji boricha tezroq ishlatish zarur. Eritmaning qolgan har qanday qismi utilizatsiya qilinishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Longokain Xevi preparatning xavfsizlik profili, intratekal anesteziya uchun qo‘llaniladigan uzoq ta'sirga ega boshqa anestetiklarni qo‘llanilganidagi nojo‘ya ta'sirlari bilan bir xil.
2- jadval
Preparatni qo‘llaganda kuzatiladigan nojo‘ya ta'sirlar
Juda ko‘p tarqalgan (>1/10)
Yurak-qon tomir buzilishlari
Me'da-ichak tizimi tomonidan
arterial gipotenziya, bradikardiya ko‘ngil aynishi
Tarqalgan (1/10-1/100)
Markaziy nerv tizimi tomonidan
Me'da-ichak tizimi tomonidan
Siydik-tanosil tizimi
Miya qattiq pardasi punktsiyasidankeyin rivojlanadigan bosh og‘rig‘i
qusish
Siydikni tutilishi, siydikni tutib turolmaslik
Tarqalmagan (1/100-1/1000)
Markaziy nerv tizimi tomonidan
Suyak-mushak tizimi tomonidan
paresteziya, parez, dizesteziya
mushak kuchsizligi, belda og‘riq
Juda kam hollarda(<1/1000)
Yurak-qon tomir tizimidan
Immun tizimi tomonidan
Nerv tizimi tomonidan
Nafas tizimi tomonidan
yurak to‘xtab qolishi
Allergik reaktsiyalar, anafilaktik shok
To‘satdan to‘liq spinal blokada, paraplegiya, falajlik, neyropatiya, araxnoidit
Nafasni susayishi
Preparat bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalarni nervlarni blokadasi bilan (masalan, arterial bosimni pasayishi, bradirkardiya, siydikni vaqtinchalik tutilishi), muolaja bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq (masalan, orqa miya gematomasi) yoki bilvosita igna punktsiyasi (masalan, meningit, epidural abstsess) yoki orqa miya suyuqligi oqib ketishi (masalan miya qattiq pardasini teshilishida rivojlanadigan bosh og‘rishi) bilan bog‘liq bo‘lgan fiziologik ta'sirlardan farq qilish qiyin.
O‘tkir tizimli yetishmovchilik.
Longokain Xevi preparatini tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda, qonda preparatni tizimli toksiklikka olib keluvchi yuqori kontsentratsiyasi hosil bo‘lish ehtimolligi kam.
Biroq boshqa mahalliy anestetiklar bilan bir vaqtda qo‘llangan hollarda tizimli toksik samaralar rivojlanishi mumkin, chunki ushbu preparatlarning toksik samaralari additiv hisoblanadi.
O‘tkir tizimli toksiklik kamdan kam hollarda orqa miya anesteziyasi bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin preparatni tomir ichiga tasodfan yuborilganda yuzaga kelishi mumkin. Tizimli nojo‘ya ta'sirlari tilning ivishishi, bosh aylanishi va titrashni tirishishlarga o‘tishi vava yurak-tomir tizimi tomonidan o‘zgarishlar bilan xarakterlanadi.
O‘tkir tizimli toksiklikni davolash
Tizimli toksiklikni yengil darajasi davolash talab etilmaydi, lekin tirishishlar yuzaga kelsa, agar ular 15-30 sekunddan uzoq davom etsa, organizmni adekvat oksigenatsiyasini ta'minlash va tirishish belgilarini to‘xtatishzarur. Kislorodni niqob ko‘rinishida berish, zarur bo‘lsa nafasni nazorat qilish zarur. Tirishishlarni 100-150mg tiapentalni vena ichiga yoki 5-10 mg diazepamni vena ichiga yuborish yo‘li bilan to‘xtatish mumkin. Bundan tashqari agar vrachni falajlangan bemorga traxeya intubatsiyasi o‘tkazish va yordam berish imkoni bo‘lsa 50-100 mg dozada suktsinilxolinni vena ichiga yuborish mumkin.
Orqa miya qamrovli yoki to‘liq blokadasi nafas falaji belgilari rivojlanishiga olib kelishi mumkin, nafas yo‘llarini erkin o‘tkazuvchanligini ta'minlash va tutib turish, o‘pka ventilyatsiyasini yengillashtirish uchun yoki nazorati uchun kislorod yetkazib berish yo‘li bilan davolash kerak.
Arteral gipotenziyani vazopressor vositalarni qo‘llash yo‘li bilan, masalan vena ichiga 10-15 mg dozada efedrin yuborish, qon bosimini kerakli ko‘rsatkichlarga ko‘tarilgunicha takroriy yuborib davolash tavsiya etiladi. Suyuqliklar, elektrolitlar va kolloid eritmalarni vena ichiga yuborish arterial gipotenziya kechishini tez yengillatishi mumkin.
Pediatrik populyatsiya
Bolalardagi nojo‘ya reaktsiyalar kattalarda kuzatiladigani bilan o‘xshash, ammo bolalarda blokadani umumiy og‘riqsizlantirish va sedatatsiya bilan bir vaqtda o‘tkazilganda mahalliy anestetiklarni toksikligini erta belgilarini aniqlash qiyin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Amidlar qatori mahalliy anestetiklariga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Intratekal anesteziyani qo‘llash uchun umumiy qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar quyidagilar hisoblanadi
- meningit, miya o‘smalari, poliomiyelit va bosh miyaga qon quyilishlari xavfli anemiya natijasida orqa miyaning o‘tkir osti majmuaviy degeneratsiyasi bilan birga va bosh va orqa miya o‘smalari kabi markaziy nerv tizimining o‘tkir va faol bosqichidagi kasalliklarda;
- spinal kanal stenozi va kasalligi faol bosqichidagi kasalliklar (spondilit, o‘smalar) yoki umurtqa pog‘onasining yaqinda bo‘lgan jarohati (masalan sinish);
- septitsemiya;
- punktsiya qilinadigan joyda yoki punktsiya joyiga yaqin sohada terining piogen infektsiyalari;
- kardiogen yoki gipovolemik shok;
- qon ivish tizimining buzilishlari yoki antikoagulyantlar bilan bir vaqtda davolashda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bupivakainni amidli anestetiklar, masalan, lidokain yoki meksiletinga strukturasi bo‘yicha o‘xshash mahalliy anestetiklar yoki preparatlar qabul qilayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki additiv zaharli ta'sirning xavfi oshadi. Bupivakain III sinf antiaritmik vositalar (masalan, amidaron) bilan o‘zaro ta'sirining maxsus tekshirishlari o‘tkazilmagan, lekin ushbu preparatlarni buyurish zarurati tug‘ilgan hollarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Intratekal anesteziyani yetarli bilimga va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis o‘tkazishi lozim. Regionar anesteziyani faqat maxsus o‘pka sun'iy ventilyatsiyasi uchun jixozlar bilan jixozlangan joylarda o‘tkazish lozim. Reanimatsiya uskunalari va tegishli dorilar zudlik bilan foydalanish uchunmavjud bo‘lishi kerak.
Intratekal anesteziyani o‘tkazishni boshlashdan oldin dorilarni vena ichiga yuborish uchun sharoitni avvaldan ta'minlab qo‘yish zarur. Anesteziya o‘tkazish uchun ma'sul shifokor preparatni tomir ichiga tushishini oldini olish uchun zarur chora tadbirlarnni qo‘llashi, va nojo‘ya ta'sirlarini, tizimli toksiklikni va boshqa asoratlarni diagnostika qilish va davolash uchun yetarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lishlari lozim. O‘tkir zaharlanish belgilari yoki to‘liq orqa-miya blokadasi belgilari yuzaga kelgan hollarda mahalliy anestetikni yuborishni darhol to‘xtatish zarur.
Boshqa mahalliy anestetiklar kabi, bupivakain ham, preparat mahalliy anesteziya o‘tkazish maqsadida qo‘llanilganda, preparatni qonda yuqori kontsentratsiyasini yuzaga kelishiga olib kelingan hollarda markaziy asab tizimi va yurak-qon tomir tizimi tomonidan o‘tkir toksik ta'sirlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu xususan preparatni tasodifan tomir ichiga yuborilganda yoki kuchli tomirlangan sohalarga in'ektsiya qilingan hollarga tegishli.
Qorinchalar aritmiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi, to‘satdan yurak-qon tomir yetishmovchiligi holatlari va letal holatlar bupivakainning yuqori tizimli kontsentratsiyasi bilan bog‘liqligi qayd etilgan.
Yurak to‘xtab qolgan hollarda muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun reanimatsion chora-tadbirlarni uzoq muddat o‘tkazish talab etilishi mumkin. Odatda intratekal anesteziya o‘tkazish uchun ishlatiladigan dozalarda preparatning yuqori tizimli kontsentratsiyasi kutilmaydi.
Keksa yoshdagi bemorlarda, homiladorlikning oxirgi davrlaridagi bemorlarda to‘liq yoki qamrovli spinal blokada rivojlanish xavfi yuqori bo‘lib, yurak-tomir tizimi va nafas faoliyati susayishiga olib keladi. Shuning uchun bunday bemorlarda preparatning dozasini kamaytirish kerak.
Har qanday mahalliy anestetiklar bilan intratekal anesteziya o‘tkazilayotgandaarterial gipotenziya va bradikardiya rivojlanishi mumkin, ularni oldini olishga qaratilganchora tadbirlarni qo‘llash, ya'ni qon tomir tizimiga kolloid va kristalloid eritmalarni yuborish maqsadga muvofiqdir. Arterial gipotenziya rivojlangan holatlarda zudlik bilan 5-10 mg efedrin kabi tomirni toraytiruvchi preparatlarni vena ichigayuborish kerak. Qon ketish yoki suvsizlanish, yoki massiv astsitli bemorlarda aorta – kovak okklyuziyasi, katta bo‘shliqlar katta o‘smalari, homiladorlikning oxirgi muddatlaridagi gipovolemiyalarda og‘ir arterial gipotenziya yuzaga kelishi mumkin. Yurak dekompensatsiyasi bo‘lgan bumorlarda sezilarli arterial gipotenziyadan qochish kerak. Gipovolemiyasi bor bemorlarda intratekal anesteziya o‘tqazish vaktida har qanday sabablarga ko‘rakutilmagan va og‘ir gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Intratekal anesteziya qovurg‘alararo mushaklar falajini chaqirishi mumkin, plevraga suv yig‘ilgan bemorlar esa nafas yetishmovchiligidan qiynalishlari mumkin. Sepsis jarrohlik amaliyotidan keyingi intraspinal abstsess hosil bo‘lish xavfini oshiradi.
Intratekal anesteziyani o‘tkazgandan keyin nevrologik buzilishlar kamdan-kam uchraydi, ular paresteziyalar, anesteziyalar, harakat faoliyatini susayishi va falajlikka olib kelishimumkin. Ba'zan bu holatlar uzoq davomli bo‘ladi.
Yoshi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra, masalan yurak o‘tkazuvchanligini qisman yoki to‘liq blokadasi jigar yoki buyrak faoliyatining og‘ir buzilishlari kabi holatlar tufayli yomon ahvolda bo‘lgan patsiyentlar o‘ziga xos e'tiborni talab etadilar, bunday patsiyentlarda regionar anesteziya jarrohlik aralashuvlarni o‘tkazishda optimal tanlov usuli bo‘lsa ham.
III sinf antiaritmik vositalarni (amidaron) qabul qilayotgan patsiyentlar, tibbiy personalning sinchkov kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Shuningdek EKG-nazoratini o‘tkazish zarur, chunki preparatlarning kardiologik ta'siri additiv bo‘lishi mumkin.
Xomiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik
Odamlarda homiladorlikni kechishiga nojo‘ya ta'sirlari haqida dalillar yo‘q.
Longokainni Xevi ni homiladorlik davrida yuqori dozada qo‘llanilishi kalamushlar naslini yashab ketuvchanligini pasayishi va quyonlarda embriologik ta'sir qilishi haqida dalillar bor. Shunday qilib, Longokain Xevi ni xomiladorlikning erta davrlarida foyda xavfdan ustun bo‘lgan hollardan boshqa paytlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Xomiladorlikning kechki bosqichidagi ayollarda dozani kamaytirish zarurligi haqida unutmaslik zarur.
Emizish
Bupivakain ko‘krak sutiga juda kam miqdorda o‘tgani uchun, bu preparatni terapevtik dozada qo‘llanilganda bolaga ta'sir qilish xavfi yuq.
Bolalar
Longokain Xevini pediatriya amaliyotida qo‘llash mumkin. To‘liqroq ma'lumot olish uchun “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limiga qarang.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Anestetiklarni bevosita ta'siridan tashqari mahalliy anestetiklar MAT ga yaqqol toksik ta'siri bo‘lmagan hollarida ham psixik faoliyatga va harakat koordinatsiyalariga juda kam ta'sir qilishi mumkin, bu esa vaqtincha harakat faolligi va diqqatni yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Longokain Xevi preparatini tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda, qonda preparatni tizimli toksiklikka olib keluvchi yuqori kontsentratsiyasi hosil bo‘lish ehtimolligi kam.
Biroq boshqa mahalliy anestetiklar bilan bir vaqtda qo‘llangan hollarda tizimli toksik samaralar rivojlanishi mumkin, chunki ushbu preparatlarning toksik samaralari additiv hisoblanadi.
Nomutanosiblik
Spinal eritmalarga har qanday boshqa preparatlarniqo‘shishi tavsiya etilmaydi.
Chiqarilish shakli
5 ml dan flakonlarda №5 qutida, 5 ml ampulalarda №5 qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.