Riboksin vena ichiga yuborish uchun eritma 2% 10ml №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Riboksin vena ichiga yuborish uchun eritma 2% 10ml №10
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
RiboksinTa'sir etuvchi modda (XPN): Inozin
Dori shakli
Vena ichiga yuborish uchun eritmaTarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:faol modda: inozin (riboksin) – 20 mg
yordamchi moddalar: metenamin (geksametilentetramin), 1 M natriy gidroksidi eritmasi (natriy ishqori), in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi
tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
metabolik vositaATS kodi
S01EVFarmakologik xususiyatlari
Riboksin metabolik jarayonlarni rag‘batlantiruvchi anabolik nosteroid vositalarga mansub. Purin hosilasi, adenozintrifosfat (ATF) o‘tmishdoshi; antigipoksik, metabolik va antiaritmik ta'sir ko‘rsatadi. Miokardning energetik muvozanatini oshiradi, koronar qon aylanishini yaxshilaydi, operatsiya jarayonida ishemiyaga duchor bo‘lgan buyraklarni farmakologik himoya qiladi. Glyukoza almashinuvida bevosita ishtirok etadi va gipoksiya sharoitida va ATF yo‘qligida almashinuvni faollashishiga yordam beradi. To‘qima nafasining normal jarayonini ta'minlash uchun pirouzum kislotasi metabolizmini faollashtiradi, shuningdek ksantin-degidrogenazani faollashuviga yordam beradi. Nukleotidlar sintezini rag‘batlantiradi, Krebs xalqasining ba'zi enzimlarining faolligini kuchaytiradi.Farmakokinetikasi
Glyukuron kislotasini hosil qilib va keyinchalik uni oksidlanishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi. Ahamiyatsiz miqdorda siydik bilan ajraladi.Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligi, yurak glikozidlari qo‘llash, o‘tkazilgan miokard infarkti bilan bog‘liq, o‘tkazilgan infektsion kasalliklardan keyingi miokardiodistrofiya fonidagi yurak ritmini buzilishlarini majmuaviy davolash. Jigar kasalliklari (gepatitlar, sirroz, yog‘li distrofiya). Izolyatsiyalangan buyrakdagi operatsiyalarda (qon aylanishi to‘xtatilishida farmakologik himoya vositasi sifatida) qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga oqim bilan (sekin) yoki tomchilab (minutiga 40—60 tomchi) yuboriladi. Davolashni kuniga 1 marta 200 mg (2% li eritma 10 ml) yuborishdan boshlanadi, so‘ngra yaxshi o‘zlashtirilganida dozani kuniga 1-2 marta 400 mg (2% li eritma 20 ml) gacha oshriladi. Davolash davomiyligi 10-15 kun.Yurak ritmining o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (2% li eritma 10-20 ml) bir martalik dozada oqim bilan yuborish mumkin.
Ishemiyaga duchor bo‘lgan buyrakni farmakologik himoya qilish uchun riboksinni vena ichiga 1,2 g (2% li eritma 60 ml) bir martalik dozada buyrak arteriyasini qisishdan 5-15 minut oldin oqim bilan yuboriladi, so‘ngra qon aylanishi tiklangan zahoti yana 0,8 g (2% li eritma 40 ml) yuboriladi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun preparatning 2% li eritmasi glyukozaning 5% li eritmasi yoki natriy xloridining izotonik eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar (eshakemi, teri qichishishi, teri giperemiyasi) (preparat bekor qilinadi). Kam hollarda– qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi. Podagrani zo‘rayishi mumkin (uzoq muddat qo‘llashda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, podagra, giperurikemiya, homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarining o‘zaro ta'siri
Immunodepressantlar (antitimotsitar immunoglobulin, siklosporin, gamma-D-glutamil-D-triptofan va boshq.) bir vaqtda qo‘llanganida Riboksinning samaradorligini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish xollari noma'lum.Chiqarilish shakli
5 yoki 10 ml dan 20 mg/ml vena ichiga yuborish uchun eritma neytral shisha ampulalarda.10 ampula ampulani ochish uchun pichoq yoki skarifikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Kertikli, halqali va nuqtali ampulalarni qo‘llashda skarifikator yoki ampula pichog‘i joylanmaydi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°C dan 25°C gacha haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.Dori preparatini ishlab chiqaruvchisining nomi, manzili va dori preparatini ishlab chiqarish joyining manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«DALXIMFARM» OAJ, 680001, Rossiya Federatsiyasi, Xabarovsk o‘lkasi, Xabarovsk sh., Tashkentskaya ko‘ch, 22
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.