Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tivortin Aspartat oral eritma 200mg/ml 200ml
Nomi | Narx | |||||
Тивортин аспартат р-р д/перорал прим. 200мг/мл 200мл (BN182/1-2##1857) |
UZS 207 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тивортин аспартат р-р д/перорал прим. 200мг/мл 200мл (BN293/1-1##2 041) |
UZS 207 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тивортин аспартат р-р д/перорал прим. 200мг/мл 200мл (BN373/1-3##2 073) |
UZS 192 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
L-Аргинин
Страна производитель
Украина
Дозировка
200 мл
Производитель
ООО "Юрия Фарм", Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор оральный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ta'rifi
Preparatning savdo nomi
Tivortin® Aspartat
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) Arginine
Dori shakli
oral eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg L-Arginin L-Aspartati;
yordamchi moddalar sorbitol (E 420), natriy saxarini (E 954), metilparagidroksibenzoat (E 218), propilparagidroksibenzoat (E 216), «Karamel» ozuqa aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi
biroz sarg‘ish rangli tiniq tovlanuvchan karamel xidli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa kardiologik preparatlar. Aminokislotalar.
ATX kodi S01E
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tivortin® aspartat antigipoksik, sitoprotektor, antioksidant, dezintoksikatsion, membranani barqarorlovchi ta'sir ko‘rsatadi. Ammiakni neytralizatsiya qilish jarayonlarida va uni organizmdan chiqarilishini rag‘batlantirilishida muhim rol o‘ynaydi, jigarning dezintoksikatsion faoliyatini kuchaytiradi. Gepatoprotektor ta'sir ko‘rsatadi, gepatotsitlarda energiya bilan ta'minlash jarayonlariga ijobiy ta'sir qiladi.
Azot oksidi donatori sifatida, Tivortin® aspartat organizmni energiya bilan ta'minlanish jarayonlarida ishtirok etadi, qon tomirlar endoteliysiga trombotsitlar va leykotsitlar adgeziyasi va faollashtiruvini kamaytiradi, aterosklerotik blyashkalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini oldini oladi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi. Preparat o‘rtacha anabolik ta'sir ko‘rsatadi, ayrisimon bez faoliyatini rag‘batlantiradi, jismoniy zo‘riqish vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi va insulin sinteziga yordam beradi, kislota-ishqor muvozanatini to‘g‘rilanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Tekshirilmagan.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligi, bosh miya va yurak qon tomirlari aterosklerozi, arterial gipertenziya, periferik qon tomirlar aterosklerozi, surunkali yurak yetishmovchiligi, giperxolesterinemiya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o‘pka gipertenziyasi, astenik holatlarda majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqat vaqtida ichga qabul qilinadi. Kattalarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozida, periferik qon tomirlar aterosklerozida, sutkada 5 ml dan 3-8 marta (1 o‘lchov qoshig‘i – 1 g preparatga to‘g‘ri keladi). Giperxolesterinemiyada, arterial gipertenziyada sutkada 5 ml dan 3-6 marta. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida, o‘pka gipertenziyasida, sutkada5 ml dan 3-6 marta.Aastenik holatlarda sutkada 5 ml dan 4-8 marta. Maksimal sutkalik doza – 8 g. Davolash kursining davomiyligi – 8-15 kun; zarurati bo‘lganida davolash kursi takrorlanadi.
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Suyak-mushaktizimi tomonidan bo‘g‘imlarda og‘riq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan Kamdan-kam hollarda – me'da va ichakda yengil diskomfort hissi, preparat bevosita qabul qilinganidan keyin o‘z-o‘zidan yo‘qoluvchi ko‘ngil aynishi.
Immun tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan bronxospazm.
Laborator ko‘rsatkichlar giperkaliyemiya.
Nojo‘ya ta'sirga shubha qilgandagi hisobot.
Dori vositasini qayd etilganidan keyingi davrda nojo‘ya ta'sirlarga shubha qilingandagi hisobotlar muhim o‘rin tutadi. Bu dori vositasini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan xavf va foydanisbatini uzluksiz nazorat qilishga imkon beradi. Tibbiy xizmatchilarni mahalliy qonunchilik talablariga mos holda ma'lumot berishlari so‘raladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Yuqori sezuvchanlik, buyraklar funktsiyasini og‘ir buzilishlari. Miokard infarkti (shu jumladan anamnezida) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Arginin aspartat aminofilin bilan birga qo‘llanganida qonda insulin miqdori oshishiga, spirolakton arginin bilan qo‘llanganida - qonda kaliy miqdori oshishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Arginin tiopental bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Elektrolitlar almashinuvini buzilishlarida, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dori vositasi qo‘llanganida, dam olish va uyquni muvozanatlangan tartibiga rioya qilish, alkogol va nikotin, psixostimulyatorlardan voz kechish kerak. Agar preparatni qabul qilish fonida asteniya simptomlari rivojlansa, davolashni to‘xtatish kerak.
Stenokardiyasi bor patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur.
Fruktozani nasliy ko‘tara olmasligi bor patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Dori vositasi sorbit (E 420) saqlaydi – agar sizda ba'zi turdagi qandlarni ko‘tara olmaslik aniqlangan bo‘lsa bu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat tarkibida allergik reaktsiyalar (ehtimol sust rivojlanuvchi) chaqirishi mumkin bo‘lgan metilparagidroksibenzoat (E 218) va propilparagidroksibenzoat (E 216) tutadi.
Bu preparat 0,0196 mmol (0,45 mg)/doza (5 ml) natriy saqlaydi, ya'ni natriydan deyarli xoli.
Nomutanosiblik
Arginin tiopental bilan nomutanosib
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Preparat yo‘ldosh orqali o‘tadi, shuning uchun homiladorlik davrda ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Preparatni emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, gipoglikemik holatlar.
Davolash yuqoridagi holatlar kuzatilganida preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak. Me'dani yuvish, sorbentlar qabul qilish ko‘rsatilgan. Antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
100 ml, 200 ml dan polimer butilkalarda, karton qutida 1 dona plimer butilkalardan o‘lchov qoshig‘i bilan.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Original o‘ramida saqlansin.
Muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati – 14 sutka.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Yuriya-Farm» MChJ
Ishlab chiqarish manzili
Ukraina, 18030, Cherkassы viloyati, Cherkassы shaxri, Kobzarskaya ko‘ch., 108. Tel.+38 (044) 281-01-01.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Yuriya-farm” MChJ O‘zbekistondagi Vakolatxonasi,O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus ko‘cha 71 uy.
Tel.(78) 150 71 00.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.