Траврелакс_ru_сверху над шапкой Траврелакс_ru_сверху над шапкой
Aksiyalar
Brendlar
Kompaniya
  • Kompaniya haqida
  • Xodimlar
  • Karyera
  • Litsenziyalar
Blog
Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    +998(78) 113-13-00
    Email
    info@pharmaclick.uz
    Manzil
    Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    Ish tartibi
    Dush-Jum: 9:00-18:00
    uz
    ru
    uz
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    La Roche-Posay
    EcoVita
    Доктор Море
    Doppelherz
    Now Foods
    Эвалар
    Swanson
    • Kosmetika
      • Parvarish kosmetikasi      
        • Sochni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Yuzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Koʼzni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Labni parvarish qilish uchun kosmetika
        • Tana uchun kosmetika
        • Stayling
      • Makiyaj      
        • Yuz
        • Qoshlar
        • Koʼzlar
        • Lablar
        • Tirnoqlar
        • Makiyaj choʼtkalari
        • Aksessuarlar
      • Parfyumeriya      
        • Parfyum suvi
        • Tualet suvi
      • Shaxsiy gigiyena vositalari      
        • Ogʼiz boʼshligʼini parvarish qilish
        • Gigiyenik prokladkalar
        • Kundalik prokladkalar
        • Tamponlar
        • Paxta yostiqchalari
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
      • Erkaklar kosmetikasi      
        • Dezodorantlar
        • Yuz va tanani parvarish qilish
        • Parfyumeriya
        • Soqol olish mahsulotlari
        • Antiperspirantlar
      • Sovg‘a to‘plamlari
      • Kolgotkilar va chulkilar
    • Dori vositalari
      • Anesteziya dori vositalari
      • Antibiotiklar, bakteriofaglar va bakteriyalarga qarshi dori vositalari      
        • Bakteriyalarga qarshi dorilar
        • Bolalar uchun antibiotiklar
        • Anginada qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Bronxitda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Gaymoritda qo’llaniladigan antibiotiklar
        • Sistitga qarshi antibiotiklar
        • Keng ko‘lamli antibiotiklar
        • Bakteriofaglar
        • Otit uchun antibiotiklar
        • Pnevmoniya uchun antibiotiklar
      • Vaksinalar
      • Gematologik dori vositalari      
        • Anemiyaga qarshi dorilar
        • Qon o‘rnini bosuvchilar va perfuzion eritmalar
        • Qon to‘xtatuvchi dorilar
        • Temir moddalari
        • Leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
        • Eritropoezni rag‘batlantiruvchi dorilar
      • Gepatoprotektorlar      
        • Aminokislotalar
        • Safroni davolash uchun dorilar
        • Jigar kasalliklarini davolash uchun dorilar
        • Xoletsistitga qarshi dorilar
      • Ginekologik va mammologik dori vositalari      
        • Bachadon ichi spirallari
        • Kontratsepsiv dorilar
        • Qin mikroflorasini tiklash uchun dorilar
        • Bepushtlikni davolash uchun dorilar
        • Mastopatiyani davolash uchun dorilar
        • Emizishni to‘xtatish uchun dorilar
        • Kolpitga qarshi dorilar
        • Kandidozni davolash uchun dorilar
        • Endometriozga qarshi dorilar
        • Bachadon gipertonusiga qarshi dorilar
        • Tuxumdonlar faoliyati buzilishida qo’llaniladigan dorilar
        • Klimaks paytida qo’llaniladigan dorilar
        • Emizishni yaxshilovchi vositalar
        • Bachadon qisqarishini kuchaytiruvchi dorilar
        • Mioma va eroziyani davolash uchun dorilar
      • Gomeopatik dori vositalari
      • Gormonal dori vositalari
      • Dermatologik dori vositalar      
        • Antiseptiklar va dezinfeksiyalovchi vositalar
        • Psoriaz va ekzemani davolash uchun vositalar
        • Yaralar, jarohatlar va yotoq yaralarni davolash uchun vositalar
        • Chandiqlarni davolash uchun vositalar
        • Akne va husnbuzarlarga qarshi vositalar
        • So’gal va papillomalarga qarshi vositalar
        • Bit va qichimalarga qarshi vositalar
        • Soch to‘kilishiga qarshi va soch o‘sishini rag’batlantiruvchi vositalar
        • Yumshatuvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega vositalar
        • Teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘ga qarshi vositalar
        • Qichishishga qarshi dori vositalari
        • Teri kasalliklarini davolash uchun mikroblarga qarshi vositalar
        • Qazg’oqqa qarshi vositalar
      • Gemorroyni davolash uchun dori vositalari      
        • Kremlar va mazlar gemorroyga qarshi
        • Shamlar gemorroyga qarshi
        • Tabletkalar gemorroyga qarshi
      • Og‘iz bo‘shlig‘ini davolash uchun dori vositalari      
        • Parodontozni davolash uchun dorilar
        • Stomatitni davolash uchun dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
        • Tishlarni yorib chiqish uchun vositalar
      • Siydik haydovchi dori vositalari
      • Og’riq qoldiruvchi dori vositalari      
        • Bel og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bosh og‘rig‘i va migrenga qarshi dorilar
        • Tish og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Hayz og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mushak og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Bo‘g‘imlar og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Mahalliy og’riq qoldiruvchilar
      • Oshqozon-ichak trakti uchun dori vositalari      
        • Qorin dam bo’lishiga qarshi dorilar
        • Gastritga qarshi dorilar
        • Gastroduodenitga qarshi dorilar
        • Diareyaga qarshi dorilar
        • Disbakteriozga qarshi dorilar
        • Kolitga qarshi dorilar
        • Pankreatitga qarshi dorilar
        • Ta’sirlangan ichak sindromi ga qarshi dorilar
        • Oshqozon-ichak trakti spazmlariga qarshi dorilar
        • Enteritga qarshi dorilar
        • Oshqozon yarasiga qarshi dorilar
        • Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar
        • Qusishga qarshi dorilar
        • Ich yumshatuvchi dorilar
        • Sorbentlar va zaharlanishga qarshi dorilar
        • Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun fermentlar
      • Immunitet uchun dori vositalari      
        • Immunoglobulinlar
        • Immunodepressantlar
        • Immunostimulyatorlar
        • Interferonlar
        • Tarkibida C vitamini, rux va selen bo‘lgan dori vositalari
        • Препараты витамина Д
      • Bronxial astma, bronxospazmni davolash uchun dori vositalari
      • Ko’zlarni davolash uchun dori vositalari      
        • Ko’z uchun boshqa tomchilar
        • Konyuktivitga qarshi dorilar
        • Go’vmijjaga qarshi dorilar
        • Ko’z tomchilari
      • Quloqlarni davolash uchun dori vositalari
      • Qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun dori vositalari      
        • Yod preparatlari
        • Gipertireozga qarshi dorilar
        • Gipotireozga qarshi dorilar
      • Asab tizimini davolash uchun dori vositalari      
        • Antidepressantlar
        • B guruhi vitaminlari
        • Nootrop dorilar
        • Miya qon aylanishini yaxshilovchi dorilar
        • Migrenga qarshi dorilar
        • Ko‘ngil aynishiga qarshi dorilar
        • Altsgeymer kasalligiga qarshi dorilar
        • Vegetativ-tomir distoniyasi uchun dorilar
        • Bosh aylanishiga qarshi dorilar
        • Bolalar serebral falajida qo’llaniladigan dorilar
        • Uyqusizlikka qarshi dorilar
        • Nevralgiyani davolash uchun dorilar
        • Nevrozga qarshi dorilar
        • Qo‘rquvga qarshi dorilar
        • Shaxs buzilishlarini davolash uchun dorilar
        • Stress va moslashuv buzilishlari uchun dorilar
        • Epilepsiyaga qarshi dorilar
        • Nerv-mushak faoliyatini yaxshilovchi dorilar
        • Tutqanoqga qarshi dorilar
        • Parkinson kasalligiga qarshi dorilar
        • Tinchlantiruvchi dorilar
        • Radikulitni davolash uchun dorilar
        • Trankvilizatorlar (anksiolitiklar)
      • Tayanch-harakat apparati uchun dori vositalari      
        • Miorelaksant dorilar
        • Og‘riq qoldiruvchi mazlar (tayanch-harakat tizimi uchun)
        • Tarkibida kalsiy bo’lgan dori vositalari
        • Osteoxondrozga qarshi dorilar
        • Podagraga qarshi dorilar
        • Pay cho‘zilishiga qarshi dorilar
        • Spondilezga qarshi dorilar
        • Artritga qarshi dorilar
        • Artrozga qarshi dorilar
        • Bursitga qarshi dorilar
        • Miozitga qarshi dorilar
        • Osteoporozga qarshi dorilar
        • Periartritga qarshi dorilar
        • Xondroprotektorlar
        • Qizdiruvchi mazlar va plastirlar
      • Ishtahani ko‘tarish uchun dori vositalari
      • Yurak va qon tomirlar uchun dori vositalari      
        • Antikoagulyant dorilar
        • Antitrombotik dorilar
        • Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
        • Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
        • Metabolizm uchun preparatlar
        • Qonni suyultiruvchi dorilar
        • Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
        • Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
        • Aritmiyaga qarshi dorilar
        • Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
        • Aterosklerozga qarshi dorila
        • Varikozga qarshi dorilar
        • Taxikardiyaga qarshi dorilar
        • Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
      • Zararli odatlardan xalos bo‘lish uchun dori vositalari      
        • Ozish uchun dorilar
        • Alkogolizmga qarshi dorilar
        • Giyohvandlikka qarshi dorilar
        • Chekishga qarshi dorilar
      • Gripp va shamollashga qarshi dori vositalari      
        • Isitmani tushiruvchi dorilar
        • Ingalyatorlar va ingalyatsiyalar uchun dorilar
        • Immunitetni oshirish uchun va virusga qarshi dorilar
        • Tomoq og‘rig‘iga qarshi dorilar
        • Yo’talga qarshi dorilar
        • Burun oqishiga qarshi dorilar
        • Shamollashga qarshi dorilar
      • Qandli diabetga qarshi dori vositalari      
        • Boshqalar Qandli diabetga qarshi dori vositalari
        • Insulin
        • Qondagi qand miqdorini tushiruvchi dorilar
        • I-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
        • II-turdagi qandli diabetda qo’llaniladigan dorilar
      • Sil kasalligiga qarshi dori vositalari
      • Zamburug’ga qarshi dori vositalari
      • Allergiyaga qarshi dori vositalari      
        • Allergik dermatit
        • Allergik yo’tal
        • Allergik rinit
        • Anafilaktik shokda qo’llaniladigan dorilar
      • Viruslarga qarshi dori vositalar      
        • Boshqa viruslarga qarshi dori vositalar
        • Onkoviruslarga qarshi dorilar
        • OIV/OITSga qarshi dorilar
        • Gepatit “B”ga qarshi dorilar
        • Gepatit “C”ga qarshi dorilar
        • Koronovirusga qarshi dorilar
        • Suvchechakga qarshi dorilar
        • Gerpesga qarshi dorilar
      • O’simtalarni davolash uchun dori vositalari
      • Revmatizmga qarshi dori vositalari
      • Rentgenokontrast dori vositalari
      • Tuzli eritmalar va parenteral oziqlantirish
      • Parazitlarga qarshi dori vositalari      
        • Ostritsalarga qarshi dorilar
        • Askaridlarga qarshi dorilar
        • Boshqa gijjalarga qarshi dorilar
        • Lyamblyaga qarshi dorilar
      • Zardob va immunoglobulinlar
      • Urologik dori vositalari      
        • Erektil disfunksiyani davolash uchun dorilar
        • Buyrak sanchig‘iga qarshi dorilar
        • Sistitga qarshi dorilar
        • Adenomaga qarshi dorilar
        • Siydik toshi kasalligida qo’llaniladigan dorilar
        • Peshob tuta olmaslikni davolash uchun dorilar
        • Pielonefritga qarshi dorilar
        • Prostatitga qarshi dorilar
        • Uretritga qarshi dorilar
        • Surunkali buyrak yetishmovchiligida qo’llaniladigan dorilar
    • Biologik faol qo’shimchalar va vitaminlar
      • Adaptogenlar
      • Antioksidantlar
      • Ginekologiya va urologiyaga mo’ljallangan qo’shimchalar
      • Jigar va o’t qopi uchun qo’shimchalar
      • LOR va nafas olish organlari uchun qo’shimchalar
      • Ozish uchun qo’shimchalar
      • Vitamin va mineral komplekslar
      • Homilador ayollar uchun vitaminlar
      • Bolalar uchun vitaminlar
      • Ko’z uchun vitaminlar
      • Immunitetni oshirish uchun vitaminlar
      • Teri, soch va tirnoqlar go’zalligi uchun vitaminlar
      • Mushaklar va bo’g’inlar uchun vitaminlar
      • Asab tizimi uchun vitaminlar
      • Yurak va qon tomirlari uchun vitaminlar
      • Shifobaxsh o’simliklar va giyohli choylar
      • Probiotiklar va prebiotiklar
      • Aminokislotalar
      • Shakar o’rnini bosuvchilar
      • Efir moylar
    • Intim vositalar
      • Gellar va surtmalar
      • Prezervativlar      
        • Contex
        • Durex
        • Masculan
        • Viva
        • Vizit
      • Prolongatorlar
      • Potensiya uchun vositalar
    • Tibbiyot buyumlari
      • Dori qutilari
      • Tibbiy buyumlar      
        • Ginekologik to’plamlar
        • Isitkichlar
        • Tahlillar uchun konteynerlar
        • Niqoblar
        • Massaj uchun moslamalar va bankalar
        • Qo’lqoplar
        • Protezlar
        • Qo’l tayoqlar va qo’ltiqtayoqlar
      • Kompression trikotaj      
        • Kompression kolgotkalar, chulki va golfilar
        • Liposaksiyadan keyin qo’llaniladigan mahsulotlari
        • Tortib turadigan ichki kiyimlar
      • Muolajalar uchun vositalar      
        • Kateterlar
        • Sistemalar
        • Sprinsovkalar (klizmalar), tomizgichlar
        • Bir martalik shprislar
      • Tibbiy kiyimlar      
        • Bahillalar
        • Tibbiy xalatlar
      • Bog’lovchi vositalar      
        • Bintlar
        • Tibbiy paxta
        • Doka
        • Plastirlar
        • Steril salfetkalar
      • Testlar      
        • Glyukometr uchun lansetlar
        • Glyukometr uchun test-chizmalar
        • Homiladorlik va ovulyatsiyani aniqlash uchun testlar
        • COVIDni aniqlash uchun ekspress-testlar
      • Bemorlarni parvarish qilish vositalari      
        • Najas qabul qilgichlar
        • Siydik qabul qilgichlar
        • Kattalar uchun pelyonkalar
        • Kattalar uchun tagliklar
        • Siydik tutolmaslikka qarshi prokladkalar
        • Stoma parvarishi uchun vositalar
    • Ortopedik mahsulotlar
      • Applikatorlar
      • Bandajlar      
        • Qoʼllar uchun bandajlar
        • Bilaglarni boʼgʼimi uchun bandaj
        • Yelka sustavi uchun bandaj
        • Operatsiyadan keyin qoʼllash uchun bandaj
        • Boʼyin uchun bandajlar
        • Tugʼishdan oldin qoʼllash uchun bandajlar
        • Oyoq bilagi uchun bandajlar
        • Tizza bilagi uchun bandajlar
        • Tirsak bilagi uchun bandajlar
        • Bel bilagi uchun bandajlar
        • Oyoq tovoni uchun bandajlar
        • Grija uchun bandajlar
        • Elastik dokalar
        • Tos suyagi tushish xolatida ishlatish uchun bandajlar
        • Qizdiradigan bandajlar
      • Qomat uchun korrektorlar
      • Bel-dumg‘aza korsetlari
      • Ortopedik poyabzal
      • Ortopedik vkladishlar, tovon osti vositalari, ajratkichlar
      • Ortopedik yostiqlar
      • Ortopedik yarim-pataklar
      • Diabetik pataklar
      • Ortopedik pataklar
      • Tutor
      • Oyoq panjasini tuzatish
      • Ko‘krak-bel korsetlari
    • Tibbiy texnika
      • Glyukometrlar
      • Ingalyatorlar va nebulayzerlar
      • Pulsoximetrlar
      • Stetoskoplar
      • Termometrlar
      • Tonometrlar
    • Ona va bola
      • Ovqatlantirish uchun vositalar
      • Kichkintoylar gigiyenasi      
        • Paxta tayoqchalari
        • Nam salfetkalar
        • Pelyonkalar
        • Tagliklar
        • Sunnat qilgandan kein kiyiladigan ichki kiyimlar
      • Bolalar kosmetikasi      
        • Bolalar prisipka
        • Bolalar krem
        • Bolalar shampun
        • Bolalar yogʼ
        • Bolalar sovun
        • Bolalar uchun dush gel
      • Bolalar uchun butilkalar va ichish idishlari
      • Bolalar ozuqasi
      • So‘rg‘ichlar va tish chiqishida yordam beradigan mahsulotlar
      • Onalar uchun mahsulotlar      
        • Sut so‘rg‘ichlar
        • Ko‘krak uchun prokladkalar
    Vitargol Forte BAQlar
    Standart sayt
    Kirish
    0 Saralangan
    0 Savat
    • Kabinet
    • 0 Saralangan
    • 0 Savat
      • Til
      • uz
      • ru
    • Brendlar
    • Aksiyalar
    • Kompaniya
      • Kompaniya
      • Kompaniya haqida
      • Xodimlar
      • Karyera
      • Litsenziyalar
    • Блог
    • Kontaktlar
    +998(78) 113-13-00
    • Telefonы
    • +998(78) 113-13-00
    • Oʻzbekiston, Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani, Oloy koʻchasi, 13
    • Dush-Jum: 9:00-18:00
    Bosh sahifa
    Katalog
    Dori vositalari
    Siydik haydovchi dori vositalari
    Gipotiazid tab 100 mg №20
    b829b769afe746e3202b8418c64129ef

    Gipotiazid tab 100 mg №20

    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Xususiyatlar
    Dozasi
    :
    100 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    :
    Венгрия
    Ishlab chiqaruvchi
    :
    Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
    Barcha xususiyatlar

    Yoʻriqnoma: Gipotiazid tab 100 mg №20

    Batafsil
    Sotuvda yo'q
    Yetkazib berishToshkent boʻylab
    Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
    Topshirish punktidan olishbepul
    Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.

    Tavsif

    Qoʼllanilishi boʼyicha yoʼriqnomaYoʻriqnoma: Gipotiazid tab 100 mg №20

    • Savdo nomi
    • Dori shakli
    • Tarkibi
    • Ta'rifi
    • Farmakoterapevtik guruhi
    • Farmakologik xususiyatlari
    • Farmakokinetikasi
    • Qo‘llanilishi
    • Qo‘llash usuli va dozalari
    • Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
    • Maxsus ko‘rsatmalar
    • Dozani oshirib yuborilishi
    • Chiqarilish shakli
    • Saqlash sharoiti
    • Yaroqlilik muddati
    • Dorixonalardan berish tartibi
    • Ishlab chiqaruvchi
    Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing. Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing. Ushbu preparat Siz uchun mo‘ljallangan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Hatto agar ularning kasallik simptomlari Sizda kuzatilayotganga o‘xshasa ham, bu ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.
    Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lib qolishi mumkin.

    Savdo nomi

    Gipotiazid®/ Hypothiazid®.
    Ta'sir qiluvchi modda (XPN): gidroxlortiazid/hydrochlorothiazide

    Dori shakli

    tabletkalar.

    Tarkibi

    Gipotiazid® 25 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:
    Faol modda – 25 mg gidroxlortiazid.
    Yordamchi moddalar: magniy stearati (E470), talk (E553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.
    Gipotiazid® 100 mg 1 tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:
    Faol modda – 100 mg gidroxlortiazid.
    Yordamchi moddalar: magniy stearati (E470), talk (E553), jelatin, makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati.

    Ta'rifi

    oq yoki deyarli oq rangli, yassi, bir tomonida “N” gravirovkasi va boshqa tomonida riskali tabletkalar.

    Farmakoterapevtik guruhi

    Faolligi past bo‘lgan diuretiklar. Tiazidlar. Gidroxlortiazid.
    ATX kodi: S03AA03.

    Farmakologik xususiyatlari

    Gidroxlortiazidning diuretik samarasi uchun birinchi navbatda distal kanalchalarda Na+ va Cl- reabsorbtsiyasini bevosita blokadasi ma'suldir. Uning ta'siri ostida Na+ va Cl- ni, buning natijasida suv, shuningdek kaliy va magniyni chiqarilishi kuchayadi. Gidroxlortiazidning diuretik ta'siri aylanayotgan plazma hajmini kamaytiradi, plazmadagi renin faolligini oshiradi, aldosteronni chiqarilishini kuchaytiradi, buning natijasida siydik bilan kaliy va bikarbonatlarni chiqarilishi oshadi va zardobda kaliy miqdori kamayadi.
    Renin-aldosteron bog‘lanishini angitenzin-II boshqaradi, shuning uchun angitenzin-II retseptorlarining antagonistlari bilan birga qo‘llash tiazid diuretik bilan bog‘liq kaliyni chiqarilishi jarayoniga teskari yo‘nalish berishi mumkin.
    Preparat karboangidrazaga kuchsiz bloklovchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shu tariqa bikarbonat sekretsiyasini o‘rtacha kuchaytiradi, bunda siydik rN ahamiyatli darajadagi o‘zagarishi yuz bermaydi.

    Farmakokinetikasi

    Gidroxlortiazid ichga qabul qilingandan keyin yaxshi so‘riladi, uning diuretik va natriuretik ta'siri qabul qilingandan keyin 2 soat davomida namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soatdan keyin maksimumga erishiladi. Bu ta'sir 6-12 soat davomida saqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40% ni tashkil qiladi. O‘zgarmagan shaklda, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlar uchun yarim chiqarilish davri 6,4 soatni, o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun – 11,5 soatni, kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda esa – 20,7 soatni tashkil qiladi. Gidroxlortiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kam miqdorda ko‘krak sutiga ajraladi.

    Qo‘llanilishi

    - Gipertenziya (engil shakllarda – monoterapiya shaklida ham, boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada ham).
    - Yurak, jigar yoki buyrak etiologiyali shishlar, predmenstrual shishlar, farmakoterapiya bilan kechuvchi shishlar, masalan kortikosteroidli.
    - Nefrogen qandsiz diabetda, poliuriyani kamaytirish uchun (paradoksal ta'siri)
    - Giperkaltsiuriyani kamaytirish uchun qo‘llanadi.

    Qo‘llash usuli va dozalari

    Dozalash shaxsiy ravishda tanlanishi kerak va shifokorning doimiy nazoratini talab etadi. Davolash jarayonida kaliy va magniyni yo‘qotilishini kuchayishi sababli (zardobda kaliy miqdori 3,0 mmol/l dan kamayishi mumkin), kaliy va magniyni o‘rnini to‘ldirish zarurati paydo bo‘ladi. Yurak yetishmovchiligi, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda yoki digitalis glikozidlari bilan davolanayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
    Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish kerak.
    Kattalar
    Antigipertenziv vosita sifatida: monoterapiya shaklida yoki boshqa antigipertenziv vositalar bilan majmuada odatdagi boshlang‘ich sutkalik dozasi bir marta 25-50 mg ni tashkil qiladi. Ba'zi bemorlarga monoterapiya ko‘rinishida ham, majmuada ham 12,5 mg boshlang‘ich doza yetarli bo‘ladi. Sutkada 100 mg dan oshmaydigan minimal samarali dozani qo‘llash kerak. Agar Gipotiazid boshqa gipotenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llansa, arterial bosimni (AB) haddan tashqari pasayishini oldini olish maqsadida boshqa preparatning dozasini kamaytirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
    Gipotenziv ta'siri 3-4 kun davomida namoyon bo‘ladi, ammo, optimal samaraga erishish uchun 3-4 xaftagacha muddat talab etilishi mumkin. Davolash tugaganidan keyin gipotenziv samarasi bir xafta davomida saqlanadi.
    Shishlarni davolashda preparatning odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada bir marta yoki ikki kunda bir marta 25-100 mgni tashkil qiladi. Klinik reaktsiyaga bog‘liq ravishda doza 25-50 mg sutkada bir marta yoki ikki kunda bir martagacha pasaytirilishi kerak. Ayrim og‘ir holatlarda sutkada 200 mg gacha boshlang‘ich doza talab etilishi mumkin.
    Predmenstrual shishlarda odatdagi doza sutkada 25 mg ni tashkil qiladi va simptomlar namoyon bo‘lganidan boshlab hayz boshlangunigacha qo‘llanadi.
    Nefrogen qandsiz diabetda 50-150 mg (bir necha qabullarda) odatdagi sutkalik doza tavsiya etiladi.
    Bolalar
    Dozalar bolaning tana vaznidan kelib chiqib aniqlanadi. Odatdagi pediatrik sutkalik dozalar, tana vazniga 1-2 mg/kg yoki tana yuzasining kvadrat metriga 30-60 mg, sutkada bir marta buyuriladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun umumiy sutkalik doza – kuniga 37,5-100 mg ni tashkil qiladi.
    Nojo‘ya samaralari
    Quyidagi ta'riflangan simptomlarga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lsa, iltimos, darhol shifokorga murojaat eting!
    Quyida ko‘rsatilgan noxush reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagi izohni qo‘llash orqali aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 - <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 - <1/100), kam (≥1/10000 - <1/1000), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi)
    Qon yaratish tizimi va limfatik tizimi a'zolari tomonidan kasalliklar va simptomlar juda kam: leykotsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, aplastik anemiya.
    Laborator tahlil natijalari
    tez-tezligi noma'lum:
    - gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipomagniyemiya, giperkaltsiyemiya, giperglikemiya, glikozuriya, giperurikemiya;
    - yuqori dozalarda qonda lipidlar miqdori oshishi mumkin.
    Yurak kasalliklari va yurak tomonidan simptomlar
    Tez-tezligi no'malum: aritmiya, ortostatik gipotenziya
    Nerv tizimi tomonidan kasalliklar va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, konvulsiyalar, paresteziya.
    Psixiatrik kasalliklar
    Tez-tezligi noma'lum: ongni chalkashishi, letargiya, ta'sirchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi.
    Ko‘rish a'zosi tomonidan kasalliklar va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi, ksantopsiya.
    Ovqat-hazm qilish tizimi kasalliklari va simptomlari
    Tez-tezligi noma'lum: og‘izni qurishi, chanqoqlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, so‘lak bezlarini yallig‘lanishi, qabziyat.
    Jigar va safro tomonidan kasalliklar va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: sariqlik (jigar ichki xolestatik sariqligi), pankreatit, xoletsistit.
    Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kasalliklar va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit.
    Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan kasallik va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: mushak spazmlari va og‘riq.
    Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kasallik va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum:
    - gipoxloremik alkaloz, u jigar entsefalopatiyasi va jigar komasini chaqirishi mumkin;
    - giperurikemiya, u simptomsiz bemorlarda podagra xurujini chaqirishi mumkin;
    - glyukozaga tolerantlik kamayishi mumkin, u yashirin diabetni klinik namoyon bo‘lishini chaqirishi mumkin;
    - anoreksiya.
    Qon-tomir tizimi tomonidan kasallik va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: vaskulit, nekrozlanuvchi angiit.
    Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan kasallik va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: respirator distress, shu jumladan pnevmonit va o‘pka shishi.
    Immun tizimi tomonidan kasallik va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: anafilaktik reaktsiya, shok.
    Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kasallik va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: fotosezuvchanlik, eshakemi, purpura, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.
    Jinsiy a'zolar va ko‘krak bezlari tomonidan kasallik va simptomlar
    Tez-tezligi noma'lum: jinsiy faoliyatni buzilishlari.
    Umumiy simptomlar, yuborish joyidagi reaktsiyalar:
    Tez-tezligi noma'lum: kuchli toliqish.

    Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

    - Anuriya.
    - Preparatga yoki boshqa sulfonamidlarga yuqori sezuvchanlik.
    - Og‘ir darajali buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) yoki jigar yetishmovchiligi.
    - Emizish.
    - Davolashga rezistent gipokaliyemiya yoki giperkaltsiyemiya.
    - Refrakter giponatriyemiya.
    - Simptomatik giperurikemiya (podagra).
    - Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
    Dorilarning o‘zaro ta'siri
    Siz qabul qilayotgan, hatto vaqti-vaqti bilan qabul qilayotgan barcha dori vositalari haqida albatta shifokorga xabar bering.
    Tiazid diuretiklar va quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanganda o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkin.
    Alkogol, barbituratlar, narkotik vositalar va antidepressantlar:
    Ortostatik gipotenziyani kuchaytirishi mumkin.
    Diabetga qarshi vositalar (peroral va insulin):
    Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni kamaytirishi mumkin. Qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin. Gidroxlortiazid bilan bog‘liq bo‘lgan buyrakni funktsional yetishmovchiligi bo‘lishi mumkinligi natijasida sut kislotali atsidoz xavfi sababli metforminni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
    Boshqa antigipertenziv vositalar:
    Additiv samara.
    Kolestiramin va kolestipol qatronlari:
    Anion almashinuvchi qatronlar mavjudligida gidroxlortiazidning me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi yomonlashadi. Kolestiramin yoki kolestipol qatronlarining bir dozasi gidroxlortiazidni bog‘laydi va me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini muvofiq 85% va 43% ga kamaytiradi.
    Pressor aminlar (masalan, adrenalin):
    Ehtimol, pressor aminlarning ta'siri susayadi, ammo ularni qo‘llash mumkin bo‘lmagan miqdorda emas.
    Depolyarizatsiyalanmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin):
    Miorelaksatsiyalovchi ta'siri kuchayishi mumkin.
    Litiy:
    Siydik haydovchi vositalar litiyning buyrak klirensini kamaytiradi va litiyning toksik ta'siri xavfini oshiradi. Ularni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
    Podagrani davolash uchun dori vositalari (probenetsid, sulfinpirazon va allopurinol):
    Urikozurik vositalarning dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin, chunki gidroxlortiazid zardobda siydik kislotasining miqdorini oshirishi mumkin.
    Probenitsid yoki sulfinpirazonning dozasini oshirish talab etilishi mumkin.
    Tiazidlarni bir vaqtda qo‘llash allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining tez-tezligini oshirishi mumkin.
    Antixolinergik vositalar (masalan, atropin, biperiden):
    Me'da-ichak yo‘llari motorikasini va me'dani bo‘shashi darajasini kamayishi natijasida tiazid turdagi siydik haydovchi vositalarning biokiraolishi oshadi.
    Sitotoksik vositalar (masalan, siklofosfamid, metotreksat):
    Tiazidlar sitotoksik dori vositalarini buyrak orqali chiqarilishini kamaytirishi va ularning miyelosupressiv ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
    Salitsilatlar:
    Salitsilatlarning yuqori dozalari qo‘llangan hollarda gidroxlortiazid salitsilatlarning markaziy nerv tizimiga toksik samarasini kuchaytirishi mumkin.
    Metildopa:
    Ayrim hollarda gidroxlortiazid va metildopani bir vaqtda qo‘llash fonida gemolitik anemiya haqida xabar berilgan.
    Siklosporin:
    Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganda giperurikemiyani va podagraga o‘xshash asoratlar rivojlanishini xavfini kuchaytirishi mumkin.
    Digitalis glikozidlari:
    Tiazidlar tomonidan chaqirilgan gipokaliyemiya yoki gipomagniyemiya digitalis tomonidan chaqirilgan aritmiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
    Zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta'sir qiladigan dori vositalari:
    Agar gidroxlortiazid zardobdagi kaliyning miqdorini o‘zgarishi ta'sir qiladigan dori vositalari (masalan, digitalis glikozidlari va aritmiyaga qarshi vositalar), shuningdek “piruet” turdagi taxikardiyani (yurak qorinchalari taxikardiyasi) chaqiruvchi quyidagi vositalar (shu jumladan, ayrim aritmiyaga qarshi vositalar) bilan bir vaqtda qo‘llansa, zardobda kaliy miqdorini muntazam aniqlash va elektrokardiogrammani yozib borish tavsiya etiladi, chunki gipokaliyemiya piruet turdagi taxikardiyani rivojlanishiga olib keluvchi omil hisoblanadi:
    - Ia sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);
    - III sinf aritmiyaga qarshi vositalar (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid);
    - ba'zi antipsixotik vositalar (masalan, tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluoperazin, siamemazin, sulpirid, sultoprid, amisulprid, tiaprid, pimozid, galoperidol, droperidol);
    - boshqa dori vositalari (masalan, bepridil, sisaprid, difemanil, vena ichiga qo‘llanadigan eritromitsin, galofantrin, mizolastin, pentamidin, terfenadin, vena ichiga qo‘llanadigan vinkamin).
    Kaltsiy tuzlari:
    Tiazid diuretiklari kaltsiyni chiqarilishini kamayishi sababli, zardobda kaltsiy miqdorini oshiradi. Agar kaltsiy o‘rnini bosuvchi vositalarni buyurish zarurati bo‘lsa, zardobda kaltsiy miqdorini nazorat qilish va unga muvofiq kaltsiy dozasini tanlash kerak.
    Dori vositalari va laboratoriya tahlillari o‘rtasidagi o‘zaro ta'siri:
    Kaltsiy metabolizmiga ta'siri natijasida tiazidlar qalqonsimon oldi bezi faoliyatining tahlillari natijalarini o‘zgartirishi mumkin (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang).
    Karbamazepin:
    Simptomatik giponatriyemiya xavfi tufayli klinik va biologik monitoring zarur.
    Yod saqlovchi kontrast moddalar:
    Siydik haydovchi vositalar chaqirgan suvsizlanish hollarida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfi ortadi, ayniqsa, yod saqlovchi preparatlarning yuqori dozalari ishlatilsa. Yodni qo‘llashdan oldin bemor organizmida suyuqlik o‘rnini to‘ldirish kerak.
    Amfoteritsin V (parenteral), kortikosteroid vositalar, AKTG va rag‘batlantiruvchi surgi vositalari:
    Gidroxlortiazid elektrolit muvozanatini buzilishiga, asosan gipokaliyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

    Maxsus ko‘rsatmalar

    Gipotoniya va suv-ishqor muvozanatini buzilishi
    Boshqa antigipertenziv preparatlarni buyurilganda bo‘lgani kabi, ayrim bemorlarda gipotoniya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Yo‘ldosh ich ketishi yoki qusish oqibatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan suv-tuz muvozanatini buzilishlarining (masalan, aylanayotgan plazma xajmi, giponatriyemiya, giperxloremik alkaloz, gipomagniyemiya yoki gipokaliyemiya) klinik belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Bunday bemorlarda zardobda elektrolitlar miqdorini muntazam aniqlash kerak. Shishlari bo‘lgan bemorlarda iliq ob-havoda dilyutsion giponatriyemiya bo‘lishi mumkin.
    Metabolik va endokrin samaralar
    Tiazid bilan davolash glyukozaga tolerantlikni pasaytirishi mumkin. Antidiabetik vositalar, shu jumladan insulinning dozasini o‘zgartirish talab etilishi mumkin (Dorilarning o‘zaro ta'siri bo‘limiga qarang). Tiazid bilan davolash vaqtida yashirin qandli diabetni manifestatsiyasi bo‘lishi mumkin.
    Tiazidlar buyrak tomonidan kaltsiyni chiqarilishini kamaytirishi, shuningdek zardobda kaltsiyning kontsentratsiyasini vaqtinchalik biroz oshishini chaqirishi mumkin. Yaqqol giperkaltsiyemiya yashirin giperparatireodizmning belgisi bo‘lishi mumkin.
    Qalqonsimon oldi bezini tekshirishni boshlashdan oldin tiazidlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
    Xolesterin va triglitseridlar miqdorini oshishini tiazidlar bilan davolash bilan bog‘lash mumkin (diuretik ta'siri).
    Ayrim bemorlarda tiazid bilan davolash giperurikemiya va (yoki) podagrani chaqirishi mumkin.
    Jigarni shikastlanishi
    Jigar faoliyatini buzilishi hollari yoki jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi bo‘lgan bemorlarda tiazidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki tiazidlar jigar ichki xolestazni chaqirishi mumkin, suv-tuz muvozanatining juda kichik o‘zgarishlari esa jigar komasini keltirib chiqarishi mumkin.
    Og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gipotiazidni qo‘llash mumkin emas (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).
    Boshqalar
    Tiazidlar bilan davolanayotgan bemorlarda anamnezida allergiya yoki bronxial astma mavjudligida ham, bemorlar ilgari bunday kasalliklar bilan xastalanmagan hollarda ham yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Tizimli qizil yugirik kechishini yomonlashishi va tiazidlarni qo‘llash vaqtida patologik jarayonni faollashishi haqida xabar berilgan.
    Quyidagi laborator tahlillarning ko‘rsatkichlariga ta'sir qilishi mumkin:
    - Plazmadagi oqsillar bilan bog‘langan yodning miqdorini kamaytirishi mumkin;
    - Qalqonsimon oldi bezi faoliyatining laborator tahlillarini o‘tkazishdan oldin gipotiazid bilan davolashni to‘xtatish kerak;
    - Zardobda erkin bilirubin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
    Yordamchi moddalar
    Laktozani o‘zlashtiraolmaslik hollarida Gipotiazidning 25 mg tabletkasi 63 mg laktoza monogidrati, Gipotiazidning 100 mg tabletkasi esa – 39 mg laktoza monogidrati saqlashini e'tiborga olish kerak.
    Kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbtsiyasi bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
    Homiladorlik va emizish
    Homiladorlik
    Gidroxlortiazidni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oylikda qo‘llash tajribasi cheklangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar yetarli emas.
    Gidroxlortiazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Agar gidroxlortiazidni homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi qo‘llansa, u (o‘zining farmakologik ta'siri natijasida) fetoplatsentar perfuziyani buzishi va homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqda sariqlik, elektrolit muvozanatni buzilishi va trombotsitopeniyani chaqirishi mumkin.
    Homiladorlikda gidroxlortiazidni shishlar, gipertenziya yoki preeklampsiyani davolash uchun qo‘llash mumkin emas, chunki kasallikka ijobiy ta'siri o‘rniga u plazma miqdorini kamayishi xavfi va bachadon va yo‘ldoshni qon bilan ta'minlanishini buzilish xavfini oshiradi.
    Homilador ayollarda essentsial gipertenziyani, boshqa davolashni qo‘llab bo‘lmaydigan kam hollardan tashqari hollarda gidroxlortiazidni qo‘llash mumkin emas.
    Gidroxlortiazid tabletkalarini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas – ularni faqat yaxshi asoslangan hollardagina qo‘llash mumkin.
    Emizish
    Gidroxlortiazid ko‘krak sutiga kiradi; uni emizish vaqtida qo‘llash mumkin emas. Agar uni qo‘llash zarurati bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).
    Transport vositalarini yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Preparatni qo‘llashning boshlang‘ich davrida – bu davrning davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi – avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab etuvchi ishlarni bajarish taqiqlanadi. Keyinchalik taqiq darajasi shaxsiy ravishda aniqlanishi kerak.
    Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Dori vositasining dozasini oshirib yuborilganda darhol shifokorga yoki shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga murojaat eting!
    Gidroxlortiazid bilan zaharlanishning eng sezilarli belgisi bo‘lib, quyidagi belgilar va simptomlarda namoyon bo‘luvchi suyuqlik va elektrolitlarni o‘tkir yo‘qotilishi hisoblanadi:
    Yurak-tomir: taxikardiya, gipotenziya, shok.
    Neyro-mushak: holsizlik, ongni chalkashishi, bosh aylanishi va mushak spazmi, paresteziya, ongni buzilishi, charchoqlik.
    Me'da-ichak: ko‘ngil aynishi, qusish, chanqoqlik.
    Buyrak: poliuriya, oliguriya yoki anuriya.
    Laborator ko‘rsatkichlar: gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipoxloremiya, alkaloz, qonda azot miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda).
    Dozani oshirib yuborilishini davolash: Gidroxlortiazid bilan zaharlanishda spetsifik antidoti yo‘q.
    Qusishni chaqirish, me'dani yuvish preparatni chiqarish usullari bo‘lishi mumkin. Faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilib, preparatni so‘rilishini kamaytirish mumkin. Gipotenziya yoki shok holatlarida aylanib yuradigan plazma xajmi va elektrolitlar (kaliy, natriy, magniy) o‘rnini to‘ldirish kerak.
    Suv-elektrolit muvozanati (ayniqsa zardobda kaliy miqdori) va buyrak faoliyatini normal ko‘rsatkichlargacha erishguncha kuzatish kerak.

    Chiqarilish shakli

    Gipotiazid® 25 mg
    20 tabletkadan PVX/Al blisterda.
    1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
    Gipotiazid® 100 mg
    20 tabletkadan PVX/Al blisterda.
    1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

    Saqlash sharoiti

    Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

    Yaroqlilik muddati

    3 yil.

    Dorixonalardan berish tartibi

    Retsept bo‘yicha.

    Ishlab chiqaruvchi

    “XINOIN Zavod Farmatsevticheskix i Ximicheskix Produktov” YoAJ, Vengriya.

    Diqqat!

    Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.

    Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.

    Xususiyatlar

    Dozasi
    100 мг
    Ishlab chiqaruvchi mamlakat
    Венгрия
    Ishlab chiqaruvchi
    Sanofi-Aventis Groupe, Франция произведено: Chinoin Pharmaceutical & Chemical Works Private Co. Ltd
    Katalog
    Aksiyalar
    Brendlar
    Блог
    Toʻlov shartlari
    Yetkazib berish shartlari
    Kontaktlar
    Topshirish punktlari
    Biz bilan bog'lanish
    Toʼlovga qabul qilamiz
    Konfidensiallik
    Oferta
    © 2026

    O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN DAVOLANISH SOG‘LIG‘INGIZ UCHUN ZARARLI BO‘LISHI MUMKIN. DORINI QO‘LLASHDAN OLDIN SHIFOKOR BILAN MASLAHATLASHING.

    Kirish yoki roʻyxatdan oʻtish Telefon raqamingizni kiriting
    Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz
    Login va parol bilan kirish
    SMSdan kodni kiriting Biz kodni raqamiga yubordik
    Qayta yuborish 01:30 dan keyin mumkin Kodni qayta yuborish
    Bosh sahifa Katalog 0 Savat Kabinet Aksiyalar