Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Brizezi tab.4mg №30 (Montelukast)
Brizezi tab.4mg №30 (Montelukast)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Монтелукаст
Страна производитель
Индия
Дозировка
4 мг
Производитель
MSN Laboratories Private Limited
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Brizezi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) montelukast natriy
Dori shakli
4 mg chaynaladigan tabletkalar, 5 mg va 10 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir chaynaladigan tabletka (4 mg) quyidagilarni saqlaydi
faol modda 4 mg montelukastga ekvivalent montelukast natriy
yordamchi moddalar suvsiz laktoza, mannitol, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, aspartam, ananas ta'mli trusil, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (5 mg) quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg montelukastga ekvivalent montelukast natriy
yordamchi moddalar suvsiz laktoza, makkajo‘xori kraxmali, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, tozalangan suv, Instacoat Universal Yellow ICU-5855.
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (10 mg) quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg montelukastga ekvivalent montelukast natriy.
yordamchi moddalar suvsiz laktoza, makkajuxori kraxmali, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, Instacoat Universal Yellow 1CU-5855, tozalangan suv.
Ta'rifi
chaynaladigan tabletkalar (4 mg) oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq , ananas ta'mli tabletkalar;
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (5 mg) ikki tomoni silliq dumaloq, ikki tomonlama qavariq och sariq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar;
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (10 mg) bir tomonida sindirish chizig‘i bo‘lgan, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, o‘zagi oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan och sariq rangli plyonka kobiq bilan koplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
bronxolitik vosita.
ATX kodi R03DC03
Farmakologik xususiyatlari
Leykotriyen retseptorlarining antagonisti. Montelukast bir vaktda bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda sisteinil leykotriyen LTD, yutilishi bilan bog‘lik bronxospazmning ingibitsiya qilish qobiliyatini namoyon kilib, nafas yo‘llari zpiteliysining sisteinil leykotriyen retseptorlarini ingibitsiya qiladi. 5 mg dozasi LTD, bilan induktsiya qilingan bronxospazmni bartaraf etish uchun yetarli. Montelukastni sutkada 10 mg dan yuqori dozalarda 1 marta qullash preparatning samaradorligini oshirmaydi. Montelukast ichga qabul qilinganidan keyin 2 soat davomida bronxlarning dilatatsiyasini chaqiradi va beta 2-adrenomimetiklar chaqirgan bronxlarning dilatatsiyasini to‘ldirishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin montelukast me'da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Odatdagi ovqatni qabul qilish preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) va biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi. Kattalarda preparat 10 mg dozada och qoringa qabul qilinganida qon plazmasida Smax ga 3 soagdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilinganida biokiraolishligi 64% tashqilqiladi .
Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 99% dan ko‘proqni tashkil qiladi. Taqsimlanish xajmi (Vd) o‘rtacha 8-11 litrni tashqil qiladi. Preparat 10 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilinganida plazmada faol moddaning o‘rtacha to‘planishi (taxminan 14%) kuzatiladi.
Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalarda qo‘llanganida montelukastning metabolitlarini plazmadagi muvozanat kontsentratsiyasi kattalar va bolalarda aniqlanmaydi.
Montelukastning metabolizmi jarayonida sitoxrom R-450 izofermermentlarini (3A4 va 2S9) qatnashishi taxmin qilinadi , bunda montelukast terapevtik kontsentratsiyalarda sitoxrom R450 izofermentlarini 3A4,2S9,1A2,2A6, 2S19 va 2D6 ingibitsiya qilmaydi.
Yosh sog‘lom kattalarda montelukastning yarim chiqarilish davri (T1/2) 2,7 dan 5,5 soatgachani tashqil qiladi. Montelukastning sog‘lomkattalardagi klirensi o‘rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganidan keyin montelukastning 86% ahlat bilan 5 kun davomida va 0,2 % siydik bilan chiqariladi, bu montelukast va uning metabolitlarini asosan safro bilan chiqarilishini tasdiqlaydi.
Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi
Montelukastning farmakokinetikasi ichga 50 mg dan ortiq qabul qilinganda deyarli proportsional xarakterini saqlaydi.
Montelukast ertalabki va kechki soatlarda qabul qilinganida farmakokinetikasida farqlar kuzatilmagan. Ayollar va erkaklarda montelukastning farmakokinetikasi o‘xshash. Preparat ichga 10 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilinganida keksa va yosh patsiyentlarda farmakokinetikasi va biokiraolishligi o‘xshash xarakterga ega.
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi va jigar sirrozining klinik belgilarn bo‘lgan patsiyentlarda, preparat 10 mg dozada 1 marta qabul qilinganidan keyin «vaqt- kontsentratsiya» (AUC) egri chizigi osti maydonini taxminan 41% oshishi bilan kechuvchi montelukastning metabolizimini sekinlashishi aniqlangan. Bu patsiyentlarda montelukastning chiqarilishi sog‘lomsub'ektlar bilan solishtirilganda (T1/2 o‘rtacha 7,4 soatni tashqil qiladi ) biroz oshgan. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun montelukastning dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan ko‘proq) montelukastning farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Montelukast va uning metabolitlarini siydik bilan chiqarilmasligi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda montelukastning farmakokinetikasi baholanmagan. Bu toifa patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda va 2 yoshli va undan katta bolalarda bronxial astmani oldini olish va uzoq muddatli davolash, shuningdek
• kasallikning kunduzgi va tungi simptomlarini oldini olish;
• atsetilsalitsil kislotasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda bronxial astmani davolash;
• jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazmni oldini olish;
• Kattalarda va 2 yoshli va undan katta bolalarda mavsumiy allergik rinitlarni va doimiy allergik rinitlarning kunduzgi va tungi belgilarini bartaraf etishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni ichga ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, sutkada 1 marta qabul qilinadi . bronxial astmani davolash uchun preparatni kechkurun sutkada 1 marta, allergik rinitlarni davolashda sutkaning har qanday vaqtida qabul qilish kerak.
Kattalar va 15 yosh va undan katta o‘smirlarga – 1 tabletka (10 mg) kechasiga (uyqudan oldin).
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 chaynaladigan tabletka (4 mg)
6-14 yoshli bolalarga – 1 tabletka (5 mg) kechkurun (uykudan oldin).
Mavsumiy allergik riniti bo‘lgan 2 yoshdan kichik bolalarga va surunkali allergik riniti bo‘lgan 6 oylikdan kichik bolalarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsilar anafilaksiya, angionevrotik shish, toshma, kichishish, zshakemi, juda kam hollarda – jigarning eozinofil infiltratsiyasi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan odatdagi bo‘lmagan yorkin tushlar ko‘rish, gallyutsinatsinlar, uyquchanlik, ta'sirchanlik, ko‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkor xulq, toliqish, o‘z joniga qasd qilish fikrlar va o‘z joniga qasd qilish xulqi, uyqusizlik, paresteziyalar/gipesteziyalar, bosh og‘rig‘i, juda kam hollarda – tirishish xurujlari.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riqlar; kam hollarda – xolestatik gepatit, ko‘pincha yondosh dorilar bilan davolash yoki jigar patologiyasi (gepatitning alkogolli va boshqa shakllari) fonidagi gepatotsitlarii shikastlalanishi.
Suyak-mushak tizimi tomonidan artralgiya, mialgiya, mushak tirishishlari.
Dermatologik reaktsiyalar tugunli eritema, teri ostiga qon quyilishlarni hosil bo‘lishiga moyillik (gematomalar),
Boshqalar qon ketishini kuchayishiga moyillik, teri ostiga qon quyulishlarini hosil bo‘lishi, yurak urishini his qilish, shishlar.
Umuman preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Nojo‘ya samaralari odatda yengil bo‘ladi va odatda davolashni bekor qilishni talab qilmaydi. Preparatni qo‘llashda xabar qilingan nojo‘ya samaralarining umumiy tez-tezligi, platsebo bilan bir xil.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
• homiladorlik, laktatsiya davri (davolash vaqtida to‘xtatiladi);
• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni bronxial astmani oldini olish va uzoq muddatli davolash uchun an'anaviy qo‘llanadigan boshqa dori vositalari bilan birga buyurish mumkin. Montelukast tavsiya qilingan klinik dozada kuyidagi preparatlarning teofillin, prednizon, prednizolon, peroral kontratseptivlar, terfenadin, digoksin va varfarinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli samara ko‘rsatmagan. Fenobarbitalni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda montelukastning AUC taxminan 40% kamaygan. Bu toifa patsiyentlar uchun dozani tanlash talab qilinmaydi. Brinxodilatatorlar bronxial astmani minodavolash sifatida samarasiz bo‘lganida, davolashga preparatni qo‘shish mumkin. Brizezi bilan davolash fonida terapevtik samaraga erishilganda (odatda birinchi dozadan keyin) bronxodilatatorlarning dozasini asta-sekin kamaytirnsh mumkin. Preparat bilan davolash ingalyatsion GKS olayotgan patsiyentlarda qo‘shimcha terapevtik samarani ta'minlaydi. Patsiyentning turg‘un holatiga erishilganida GKS dozalarini kamaytirish mumkin. GKS dozalarini asta-sekin shifokorning kuzatuvi ostida kamaytirish lozim. Ayrim patsiyentlarda ingalyatsion GKS ni qabul qilishni to‘liq bekor qilish mumkin. Ingalyatsion GKS bilan davolashni preparatni buyurishga keskin almashtirish tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bronxial astmaning o‘tkir xurujlarni davolash uchun tavsiya qilinmaydi. Bronxial astmaning o‘tkir kechishida patsiyentlarga kasallikning xurujlarini davolashni o‘tkazish, xurujlarni yo‘qotish va oldini olish uchun dori preparatlarini buyurish lozim. Preparat bilan bir vaqtda qo‘llanadigan ingalyatsion GKS dozalarini shifokorning kuzatuvi ostida asta-sekin kamaytirish mumkin. Ingalyatsion yoqi peroral GKS ni preparat bilan davolashga keskin almashtirish mumkin emas. Astmaga qarshi vositalarni, shu jumladan leykotriyen retseptorlarining antagonistlarini, qabul qilayotgan bemorlarda GKS ni tizimli dozalarini kamaytirish kam hollarda bir yoki bir necha ko‘rinishlarni paydo bo‘lishi bilan kechgan eozinofiliya, vaskulyar toshmalar, o‘pkalar tomonidan simptomlarining chuqurlashuvi, kardiologik asoratlar va/yoki neyropatiyalar, ba'zida Charg-Straus-tizimli eozinofil vaskulit sindromi sifatida tashxislangan. Garchi bu nojo‘ya ko‘rinishlarning leykotriyen retseptorlarining antagonistlari bilan davolashii sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsada, GKS ning tizimli dozalarini kamaytirishda preparatni qabul kilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish va muvofiq klinik kuzatuvini o‘tkazish kerak.
Brizezini qabul qilishni antomobilni yoki harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri aniqlanmagan.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari chanqoqlik hissi, uyquchanlik, midriaz, giperkinezlar va qorinda og‘riqlar.
Davolash simptomatik davolashni o‘tkazish. Montelukastni peritoneal dializ yoki gemodializ yo‘li orqali chiqarilishi mumkinligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 tabletka alyumin folgali stripda.
Uchta stripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saklash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
MSN Laboratories Private Limited,
Piot №42, Anrich Industrial Estate, Bollaram, Medak Dist. 502 325, Telangana, Xindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.