Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Eyrtek aerozol 25mkg+250mkg 120 doz
Eyrtek aerozol 25mkg+250mkg 120 doz
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Салметерол, флутиказон
Страна производитель
Индия
Дозировка
25мкг + 250 мкг
Производитель
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Форма выпуска
аэрозоль д/ингаляций дозированный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Eyrtek
Dori shakli
dozalangan ingalyatsiya uchun aerozol, 25 mkg+50 mkg/doza, 25 mkg+125 mkg/doza, 25 mkg + 250 mkg/doza; 120 doza.
Tarkibi
1 doza quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar salmeterol ksinafoati (25 mkg salmeterolga qayta hisoblanganda) -
36,3 mkg, flutikazon propionati 50 mkg, 125 mkg, 250 mkg;
yordamchi moddalar propellent 1,1,1,2-tetraftoretan (HFA-134a), polietilenglikol 1000.
Ta'rifi dozalovchi klapanli alyumin aerozol ballonchaga bosim ostida joylangan oq yoki deyarli oq rangli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Ingalyatsion simpatomimetiklar. Simpatomimetiklar nafas yo‘llarning obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada. Salmeterol nafas yo‘llarning obstruktiv kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi R03AK06.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Eyrtek – majmuaviy bronxlarni kengaytiruvchi vositadir (salmeterol va flutikazon saqlaydi). Salmeterol – 12 soatgacha uzoq vaqt ta'sir ko‘rsatuvchi ß2-adreno-retseptorlarning selektiv agonistidir. Salmeterol molekulasi retseptorning tashqi sohasi bilan bog‘lanuvchi uzun yon zanjiriga ega. Ushbu farmakologik xususiyatlari tufayli salmeterol gistamin-induktsiya qilgan bronxospazmni oldini olish uchun samaraliroq va qisqa ta'sirga ega ß2-retseptorlarning oddiy agonistlariga nisbatan davomdi bronxodilatatsiyani chaqiradi. O‘pka to‘qimasida gistamin, leykotriyenlar va PgD2 kabi semiz xujayralar mediatorlarini ajrilib chiqishini samarali va uzoq vaqt ingibitsiya qiladi. Allergik reaktsiyaning erta va kechki bosqichlarini susaytiradi; bir martalik doza yuborilgandan keyin bronxlarning giperreaktivligi pasayadi, kechki bosqichni susaytirish bronxlarni kengaytiruvchi samara bo‘lmaganida ham 30 soat davom etadi. Flutikazon mahalliy ta'sir ko‘rsatuvchi GKS (glyukokortikosteroid) dir. Ingalyatsion yuborilganda yaqqol yallig‘lanishga qarshi samara ko‘rsatadi, bu nafas yo‘llarining obstruktsiyasi bilan kechuvchi kasalliklarning simptomlarini yaqqolligini va zo‘rayish tez-tezligini kamayishiga olib keladi. Ingalyatsion flutikazon maksimal dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda kattalar va bolalarda buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlarining sutkalik va zahira sekretsiyasi norma chegarasida qoladi. Buyrak usti bezining zahira funktsiyasini qoldiq pasayishi o‘tkazilgan davolashdan keyin uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Salmeterol va flutikazonni bir vaqtda yuborish har bir bu moddalarning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Salmeterol terapevtik dozalarda ingalyatsion yuborilgandan keyin plazmada preparatning juda past kontsentratsiyalariga (200 mg/ml va undan pastroq) erishiladi. Ingalyatsion salmeterolni muntazam qo‘llaganda tizimli qon oqimida 100 ng/ml gacha kontsentratsiyalarda gidroksinafton kislotasi aniqlanadi. Flutikazon ingalyatsion yuborilgandan keyin preparatni yuborish tizimiga qarab nisbiy biokiraolishligi – 10-30% ni tashkil qiladi. Tizimli so‘rilishi asosan o‘pkada amalga lshadi. Ingalyatsiya qilingan dozaning bir qismi yutib yuborilishi mumkin, lekin preparatni suvda yomon erishi va jigar orqali “birinchi o‘tish”da jadal metabolizmi tufayli uning tizimli ta'siri minimal. Flutikazonning biokiraolishligi yutib yuborilganda 1% dan kamroqni tashkil qiladi. Ingalyatsiya qilingan doza va flutikazonning tizimli ta'siri o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud, taqsimlanish xajmi – taxminan 300 l. Jigarda sitoxrom R450 tizimining CYP3A4 ishtirokida nofaol metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi. Metabolitning 5% dan kamrog‘i siydik bilan chiqariladi. Plazmadagi klirensi – minutiga 1,15 l. T1/2 – 8 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Preparat uzoq vaqt ta'sir ko‘rsatuvchi ß2-adrenomimetik va ingalyatsion kortikosteroid bilan majmuaviy davolash ko‘rsatilgan patsiyentlarda bronxial astmani davolash uchun mo‘ljallangan
-uzoq ta'sir etuvchi beta-adrenoretseptorlar agonistlari va ingalyatsion GKS ning samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalarini qabul qiluvchi patsiyentlarda;
-ingalyatsion GKS bilan davolash fonida kasallikning simptomlari saqlanib qolgan patsiyentlarda;
-bronxodilatorlar bilan muntazam davolanayotgan va ingalyatsion GKS ga muhtoj bo‘lgan patsiyentlarda.
Kattalarda O‘SOK (o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi), shu jumladan surunkali bronxit va o‘pka emfizemasini bir maromda tutib turuvchi davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat ingalyatsion qo‘llash uchun buyuriladi. Preparatning boshlang‘ich dozasi ushbu darajadagi kasallikni davolash uchun tavsiya etiladigan flutikazonning dozasi asosida aniqlanadi va minimal samarali dozaga erishilguncha titrlanishi kerak. Davolash vaqtida optimal dozani tanlash uchun muntazam ravishda shifokor kuzatuvida bo‘lish kerak. Patsiyent shifokor buyurgan preparatning dozani mustaqil o‘zgartirishi mumkin emas.
Tavsiya etilgan dozalar
Kattalar va 12 yosh va undan katta o‘smirlar ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 50 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta yoki ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 125 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta yoki ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 250 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta.
4 yosh va undan katta bolalar ikkita ingalyatsiya (25 mkg salmeterol va 50 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 marta.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida preparatni qabul qiluvchi barcha patsiyentlar birinchi marta qabul qilgandan keyin 6-12 xafta o‘tgach shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), shu jumladan surunkali bronxit va o‘pka emfizemasi.
Kattalar uchun maksimal tavsiya etiladigan doza 2 ingatsiya (25 mkg salmeterol va 250 mkg flutikazon propionati) sutkada 2 martani tashkil qiladi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari keksa yoshdagi yoki buyrak va jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Ingalyatorni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma
Ingalyatorni tekshirish
Ingalyatorni Birinchi marta yoki uzoq vaqt (bir xafta yoki undan ko‘proq) tanaffusdan keyin qo‘llashdan oldin qalpoqchani yon tomonlariga yengil bosish orqali mundshtuk qalpoqchasi yechiladi, inglyator sinchkovlik bilan chayqatiladi va adekvat ishlashiga ishonch hosil qilish uchun havoga bir marta purkaladi.
2. Mundshtukdan himoya qalpoqchasi yechiladi. Bunda mundshtuk flakonga (ingalyator) ga zich biriktirilgancha qolishi kerak (2 rasmga qarang); agar ingalyator himoya qalpoqchasiz saqlangan bo‘lsa, mundshtukni ifloslanish yuzasidan tekshirish kerak.
3. Ingalyatorni mundshtukni pastga qaratgan holda olinadi, bunda bitta barmoq ingalyator tubida, qolgan barmoq yoki ikkita barmoq ingayatorning yuqori uchida bo‘lishi kerak. Nafas chiqariladi va mundshtuk tishlar orasiga joylanadi (3 rasmga qarang).
4. Mundshtuk lablar bilan o‘rab olinadi va bosh biroz orqaga tashlanadi. Sekin nafas olish boshlanadi va bir vaqtda balloncha tubiga bosiladi. Nafas oxirigacha olinadi (4 rasmga qarang).
5. Ingalyator og‘iz bo‘shlig‘idan olinadi va nafas 10 sekund yoki iloji boricha ko‘proq tutib turiladi. Sekin nafas chiqariladi (5 rasmga qarang).
Izoh
Har bir ingalyatsiyadan keyin og‘iz va/yoki tomoq suv bilan chayiladi. Bu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq quruqlikni kamaytirishga yordam beradi. Ingalyatsiyalar orasidagi tanaffus kamida 1 minutni tashkil qilishi kerak. Takroriy ingalyatsiyalar o‘tkazilganda 2-5 qadamlar takrorlanadi.
Ishlatgandan keyin mundshtukni himoya qalpoqchasi bilan yopish kerak (6 rasmga qarang).
Birinchi bir nechta ingalyatsiyalarni oynani oldida nazorat qilib amalga oshirish tavsiya etiladi. Agar Siz og‘iz yoki mundshtuk va ingalyator tanasi orasidagi yoriqdan preparatni “chiqishini” ko‘rsangiz, bu ingalyatsiyaning noto‘g‘ri texnikasidan dalolat beradi (7 rasmga qarang).
Ingalyatsiya bolalar tomonidan amalga oshirilganda kattalar nazorati ostida o‘tkazilishi kerak (8 rasmga qarang).
Ingalyatorni tozalash
Ingalyatorni tozalash kuniga kamida bir marta amalga oshirilishi kerak.
1.Preparat saqlovchi metall ballonni ingalyator tanasidan ajratib oling. Purkovchi uchlikni yeching.
2.Mundshtuk va ingalyator tanasini iliq suvda yuving.
3.Sinchkovlik bilan arting. Qizib ketishidan saqlaning.
4.Ingalyatorni yig‘ing.
O‘ramda ko‘rsatilgan barcha dozalar ishlatilgandan keyin metall ballonchani tashlab yuborish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda tez-tez 10 tadan ≥ 1, tez-tez 100 tadan ≥ 1 va 10 tadan < 1, tez-tez emas 1000 tadan ≥ 1 va 100 tadan < 1, kam hollarda 10000 tadan ≥ 1 va 1000 tadan < 1, juda kam hollarda 10000 tadan < 1.
Juda tez-tez
-bosh og‘rig‘i
Tez-tez
-og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kandidozi, ovozni bo‘g‘ilishi
-pnevmoniya (O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda), bronxitlar
-mushak tortishishlari, artralgiya
-gipokaliyemiya
Tez-tez emas
-og‘iz-halqum bo‘shlig‘i shilliq qavatini ta'sirlanishi
-teri allergik reaktsiyalari
-hansirash
-katarakta
-giperglikemiya
-qo‘rquv hissi, uyquni buzilishi
-tremor
-yurak urib ketishi, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi
-gematomalar
Kam hollarda
-dispepsiya, ko‘ngil aynishi
-anafilaktik reaktsiyalar
-glaukoma
-hulq-atvorni o‘zgarishi, shu jumladan yuqori faollik va ta'sirchanlik (ayniqsa bolalarda)
-yurak ritmini buzilishi (shu jumladan xilpillovchi aritmiya, supraventrkulyar taxikardiya, ekstrasistoliya)
-angionevrotik shish (ayniqsa yuzni va og‘iz-halqumni shishi), paradoksal bronxospazm
-Kushing sindromi, buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishni sekinlashishi, suyak to‘qimasining mineral zichligini kamayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik
-4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
O‘pka tuberkulyozi, nafas a'zolarining zamburug‘li, virusli yoki bakterial infektsiyalari, tireotosikoz, feoxromotsitoma, qandli diabet, nazoratlanmagan gipokaliyemiya, IGSS (idiopatik gipertrofik subaortal stenoz), nazoratlanmagan arterial gipertenziya, aritmiya, EKG da QT intervalini uzayishi, turli genezli gipoksiya, katarakta, glaukoma, gipotireoz, osteoporoz, homiladorlik, laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bronxospazm rivojlanishi xavfi tufayli, patsiyent uchun juda zarur bo‘lgan holatlardan tashqari selektiv va noselektiv ß-adrenoblokatorlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Salmeterol
Agar qo‘llashdan foyda salmeterol bilan davolaganda tizimli nojo‘ya reaktsiyalar yuzaga kelishi xavfidan yuqori bo‘lmasa, ketokonazol bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. CYP3A4 kuchli ingibitorlari (itrakonazol, telitromitsin, ritonavir) bilan shunga o‘xshash o‘zaro ta'sir xavfi mavjud.
Flutikazon propionati
Odatdagi holatlarda flutikazon propionatining ingalyatsiyasi “birinchi o‘tish” da jadal metabolizmi va ichakda va jigarda sitoxrom R450 tizimining CYP3A4 izofermenti ta'siri ostida tizimli klirensi yuqori ekanligi tufayli plazmadagi kontsentratsiyasini pastligi bilan kechadi. Shuning uchun flutikazon propionati ishtirokida klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar ehtimoli kam.
CYP3A4 fermentining yuqori faol ingibitori sifatida ritonavir plazmada flutikazon propionatining kontsentratsiyasini haddash tashqari oshishini chaqirishi mumkin, buning natijasida zardobda kortizolning kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada pasayadi.
Ritonavir bilan birga qo‘llash Kushing sindromi va buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi kabi nojo‘ya samaralar chaqiradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, patsiyent uchun potentsial foyda GKS (glyukokortikosteroid) larning tizimli nojo‘ya samaralari xavfidan yuqori bo‘lgan holatlardan tashqari flutikazon propionati va ritonavirni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
CYP3A4 izofermentining boshqa ingibitorlari plazmada flutikazon propionatining darajasini juda kam (eritromitsin) va ahamiyatsiz (ketokonazol) oshishini chaqiradi, bunda zardobda kortizolning kontsentratsiyasi deyarli pasaymaydi. Bunga qaramasdan, CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini (masalan ketokonazol) bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, chunki bunday majmualarda plazmada flutikazon propionatining kontsentratsiyasini oshishi inkor etilmaydi.
Ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar va diuretiklar gipokaliyemiya rivojlanishi xavfini oshiradi (ayniqsa bronxial astma zo‘raygan patsiyentlarda, gipoksiyada). Monoaminoksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi. Kromoglitsin kislotasi bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Preparat xurujlarni bartaraf etish uchun emas (qisqa ta'sirga ega ingalyatsion bronxodilatatorlarni qo‘llash kerak), uzoq vaqt davolash va zo‘rayishlarni oldini olish uchun mo‘ljallangan.
• Preparatni hatto kasallik simptomlari bo‘lmaganida ham muntazam qo‘llash kerak.
• Preparat bilan davolashni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas.
• Har qanday glyukokortikosteroid (GKS) larni uzoq vaqt, ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llaganda tizimli nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkin. Terapevtik samaraga erishilganda ingalyatsion glyukokortikosteroidlarning dozasi tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishidan saqlanish uchun kasallikni kechishini nazorat qiluvchi minimal samarali dozagacha kamaytirilishi muhim.
• Uzoq vaqt davomida ingalyatsion glyukokortikosteroidlarni qabul qilayotgan bolalarda o‘sish dinamikasini muntazam kuzatish kerak.
• Buyrak usti bezi yetishmovchiligi kuzatilishi mumkinligi tufayli, glyukokortikosteroidni ichga qabul qilgan patsiyentlarni ingalyatsion flutikazon bilan davolashga o‘tkazilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish va buyrak usti bezi po‘stloq qismi funktsiyasi ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak. Ingalyatsion flutikazon fonida GKS ni bekor qilishni asta-sekin amalga oshirish kerak. Stress davrida GKS ni qo‘shimcha qabul qilish talab etilishi mumkin.
• Agar preparatni salmeterol dozasini oshirib yuborilishi tufayli bekor qilishga to‘g‘ri kelsa, patsiyentga tegishli GKS o‘rinbosar davolashni buyurish kerak.
• Ayrim patsiyentlarda ovozni qo‘pollashishi yoki bo‘g‘lishi, og‘iz va halqum kandidozi yuzaga kelishi mumkin. Eyrtek ingalyatsiyasidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini suv bilan chayish orqali ovozni qo‘pollashishini og‘irligini va tez-tezligini kamaytirish mumkin. Simptomatik kandidozni Eyrtek bilan davolashni davom ettirib, mahalliy zamburug‘larga qarshi preparatlar bilan davolash mumkin.
Patsiyentni tizimli GKS ni qabul qilishdan ingalyatsion davolashga o‘tkazilganda shuningdek avval tizimli preparatlar bilan bartaraf etilgan allergik reaktsiyalar (shu jumladan allergik rinit, ekzema) yuzaga kelishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Ona uchun kutilgan foyda homila yoki bola uchun har qanday xavfdan yuqori bo‘lgandagina preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Eyrtek preparatini tavsiya etilgan dozalarda ingalyatsion yuborganda uning plazmadagi kontsentratsiyasi haddan tashqari pastligi tufayli, salmeterol va flutikazonning ko‘krak sutidagi darajasi ham ahamiyatsiz bo‘ladi deb taxmin qilinadi, lekin bu ma'lumotlarni klinik isbotlari yo‘q.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari tremor, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, sistolik bosimni oshishi, gipokaliyemiya va qonda glyukoza darajasini oshishi, buyrak usti bezi funktsiyasini pasayishi (bir necha kundan keyin buyrak usti bezi funktsiyasini mustaqil tiklanadi). Juda kam hollarda anoreksiya, qorinda og‘riq, tana vaznini kamayishi, toliqish, ko‘ngil aynishi, diqqatni pasayishi, gipoglikemiya va tirishishlar.
Davolash selektiv ß-adrenoblokatorlar, preparatni bekor qilish.
Chiqarilish shakli
va o‘rami
Dozalangan ingalyatsiya uchun aerozol 25/50 mkg, 25/125 mkg, 25/250 mkg.
120 dozadan dozalovchi ta'sirli klapanli va himoya qalpoqchali mundshtukli alyumin aerozol ballonchada.
Balloncha davlat va ris tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qarton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va mamlakati
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasining nomi va mamlakati
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
Iste'molchilarning e'tirozlari quyidagi manzilga yuborilsin
O‘zbekiston 100031, Toshkent shahri, Afrosiyob ko‘ch., 4A
tel/faks +99871 140 52 12
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.