Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Forales tab. 12mkg №60
Forales tab. 12mkg №60
Nomi | Narx | |||||
Форалес таб. 12 мкг № 60 (301002182##1958) |
UZS 149 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Форалес таб. 12 мкг № 60 (301002182##1982) |
UZS 149 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Формотерол
Страна производитель
Турция
Дозировка
12 мкг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы с порошком для ингаляций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Forales
Ta'sir etuvchi modda (XPN) formoterol
Dori shakli
ingalyatsiya uchun kukunli kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda formoterola fumarat (formoterola fumarat digidrati shaklida) – 12 mkg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati;
kapsulaning tarkibi gidroksipropilmetiltsellyuloza.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi №3 o‘lchamli, o‘simliklardan olinadigan tiniq kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
selektiv β2-adrenomimetik.
ATX kodi R03AC13
Farmakologik xususiyatlari
Formoterol β2-retseptorlarni selektiv agonisti hisoblanadi. U nafas yo‘llarining qaytuvchan obstruktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda bronxlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning ta'siri ingalyatsiyadan so‘ng tez (1-3 minut atrofida) boshlanadi va 12 soat davomida saqlanib turadi. Terapevtik dozalarda qo‘llanganida yurak-qon tomir tizimiga minimal darajada ta'sir qiladi va juda kam hollardagina kuzatiladi.
Forales semiz hujayralardan gistamin va leykotriyenlarni ajralib chiqishini tormozlaydi.
Preparat nafas olish oqibatida kirgan allergenlar, jismoniy harakat, sovuq havo, gistamin yoki metaxolin tomonidan chaqirilgan bronxospazmni bartaraf qiladi. Foralesning bronxlarni kengaytiruvchi samarasi ingalyatsiyadan so‘ng 12 soat davomida yaqqol saqlanib turganligi sababli, uzoq vaqt davomida tutib turuvchi davolash uchun preparatni sutkada 2 marta buyurish ko‘pchilik hollarda o‘pkaning surunkali kasalliklarida kunda davomida ham, tunda ham bronxospazmni kerakli darajada nazorat qilishni ta'minlaydi.
Stabil kechuvchi o‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan patsiyentlarda formoterol 12 mkg dan 24 mkg gacha bo‘lgan dozalarda kuniga 2 marta ingalyatsiya ko‘rinishida qo‘llanganida, bronxlarni kengaytiruvchi samarasi tez boshlanadi, ta'siri kamida 12 soat davomida davom etadi va hayot sifatining ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi bilan kechadi.
Farmakokinetikasi
Formoterolning terapevtik dozalarini diapazoni kuniga 2 marta 12 mkg dan 24 mkg gacha bo‘lgan dozalarni tashkil etadi.
Formoterol fumarati sog‘lom ko‘ngillilarga 120 mkg dozada bir marta ingalyatsiya qilinganidan so‘ng formoterol plazmaga tez so‘rildi, plazmada formoterolning maksimal kontsentratsiyasi 266 pmol/l ni tashkil qilgan va ingalyatsiyadan so‘ng 5 minutdan keyin erishilgan. Formoterolni 12 mkg dan 24 mkg gacha bo‘lgan dozalarda sutkada 2 marta 12 hafta davomida olgan O‘SOK bilan xastalangan bemorlarda ingalyatsiyadan so‘ng 10 minut, 2 soat va 6 soatdan keyin o‘lchangan plazmadagi formoterolning kontsentratsiyasi muvofiq ravishda 11,5-25,7 pmol/l va 23,3-50,3 pmol/l diapazonlarda bo‘lgan.
Formoterol 12 mkg yoki 24 mkg dozalarda sutkada 2 marta 12 hafta davomida ingalyatsion qo‘llanganidan so‘ng o‘zgarmagan formoterolning siydik bilan ekskretsiyasi bronxial astma bilan xastalangan bemorlarda 63-73% ga oshgan, O‘SOK bo‘lgan bemorlarda – 19-38% ga oshgan. Bu formoterol ko‘p marta ingalyatsiya qilingandan so‘ng plazmada formoterolning biroz kumulyatsiya bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ingalyator yordamida qo‘llanadigan formoterolning katta qismi, yutiladi va so‘ngra me'da-ichak yo‘llari (MIY) dan so‘riladi.
Formoterolning plazma oqsillari bilan to‘planishi 61-64% ni tashkil etadi, zardob albumini bilan bog‘lanishi – 34%.
Preparat terapevtik dozalarda qo‘llanganidan so‘ng kuzatiladigan kontsentratsiyalar diapazonida bog‘langan joyini to‘yinishiga erishilmaydi.
Formoterolning asosiy metabolizm yo‘li bo‘lib glyukuron kislotasi bilan bevosita kon'yugatsiya bo‘lishi hisoblanadi. Boshqa metabolizm yo‘li – O-demetillanishi, keyinchalik glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiya bo‘lishi (glyukuronidatsiya) hisoblanadi.
Terapevtik kontsentratsiyalarda formoterol sitoxrom R450 izofermentlar tizimini ingibitsiya qilmaydi.
Formoterolni 12 mkg yoki 24 mkg dozalarda sutkada 2 marta 12 hafta davomida olgan, bronxial astma va O‘SOK bilan xastalangan bemorlarda, muvofiq taxminan 10% yoki 7% dozalari siydikda o‘zgarmagan formoterol ko‘rinishida aniqlangan. Siydikda o‘zgarmagan formoterolning (R,R) va (S,S) enantiomerlarini hisoblangan qismi sog‘lom ko‘ngillilarga formoterolning bir martalik dozasi (12-120 mkg) ingalyatsiya qilingandan so‘ng va bronxial astma bo‘lgan bemorlarga formoterolning bir martalik va takroriy dozalari ingalyatsiya qilingandan so‘ng muvofiq ravishda 40% va 60% ni tashkil etadi. Faol modda va uning metabolitlari organizmdan butunlay chiqariladi; ichga qabul qilingan dozaning taxminan 2/3 qismi siydik bilan, 1/3 qismi axlat bilan chiqariladi. Formoterolning buyrak klirensi minutiga 150 ml ni tashkil etadi.
Formoterol fumarati 120 mkg dozada bir marta ingalyatsiya qilingandan so‘ng formoterolning plazmadan yakuniy yarim chiqarilish davri 10 soatni tashkil etadi.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda formoterolning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Formoterol fumaratini 12 mkg yoki 24 mkg dozalarda sutkada 2 marta 12 hafta davomida olgan, bronxial astma bilan xastalangan 5-12 yoshdagi bolalarda o‘zgarmagan formoterolning siydik bilan ekskretsiyasi, birinchi dozasi ingalyatsiya qilingandan so‘ng o‘lchangan muvofiq ko‘rsatkichlarga nisbatan 18-84% ga oshgan. Bolalarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda siydikda taxminan 6% o‘zgarmagan formoterol aniqlangan.
Qo‘llanilishi
• bronxial astma bilan xastalangan bemorlarda bronxospazmni oldini olish va davolash;
• allergenlar, sovuq havo bilan nafas olish yoki jismoniy harakatlar oqibatida chaqirilgan bronxospazmni oldini olish;
• O‘SOK bilan xastalangan bemorlarda ham qaytuvchan, ham qaytmaydigan bronxial obstruktsiya bo‘lganida, surunkali bronxit va o‘pka emfizemasi bo‘lgan bemorlarda bronxlarning buzilgan o‘tkazuvchanligini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Forales kattalarda hamda 6 yosh va katta bolalarda ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatni ichga qabul qilish mumkin emas. tarkibida ingalyatsiya uchun kukun saqlagan kapsula bo‘lib, o‘ramining to‘plamida mavjud bo‘lgan maxsus moslama yordamida qo‘llash kerak. Kapsula parchalanishi tufayli qobig‘ining kichik bo‘laklari og‘izga yoki tomoqqa tushishi mumkin. Bu holatni minimal darajaga yetkazish uchun kapsulani 1 martadan ortiq teshish mumkin emas. Kapsulani blister o‘ramidan bevosita qo‘llashdan oldin olish kerak.
Kattalar
Bronxial astmada muntazam tutib turuvchi davolash uchun preparatning dozasi kuniga 2 marta 12 mkg (1 kapsulaning ichidagisi) ni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida simptomlarni yengillashtirish uchun kuniga qo‘shimcha ravishda 12-24 mkg qo‘llash mumkin. Maksimal sutkalik doza – kuniga 48 mkg.
Forales astmaning o‘tkir simptomlarini yengillashtirish uchun qo‘llash mumkin emas. O‘tkir huruj davrida qisqa ta'sirga ega bo‘lgan 2-agonistlarni ishlatish kerakyu
Jismoniy harakatlar yoki ma'lum allergenni bevosita ta'siri oqibatida chaqirilgan bronxospazmni oldini olish maqsadida, allergen bilan kutilgan kontaktdan yoki jismoniy harakatdan 15 minut oldin 12 mkg (1 kapsulaning ichidagisi) preparatni ingalyatsiya qilish kerak. Og‘ir kechuvchi bronxial astma bilan xastalangan bemorlarga
24 mkg bir martalik doza talab etilishi mumkin.
O‘SOKda muntazam samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun preparatning dozasi kuniga 2 marta 12 mkg (1 kapsulaning ichidagisi) ni tashkil etadi.
6 yosh va undan oshgan bolalar
Bronxial astmada muntazam samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun preparatning dozasi kuniga 2 marta 12 mkg (1 kapsulaning ichidagisi) ni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida simptomlarni yengillashtirish uchun kuniga qo‘shimcha ravishda
12-24 mkg qo‘llash mumkin. Maksimal sutkalik doza – kuniga 24 mkg.
Jismoniy harakatlar yoki ma'lum allergenni bevosita ta'siri oqibatida chaqirilgan bronxospazmni oldini olish maqsadida, allergen bilan kutilgan kontaktdan yoki jismoniy harakatdan 15 minut oldin 1 kapsulaning ichidagisini (12 mkg) ingalyatsiya qilish kerak.
6-12 yoshdagi bolalar uchun ingalyatsion kortikosteroidlar va uzoq vaqt ta'sir qiluvchi 2-agonistlar (LABA) yordamida davolash talab etilganida, majmuaviy mahsulotni ishlatish tavsiya etiladi, ayrim ingalyatsion kortikosteroidlar va uzoq vaqt ta'sir qiluvchi 2-agonistlari bo‘lgan ingalyatorlar munosibroq bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Ingalyatsiyani o‘tkazish qoidasi
Bolalar va o‘smirlarda Forales preparatini ingalyatsiyasini kattalarni kuzatuvi ostida o‘tkazish kerak. Bola ingalyatsiya texnikasini to‘g‘ri bajarayotganligiga ishonch hosil qilish kerak. Formoterol ingalyatsiya qilingandan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ini suv bilan chayish og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatini ta'sirlanishini, shuningdek tizimli noxush ko‘rinishlarni rivojlanish havfini pasaytirishi mumkin.
Ingalyatsiya uchun moslamani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
1.Qalpoqchasi ingalyatsiya uchun moslamadan yechiladi.
2.Ingalyatsiya uchun moslama asosidan mahkam ushlanadi va mundshtuk strelka bo‘ylab buraladi.
3.Kapsula ingalyatsiya uchun moslamaning asosida joylashgan uyachaga (uyacha kapsulani shakliga ega) joylanadi. Kapsulani blister o‘ramidan bevosita ingalyatsiyani o‘tkazishdan oldin chiqarish kerakligini yodda tutish kerak.
4.Mundshtukni burab, ingalyatsiya uchun moslama yopiladi.
5.Moslamani vertikal holatda ushlab, yon tomonida joylashgan qizil tugmalar bir marta oxirigacha bosiladi. So‘ngra qo‘yib yuboriladi.
Ushbu bosqichida kapsula teshilganida u parchalanishi mumkin, buning oqibatida qobig‘ining kichik bo‘lakchalari og‘iz bo‘shlig‘i yoki tomoqqa tushishi mumkin. Kapsulani butunlay parchalamaslik uchun quyidagi talablarni bajarish kerak kapsula bir martadan ortiq teshilmasin; saqlash qoidasiga rioya qilinsin; kapsula blisterdan bevosita ingalyatsiyani o‘tkazishdan oldin chiqarilsin.
6.Nafas to‘liq chiqariladi.
7.Mundshtuk og‘izga kiritiladi va bosh biroz orqaga tashlanadi. Mundshtuk lablar yordamida mahkam ushlanadi va tez, bir tekis, maksimal darajada chuqur nafas olinadi. Bunda patsiyent, kapsulani aylanishi va kukunni purkalishi natijasida hosil bo‘ladigan o‘ziga xos zirillagan tovushni eshitishi kerak. Agar o‘ziga xos tovush eshitilmasa, ingalyatsiya uchun moslamani ochish va kapsula bilan nima bo‘lganligini ko‘rishi kerak. U uyachada tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda kapsulani ehtiyotkorlik bilan olish kerak. Yon tomonlaragi tugmalarni takroran bosish orqali kapsulani olishga harakat qilish kerak emas.
8.Agar nafas olish vaqtida o‘ziga xos tovush eshitilsa, nafasni imkon boricha uzoqroq ushlab turish kerak. Shu vaqtning o‘zida mundshtukni og‘izdan chiqarish kerak. So‘ngra nafas chiqariladi. Moslama ochilsin va kapsulaning ichida kukun qolmaganligi ko‘rilsin. Agar kapsulada kukun qolgan bo‘lsa, 6-8 punktlarda ta'riflangan harakatlar takroran bajarilsin.
9.Ingalyatsiya muolajasi tugaganidan so‘ng moslama ochilsin, bo‘sh kapsula olinsin, mundshtuk yopilsin va moslama ham qalpoqcha bilan yopilsin.
Kukunning qoldiqlarini yo‘qotish uchun mundshtuk va uyacha quruq mato bilan artilsin. Shuningdek yumshoq cho‘tkachadan foydalanish ham mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan juda kam hollarda - ko‘ngil aynishi.
Nerv tizimi va psixika tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, tremor; ba'zida – ajitatsiya, xavotirlanish hissi, asabiylik, uyqusizlik, bosh aylanishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez – yurak urishini his etish; ba'zida – taxikardiya, periferik shishlar.
Nafas tizimi tomonidan ba'zida – bronxospazm.
Skelet-mushak tizimi tomonidan ba'zida – mushaklarni tirishishi, mialgiya.
Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda - arterial gipotenziya, eshakemi, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema kabi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Mahalliy reaktsiyalar ba'zida – tomoq va xiqildoqning shilliq qavatini ta'sirlanishi.
Boshqalar ta'm bilish hissini o‘zgarishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• laktatsiya davri;
• 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa β2-adrenostimulyatorlar kabi Foralesni ham xinidin, dizopiramid, prokainamid, fenotiazinlar, antigistamin preparatlar, monoaminooksidaza ingibitorlari (MAO), tritsiklik antidepressantlar kabi dori vositalari, shuningdek QT intervalini uzaytirishi ma'lum bo‘lgan boshqa preparatlarini olayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bunday holatlarda yurak-qon tomir tizimiga adrenostimulyatorlarning ta'siri kuchayishi mumkin. QT intervalini uzaytirishi mumkin bo‘lgan preparatlar qo‘llanganida yurak qorinchalari aritmiyalarini rivojlanish havfi oshadi. Boshqa simpatomimetik vositalarni bir vaqtda qo‘llash preparatning nojo‘ya samaralarini og‘irlashishiga olib kelishi mumkin.
Ksantin hosilalari, glyukokortikosteroidlar yoki diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash β2-adrenomimetiklarning potentsial gipokaliyemik ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Gipokaliyemiya angishvonagul preparatlarini olayotgan patsiyentlarda yurak aritmiyalarini rivojlanishiga moyillikni oshirishi mumkin.
β2-adrenoblokatorlar Foralesning ta'sirini susaytirishi mumkin. Shu sababli agar Forales va β2-adrenoblokatorlarni majmuada qo‘llashga biron-bir keskin sabablar majbur qilmasa, preparatni β2-adrenoblokatorlar (shu jumladan ko‘z tomchilari) ni birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Forales qo‘llanganida O‘SOK bilan xastalangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi ko‘rsatilgan.
Yurak ishemik kasalligi, yurak ritmini buzilishlari, ayniqsa uchinchi darajadagi atrioventrikulyar blokada, og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi, idiopatik klapan osti aortal stenoz, og‘ir darajadagi gipertenziya, anevrizma, feoxromotsitoma, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya, tireotoksikoz yoki taxiaritmiyalar yoki og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi kabi boshqa og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ayniqsa e'tibor berish kerak.
Yallig‘lanishga qarshi davolash
Odatda β2-adrenostimulyatorlar bilan muntazam davolash talab etilgan bronxial astma bilan xastalangan patsiyentlar ham yallig‘lanishga qarshi vositalar (masalan, ingalyatsion yoki ichga qo‘llanadigan glyukokortikosteroidlar, va/yoki bolalarda – natriy kromoglikati) ning adekvat dozalarini muntazam ravishda olishlari kerak. Har safar Forales buyurilganida, ular olayotgan yallig‘lanishga qarshi davolashning adekvatligiga nisbatan patsiyentlarning holatini baholash kerak. Forales preparati bilan davolash boshlanganidan so‘ng, hatto patsiyentlarning holatini yaxshilanishi kuzatilsa ham, yallig‘lanishga qarshi davolashni o‘zgartirmasdan davom ettirish kerak.
Agar preparatni qo‘llash fonida bronxial astmaning simptomlari saqlanib tursa, yoki agar Foralesning, kasallikning simptomlarini nazorat qilish uchun talab etilgan dozasi oshirilsa, odatda bu holat asosiy kasallikning kechishini yomonlashishidan dalolat beradi, bronxial astmani asosiy davolash shifokor tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Gipokaliyemiya
β2-adrenomimetiklar bilan davolashning oqibati potentsial havfli gipokaliyemiyani rivojlanishi bo‘lishi mumkin. Preparatning bunday ta'siri gipoksiya va yondosh davolash bilan kuchayishi mumkinligi tufayli, og‘ir kechuvchi bronxial astma bo‘lgan bemorlarda ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bunday holatlarda qon zardobida kaliyning kontsentratsiyasini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi.
Paradoksal bronxospazm
Boshqa ingalyatsion davolash o‘tkazilganida bo‘lgani kabi, paradoksal bronxospazm rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak. Agar u rivojlansa, preparatni zudlik bilan bekor qilish va muqobil davolash buyurish kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikda, ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holdagina preparatni qo‘llash mumkin.
Formoterolni odam sutiga o‘tishi noma'lum. Shu sababli, Forales preparatini qo‘llayotgan onalar emizishlari mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Forales preparatini 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Forales preparatini qo‘llash fonida bosh aylanishi yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlarni kuzatilgan patsiyentlar preparatni qo‘llash vaqtida avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari Foralesning dozasini oshirib yuborilishi β2-adrenomimetiklar uchun xos bo‘lgan ko‘rinishlar ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, tremor, uyquchanlik, yurak urishini his etish, taxikardiya, yurak qorinchalari aritmiyalari, metabolik atsidoz, gipokaliyemiya, giperglikemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Davolash tutib turuvchi va simptomatik davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan. Jiddiy holatlarda kasalxonaga yotkazish kerak.
Kardioselektiv β2-adrenoblokatorlarni qo‘llashni ko‘rib chiqish mumkin, ammo sinchkov tibbiy kuzatuv ostida, ehtiyotkorlikka juda ham rioya qilgan sharoitda qo‘llash mumkin, chunki bunday vositalarni qo‘llash bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Ingalyatsiya uchun kukunli kapsulalar. 10 kapsula blisterda. 6 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ingalyatsiya uchun moslamasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.