Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Montekor Plyus tab. №10, blister
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Левоцетиризин, монтелукаст
Страна производитель
Индия
Производитель
Coral Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Montekor Plyus
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) montelukast natriy/levotsetirizin gidroxloridi
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
montelukast natriy 10 mg montelukastga to‘g‘ri keladi;
levotsetirizin gidroxloridi 5 mg levotsetirizinga to‘g‘ri keladi;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, laktoza, povidon K-30, natriy metilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, temir (II)-oksidi, temir (III) oksidi, tozalangan tal'k, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan suv.
Ta'rifi dumaloq, yassi, bir tomoni riskali, och jigarrang rangli qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
bronxolitik vosita.
ATX kodi R07AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Montelukast natriy va levotsetirizindan iborat majmuaviy allergiyaga qarshi preparat.
Montelukast – leykotriyen retseptorlarini selektiv bloklaydi. Bronxial astmada bronxlarni giperfaolligini tutib turuvchi surunkali doimiy davom etuvchi yallig‘lanishni eng kuchli mediatorlari bo‘lgan sisteinil leykotriyenlarni (LTC4, LTD4 va LTE4) CysLT1-retseptorlarini spetsifik ingibitsiya qiladi.
Bronxiolalarni va qon tomirlarni silliq mushaklarini spazmini yaqqolligini, shishni, eozinofillarni va makrofaglarni migaratsiyasini kamaytiradi, shilliq qavatini sekretsiyasini kamaytiradi va mukotsiliar transportni yaxshilaydi.
Ichga qabul qilinganda yuqori samarali. Bronxolitik ta'siri bir kun davomida rivojlanadi va uzoq vaqt saqlanadi.
Levotsetirizin setirizinni (R)- enantiomeri bo‘lgan levotsetirizin, periferik N1- gistamin retseptorlarini tanlab ta'sir qiluvchi antagonisti hisoblanadi. N1- gistamin retseptorlarini bloklaydi. Levotsetirizinni N1- gistamin retseptorlariga yaqinligi setirizinga nisbatan 2 marta yuqori. Allergik reaktsiyalarni gistaminga qaram bosqichiga ta'sir qiladi, eozinofillarni migratsiyasini kamaytiradi, qon tomirlarini o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqarilishini cheklaydi. Allergik reaktsiyalarni rivojlanishini oldini oladi va kechuvini yengillashtiradi, ekssudatsiyaga qarshi, qichishishga qarshi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samaraga ega emas.
Farmakokinetikasi
Montelukast
Ichga qabul qilingandan keyin meda-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Kattalarda 5-10 mg dozada qabul qilinganda qon plazmasida Cmax 2-3 soatdan keyin erishiladi. Ichga qabul qilinganda biokiraolishligi 64-73% tashkil qiladi.
Montelukastni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 99% dan ko‘pni tashkil qiladi. Vd o‘rtacha 8-11 l ni tashkil qiladi.
Sutkada 1 marta 10 mg dozada qabul qilinganda faol moddaning plazmada o‘rtacha to‘planishi (14% atrofida) kuzatiladi.
Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Kattalarda va bolalarda terapevtik dozalarda qo‘llanganda qon plazmasidagi muvozanat holatlarda montelukastning metabolitlarini kontsentratsiyasi aniqlanmaydi.
Montelukastning metabolizmi jarayonida CYP3A4 va CYP2S9 izofermentlari ishtirok etishi taxmin qilinib, bunda montelukast terapevtik kontsentratsiyalarda CYP3A4, 2S9, 1A2, 2A6, 2S19 va 2D6 izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi.
Yosh sog‘lom kattalarda montelukastni T1/2 2,7 soatdan 5,5 soatgachani tashkil qiladi. Montelukastni klirensi sog‘lom kattalarda o‘rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Montelukastni peroral qabul qilingandan keyin 86% axlat bilan 5 kun davomida va 0,2% dan kami - siydik bilan chiqariladi, bu montelukast va uninig metabolitlarini deyarli safro bilan chiqarilishini tasdiqlaydi.
Levotsetirizin
Levotsetirizin ichga qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Ovqatni qabul qilish so‘rilishni, uning tezligini kamaytirsada, to‘liqligiga ta'sir qilmaydi. Bir marta ichga qabul qilingandan keyin 0,9 soatdan so‘ng qon plazmasida Cmax erishadi. Muvozanatli holatga 2 kundan keyin erishadi. Bir marta va qayta (har kuni
5 mg dan) qabul qilingandan keyin Cmax 270 ng/ml va 308 ng/ml ga muvofiqni tashkil qiladi.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 90% tashkil qiladi. Preparatni to‘qimalarda taqsimlanishi va GET orqali o‘tishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Vd 0,4 l/kg ni tashkil qiladi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi.
Yuborilgan dozaning 14% dan kami jigarda aromatik halqani oksidalanish, N- va O –dealkillizatsiya va taurin bilan kon'yugatsiya qilinish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Dealkillizatsiya asosan CYP3A4 bilan katalizatsiya qilinadi, aromatik halqani oksidlanishida esa CYP ni izoshakllari ishtirok etadi. Levotsetirizin peroral 5 mg qabul qilingandagi cho‘qqi kontsentratsiyalardan oshadigan kontsentratsiyalarda CYP1A2, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1va 3A4 izofermentlariga ta'sir qilmaydi. Unchalik katta bo‘lmagan metabolizmi va metabolik bostirilishni yo‘qligi natijasida levotsetirizinni boshqa moddalar bilan o‘zaro ta'sirlashuv ehtimoli kam.
T1/2 7,9±1,9 soatni tashkil qiladi. Umumiy klirensi minutiga 0,63 ml/kg tashkil qiladi. Levotsetirizin va uning metaboliti asosan buyraklar orqali (qabul qilingan dozaning 85,4%) kalavalar filtratsiya va faol naychalar sekretsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Ichak orqali chiqarilishi 12,9% tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Bronxial astmani oldini olish va uzoq muddat davolash, shu jumladan kasallikning kunduzi va tunda kuzatiladigan simptomlarini oldini olish; atsetilsalitsil kislotasiga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan patsiyentlardagi bronxial asmani davolash; jismoniy zo‘riqish oqibatida kelib chiqqan bronxospazmni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Preparat mavsumiy yoki surunkali allergik rinit simptomlarini davolash uchun, mavsumiy allergik rinitni profilaktika qilish va allergik rinit bilan kechadigan astmani davolash maqsadida qo‘llanadi.
Preparat qo‘llanishi buyurilgan astmasi bo‘lgan patsiyentlarda, preparat shuningdek mavsumiy allergik rinit simptomlarini ham yengillashtiradi.
Dominant komponenti jismoniy yuklama bilan induktsiya qilingan bronxospazm bo‘lgan, astmani oldini olish uchun ham qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar ichga qabul qilinadi.
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalar uchun Montekor Plyus preparatini kuniga bitta tabletkadan yoki shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.
Astmasi va astma va yondosh mavsumiy allergik riniti bo‘lgan 15 yosh va undan katta yoshdagi patsiyentlar uchun doza sutkada kechqurun 10 mg (1 tabletka) ni tashkil qiladi.
Umumiy tavsiyalar. Preparatining bronxial astmani nazorat qilish ko‘rsatkichlariga terapevtik ta'siri 1 kun davomida rivojlanadi. Preparatni ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Patsiyentlarni, xattoki astmani nazorat qilishga erishilmagan bo‘lsa ham, va astmaning kechishi yomonlashgan davrlarda ham, preparatni qabul qilishlari zarurligi to‘g‘risida xabardor qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Infektsiyalar va invaziyalar juda tez-tez – nafas olish yo‘llari yuqori bo‘limlarining infektsiyalari.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar kam hollarda – qon ketishiga moyillikning oshishi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan, anafilaksiya; juda kam hollarda – jigarni eozinofil infiltratsiyasi.
Ruhiyat tomonidan buzilishlar tez-tez emas – patologik uyqular, shu jumladan tungi dahshatlar, uyqusizlik, somnambulizm, qo‘zg‘algan holat, ajitatsiya, shu jumladan tajavuzkor ahloq yoki dushmanlik hissi, depressiya, psixomotor giperfaollik (shu jumladan, ta'sirchanlik, xavotirlik va tremor); kam hollarda – xotirani yomonlashishi, diqqatni buzilishi; juda kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, dezoriyentatsiya, suitsidal fikrlar va ahloq (o‘z joniga qasd qilmoqlik).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar kam hollarda – bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziyalar/gipesteziya, tirishishlar.
Yurak tomonidan buzilishlar kam hollarda – yurak urishini his qilish.
Respirator tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar kamhollarda – burundan qon ketishi; juda kam hollarda – Cherdj-Stross sindromi, o‘pka eozinofiliyasi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez – diareya, qo‘ngil aynishi, qusish; kam hollarda – og‘izni qurishi, dispepsiya.
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar tez-tez – qon zardobida transaminazalar (ALT, AST) darajalarini oshishi; juda kam hollarda – gepatit (shu jumladan, xolestatik, gepatotsellyulyar, shuningdek jigarni aralash shikastlanishi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar tez-tez – toshma; tez-tez emas – qontalashlar, eshakemi, qichishish; kam hollarda – angionevrotik shish; juda kam hollarda – tugunli eritema, ko‘p shaklli eritema.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar tez-tez emas– artralgiya, mialgiya, shu jumladan mushak spazmlari.
Umumiy holatni va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar tez-tez – pireksiya; tez-tez emas – asteniya/toliqish, lohaslik, shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-levotsetirizinga, montelukastga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-preparatni shuningdek buyrak funktsiyasining og‘ir shakli bo‘lgan patsiyentlarga kreatinin klirensi minutiga 10 mldan kamida va gemodializda bo‘lgan patsiyentlarga ham qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Montelukast
Montelukastni 10 mg dozada bir marta fenobarbital bilan davolash fonida qabul qilinganda montelkukastni AUC 40% ga pasayadi. Montelukast dozaga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar yo‘q. Montelukast bilan davolanish fonida sitoxrom R450 tizimini induktsiya qilish xususiyatiga ega fenobarbital, fenitoin, rifampitsin kabi dori vositalarini oladigan patsiyentlarni adekvat klinik kuzatishni maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
Levotsetirizin
Teofillinni (400mg sutkada 1 marta) ko‘p marta yuborilganda setirizin klirensini kamayishi (16%) kuzatilgan bo‘lib, bunda teofillinni farmakokinetikasi setirizinni bir vaqtda yuborilganda o‘zgarmaydi. Sezuvchan patsiyentlarda levotsetirizin va etanolni yoki markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa vositalarni bir vaqtda qo‘llash, markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirlarni kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Montelukast
Montelukastni bronxial astmaning o‘tkir xurujlarida, shu jumladan astmatik holatda bronxospazmni yo‘q qilish uchun qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Kam hollarda montelukstni qabul qilayotgan bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda ba'zida Cherdj-Stross sindromiga mos keladigan holat, ko‘pincha tizimli glyukokortikoidlarni yuborishni talab qiluvchi tizimli eozinofiliya xolati rivojlangan. Bu xavfli holatni hamma hollarda ham tez-tez rivojlanmasligi, bu glyukokortikoidlarni peroral shakllarini oldingi dozasini kamaytirish mumkinligini ta'kidlaydi. Mutaxassislar montelukastni qabul qilgan patsiyentlarda tizimli eozinofiliya, gemorragik toshmalar (purpur-vaskulitni qon ketish turiga mos keluvchi), nafas a'zolari faoliyatini yomonlashuvi kabi simptomlarni, kardial shikoyatlar, neyropatiya bilan bog‘liq shikoyatlarni paydo bo‘lishiga diqqat bilan qarashlari kerak. Shu bilan bir vaqtda montelukastni qabuli va ko‘rsatilgan patologik holatlarni rivojlanishi o‘rtasida ishonchli sabab-oqibatlar aniqlanmagan.
Levotsetirizin
Buyraklarni o‘rtacha yoki yaqqol buzilishlari bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda kreatinin kliriyensiga ko‘ra dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi.
Jigar funktsiyasini alohida buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozalarni hech qanday o‘zgartirish talab qilinmaydi. Jigar va buyrak funktsiyasini aralash buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga dozani aniqlash talab qilinmaydi.
Patsiyentlarga levotsetirizinni qabul qilish vaqtida alkogolni ist'emol qilishdan saqlanish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya
Montelukast yoki levotsetirizinni odamlarda homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha yetarli nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli preparatni faqat juda zarur hollarda qo‘llash mumkin.
Levotsetirizinni ko‘krak suti bilan chiqarilishi tufayli, preparatni emizish vaqtida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobililyatigata'siri
Qiyosiy klinik tadqiqotlar levotsetirizinni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilingandan keyin tetiklanish darajasini, transport vositalarini boshqarishga bo‘lgan reaktsiya vaqti va qobiliyatini buzilish belgilari aniqlamagan. Ammo ayrim patsiyentlarda qabul qilish vaqtida uyquchanlik, toliqish yoki asteniya paydo bo‘lishi mumkin.
Avtotransportni boshqaruvchi va psixomotor reaktsiyalarni tezkorligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak..
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlarni kuchayishi
Davolash me'dani yuvishni, simptomatik va tutib turuvchi davolashni o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
“Coral Laboratories Ltd.” Hindiston.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100057, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Usta Shirin ko‘ch, 117
Tel 99(871) 2281692 (93/94)
Fax 99(871) 2281695
www.shayanafarm.uz, shayanafarm@yahoo.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.