Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nebuflyuzon ingalyatsiya uchun suspenziya 2mg 1mg/ml 2ml №10 (Yuriya-farm)
Nebuflyuzon ingalyatsiya uchun suspenziya 2mg 1mg/ml 2ml №10 (Yuriya-farm)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флутиказон
Страна производитель
Украина
Дозировка
1 мг/мл 2мл
Производитель
ООО "Юрия Фарм", Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия для ингаляций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nebuflyuzon®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) flyutikazon propionati
Dori shakli
ingalyatsiya uchun suspenziya.
Tarkibi
1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi
faol modda flyutikazon propionati 1 mg;
yordamchi moddalar dekametoksin; polisorbat-80; natriy digidrofosfat digidrati; suvsiz natriy gidrofosfati; natriy xloridi; in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi oq rangli, tiniq bo‘lmagan, yengil dispersiyalanuvchi suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Ingalyatsion qo‘llash uchun astmaga qarshi vositalar. Glyukokortikoidlar.
ATX kodi R03BA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Glyukokortikosteroid flyutikazon propionati ingalyatsiya uchun tavsiya etilgan dozalarda o‘pkada yallig‘lanishga qarshi kuchli ta'sir ko‘rsatadi, bu astma simptomatikasi va xurujlari tez-tezligini kamayishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Ingalyatsion qo‘llanilishi natijasida preparat dozalangan ingalyator shaklida qo‘llanilganida tizimli biokiraolishligi 26% bo‘lishiga nisbatan sog‘lom ko‘ngillilarda nebulizatsiya qilingan flyutikazon propionatining tizimli biokiraolishiligi 8% darajasida kutiladi. Tizimli so‘rilishi eng avvalo nafas olish tizimi orqali, avvaliga tezda, so‘ngra uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi. Og‘izda qolgan ingalyatsion dozaning qoldig‘i yutib yuborilishi mumkin.
Mutloq peroral biokiraolishligi ovqat hazm qilish yo‘llarida to‘liq so‘rilmasligi va birinchi o‘tishda jadal metabolizmi majmuasi tufayli juda ham ahamiyatsiz (˂1%) bo‘ladi. Peroral dozaning 87-100% axlat bilan, 75% gacha dastlabki komponent, shuningdek nofaol asosiy metaboliti ko‘rinishida chiqariladi.
Preparatning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar
Toksikologik tadqiqotlar kuchli kortikosteroidlar uchun xos bo‘lgan, ammo terapevtik ko‘rsatilgan dozalardan bir necha bor yuqori bo‘lgan dozalarda samaralar mavjudligini ko‘rsatgan. Preparatni reproduktiv faoliyatga ta'sirini va preparatning teratogen xususiyatlari mavjudligini o‘rganishga doir tadqiqotlarda yangi ma'lumotlar aniqlanmagan. Flyutikazon propionati in vitro va in vivo sharoitlarda mutagen faollikni namoyon qilmaydi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar preparatda kantserogen potentsial mavjud emasligini ko‘rsatgan. U shuningdek qo‘zg‘atuvchi va sensibilizatsiya qiluvchi xususiyatlarga ega emas.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar
Ingalyatsion yoki peroral kortikosteroidlarning yuqori dozalariga ehtiyoj sezadigan patsiyentlarda astmaning og‘ir darajasida kasallikni oldini olish uchun qo‘llaniladi. Peroral kortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolanuvchi patsiyentlarda kortikosteroidlarni peroral qo‘llanilishi kamaytirish yoki istisno qilish uchun qo‘llaniladi.
4 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Astmani zo‘rayishini davolashda qo‘llaniladi. Tegishli samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash dozalangan aerozolli yoki kukunli ingalyatordan foydalangan holda to‘ldirilishi mumkin.
Ingalyatsion flyutikazon propionati o‘pkada yallig‘lanishga qarshi kuchli glyukokortikosteroid ta'sirni ko‘rsatadi. U ilgari faqat bronxodilatatorlar bilan yoki birgalikda boshqa profilaktik preparatlar bilan davolangan patsiyentlarda astma simptomlari va kuchayishini kamaytiradi. Kasallikning qisqa simptomatik zo‘rayishi epizodlari tezda ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar qo‘llanilganida umuman olganda yengillashishi mumkin, ammo uzoq vaqt davomidagi zo‘rayishlar yallig‘lanish ustidan nazorat qilish uchun kortikosteroid davolashni qo‘shimcha ravishda imkon qadar ertaroq qo‘llanilishini talab qiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat ingalyatsion qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Nebuflyuzon® ni purkaladigan nebulayzerdan iborat aerozol ko‘rinishida buyurish lozim. Preparatni yetkazib berish uchun ko‘pgina omillar ta'sir qilganligi tufayli, nebulayzerlarni chiqaradigan ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga amal qilish lozim.
Nebuflyuzon® ni ultratovushli nebulayzerlar yordamida qo‘llash, odatda, tavsiya etilmaydi.
Patsiyentlarni ingalyatsion flyutikazon propionati bilan davolash profilaktik ahamiyatga ega ekanligi va shu sababli uni hatto simptomlar mavjud bo‘lmaganida ham muntazam ravishda o‘tkazish zarur ekanligi haqida ogohlantirish zarur.
Qisqa vaqt ta'sir etuvchi bronxodilatatorlar samaradorligi kamayganida yoki ularni tez-tez qo‘llash zarurati bo‘lganida patsiyent shifokorga murojaat qilishi lozim.
Boshlang‘ich doza kasallikning og‘irlik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Doza nazoratga erishilishiga qadar oshirilishi yoki kasallik ustidan samarali nazoratni o‘rnatishga imkon beradigan minimal samarali dozaga qadar pasaytirilishi mumkin.
Kattalar va 16 yoshdan oshgan o‘smirlarda kuniga ikki marta 0,5-2 mg suspenziya.
Flyutikazon propionati boshqa ingalyatsion kortikosteroidlar dozasining yarmini tashkil etuvchi dozada samarali bo‘ladi. Masalan, 100 mkg flyutikazon propionati beklometazon dipropionati (freon saqlaydi) yoki budesonidning taxminan 200 mkg dozasiga ekvivalent bo‘ladi.
Kortikosteroidlarning yuqori dozalari qo‘llanilganida tizimli samaralar xavfi doimo mavjud bo‘ladi («
Maxsus ko‘rsatmalar
» va «Nojo‘ya reaktsiyalar» bo‘limlariga qarang).
Ingalyatsion flyutikazon propionatining boshlang‘ich dozasi patsiyent kasalligining og‘irligi darajasiga mos kelishi kerak.
Doza kasallik ustidan samarali nazoratni o‘rnatishga imkon beradigan minimal samarali dozaga qadar pasaytirilishi kerak.
4-16 yoshdagi bolalar va o‘smirlarda kuniga ikki marta 1 mg suspenziya.
Dozani kasallik ustidan samarali nazoratni o‘rnatishga imkon beradigan minimal samarali dozaga qadar pasaytirish lozim.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun yoki jigar va buyraklar funktsiyasini buzilishi bo‘lganida dozani o‘zgartirish zarurati yo‘q.
Oral kortikosteroidlar bilan davolangan patsiyentlarni ingalyatsiyali qo‘llashga o‘tkazish
Tizimli steroidlar qo‘llanilishini bosqichma-bosqich bekor qilish taxminan bir hafta o‘tgach boshlanadi. Dozalarni kamaytirilishi tizimli steroidlarning qo‘llab-quvvatlovchi darajasiga mos kelishi va kamida bir haftalik interval bilan yuz berishi kerak. Umuman, prednizolonning (yoki analoglarning) kuniga 10 mg yoki kamroq bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovchi dozasi uchun dozani kamaytirish kamida bir haftalik interval bilan kuniga 1 mg dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Prednizolonning kuniga 10 mg dan ortiq bo‘lgan dozasini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida bir haftalik interval bilan dozani kuniga 1 mg dan ortiqroq kamayishiga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yo‘l qo‘yiladi.
Nebuflyuzon® ni in'ektsiyalar ko‘rinishida yuborish mumkin emas.
Yuz niqobidan uzoq muddat foydalanishda uchrashi mumkin bo‘lgan yuz terisidagi atrofik o‘zgarishlar rivojlanishini oldini olish uchun preparatni mundshtuk orqali buyurish foydali bo‘lib hisoblanadi.
Yuz niqobi qo‘llanilganida preparat ta'siriga uchraydigan terini himoya kremi yoki preparatdan foydalanib bo‘linganidan keyin yaxshilab yuvib tashlash yordamida himoya qilish kerak.
Nebuflyuzon®ni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Nebulayzer ishlab chiqaruvchisining yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish kerak.
Qo‘llashdan oldin konteyner ichidagi moddalar yaxshi aralashganiga ishonch hosil qilish zarur. Konteynerni markirovkasi joylashgan chekkasini gorizontal ushlab turgan holda boshqa chekasidan bir necha bor silkitish kerak. Konteyner ichidagi moddalar to‘liq aralashishiga qadar ushbu jarayonni bir necha bor takrorlash kerak. Konteynerni ochish uchun uning yuqori qismida joylashgan qalpoqchani burash lozim.
Zarurat bo‘lganida preparatni natriy xloridi eritmasi bilan suyultirish mumkin. Nebulayzer idishidagi ishlatilmagan eritmadan takroran foydalanish mumkin emas. Uni yo‘q qilish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar a'zolar va tizimlar hamda yuzaga kelishi tez-tezligi bo‘yicha tizimlashtirilgan juda tez-tez (1/10), tez-tez (1/100 va 1/10), tez-tez emas (1/1000 va 1/100), kam hollarda (1/10000 va 1/1000) va juda kam hollarda (1/10 000), shu jumladan alohida berilgan xabarlar. Juda tez-tez, tez-tez va tez-tez emas bo‘lgan holda yuzaga keladigan nojo‘ya ta'sirlar haqidagi ma'lumotlar, eng avvalo klinik tadqiqotlarga asoslanadi. Kam hollarda va juda kam hollarda yuzaga keladigan nojo‘ya ta'sirlar haqidagi ma'lumotlar, eng avvalo tasodifan o‘z-o‘zidan beriladigan xabarlar orqali olinadi.
Infektsiyalar va invaziyalar
Juda tez-tez og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq kandidozi.
Ayrim bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq kandidozi (oqarishi) rivojlanishi mumkin. Ushbu holatni oldini olish uchun Nebuflyuzon®ni nebulayzer orqali ingalyatsiya ko‘rinishida qo‘llanilganidan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini chayish lozim. Zarurat bo‘lganida davolashning barcha davri davomida Nebuflyuzon®ni qo‘llash davom ettirilgan holda zamburug‘larga qarshi mahalliy ta'sir qiluvchi preparat buyuriladi.
Tez-tez O‘SOK bo‘lgan patsiyentlarda pnevmoniya rivojlanishi mumkin.
Flyutikazon propionatini 500 mkg dozada qabul qilgan O‘SOK li patsiyentlarning klinik tadqiqotlarida pnevmoniya bilan kasallanishning oshganligi haqida xabar berilgan. Pnevmoniya va O‘SOK zo‘rayishining klinik simptomlari ko‘pincha mos kelganligi tufayli shifokorlar O‘SOK li bemorlarda pnevmoniya rivojlanishi mumkinligiga nisbatan e'tiborli bo‘lishi kerak.
Kam hollarda ezofageal kandidoz.
Immun tizimi tomonidan
Quyida ko‘rsatilgan ko‘rinishlar bilan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari haqida xabar berilgan.
Tez-tez emas terida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Juda kam hollarda angionevrotik shish (eng avvalo yuz va og‘iz bo‘shlig‘i shishi), respirator simptomlar (hansirash va/yoki bronxospazm) va anafilaktik reaktsiyalar.
Endokrin tizimi tomonidan
Tizimli ta'sir bo‘lishi mumkin, bu juda kam hollarda Kushing sindromini, kushingsifat belgilarni, buyrak usti bezlari funktsiyasini susayishini, bolalar va o‘smirlarda o‘sishning to‘xtab qolishini, suyaklar mineralizatsiyasini pasayishini, katarakta va glaukomani o‘z ichiga oladi («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Metabolizm va ovqat hazm qilishning buzilishi tomonidan
Juda kam hollarda giperglikemiya («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Juda kam hollarda dispepsiya.
Tayanch-harakatlanish apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan
Juda kam hollarda artralgiya.
Ruhiy buzilishlar tomonidan
Juda kam hollarda xavotirlik hissi, uyquning buzilishi, xulqning o‘zgarishi, shu jumladan yuqori faollik va qo‘zg‘aluvchanlik (eng avvalo bolalarda).
Tez-tezligi noma'lum depressiya, tajavuzkorlik (eng avvalo bolalarda).
Nafas olish tizimi va ko‘krak qafasi tomonidan
Tez-tez ovozning bo‘g‘iqligi.
Ayrim patsiyentlarda ingalyatsion flyutikazon propionati ovozning bo‘g‘iqligiga sabab bo‘lishi mumkin, ushbu holatda tomoqni ingalyatsiyadan keyin darhol suv bilan chayish foydali bo‘ladi.
Juda kam hollarda paradoksal bronxospazm («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Tez-tezligi noma'lum burundan qon ketishlar.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
Tez-tez ko‘karishlar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezda preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Odatdagi sharoitlarda ingalyatsion yuborilganidan keyin jigarda va ichakda R450 3A4 sitoxrom vositasida namoyon bo‘ladigan preparatning birinchi o‘tishidagi ekstensiv metabolizmi va yuqori tizimli klirensi tufayli qon plazmasida flyutikazon propionatining past kontsentratsiyalariga erishiladi. Shu sababli flyutikazon propionati vositasida ifodalangan dorilarning klinik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro ta'siri ehtimoli juda ham kam.
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida intranazal flyutikazon propionatining dorilar bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarga ko‘ra sutkada 2 marta 100 mkg ritonavir (tsitoxrom R4503A4 ning kuchli ingibitori) qon plazmasida flyutikazon propionatining kontsentratsiyasini yuz marta oshirishi mumkinligi ko‘rsatilgan bo‘lib, bu qon zardobida kortizol kontsentratsiyasining sezilarli pasayishiga olib keladi. Ingalyatsion flyutikazon propionati bilan bunday o‘zaro ta'sirga doir ma'lumot yetarli emas, biroq qon plazmasida flyutikazon propionati kontsentratsiyasining ko‘rsatib o‘tilgan oshishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek Kushing sindromi rivojlanishi va buyrak usti bezlari funktsiyasini susaytirilishi haqidagi xabarlar berilgan. Flyutikazon propionati va ritonavirni bir vaqtda qo‘llanilishidan saqlanish lozim, bunday qo‘llashdan foyda kortikosteroidlarning tizimli ta'siri xavfidan yuqori bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan kichikroq tadqiqotda CYP3A ning kuchsizroq ingibitori bo‘lgan ketokonazol bitta ingalyatsiyadan keyin flyutikazon propionati kontsentratsiyasini 150% gacha oshirgan, bu faqat flyutikazon propionati qo‘llanilishiga nisbatan taqqoslanganda qon zardobida kortizol kontsentratsiyasini sezilarli pasayishiga olib kelgan. CYP3A ning itrakonazol kabi boshqa kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida shuningdek tizimli flyutikazon propionati kontsentratsiyasining va tizimli ta'sir xavfining oshishi kutiladi. Ehtiyotkor bo‘lish va imkon qadar preparatlarning bunday birgalikda uzoq vaqt qo‘llanilishidan saqlanish lozim.
Tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko‘ra sitoxrom R450 3A4 ning boshqa ingibitorlari qon zardobida kortizol kontsentratsiyasi sezilarli pasaymagan holda flyutikazon propionatining tizimli ekspozitsiyasi juda ham sezilarli bo‘lmagan (eritromitsin) va sezilarli bo‘lmagan (ketokonazol) oshishiga olib kelishi ko‘rsatilgan. Shunga qaramay, preparatni sitoxrom R450 3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan, ketokonazol) bilan birgalikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki flyutikazon propionatining tizimli ekspozitsiyasi potentsial ravishda oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxial astmani davolashni bosqichma-bosqich dasturga muvofiq o‘tkazish lozim, patsiyentning holatini ham klinik jihatdan, ham tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlash yo‘li bilan muntazam nazorat qilish zarur. Astma ustidan nazoratning tasodifan va taraqqiy etib boruvchi yomonlashishi hayot uchun potentsial xavfli holat bo‘lib hisoblanadi va kortikosteroidlar dozasini oshirish haqidagi masalani hal etish lozim. Bunday xavf yuzaga kelganida patsiyentga har kuni pikfluometriyani o‘tkazish lozim.
Nebuflyuzon® astmaning o‘tkir xurujlarini yengillashtirishga mo‘ljallanmagan bo‘lib, ushbu xurujlarda tez va qisqa ta'sir qiluvchi ingalyatsion bronxodilatatorlarni qo‘llash zarur. Patsiyentlarni ular o‘zi bilan bunday dori vositalarini olib yurishi zarurligi haqida ogohlantirish lozim. Nebuflyuzon®ni uzoq vaqt profilaktik davolash uchun buyurish lozim.
Nebuflyuzon® kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda (masalan, hayot uchun xavfli bo‘lgan astmaning og‘ir zo‘rayishida) kortikosteroidlarni in'ektsion yoki peroral qo‘llanilishi bilan almashtirish mumkin bo‘lgan preparat bo‘lib hisoblanmaydi.
Og‘ir astma doimiy ravishda tibbiy nazoratni, shu jumladan tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlashni talab qiladi, chunki bunday patsiyentlarda astmaning o‘tkir xurujlari xavfi va hatto o‘lim bilan yakun topishi xavfi mavjud bo‘ladi.
Ingalyatsion beta-2-agonistlarini qo‘llash tez-tezligi va dozasini oshishi astma ustidan nazoratni asta-sekin yo‘qotilishi haqida darak beradi. Qisqa bronxodilatatorlar samaradorligi kamayganida yoki ularni yanada tez-tez qo‘llanilishi zarurati bo‘lganida, patsiyent shifokorga murojaat qilishi lozim. Bunday vaziyatlarda patsiyentlar yallig‘lanishga qarshi davolashni kuchaytirish (masalan, ingalyatsion kortikosteroidlar dozalarini oshirish yoki kortikosteroidlarni peroral qabul qilish kursini buyurish) zaruratini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tishi zarur. Astma og‘ir darajada zo‘rayganida bunday holat uchun odatdagi davolashni buyurish lozim.
Qandli diabet tashhisi qo‘yilgan patsiyentlarda ham, qandli diabet bilan kasallanmagan patsiyentlarda ham qonda glyukoza darajasi oshishi haqidagi yakka xabarlar mavjud bo‘lib («Nojo‘ya ta'sirlari» bo‘limiga qarang), buni qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga Nebuflyuzon®ni buyurishda inobatga olish kerak.
Boshqa ingalyatsion preparatlar bilan davolashdagi kabi ingalyatsiyadan keyin hansirash tezda oshib borgan holda parodoksal bronxospazm rivojlanishi mumkin. Ushbu holda Nebuflyuzon® ingalyatsiyasi darhol to‘xtatiladi, patsiyentni tekshirish amalga oshiriladi va zarurat bo‘lganida muqobil davolash buyuriladi.
Yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida ingalyatsion kortikosteroidlar qo‘llanilganida tizimli ta'sir yuzaga kelishi mumkin, ammo buning ehtimoli peroral steroidlar qo‘llanilishiga qaraganda sezilarli ravishda kam bo‘ladi. Tizimli ta'siri Kushing sindromi, kushingsimon belgilar, buyrak usti bezlari funktsiyasini susaytirilishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishni to‘xtab qolishi, suyaklar mineralizatsiyasini kamayishi, katarakta va glaukoma va kam hollarda ruhiy buzilishlar, xulqning o‘zgarishi, shu jumladan psixomotor yuqori faollik, uyquning buzilishi, xavotirlik hissi, depressiv va tajavuzkor holatlar (eng avvalo bolalarda) bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli ingalyatsion kortikosteroidlarning dozasini muntazam ravishda tekshirish lozim va u astma simptomlarini samarali nazorat qilishni qo‘llab-quvvatlaydigan eng kam bo‘lishi mumkin bo‘lgan dozagacha kamaytirilishi kerak.
Ingalyatsion kortikosteroidlarning yuqori dozalarini uzoq vaqt qo‘llanilishi buyrak usti bezlari funktsiyasini susaytirilishi va o‘tkir adrenal krizini keltirib chiqarishi mumkin. Flyutikazonning tasdiqlangan dozasidan (odatda ≥ 1000 mkg/sutka) ortiq bo‘lgan dozalari qo‘llanilganida 16 yoshga to‘lmagan bolalar o‘ta xavfli zonada bo‘ladi. O‘tkir adrenal krizini rivojlanishi shikastlanishlar, jarrohlik aralashuvlari, infektsiyalar yoki dori vositasining dozasi keskin pasayishi bilan kuchayishi mumkin. Simptomlar odatda aniq bo‘lmaydi va anoreksiya, qorinda og‘riq, vazn kamayishi, charchash, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ong darajasini pasayishi, gipoglikemiya va tirishilar xuruji bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Stress yoki jarrohlik aralashuvi hollarida tizimli kortikosteroidlar qo‘shimcha qo‘llanilishi mumkin.
Ingalyatsion kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanishda bo‘lgan bolalar o‘sishini muntazam ravishda tekshirish tavsiya etiladi. Agar o‘sish sekinlashsa, davolashni ingalyatsion kortikosteroidlar dozasini kamaytirish maqsadida, agar mumkin bo‘lsa astma simptomlarini samarali nazorat qilishni qo‘llab-quvvatlovchi eng kam dozaga qadar qayta ko‘rib chiqish lozim. Bolani qo‘shimcha ravishda bolalar pulmonologiga ko‘rsatgan holda maslahat olish lozim.
Ayrim patsiyentlar ko‘pchilik patsiyentlardan ingalyatsion kortikosteroidlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik bilan farqlanishi mumkin.
Ingalyatsion flyutikazon propionatini qo‘llashdan samara peroral steroidlar qo‘llanilishi zaruratini kamaytirishi kerak. Ammo oral steroidlardan ingalyatsion propionatiga o‘tishda patsiyentlarda buyrak usti bezlari funktsiyasini so‘ndirilishi xavfi qoladi. Nojo‘ya reaktsiyalar yuzaga kelishi ehtimoli biror vaqt davomida saqlanadi. Bunday patsiyentlar ayrim muolajalarni o‘tkazishdan oldin buyrak usti bezlariga salbiy ta'sir darajasini aniqlash uchun ixtisoslashtirilgan maslahatxonalarda bo‘lishga ehtiyoj sezishlari mumkin. Kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda, shu jumladan jarrohlik aralashuvlarida va boshqa stress vaziyatlarida bo‘yrak usti bezlari funktsiyasining qoldiq buzilishi ehtimolini nazarda tutish va kortikosteroidlar bilan tegishli davolashni buyurish zaruratini inobatga olish lozim.
Patsiyentlar ularning kasalliklari og‘irligi darajasiga mos keladigan ingalyatsion flyutikazon propionati dozalarini qabul qilishlari zarur. Dozani kasallik ustidan samarali nazoratni o‘rnatishga imkon beradigan samarali eng kam dozaga qadar kamaytirish lozim. Agar kasallik ustidan samarali nazorat o‘rnatilmagan bo‘lsa, tizimli steroidlar va/yoki antibiotiklarni qo‘llash zarur bo‘lishi mumkin.
Tizimli steroid davolashni ingalyatsion davolashga almashtirish gohida ilgari steroidlarni tizimli qabul qilish bilan nazorat qilingan allergik rinit yoki ekzema kabi allergik kasalliklarni yashirishi mumkin. Ushbu allergik holatlar antigistamin vositalar va/yoki mahalliy qo‘llaniladigan preparatlar, shu jumladan mahalliy ta'sir qiluvchi kortikosteroidlar bilan simptomatik davolashni talab qiladi.
Barcha ingalyatsion kortikosteroidlarni qo‘llashdagi kabi o‘pka tuberkulyozining faol yoki latent shakli bo‘lgan patsiyentlar alohida e'tiborni talab qiladi.
Nebuflyuzon® bilan davolanishni keskin to‘xtatish mumkin emas.
Kortikosteroidlarni oral qo‘llashdan ingalyatsion qo‘llashga patsiyentlarni o‘tkazish
Peroral steroidlar bilan davolanayotgan patsiyentlarni Nebuflyuzon®ni ingalyatsion qo‘llashga o‘tkazish va ularni keyingi davolash alohida e'tiborni talab qiladi, chunki uzoq vaqt tizimli steroid davolash oqibatida kuchsizlangan buyrak usti bezlari funktsiyasini tiklash uzoq vaqtni talab qilishi mumkin.
Ingalyatsion kortikosteroidlarning yuqori dozalarini uzoq vaqt qo‘llash buyrak usti bezlari funktsiyasini susaytirilishini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday patsiyentlarning buyrak usti bezlari funktsiyasini muntazam ravishda nazorat qilish lozim. Tizimli steroidlarning dozalarini ehtiyotkorlik bilan kamaytirish lozim («
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limiga qarang).
Ayrim patsiyentlar respirator faoliyat qo‘llab-quvvatlanishiga yoki hatto yaxshilanishiga qaramay, o‘tish davri davomida holatni xos bo‘lmagan yomonlashishini boshdan kechiradilar. Ular tizimli steroidlardan ingalyatsion flyutikazon propionati bilan davolashga o‘tishni davom ettirishi kerak, buyrak usti bezlari yetishmovchiligining ob'ektiv simptomlarining paydo bo‘lishi bundan mustasno.
Oral steroidlar bilan davolashni to‘xtatgan, ammo ularda buyrak usti bezlari funktsiyasi past bo‘lib qolayotgan patsiyentlar o‘zi bilan astmaning o‘tkir xuruji, nafas yo‘llarining infektsiyalari, ahamiyatli interkurrent kasalliklari, jarrohlik aralashuvlari, shikastlanishlar kabi stress vaziyatlarida tizimli steroidni qo‘shimcha ravishda yuborish zarurati to‘g‘risidagi ogohlantirish bo‘lgan maxsus kartochkani olib yurishlari kerak.
Ritonavir plazmada flyutikazon propionati kontsentratsiyasini sezilarli ravishda oshirishi mumkin. Shu sababli flyutikazon propionati va ritonavirni bir vaqtda qo‘llanilishidan saqlanish lozim, bunday qo‘llashdan foyda kortikosteroidlarning tizimli ta'siri xavfidan yuqori bo‘ladigan hollar bundan mustasno. Shuningdek CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida flyutikazon propionatining tizimli ta'siri yuzaga kelishining yuqori xavfi ham mavjud bo‘ladi («Dorilarning o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang).
Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Fertillik
Odamning fertilligiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar flyutikazon propionatining fertillikka ta'sirini ko‘rsatmagan.
Homiladorlik davri
Odamlarda homiladorlik davrida qo‘llash tajribasi chegaralangan.
Ushbu davrda preparatni buyurish haqidagi masala hal qilinayotganida ona uchun kutiladigan foydani va homila uchun potentsial xavfni solishtirish kerak. Retrospektiv epidemiologik tadqiqotlarida homiladorlikning birinchi uch oyligi davomida flyutikazon propionati bilan ekspozitsiyadan keyin boshqa ingalyatsion kortikosteroidlar bilan taqqoslanganda rivojlanishning sezilarli tug‘ma nuqsonlari yuqori xavfi aniqlanmagan.
Laktatsiya davri
Hozirgi vaqtda flyutikazon propionati ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlanmagan, biroq preparatning farmakologik profilidan kelib chiqqan holda buning ehtimoli kam. Laktatsiya davrida preparatni ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganidagina qo‘llash mumkin.
Bolalar.
4 yoshdan boshlab bolalarda qo‘llaniladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Har qanday ta'sirning ehtimoli kam.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nebuflyuzon® ni tavsiya etiladigan dozalardan yuqori dozalarda qo‘llanilganida dozani o‘tkir oshirib yuborilishi yuzaga kelishi mumkin, bu buyrak usti bezlari funktsiyasini vaqtincha susaytirilishida namoyon bo‘ladi. Bu kechiktirib bo‘lmaydigan yordamni talab qilmaydi, chunki buyrak usti bezi po‘stlog‘i funktsiyasi bir necha kundan keyin tiklanadi, bu qon plazmasida kortizol darajasini o‘lchash bilan tasdiqlanadi.
Biroq tavsiya etiladigan dozalardan yuqori dozalar qo‘llanilganida uzoq vaqt davomida buyrak usti bezlari funktsiyasining bir muncha susaytirilishi kuzatilishi mumkin, shu sababli buyrak usti bezlari funktsiyasi zaxirasini tekshirish zarurati yuzaga kelishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganida davolash astma simptomlarini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan dozalarda davom ettirilishi mumkin. Tavsiya etiladigan dozalardan yuqori bo‘lgan dozalar bilan davolanuvchi patsiyentlar shifokorning alohida kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak, ular uchun preparat dozasini bosqichma-bosqich pasaytirish lozim («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Chiqarilishi shakli
2 ml suspenziya bitta dozali konteynerlarda. 10 ta konteyner polimer plyonkali paketda, karton qutida.
Saqlash sharoitlari
25S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilishiga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ta'siriga yo‘l qo‘yilmasin.
Ochilgan konteynerlarni muzlatkichda saqlash va ochilganidan keyin 12 soat ichida ishlatish lozim.
Tik holatda saqlash lozim.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Yuriya-Farm» MChJ.
Ukraina, 18030, Cherkassы sh., Verbovetskiy ko‘ch., 108. Tel./faks (044) 281-01-01.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Yuriya-farm” (Yuria-pharm) MChJ O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘ch., 124 uy.
tel (8371) 254 77 99
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.