Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ventolin Evohaler ing 100 mkg / 200 doz №1
Ventolin Evohaler ing 100 mkg / 200 doz №1
Nomi | Narx | |||||
Вентолин Эвохалер инг 100мкг/200доз №1 (9J8M##2 042) |
UZS 38 300
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сальбутамол
Страна производитель
Франция
Дозировка
100 мкг 200 доз
Производитель
Glaxo Wellcome Production*, Франция *Member of the GlaxoSmithKline group of companies
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Аэрозоль для ингаляций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ventolintm Evoxalertm
Ta'sir etuvchi modda (XPN) salbutamol
Dori shakli
dozalangan ingalyator
Tarkibi
1 doza quyidagilarni saqlaydi
faol modda 120,5 mkg salbutamol sulfati (100 mg salbutamolga ekvivalent)
yordamchi moddalar propellent 1,1,1,2-tetraftor etan (freon saqlamaydigan propellent HFA134a (GR106642X) yoki norfluran) 75 mg gacha.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Bronxial astmani davolash uchun preparatlar. Ingalyatsion simpatomimetiklar. Selektiv beta2-adrenostimulyatorlar.
ATX kodi R03AC02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ta'sir mexanizmi
Salbutamol β2-adrenoretseptorlarning selektiv agonisti hisoblanadi. U terapevtik dozalarda bronxlarning silliq mushaklaridagi β2-adrenoretseptorlariga ta'sir qiladi.
Farmakodinamik samaralari
β2-adrenoretseptorlarning selektiv agonistidir. Nafas yo‘llarining qaytuvchan obstruktsiyasida tez (5 minut davomida) qisqa muddatli (4-6 soat) bronxlarni kengaytiruvchi samara ko‘rsatib, u terapevtik dozalarda bronxlarning silliq mushaklaridagi β2-adrenoretseptorlariga ta'sir qiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ingalyatsion yuborilganidan keyin salbutamolning dozasini 10-20% quyi nafas yo‘llariga yetib boradi. Dozaning qolgan qismi ingalyatorda qoladi yoki og‘iz-halqumda cho‘kadi va so‘ngra yutib yuboriladi. Nafas yo‘llarida cho‘kkan fraktsiyasi o‘pka to‘qimasi va qonga so‘riladi, lekin o‘pkada metabolizmga uchramaydi.
Taqsimlanishi
Salbutamolni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 10% ni tashkil etadi.
Metabolizmi
Qonga tushib, salbutamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan siydik bilan, o‘zgarmagan holda yoki fenol sulfati ko‘rinishida chiqariladi.
Ingalyatsion dozaning yutib yuborilgan qismi me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va jigar orqali “birlamchi o‘tish”da fenol sulfatiga aylanib, faol metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan salbutamol va kon'yugat asosan siydik bilan chiqariladi.
Chiqarilishi
Vena ichiga yuborilgan salbutamol 4-6 soatlik yarim chiqarilish davriga ega. Qisman buyrak orqali chiqariladi va qisman faol bo‘lmagan 4-O-sulfat (fenol sulfati) gacha metabolizmi natijasida, u ham asosan siydik bilan chiqariladi. Salbutamolning yuborilgan dozasini juda kam qismigina axlat bilan chiqariladi. Organizmga vena ichiga, peroral yoki ingalyatsion yo‘l orqali yuborilgan salbutamolning katta qismi 72 soat davomida chiqariladi.
Klinik tadqiqotlar
Patsiyentlarning alohida guruhlari
4 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Pediatrik tadqiqotlar nafas yo‘llarining qaytuvchan obstruktsiyasi natijasida bronxospazmi bo‘lgan 4 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda tavsiya etilgan dozalar qabul qilinganida (SV20001, SV30001, SV030002) Evoxalerning xavfsizlik profili 4 yosh va undan katta bolalar, o‘smirlar va kattalardagi bilan bir xil bo‘ladi.
Xavfsizlik bo‘yicha klinika oldi ma'lumotlari
Umuman olganda, β2-adrenoretseptorlarning selektiv agonistlari kabi, salbutamol ham sichqonlarda teri ostiga yuborilganda teratogen samarani namoyish qilgan. Odam uchun maksimal peroral dozani 2,5 mg/kg sutkada 4 marta yuborilganda reproduktiv faoliyatni o‘rganish jarayonida 9,3% avlodda bo‘ri tanglayi aniqlangan. Kalamushlarda preparatni sutkada 0,5, 2,32, 10,75 va 50 mg/kg dozada homiladorlikning butun muddati davomida yuborilganida sezilarli embrional patologiyalarga olib kelmagan. Eng yuqori dozalarni qabul qilganda yagona toksik samarasi onaning g‘amxo‘rligini yetishmovchiligi natijasida neonatal o‘limni oshishi bo‘lgan. Quyonlarda reproduktivlik faoliyatini o‘rganish sutkada 50 mg/kg qabul qilinganida 37% avlodda bosh suyagining tug‘ma nuqsonini aniqladi, bu odam uchun maksimal peroral dozadan 78 marta yuqoridir.
Kalamushlarda fertillik va reproduktiv qobiliyatini o‘rganishda sutkada 2 va 50 mg/kg dozada peroral yuborilganida, sutkada 50 mg/kg dozada 21 kungacha yashab qolgan emizishdan ajratilgan kalamushlarning sonini qisqarishidan tashqari, fertillik, embriofetal rivojlanish, axlatning o‘lchami, tug‘ilgandagi tana vazni va o‘sish tezligiga noxush samaralar aniqlanmagan.
Ikki yil davomida har kuni har xil turdagi hayvonlarga yuborilgan HFA 134a patsiyentlar tomonidan qabul qilinadigan kontsentratsiyadan ko‘p marta yuqori bo‘lgan juda yuqori kontsentratsiyalarda toksik samaralarni namoyish etmagan.
Qo‘llanilishi
β2-adrenoretseptorlarning selektiv agonisti salbutamol bronxospazmni davolash uchun yoki oldini olish uchun qo‘llanadi. U astma, surunkali bronxit va emfizemadagi nafas yo‘llarining qaytuvchan obstruktsiyasida darhol ta'sirli (5 minut davomida) qisqa muddat (to‘rt soat) davomida bronxlarni kengayishini ta'minlaydi. Preparat astmaning simptomlarini yengillashtirish va oldini olish maqsadida uzoq muddatli qo‘llash uchun mos keladi.
Bronxodilyatatorlarni persistik astmasi bo‘lgan patsiyentlarni yagona yoki asosiy davolash sifatida qo‘llash mumkin emas. Salbutamol bilan davolab bo‘lmaydigan persistik astmasi bo‘lgan patsiyentlarda astma simptomlarini nazorat qilishga erishish va ta'minlash uchun ingalyatsion kortikosteroidlar bilan davolash tavsiya etiladi. Salbutamol bilan davolashga javobni yo‘qligi shoshilinch tibbiy tekshiruv yoki davolash uchun belgi hisoblanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Salbutamolning ingalyatsion shakllari faqat ingalyatsion yuborish uchun mo‘ljallangan va og‘iz orqali nafas bilan kirishi kerak.
Beta-2 agonistlarni qabul qilishni oshishi bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda ahvolini yomonlashishining belgisi bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda patsiyentni davolash rejasi qayta ko‘rib chiqilishi va zarurati bo‘lganida glyukokortikosteroidlar bilan davolash buyurilishi kerak.
Preparatning dozasini yoki qabul qilish tez-tezligini oshirilishi, dozani oshirib yuborilishi bilan bog‘liq nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi xavfi tufayli, faqat
shifokor tavsiyasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik patsiyentlarda salbutamolning ta'sir davri 4 dan 6 soatgachani tashkil etadi.
Dozalangan ingalyatordan foydalanganda qiyinchiliklarni his etuvchi patsiyentlarga salbutamol Evoxalerli speyserni ishlatish tavsiya etiladi.
Bolalarda Ventolintm Evoxalertm qo‘llashni samarali bo‘lishi uchun yuzga niqobli pediatrik speyserni ishlatish tavsiya etiladi (Klinik tadqiqotlar bo‘limiga qarang).
Bronxospazmning o‘tkir xurujini bartaraf etish
Kattalar – 100 yoki 200 mikrogramm buyuriladi.
Bolalar – 100 mikrogramm buyuriladi. Zarurati bo‘lganida dozani 200 mikrogrammgacha oshirish mumkin.
Talab bo‘yicha salbutamolni qo‘llash sutkada 4 martadan oshmasligi kerak. Preparatni qo‘shimcha qo‘llashga yoki dozani to‘satdan oshirishga bo‘lgan ehtiyoj astmani kechishini yomonlashishidan dalolat beradi (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
Allergen ta'siri yoki jismoniy zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan bronxospazm xurujlarini oldini olish
Kattalar – qo‘zg‘atuvchi omil ta'siri yoki yuklamadan oldin 200 mikrogramm buyuriladi.
Bolalar - qo‘zg‘atuvchi omil ta'siri yoki yuklamadan oldin 100 mikrogramm buyuriladi. Zarurati bo‘lganida doza 200 mikrogrammgacha oshirilishi mumkin.
Uzoq muddatli davolash
Kattalar – sutkada 4 marta 200 mikrogrammgacha buyuriladi.
Bolalar - sutkada 4 marta 200 mikrogrammgacha buyuriladi.
Qo‘llash va muomala qilish bo‘yicha yo‘riqnoma
Ingalyatorni tekshirish
Ingalyatorni birinchi bor qo‘llashdan oldin yoki agar ingalyatordan 5 kun va undan ko‘proq foydalanilmagan bo‘lsa, qalpoqchani yon tomonlaridan biroz surib, mundshtukdan qalpoqcha yechiladi, ingalyator yaxshilab chayqatiladi va ingalyator sozligiga ishonch hosil qilish uchun havoga ikki marta purkaladi.
Ingalyatorni ishlatish
1. Qalpoqchani yon tomonlaridan biroz surib, mundshtukdan qalpoqcha yechiladi.
2. Mundshtuk ichki va tashqi tomonidan tozaligi ko‘zdan kechiriladi.
3. Har qanday yot zarrachalar bartaraf etilganligi va ingalyatorning ichidagisi yetarlicha aralashganiga ishonch hosil qilish uchun ingalyator yaxshilab chayqatiladi.
4. Ingalyatorning tubini yuqoriga qaratilgan holda, ko‘rsatkich va bosh barmoqlar orasida vertikal holatda ushlanadi, bunda bosh barmoq mundshtuk ostida asosda joylashishi kerak.
5. Asta-sekin chuqur nafas olinadi, mundshtukni tishlar bilan qismay lablar bilan o‘rab olinadi.
6. Og‘iz orqali maksimal chuqur nafas olib, bir vaqtning o‘zida salbutamolning bir ingalyatsion dozasi ajralib chiqishi uchun ingalyatorning yuqori sohasiga bosiladi.
7. Nafas bir necha sekund ushlab turiladi, mundshtuk og‘izdan chiqariladi, so‘ngra sekin nafas chiqariladi.
8. Ikkinchi dozani qabul qilish uchun ingalyatorni vertikal holatda tutib, 30 sekund kutiladi va 3-7 bandlar takrorlanadi.
9. Mundshtuk himoya qalpoqchasi bilan zich berkitiladi.
MUHIM
5, 6 va 7 bandlarni bajarayotganda shoshilish mumkin emas. Nafas olishni iloji boricha sekinroq, ingalyatorning klapaniga bevosita bosishdan oldin boshlash kerak.
Birinchi bir necha marta ko‘zgu oldida, amalda sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Agar ingalyatorning yuqori sohasidan yoki og‘izning burchaklaridan chiqayotgan “tuman” ko‘rinsa, barchasini 2 banddan boshlab takrorlash kerak.
Agar shifokor ingalyatorni qo‘llash bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalar bergan bo‘lsa, patsiyent ularga qat'iy rioya qilishi kerak. Agar ingalyatorni ishlatishda qiyinchiliklar tug‘ilsa, u shifokorga murojaat etishi kerak.
Ingalyatorni tozalash
Ingalyatorni xaftada kamida 1 marta tozalash kerak.
1.Plastmassa korpusdan metall balloncha olinadi va mundshtuk qalpoqchasi yechiladi.
2.Iliq suv oqimida plastmassa korpus va mundshtuk qalpoqchasi yuviladi.
3.Plastmassa korpus va mundshtuk qalpoqchasi ham tashqi, ham ichki tomondan YaXShILAB quritiladi.
4.Metall balloncha plastmassa korpusga joylanadi va mundshtuk qalpoqchasi taqiladi.
METALL BALLONChANI SUVGA TUShIRISh MUMKIN EMAS.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalar anatomo-fiziologik tasnifi va uchrash tez-tezligiga qarab sanab o‘tilgan, ular quyidagicha belgilangan juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), ba'zida (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha) va juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida hollarda. “Juda tez-tez” va “tez-tez” toifasiga mansub nojo‘ya reaktsiyalar klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari bo‘yicha aniqlangan. “Kam hollarda” va “juda kam hollarda” toifasiga mansub nojo‘ya reaktsiyalar spontan xabarlar asosida aniqlangan.
Immun tizimi tomonidan
Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, eshakemi, bronxospazm, gipotoniya va kollaps.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan
Kam hollarda gipokaliyemiya.
β2-agonistlari bilan davolash ahamiyatli gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan
Tez-tez tremor, bosh og‘rig‘i
Juda kam hollarda giperfaollik.
Yurak tomonidan
Tez-tez taxikardiya
Ba'zida kuchli yurak urishi
Juda kam hollarda yurak aritmiyalari, shu jumladan xilpillovchi aritmiya, supraventrikulyar taxikardiya va ekstrasistoliya.
Qon tomirlari tomonidan
Kam hollarda periferik tomirlarni kengayishi (periferik vazodilyatatsiya)
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan
Juda kam hollarda paradoksal bronxospazm.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan
Ba'zida og‘iz va halqum shilliq qavatini ta'sirlanishi
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan
Ba'zida mushak tirishishlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezida preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda Ventolintm Evoxalertm ni qo‘llash mumkin emas (
Tarkibi
ga qarang).
Vena ichiga yuborish uchun salbutamoldan tashqari, salbutamolning barcha dori shakllari asoratlanmagan muddatidan oldingi tug‘ruqni yoki xavf tug‘diruvchi abortni to‘xtatish uchun qo‘llanmasligi kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Salbutamol va propranolol kabi β-adrenortseptorlarning noselektiv blokatorlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Monoaminoksidaza ingibitorlarini (MAOI) qabul qilayotgan patsiyentlarda salbutamolni qo‘lllash mumkin.
Nomutanosiblik
Ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Astmani nazorati bosqichma-bosqich dastur asosida amalga oshirilishi kerak, patsiyentning davolashga bo‘lgan reaktsiyasi klinik va o‘pka faoliyatini tekshirish natijalari asosida baholanishi kerak.
Bronxial astma simptomlarini nazorat qilish uchun qisqa muddat ta'sir etuvchi broxodilatatorlar, ayniqsa β-adrenoretseptorlarning ingalyatsion agonistlarini qo‘llashga bo‘lgan ehtiyojni oshishi kasallikni zo‘rayishidan dalolat beradi. Bunday hollarda patsiyentni davolash rejasini qayta ko‘rib chiqish kerak.
Bronxial astma nazoratini to‘satdan va avj olib boruvchi yomonlashishi patsiyentning hayotiga xavf solishi mumkin, shuning uchun bunday holatlarda glyukokortikoidlarni buyurish yoki dozasini oshirish masalasini darhol hal qilish lozim. Bunday patsiyentlarda nafas chiqarish tezligini cho‘qqisi monitoringini har kuni amalga oshirish tavsiya etiladi.
Salbutamol tireotoksikozi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
β-adrenoretseptorlarning agonistlari bilan davolash, ayniqsa ularni nebulayzer yordamida yoki parenteral yuborish gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin.
Bronxial astmaning og‘ir xurujlarida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ksantin hosilalari, steroidlar, diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash, shuningdek gipoksiya natijasida xurujlar kuchayishi mumkin. Bunday holatlarda qon zardobida kaliyning darajasini nazorat qilish kerak.
Ingalyatsion davolash uchun boshqa vositalarda bo‘lgani kabi preparatni bevosita qo‘llanishi bilanoq xirillashlarni kuchayishi bilan kechuvchi paradoksal bronxospazm rivojlanishi mumkin. Ushbu holat muqobil chiqarilish shakli yoki boshqa tez ta'sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorni qo‘llash bilan darhol davolashni talab etadi. Salbutamolning spetsifik prezentatsiyasini darhol bekor qilish, patsiyentning holatini baholash va zarurati bo‘lganida muqobil davolashni buyurish kerak.
Agar avval qo‘llanilgan Ventolinning dozasi holatni kamida 3 soatga yengillashishiga yordam bermasa, keyingi bosqichma-bosqich davolashni belgilash uchun patsiyentni tibbiy tekshirish lozim.
Preparatni o‘pkaga optimal tushishini ta'minlash uchun preparat patsiyentni nafas olishi bilan sinxron ravishda yuborilishi uchun, patsiyent ingalyatsiya texnikasini to‘g‘ri bajarayotganligini tekshirish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Fertillik
Salbutamolni odam fertilligiga ta'siri haqida ma'lumot yo‘q. Hayvonlarning fertilligiga noxush ta'siri kuzatilmagan (Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma'lumotlari bo‘limiga qarang).
Homiladorlik
Preparatni homiladorlikda faqat agar ona uchun davolashning foydasi, homila uchun har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsagina buyurish mumkin.
Qayd etilgandan keyingi kuzatish jarayonida, onalari homiladorlik vaqtida salbutamol qabul qilgan bolalarda rivojlanishning turli nuqsonlari, shu jumladan “bo‘ri tanglay” paydo bo‘lishi va qo‘l-oyoqni rivojlanishi nuqsonlari aniqlangan. Bu holatlarning ba'zilarida onalar homiladorlik davrida bir nechta yondosh dori preparatlarini qabul qilgan. 2 dan 3% gachani tashkil etuvchi nuqsonlarni va tug‘ma anomaliyalarni paydo bo‘lish tez-tezligida ma'lum qonuniyatni yo‘qligi tufayli, salbutamolni qabul qilish bilan sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan.
Laktatsiya
Salbutamol ehtimol ko‘krak sutiga kiradi va shuning uchun patsiyentning o‘zi uchun kutilayotgan foyda, bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardan tashqari holatlarda emizikli ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi. Ko‘krak sutidagi salbutamol yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta'sir ko‘rsatishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Mexanizmlarni boshqarish qobiliyati va kognitiv ko‘nikmalarga ta'sir qilishi
Ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin va bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishi
Salbutamolni qo‘llaganda doza oshirib yuborilganida eng ko‘p uchraydigan belgilari va simptomlari beta-agonistlar chaqiradigan tipik qisqa muddatli simptomlar hisoblanadi (
Maxsus ko‘rsatmalar
va Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limlariga qarang).
Gipokaliyemiya salbutamolning dozasini oshirib yuborilishini oqibati bo‘lishi mumkin. Qon zardobida kaliyning darajasini nazorat qilish kerak. Yuqori terapevtik dozalarni qo‘llaganda ham, tez ta'sir qiluvchi beta-agonistlarni qo‘llaganda ham laktatsidoz rivojlanishi haqida xabar berilgan, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi fonida qon zardobida sut kislotasining oshgan darajasini va keyinchalik metabolik atsidozni (ayniqsa xushtaksimon nafas kabi bronxospazmning boshqa simptomlarini regressiyasiga qaramasdan taxipnoeni saqlangan yoki yomonlashgan hollarda) nazorat qilish ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
200 dozadan ichki qoplamasi flyuoropolimerdan tayyorlangan, dozalovchi klapan bilan ta'minlangan alyumin konteynerda. Tayyor konteyner (klapan bilan ta'minlangan konteyner) changdan himoya qiluvchi qalpoqchali aerozol boshchadan (purkovchi uchlik) tashkil topgan plastik aktuatorga joylanadi va ingalyator to‘liq to‘plamda shakllanadi. Ingalyator (Evoxaler) №1 to‘liq to‘plamda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Mundshtuk himoya qalpoqchasi bilan zich yopiladi.
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin va bevosita quyosh nurlaridan saqlansin.
Ko‘pgina hollarda aerozol ingalyatorlarning ballonlari muzlatilganida preparatning terapevtik samaradorligi kamayadi.
Ballonchani sindirish, teshish yoki hatto to‘liq bo‘shaganida ham yoqish mumkin emas.
Yaroqlilik muddati
24 oy
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
GlaxoWellcome Production*, France
* member of the GlaxoSmithKline group of companies
GlaxoWellcome Production*, Frantsiya
* GlaxoSmithKline kompaniyalar guruhining a'zosi
VENTOLIN va EVOHALER GlaxoSmithKline kompaniyalar guruhining savdo belgisi hisoblanadi.
Qo‘shimcha ma'lumotlar bo‘yicha murojaat qiling
O‘zbekiston Respublikasidagi “GlaxoSmithKlineExport Ltd” vakolatxonasi
100031, Toshkent sh., Afrosiyob, 4a
Tel. (371) 252 5461; faks (371) 252 5422
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.