Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Libigran tab. 100 mg №4
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Силденафил
Страна производитель
Турция
Дозировка
50 мг
Производитель
Deva Holding A.S.
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol modda
- Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralari: bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, dispepsiya, burunni bitishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qizish hissi, ko‘rishni buzilishi
Preparatning savdo nomi
LIBIGRANTM™
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sildenafil
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
har bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda
sildenafil (sildenafil sitrati shaklida) - 50 mg yoki 100 mg;
yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza, suvsiz kaltsiy gidrofosfati, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, Opadry II Blue 32 K 20406 gidroksipropilmetiltsellyuloza, temir II oksidi (E172), triatsetin, laktoza monogidrati, titan dioksidi (E171), indigokarmin (E132).
Ta'rifi
50 mg tabletkalar havo rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “50”, boshqa tomonida “LBG” gravirovkali, olti burchakli tabletkalar.
100 mg tabletkalar havo rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “100”, boshqa tomonida “LBG” gravirovkali, olti burchakli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun dori vositalari. Fosfodiesteraza ingibitorlari.
ATX kodi G04BE03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokdinamikasi
Sildenafil erektil disfunktsiyani davolash uchun, ichga qabul qilinadigan vosita hisoblanadi. U seksual rag‘batlantirishga javob tarzida jinsiy olatning qon bilan ta'minlanishini yaxshilash orqali, erektil funktsiyani tiklaydi.
Jinsiy olatning erektsiyasini fiziologik mexanizmi seksual rag‘batlantirish vaqtida g‘ovak tanada azot oksidining (NO) ajralib chiqishi bilan bog‘liq. Azot oksidi guaniltsiklazni faollashtiradi, bu siklik guanozinmonofosfatning (tsGMF) miqdorini oshishiga, va buning oqibatida g‘ovak tana (corpus cavernosum) dagi silliq mushaklarning bo‘shashishi va g‘ovak sinuslarni kengayishiga olib keladi. Sildenafil odamning alohida g‘ovak tanasiga bevosita bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, lekin bu to‘qimaga azot oksidining bo‘shashtiruvchi ta'sirini kuchaytiradi. Sildenafilning asosiy ta'siri sGMFni parchalanishiga mas'ul bo‘lgan ferment - 5-tur fosfodiesteraza (FDE5) ni ingibitsiya qilinishidan iboratdir, shunday qilib, u jinsiy olatning erektsiyasini tomir bosqichiga yordam beradi. Natijada NO-ga bog‘liq sGMF ning darajasi oshadi. Seksual rag‘batlantirish paytida NO lokal ajralib chiqadi, g‘ovak tanada sGMF miqdorini oshishini chaqirib, sildenafilning ta'siri ostida FDE5 ingibitsiya qilinadi. Shu sababli Libigran™ preparatning samaradorligini majburiy sharti seksual rag‘batlantirish hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Sildenafil tez so‘riladi. Plazmadagi kontsentratsiyasining maksimumiga 30-120 minut (o‘rtacha 60 minut) davomida erishiladi. Ichga qabul qilganda mutloq biokiraolishligi 41% ni (25-63%) tashkil qiladi. Sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda ichga qabul qilinganida (25 mg -100 mg) AUC va Smax dozaga ko‘rsatkichlari oshadi. Sildenafilni ovqat bilan qabul qilganda so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax o‘rtacha 60% minutiga oshadi, Smax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi.
Taqsimlanishi
Taqsimlanish hajmi muvozanat holatida o‘rtacha 105 l ni tashkil qiladi, bu uni to‘qimalarda taqsimlanishidan dalolat beradi. Sildenafil va uning asosiy qonda aylanib yuruvchi N-desmetil metaboliti plazma oqsillari bilan taxminan 96% bog‘lanadi va uning Smax 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi preparatning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Biotransformatsiyasi
Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari CYP3A4 (asosiy yo‘l) va CYP2C9 (qo‘shimcha yo‘l) yordamida metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti N-desmetilsildenafildir. Keyinchalik bu metaboliti ham metabolizmga uchraydi. FDE ga ta'sir selektivligi bo‘yicha metaboliti sildenafil bilan bir xil, uning FDE ga nisbatan faolligi esa, in vitro sharoitida sildenafilning o‘zini faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metabolitning plazmadagi kontsentratsiyasi asosiy moddaning kontsentratsiyasini taxminan 40% ni tashkil qiladi. N-desmetil metaboliti keyingi metabolizmga uchraydi; uning T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Sildenafilning umumiy klirensi 41 l/soatni, yakuniy T1/2 esa 3-5 soatni tashkil qiladi. Sildenafil ichga qabul qilingandan keyin, metabolitlari holidaasosan ahlat bilan (taxminan 80%) va kam miqdorda – siydik bilan (dozaning taxminan 13%) chiqariladi.
Alohida guruh bemorlardagi farmakokinetikasi
Keksa patsiyentlar
Keksa yoshli (65 yoshdan oshgan) sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafilning klirensi pasaygan, sildenafil va N-desmetil metabolitining plazmadagi kontsentratsiyasi esa, yosh (18-45 yoshli) sog‘lom ko‘ngillilardagi uning darajasiga nisbatan taxminan 90% yuqori bo‘lgan.
Keksa yoshli shaxslarda plazma oqsillari bilan turlicha bog‘lanishi tufayli plazmada erkin
faol modda
ning kontsentratsiyasi yosh patsiyentlardagi kontsentratsiyasidan taxminan 40% yuqori bo‘lgan.
Buyrak yetishmovchiligi
Yengil va o‘rtacha (kreatinin klirensi 30-80 ml/min) buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan sog‘lom ko‘ngilliklarda 50 mg bir marta ichga qabul qilgandan keyin, uning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan (kreatinin klirensi 30 ml/min) ko‘ngilliklarda sildenafilning klirensi pasaygan. Shu sababli, bunday patsiyentlarda shu yosh guruhdagi buyraklar faoliyati normal bo‘lgan patsiyentlardagi shunday ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda AUC taxminan 100% ga va Smaxtaxminan 88% ga yuqori bo‘lgan.
Jigar yetishmovchiligi
Yengil va o‘rta darajali jigar sirrozi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A va V sinfi) bo‘lgan ko‘ngillilarda jigar faoliyati normal bo‘lgan shu yosh guruhi ko‘ngilliklarga nisbatan sildenafilning klirensi past, bu ularda AUC (84%) va Smax (47% ) ni oshishiga olib keladi.
Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda sildenafilning farmakokinetikasi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinfi) o‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Libigran™ erektil disfunktsiyani simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Libigran™ seksual rag‘batlantirish bo‘lmaganda samara ko‘rsatmaydi.
Libigran™ayollarda qo‘llanmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Erektil disfunktsiyani simptomatik davolashda (jinsiy aloqaga qoniqish uchun zarur bo‘lgan erektsiyaga erishishni yoki saqlab turishni iloji bo‘lmaganda), tavsiya etilgan doza odatda rejalashtirilgan seksual faollikdan taxminan 1 soat oldin 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorligi va o‘zlashtirishni xisobga olib, doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal tavsiya etilgan doza 100 mg ni tashkil qiladi va kuniga 1 marta qo‘llanadi. Preparat ichgaqabul qilinadi. Ovqat vaqtida preparatni qabul qilish, och qoringa qabul qilishga nisbatan uning ta'sirini sekinlashtirishi mumkin. Sitoxrom R450 ning kuchli ingibitorlari SUR3A4 kuchli ingibitorlari (eritromitsin, sanikavir, ketakonazol, itrakonazol kabi) bilan bir vaqtda qo‘llash plazmada sildenafilning kontsentratsiyasini oshishiga yordam berishi mumkin. Sildenafilning yuqori kontsentratsiyasi ta'sirini ham, nojo‘ya samaralarini ham kuchaytirishi mumkinligini hisobga olib, preparatning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 25 mg ni tashkil qiladi. Sildenafilni ritonavir bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Alfa-adrenoblokatorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda postural gipotenziyani rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun, LibigranTMpreparatini qabul qilishni faqat gemodinamika ko‘rsatgichlari turg‘un holatga erishgandan so‘ng boshlash kerak. Shuningdek, preparatning (boshlang‘ich dozasini 25 mg gacha kamaytirishning maqsadga muvofiqligini ko‘rish lozim.
Maxsus guruh bemorlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma'lumotar.
Buyrak/ jigar yetishmovchiligi.
Og‘irligi yengil va o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml) dozani to‘g‘rilash talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) sildenafilning dozasini klirensi pastligi tufayli 25 mg gacha kamaytirish lozim. Zarurat bo‘lganda samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobi bilan dozani asta-sekin 50 mg yoki 100 mg gacha oshirish mumkin.
Jigar faoliyatining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan sirrozda) sildenafilning chiqarilishini buzilishi sababli, preparatning dozasini 25 mg gacha kamaytirish kerak.
Geriatrik guruhi
Keksa yoshli patsiyentlarda (65 yosh va undan katta) dozani to‘g‘rilash talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya samaralari bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, dispepsiya, burunni bitishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qizish hissi, ko‘rishni buzilishi
sianopsiya (barcha jismlarni vaqtincha ko‘k rangda ko‘rinishi holati), ko‘rishni tumanlashishi.
Klinik ahamiyatli klinik va postmarketing tadqiqotlarda platsebo bilan solishtirganda ko‘p uchraydigan noxush reaktsiyalar, uchrash tez-tezligi va tizimlar bo‘yicha quyida keltirilgan paydo bo‘lish tez-tezligi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholashning iloji yo‘q).
Postmarketing davrda uchraydigan klinik ahamiyatli nojo‘ya samaralarning tez-tezligi noma'lum deb ko‘rsatilgan.
Infektsiyalar va invaziyalar
Tez-tez emas rinit.
Immun tizimi tomonidan
Tez-tez emas yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Nerv tizimi tomonidan
Juda tez-tez bosh og‘rig‘i;
Tez-tez bosh aylanishi;
Tez-tez emas uyquchanlik, gipesteziya;
Kam hollarda serebrovaskulyar buzilishlar, tranzitor ishemik xujum, tirishlar*, takroriy tirishishlar*, xushdan ketish.
Ko‘rish a'zolari tomonidan
Tez-tez ranglarni sezishni qabul qilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni tumanlashishi;
Tez-tez emas ko‘z yoshi apparatining buzilishi***, ko‘zlarda og‘riq, fotofobiya, fotopsiya, ko‘zlarni qizarishi, ko‘zlarda yashnash, kon'yunktivit;
Kam hollarda ko‘ruv nervining arteriit bo‘lmagan oldingi ishemik nevropatiyasi(NAION)*, to‘r parda venalarining okklyuziyasi, to‘r pardaga qon quyilishi,arteriosklerotik retinopatiya, to‘r pardani shikastlanishi, glaukoma, ko‘rish maydonini nuqsoni, diplopiya, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, miopiya, astenopiya, shisha tananing suzuvchi xiralashishi, kamalak pardaning shikastlanishi, midriaz, yorug‘lik manbai atrofida ko‘rish maydonida kamalak doiralar mavjudligi, kon'yunktiva giperemiyasi, ko‘zlarni shikastlanishi, ko‘zlarda noxush xislar, qovoqlarni shishi, sklera in'ektsiyalari.
Eshitish a'zosi va labirint tizimi tomonidan
Kam eshitishni yo‘qolishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan
Tez-tez emas yuzni qizarishi, qizish hissi;
Tez-tez emas taxikardiya, yurak urishini his qilish, giper-, gipotenziya;
Kam hollarda to‘satdan yurakka bog‘liq o‘lim, miokard infarkti, qorinchalar aritmiyasi, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, beqaror stenokardiya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan
Tez-tez burunni bitishi;
Tez-tez emas epistaksis (burundan qon ketishi), sinusit;
Kam hollarda tomoqda siqilishi hissi, burun shilliq qavatini shishi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
Tez-tez ko‘ngil aynishi, dispepsiya;
Tez-tez emas gastroezofageal reflyuks, qusish, qorin sohasida og‘riq, og‘izni qurishi;
Kam hollarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini gipesteziyasi.
Teri va teri ostikletchatkasi tomonidan
Tez-tez emas teri toshmasi;
Kam hollarda Stivens-Djonson sindromi*, toksik epidermal nekroliz*.
Suyak-mushak tizimiva biriktiruvchi to‘qima tomonidan
Tez-tez emas mialgiya, oyoq-qo‘llarda og‘riq.
Buyraklar va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan
Tez-tez emas gematuriya;
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan
Tez-tez emas jinsiy olat to‘qimalarining shikastlanishi, priapizm*, gematospermiya,erektsiyani kuchayishi.
Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar
Tez-tez emas ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, yuqori charchoqlik, qizish hissi;
Kam hollarda ta'sirchanlik.
Tadqiqotlar
Tez-tez emas YuQTT oshishi.
*postmarketing tadqiqotlar vaqtida aniqlangan nojo‘ya samaralar.
**ranglarni sezishni buzilishi xloropsiya (jismlar yashil rangga bo‘yalgan tarzda ko‘rinishining vaqtinchalik holati), xromatopsiya, sianopsiya (jismlar havorangga bo‘yalgan ko‘rinishining vaqtinchalik holati), eritropsiya (jismlar qizg‘ish rangga bo‘yalgan ko‘rinishining vaqtinchalik holatit), ksantopsiya (jismlar sariq rangga bo‘yalgan ko‘rinishining vaqtinchalik holatit).
***ko‘z yoshi apparati ishini buzilishi ko‘zlarda quruqlik hissi, ko‘z yoshini ko‘p oqishi.
Gumon qilingan nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori preparati ro‘yhatdan o‘tganidan so‘ng gumon qilingan nojo‘ya reaktsiyalar haqidagi xabarlar muxim ahamiyatga ega. Bu dori vositasini foyda/xavf nisbatini uzoq muddat nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Noxush samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sildenafilga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
NO/tsGMF almashinuviga ma'lum samarasi tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun uni organik nitratlar (amilnitrat, butilnitrat kabi) yoki nitratlarning boshqa shakllar (nitroglitserin, izosorbid mononitrati, peptaeritritol tetranitrati, eritritol tetranitrati, izosorbid dinitrati kabi) bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Ko‘ruv nervining arteriit bo‘lmagan, oldingi ishemik nevropatiyasi.
Erektil disfunktsiyada qo‘llanadigan dori vositalarni (shu jumladan sildenafil) seksual faollik kerak bo‘lmagan patsiyentlarga (masalan, turg‘un bo‘lmagan stenokardiya kabi yurak-qon tomir tizimi tomonidan jiddiy buzilishlarda) buyurilmaydi.
Sildenafilni quyidagi guruh patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas, chunki uning xavfsizligi bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan
• Og‘ir jigar yetishmovchiligi
• Arterial gipotenziya (AB <90/50 mm sim. ust.).
• Yaqinda o‘tkazilgan insult yoki miokard infarkti.
Pigmentli retinit kabi to‘r pardaning nasliy degenerativ buzilishlari (ko‘p bo‘lmagan bemorlarda to‘r pardaning fosfodiesterazalarining faolligini genetik buzilishlari mavjud bo‘ladi).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalarini sildenafilga ta'siri
In vitro tadqiqotlar Sildenafilning metabolizmi sitoxroma R450 (SYP) ning asosan3A4 izoformasi (asosiy yo‘li) va 2S9 (kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘li) ta'siri ostida yuz beradi, demak, bu izofermentlarning ingibitorlari sildenafilning klirensini pasaytirishi, induktorlari esa – oshirishi mumkin.
In vivo tadqiqotlar Farmakokinetikaning yig‘indi taxlili ketokonazol, eritromitsin, simetidin kabi CYP3A4 ingibitorlari bir vaqtda qo‘llanganida, sildenafilning klirensini pasayishini ko‘rsatdi. Patsiyentlarda nohush ko‘rinishlarning tez-tezligi oshmagan bo‘lsada, bu preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sildenafilning tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi 25 mg ni tashkil qiladi.
Sildenafil 100 mg dozada bir marta va sitoxroma P450ning kuchli ingibitori proteazalar ingibitoririonavir bir vaqtda qo‘llanganda, ritonavirning (500 mg kuniga 2 marta) plazmadagi muvozanatli kontsentratsiyasiga erishish fonida, sildenafilning Smax4 marta (300%) ga va AUC ni esa 11 marta, 1000% ga oshishi kuzatilgan.
Sildenafil qabul qilgandan 24 soatdan so‘ng plazmada uning bir o‘zining kontsentratsiyasi 5 mg/mlni, birgalikda qo‘llanganda esa – 200 mg/ml ni tashkil etadi.
Sildenafil ritonavirning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi, biroq yuqorida ko‘rsatilgan farmakokinetikaning xususiyatlarini hisobga olib, sildenafil va ritonavirni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
OITV – proteaza ingibitori sakvinavirning (1200 mg dan kuniga 3 marta) muvozanatli plazmali kontsentratsiyasi fonida 100 mg doza qo‘llanganida sildenafilning Smax ini (140%) va AUC ni (210%) oshishi kuzatilgan. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetikasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Ketokonazol yoki itrakonazol kabi CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari sildenafilning farmakokinetik parametrlarini yaqqolroq o‘zgarishlarini chaqirishi mumkin. Sildenafil 100 mg dozada bir marta va sitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan proteazalar ingibitori ritonavir bir vaqtda qo‘llanganda, ritonavirning muvozanatli plazma kontsentratsiyasi fonida (500 mg dan kuniga 2 marta) sildenafilning Smax ni 4 marta oshishi (300%) va AUC – 11 marta (1000%) oshishi kuzatilgan. CYP3A4 kuchsiz ingibitori eritromitsinning muvozanatli plazmali kontsentratsiyasi fonida(500 mg dan kuniga 2 marta 5 kun davomida) va bir vaqtda sildenafilni 100 mg dozada bir marta qo‘llanganida, sildenafilning AUC ni 182% ga oshishi kuzatilgan. Kuniga 500 mg dozada 3 kun davomida qo‘llanganida azitromitsinni sildenafilning, Smax, Tmax, chiqarilish tezligining konstantasi, uning asosiy aylanib yuruvchi metabolitining T1/2 ga, ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Sog‘lom ko‘ngillilarda SYP3A4 ning nospetsifik ingibitori va sitoxrom R450 ingibitori simetidin (800 mg) bilan birga qo‘llanganda, plazmada sildenafilning kontsentratsiyasi (50 mg dozada qo‘llanganda) 56% ga oshgan. Ichak devorida metabolizmining kuchsiz ingibitori hisoblangan greypfrut sharbati, qon plazmasida sildenafilning darajasini ahamiyatsiz oshishiga olib kelishi mumkin.
Antatsidni (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilish sildenafilning biokiraolishiga ta'sir qilmaydi.
CYP2S9 (tolbutamid, varfarin, fenitoin kabi), CYP2D6 (serotoninning qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar kabi), ingibitorlari, diuretiklar, APF ingibitorlari, kaltsiy kanallarining blokatorlari, beta-adrenoretseptorlarning antagonistlari, CYP450 metabolizmining induktorlari (rifampitsin, barbituratlar kabi) sildenafilning farmakokinetik parametrlariga ta'sir ko‘rsatmaydi. Rifampitsin kabi CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari sildenafilning plazmali kontsentratsiyasini ahamiyatli pasaytirishi mumkin.
Nikorandil nitrat gibridi va kaliy kanallarining faollantiruvchisidan iborat. Nitratning borligi tufayli sildenafil bilan o‘zaro ta'sirining ehtimoli mavjud.
Sildenafilni boshqa dori vositalariga ta'siri
In vitro tadqiqotlar Sildenafil sitoxroma R450 - 1A2, 2S9, 2S19, 2D6, 2E1 va 3A4 izofermentlarining kuchsiz ingibitoridir (IK50>150 mkmol). Sildenafil tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida, uning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi taxminan1 mkmol ni tashkil qiladi, shuning uchun sildenafil bu izofermentlarning substratlarini klirensiga ta'sir qilish qobiliyatiga egaligini ehtimoli kam. Teofillin yoki dipiradamol kabi fosfodiesterazaning nospetsifik ingibitorlarini sildenafil bidan o‘zaro ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
In vivo tadqiqotlar NO/tsGMF ning almashinuviga ta'siri tufayli sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi. Shuning uchun sildenafilni nitratlar yoki azot oksidining donatorlari bilan birga qo‘llash mumkin emas. Alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan alohida sezgir patsiyentlarda sildenafilni bir vaqtda qo‘llash simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin, bu odatda sildenafil qo‘llagandan keyin 4 soat o‘tgach kuzatiladi. Doksazozin bilan turg‘unlashtirilgan prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan patsiyentlardagi uchta maxsus tadqiqotlardaa alfa-adrenoblokator doksazozin (4 mg va 8 mg) sildenafil (25 mg, 50 mg yoki 100 mg) bilan qo‘llangan. Ushbu tadqiqotlarda yotgan holatda AB ni o‘rtacha qo‘shimcha pasayishi muvofiq 7/7mmsim.ust., 9/5 mm sim.ust va 8/4 mm sim.ust tashkil qiladi, oyoq-qo‘llarda AB ni muvofiq pasayishi 6/6mmsim.ust., 11/4 mm sim.ust va 4/5 mm sim.ust ni tashkil qiladi.
Shunday patsiyentlarda simptomatik postural gipotenziya rivojlanishining kam hollari xaqida xabar berilgan. Bosh aylanishi hollari aniqlangan, biroq xushdan ketish hollari kuzatilmagan.
CYP2C9 tomonidan metabolizmga uchraydigan tolbutamid (250 mg) yoki varfarin (40 mg) bilan jiddiy o‘zaro ta'sirining belgilari aniqlanmagan.
Sildenafil atsetilsalitsil kislotasi (150 mg) bilan bir vaqtda qabul qilinganda, qon ketishi vaqtini qo‘shimcha oshishini chaqirmaydi.
Sildenafil (50 mg) dozada sog‘lom ko‘ngillilar qonida alkogolning o‘rtacha maksimal miqdori 80 mg/dl bo‘lganida, alkogolninggipotenziv ta'sirini kuchaytirmagan.
Sildenafilni va quyidagi antigipertenziv vositalar guruhi diuretiklar, beta-blokatorlar, APF ingibitorlari, angiotenzin II antagonistlari, vazodilatatorlar va markaziy ta'sirga ega antigipertenziv vositalar, adrenergik neyronlarning blokatorlari, kaltsiy kanallarining blokatorlari va alfa –adrenoblokatorlarni qabul qilganda, platsebo bilan solishtirganda xech qanday o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda sildenafil (100 mg) amlodipin bilan bir vaqtda qo‘llangandagi klinik tadqiqotlarda yotgan holatdagi arterial bosimini – sistolik 8 mm.sim.ust. ga, diastolik – 7 mm.sim.ust.ga pasayishi kuzatilgan. AB ni bunday qo‘shimcha pasayishi sog‘lom ko‘ngillilarda bir sildenafil ishlatilganda ham kuzatilgan.
Sog‘lom erkak-ko‘ngillilar ishtirokidagi klinik tadqiqotda sildenafil (100 mg) dozada CYP3A4 ning substrati bo‘lgan OITV-proteaza ingibitori sakvinavir va ritonavirning muvozanatli kontsentratsiyasiga ta'sir qilmagan.
Sog‘lom erkak ko‘ngillilarda sildenafilning muvozanatli kontsentratsiyasi fonida (80 mg dan kuniga 3 marta) bozentanning AUC 49,8 % ga (125 mg dan kuniga 2 marta), Smax – 42% gaoshishi kuzatilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Proteaza ingibitori ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llash plazmadagi kontsentratsiyasini ahamiyatli oshishiga olib keladi (AUC 11 marta oshadi). Ritonavir qabul qilayotgan patsiyentlarga sildenafil ehtiyotkorlik bilan, past dozalarda buyuriladi. Sildenafilning yuqori tizimli darajasi bilan bog‘liq ma'lumotlar cheklangan. 200-800 mg preparatni qabul qilgan sog‘lom ko‘ngilliklarda arterial bosimni pasayishi, xushdan ketish va uzoq muddatli erektsiya to‘g‘risida xabar berilgan.
LibigranTM preparatini buyurishdan oldin quyidagilarga e'tibor berish kerak
5-10 mg amlodipin qabul qilayotgan gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganda 100 mg sildenafil sistolik va diastolik bosimni muvofiq o‘rtacha 8 mm sim. ust. va 7 mm sim. ust. ga pasayishini chaqirgan (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri” ga qarang). Sildenafilni boshqa antigipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llashni o‘rganish bo‘yicha nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Sildenafilni qon ketishlari yoki me'da yara kasalligini zo‘rayishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Sildenafilni erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun mo‘ljallangan boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Shuning uchun bunday majmualarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Odamlarda sildenafil qon ketish vaqtiga, shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi bilan majmuada buyurilganda, ta'sir qilmaydi.
Davolashni boshlashdan avval erektsiyaning buzilishlarini sababini aniqlash uchun to‘liq tibbiy anamnezni yig‘ish va patsiyentni sinchkov fizikal tekshiruvini o‘tkazish kerak.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlar
Seksual faollik yurak kasalligi bo‘lganida ma'lum xavf tug‘diradi. Shuning uchun sildenafil bilan davolashni boshlashdan oldin, yurak-tomir tizimini sinchiklab tekshirish kerak.
Sildenafil vazodilatatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega, bu AB ni o‘tkinchi va ahamiyatsiz pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, preparatni buyurishdan avval, shifokor muvofiq kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda vazodilatatsiyalovchi ta'sirining nohush ko‘rinishlarining xavfini sinchklab baholash lozim, ayniqsa seksual faolllik fonida. Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik chap qorinchaning chiqarish yo‘lining obstruktsiyasi (masalan aorta stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya), shuningdek kam uchraydigan vegetativ nerv tizimi tomonidan AB boshqarilishining og‘ir buzilishlari bilan namoyon bo‘luvchi ko‘p sonli tizimli atrofiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatiladi. Preparat nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi. Sildenafilni postmarketing qo‘llash davomida miokard infarkti, noturg‘un stenokardiya, to‘satdan yurakli o‘lim, qorinchalar aritmiyasi, gemorragik insult, tranzitor ishemik xujum, arterial giper- va gipotenziya kabi yurak-tomir tizimi tomonidan jiddiy asoratlar xaqida xabar berilgan. Ushbu patsiyentlarning ko‘pchiligida yurak-tomir tizimi tomonidan asoratlarning xavf omillari mavjud bo‘lgan. Ko‘rsatilgan ko‘rinishlarning ko‘pchiligi seksual faollik vaqtida yoki darhol undan keyin kuzatilgan, ulardan ayrimlari sildenafil qabul qilgandan keyin seksual faolliksiz ham aniqlanadi. Aniqlangan ko‘rinish va ko‘rsatilgan yoki boshqa omillar orasida bevosita aloqa mavjudligini aniqlashning iloji yo‘q.
Priapizm
Erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun preparatlarni jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyrone kasalligi) bo‘lgan bemorlarda yoki priapizmni rivojlanishiga moyillik bo‘lgan holatlarda (o‘roqsimon-xujayrali anemiya, ko‘p sonli miyeloma yoki leykemiya) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.
Sildenafilni postmarketing qo‘llash davomida uzoq muddatli erektsiyalar va priapizm to‘g‘risida xabar berilgan. Erektsiya 4 soatdan ortiq davom etsa, patsiyent darhol tibbiy yordamga murojaat qilishi kerak.
Agar darhol priapizmning oldi olinmasa, jinsiy olat to‘qimasining qaytmas shikastlanishi va impotentsiya rivojlanishi mumkin.
Boshqa FDE 5 ingibitorlari yoki erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun vositalar bilan birgalikda qo‘llanilishi
Sildenafilni FED-5 ning boshqa ingibitorlari yoki o‘pka gipertenziyasini davolash uchun boshqa preparatlar, sildenafil saqlovchi yoki erektsiyaning buzilishlarini davolash uchun boshqa vositalar bilan birga qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun bunday majmualarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ko‘rishga ta'siri sildenafil va FDE5 ning boshqa ingibitorlari qo‘llash vaqtida ko‘rishni spontan buzilishlari xaqida xabar berilgan. Juda kam hollarda ko‘ruv nervining arteriit bo‘lmagan oldingi ishemik nevropatiyasi (KNAOIN) xaqida xabar berilgan. Ko‘rishni to‘satdan buzilishi holida sildenafil bilan davolashni to‘xtatish va darhol shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Ritonavir bilan qo‘llalnishi
Sildenafilni ritonavir bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Alfa-adrenoblokatorlar bilan birga qo‘llanishi
Sidenafil va alfa- adrenoblokatorlarni birga qo‘llash alohida sezgir patsiyentlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkinligi tufayli, alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik buyurish lozim. Odatda, bunday holat sildenafil qo‘llangandan keyin 4 soat davomida kuzatiladi. Alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda postural gipotenziya rivojlanishining xavfini kamaytirish uchun, LibigranTM preparatini faqat gemodinamika ko‘rsatkichlari turg‘un holatga erishilgandan so‘ng boshlash lozim. Shuningdek, preparatning boshlang‘ich dozasini 25 mg gacha kmaytirish maqsadga muvofiqligini ko‘rish lozim. Postural gipotenziyaning simptomlari paydo bo‘lgan holida nima qilish kerakligi xaqida patsiyentlarna xabardor qilish lozim.
Qon ketishlar
In vitro tadqiqotlarda sildenafil natriy nitroprussidning antiagregant samarasini kuchaytirishi aniqlangan. Qon ketishiga moyilligi yoki faol peptik yarasi bo‘lgan patsiyentlarda sildenafilni qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun bunday bemorlarda preparatni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini sinchiklab baxolash lozim. To‘r parda okklyuziyasini rivojlanishining xavfi ayniqsa qonni yuqori ivuchanligida patsiyentlarda oshadi.
LibigranTM ayollarda qo‘lanmaydi.
LibigranTM preparati tabletkalar laktoza saqlaydi. Kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparat buyurilmaydi.
LibigranTM preparatining har bir tabletkasi 1 mmol natriy saqlaydi (23 mg dan kam); natriyning bunday miqdorida xech qanday maxsus ko‘rsatmalar talab etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Sildenafilni ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sildenafilni avtomobilni yoki boshqa texnik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Sog‘lom ko‘ngilli erkaklarda sildenafilning muvozanat kontsentratsiyasi fonida (80 mg dan kuniga 3 marta) bozentanning (125 mg dan kuniga 2 marta) AUC 49,8% ga, Smax – 42% ga oshishi kuzatilgan.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarishda extiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki sildenafil bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishini chaqirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda 800 mg gacha dozalarda bir marta qabul qilinganida, noxush ko‘rinishlar pastroq dozalarda qabul qilinganidagi solishtirarli bo‘lgan, lekin ko‘proq kuzatilgan va yaqqolroq bo‘lgan.
200 mg dozada qabul qilinganida ta'sirlarning kuchayishi kuzatilmagan, biroq nojo‘ya reaktsiyalarning (bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, bosh aylanishi, dispepsiya, burunni bitishi, ko‘rishni buzilishi kabi) paydo bo‘lishi tez-tezligini o‘sishi kuzatilgan.
Davolash
Doza oshirib yuborilgan holda standart saqlab turuvchi davolashni o‘tkazish lozim. Dializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki sildenafil plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
Libigran™ 50 mg yoki 100 mg, qobiq bilan qoplangan tabletkalar blisterlarda. 1 blister (1 yoki 4 qobiq bilan qoplangan tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoitlari
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida, quruq joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Qayd qilish guvohnomasining egasi
Deva Xolding A. Sh.
Xalkali Merkez Max. Basin Ekspress Djad. №1
34303 Kyuchukchekmedje/Istambul/Turkiya
Ishlab chiqaruvchi
Deva Xolding A. Sh.
Organize Sanayi Belgesi, Atatyurk Max. Atatyurk Djad. №32
Karaagach/Cherkezkoy/Tekirdag/Turkiya
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot manzili
«ASFARMA SAVDO» MChJ
100097 Toshkent sh., O‘zbekiston
Chilonzor tumani, S Kvartal, 4A uy
Tel. (+998 71) 2737095;
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.