Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Virente 0.5 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar №30 ( Entekavir 0,5 mg )
Virente 0.5 mg qobiq bilan qoplangan tabletkalar №30 ( Entekavir 0,5 mg )
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Энтекавир
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,5 мг
Производитель
NOBEL-PHARMSANOAT
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Virente®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) entekavir
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
bir tabletka quydagilarni saqlaydi
faol modda
0,5 mg 0,5325 mg entekavir monogidrati (0,5 mg entekavirga ekvivalent);
1,0 mg 1,065 mg entekavir monogidrati (1,0 mg entekavirga ekvivalent);
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza, krospovidon, gidroksipropiltsellyuloza, xlorovodorod kislotasi, natriy gidroksidi, magniy stearati;
qobiq 0,5 mg – OpadryYS-1-7003 White (titan dioksidi, gidroksipropilmetiltsellyuloza, polietilenglikol, polisorbat); 1,0 mg – Opadry OY-34948 Pink (titan dioksidi, III temir oksidi, gidroksipropilmetiltsellyuloza).
Ta'rifi
0,5 mg – ikki yoqlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli, qobiq bilan qoplangan, uch burchak shaklli, «» gravirovkali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar;
1,0 mg – ikki yoqlama qavariq, pushti rangli, qobiq bilan qoplangan, uch burchak shaklli « » gravirovkali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
tizimli qo‘llaniladigan virusga qarshi vositalar, qayta transkriptazaning nukleozidli va nukleotidli ingibitori.
ATX kodi J05AF10
Farmakologik xususiyatlari
Entekavir HBV-polimerazaga nisbatan ifodalangan va tanlab ta'sir etuvchi faollikka ega guanozin nukleozidi hisoblanadi. Entekavir hujayra ichki T1/2 15 soatga ega faol uchfosfat (UF) shakllanishi bilan fosforlanadi. UF-ning hujayra ichki kontsentratsiyasi bevosita hujayra tashqi entekavir miqdori bilan bog‘liq. Bunda “plato”-ning dastlabki darajasiga erishilganidan so‘ng preparatning sezilarli darajada to‘planishi kuzatilmaydi. Tabiiy substrat — deoksiguanozin-UF bilan raqobat orqali entekavir-UF virusli polimerazaning 3 ta funktsional faolligini (1) HBV-polimeraza praymingini, (2) RNK va pregenomdan qayta salbiy ipi qayta transkriptsiyasini va (3) DNK HBV ijobiy ipi sintezini ingibitsiya qiladi. Entekavir-UF ingibitsiya konstantasi (Ki) 18–40 mkM ga teng α-, β- δ- DNK polimerazalarning kuchsiz ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, entekavir-UF va entekavirning yuqori kontsentratsiyalarida HepG2 hujayralari mitoxondriyalarida γ-polimeraza va DNK sinteziga nisbatan nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Farmakokinetikasi
Absorbtsiyasi. Sog‘lom odamlarda entekavir tez so‘riladi va plazmada Cmax 0,5–1,5 soatdan so‘ng aniqlanadi. Entekavirni 0,1 dan 1 mg gacha takror qabul qilganda, Smax va AUC ning dozaga proportsional oshishi kuzatiladi. Muvozanatli holat kuniga bir marotabadan 6–10 kun davomida ichga qabul qilingandan so‘ng erishiladi. Bunda qon plazmasidagi kontsentratsiyasi taxminan 2 marta oshadi. Muvozanatli holatda qon plazmasida Smax va Smin 0,5 mg qabul qilinganda tegishlicha 4,2 va 0,3 ng/ml ni, 1 mg qabul qilinganda esa 8,2 va 0,5 ng/ml ni tashkil etgan.
Tarkibi
da yog‘ miqdori ham ko‘p, ham oz bo‘lgan ovqat bilan 0,5 mg entekavir ichga qabul qilinganda so‘rilishning biroz kechikishi kuzatilgan (1–1,5 soat ovqat bilan qabul qilganda va 0,75 soat — och qoringa qabul qilganda), Smax 44–46% ga va AUC 18–20% ga pasaygan.
Taqsimlanishi. Entekavirning baholangan taqsimlanish hajmi organizmda suvning umumiy hajmidan oshganligi preparatning to‘qimalarga yaxshi so‘rilishining isbotidir. Entekavirning taxminan 13% odam qon zardobi oqsillari bilan in vitro sharoitida bog‘lanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi. Entekavir CYP450 tizimi fermentlari substrati, ingibitori yoki induktori hisoblanmaydi. Odam va kalamushlarga belgilangan 14S-entekavir kiritilganidan so‘ng, oksidlangan yoki atsetillangan metabolitlari aniqlanmagan, 2-faza metabolitlari (glyukuronidlar va sulfatlar) esa kam miqdorda aniqlangan. Entekavirning plazmadagi kontsentratsiyasi maksimal darajaga yetganidan so‘ng uning kontsentratsiya bieksponentsial pasaygan, bunda T1/2 128–149 soatni tashkil etgan. Kuniga 1 marotaba qabul qilganda preparat kontsentratsiyasi 2 marta oshgan (kumulyatsiya), ya'ni samarali T1/2 taxminan 24 soatni tashkil etgan.
Entekavir asosan buyraklar orqali chiqariladi, bunda muvozanatli holatda siydikda o‘zgarmagan ko‘rinishda dozaning 62–73 % aniqlanadi. Buyrak klirensi dozaga bog‘liq emas va360 dan 471 ml/min gacha oraliqda o‘zgarib turadi, bu esa preparatning glomerulyar filtratsiyasi va kanalli sekretsiyasining isboti hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda surunkali virusli gepatit V ( HBV) jigarning kompensatsiyalangan shikastlanishi va virus replikatsiyasi mavjudligi, zardob transaminazalari (ALT yoki ACT) faolligining oshishi va jigarda yallig‘lanish jarayonlarning gistologik belgilari yoki fibroz mavjudligi;
Kattalarda surunkali virusli gepatit V (HBV) lamivudin refrakterli, lamivudinga yoki telbivudinga rezistentlik aniqlangan bo‘lsa;
Kattalarda surunkali virusli gepatit V (HBV) dekompensatsiyalangan jigar shikastlanishi.
Virente® shuningdek, bolalar yoshi surunkali virusli gepatit V (HBV) virusni davolash uchun mo‘ljallangan,avval nukleozidli preparatlarni qabul qilmagan, tana vazni kamida 30 kg ni tashkil etgan, jigarning kompensatsiyalangan kasalligi mavjud bo‘lgan, virus replikatsiyasi faol shaklda bo‘lgan va ALT darajasi doimo oshib turgan yoki gistologik asoslangan yallig‘lanish, o‘rta yoki og‘ir shakldagi fibroz mavjudligi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash davriyligi
Virente®och qoringa buyurish kerak (ovqat qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki ovqat qabul qilinganidan so‘ng 2 soatdan so‘ng).
Kattalarda tavsiya etilgan dozalar
Jigarning kompensatsiyalangan kassaligi
Kattalarda va o‘smirlarda (16 yoshdan katta) surunkali virusli gepatit Vni davolashda avval nukleozidli preparatlarni qabul qilmagan patsiyentrlar (sodda patsiyentlar) uchun Virente® ning tavsiya etilgan dozasi sutkada 0,5 mg ni tashkil etadi, va shu bilan birga surunkali virusli gepatit Vni davolashda,gepatit Vning viremiya holatlari kuzatilganda, lamivudin qabul qilganda, lamivudinga yoki telbivudinga rezistentlik aniqlanganda tavsiya etilgan dozasi sutkada 1 mg ni tashkil etadi.
Jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi
Kattalarda surunkali virusli gepatit Vning dekompensatsiya holatida Virente® ning tavsiya etilgan dozasi sutkada 1 mg ni tashkil etadi.
Kattalarda davolash davomiyligi Davolashning mukammal davomiyligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
Quyidagi vaziyatlarda kattalarda davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi
- NBeAg musbat katta yoshdagi patsiyentlarga nisbatan HBe ning serokonversiyasiga erishilganidan so‘ng (kamida 3-6 oylik intervali bilan ikki marotaba olingan qon zardobida HBeAg va HBV DNK ning yo‘qolishi va NVe-antigenga qarshi tanachalar aniqlanganda yoki 12 oy davomida davolanish o‘tkazilishi kerak bo‘lgan patsiyentlarda) yoki HBs serokonversiyasida yoxud samarasi yo‘qolganda;
- NBeAg manfiy katta yoshdagi patsinetlarda HBs serokonversiyasiga erishilguncha yoki preparat samarasi yo‘qolishi belgilari paydo bo‘lguncha davolashni davom ettirish kerak. Davolash 2 yildan ortiq davom etsa, mazkur patsiyentga nisbatan tanlangan davolash sxemasi samara berayotganiga ishonch hosil qilish uchun muntazam ravishda tekshirish o‘tkazilishi kerak. Jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi yoki sirrozi mavjud patsiyentlarga nisbatan davolashni to‘xtatmaslik tavsiya etiladi.
Bolalar populyatsiyasida
Virente® 0,5 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar bola yoshidagi patsiyentlarni davolash uchun mos keladi. Shifokor bolaga nisbatan davolashni buyurish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, u patsiyentning individual ehtiyojlari va gistologik ma'lumotlarini inobatga olishi kerak. Uzoq muddatli davolashda viremiya supressiyasining afzalliklarini va patsiyent duch kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni, jumladan o‘tkazilayotgan davolashga turg‘un (rezistent) V gepatiti birdan rivojlanishi xavfini baholash kerak.
HBeAg musbat V gepatit virusining surunkali kechuvi bilan qo‘zg‘atilgan jigarning kompensatsiyalangan kasalligi mavjud bola yoshidagi patsiyentning qon zardobida ALT miqdori davolashni boshlashdan oldin 6 oy davomida doimiy oshib borishi kerak;vaHBeAg manfiy kasalligi mavjud patsiyentlarda davolashni boshlashdan oldin kamida 12 oy davomida oshib borishi kerak.
Tana vazni 30 kg dan kam bo‘lmagan bola yoshidagi patsiyentrlar ovqatdankamida 2 soat oldin yoki ovqatdan keyin 2 soatdan so‘ng 0,5 mg dozani kuniga 1 mahal qabul qilishlari kerak.
Bolarda davolash davomiyligi Davolashning mukammal davomiyligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
Bola yoshidagi patsiyentlarni davolashning zamonaviy tamoyillariga ko‘ra, quyidagi vaziyatlarda bolalarda davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi
- NBeAg musbat bola yoshidagi patsiyentlarga nisbatan davolash aniqlanmaydigan HBeAg serokonversiyasiga erishgandan so‘ng (HBeAg ning yo‘qolishi va NVe-antigenga qarshi tanachalar kamida 3-6 oy intervali bilan olingan qon zardobi namunalarida paydo bo‘lishi) yoki HBs serokonversisidan so‘ng 12 oy davomida o‘tkazilishi kerak yoki preparat samarasi yo‘qolganda to‘xtatiladi. Davolashni to‘xtatgandan so‘ng muntazam ravishda ALT va HBV DNK darajasini nazorat qilish kerak.
- NBeAg manfiy bola yoshidagi patsiyentlarga nisbatan davolash HBs serokonserviyasiga erishguncha yoki preparat samarasi yo‘qolguncha davom etishi kerak.
Bola yoshidagi jigar yoki buyrak yetishmovchiligi mavjud patsiyentlarda farmakokinetik xususiyatlar to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
Yoshi katta patsiyentlar yoshga qarab miqdorning to‘g‘rilanishi talab etilmaydi. Buyrak disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish kerak.
Jins va irq jins va irqiga qarab tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi kreatinin klirensi ko‘rsatkichi pasayganda entekavir klirensi ko‘rsatkichi ham pasayadi. Kreatinin klirensi < 50 ml/min bo‘lgan patsiyentlar uchun miqdorning to‘g‘rilanishi talab etiladi, ushbu ko‘rsatkich gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializi (DAPD) da aniqlanishi kerak. Preparatning sutkalik miqdorini jadvalda ko‘rsatilganiday kamaytirish tavsiya etiladi. Shuningdek, qabul qilinayotgan miqdorlarni qabul qilish o‘rtasidagi vaqtni uzaytirib, kamaytirish mumkin. Miqdorni to‘g‘rilash bo‘yicha taklif etilgan choralar ko‘p bo‘lmagan mavjud ma'lumotlarga, hamda ushbu ma'lumotlarning xavfsizligi va samarasi klinika sharoitlarida tekshirilmaganiga asoslangan. Shuning uchun virusologik javob namoyon bo‘lishini sinchikovlik bilan nazorat qilish kerak.
Kreatinin klirensi (ml/min)
Entekavirni dozalash
Ilgari nukleozidli preparatlarni qabul qilmagan patsinetlar
Lamivudin-refrakter yoki jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi mavjud patsiyentlar
>50
0,5 mg/sutkada
1 mg/sutkada
30-49
0,5 mg har 48 soatda
0,5 mg/sutkada
10-29
0,5 mg har 72 soatda
0,5 mg har 48 soatda
<10
Gemodializ yoki DAPD*
0,5 mg har 5-7 kunda
0,5 mg har 72 soatda
* entekavir gemodializ muolajasidan so‘ng qabul qilinishi kerak.
Jigar yetishmovchiligi mavjud patsinetlar uchun entekavir miqdorini to‘g‘rilanishi talab etilmaydi.
Yoshi katta patsiyentlarda entekavir miqdorini to‘g‘irlanishi talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam hollarda (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Immun tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda– anafilaktoid reaktsiya.
Ruhiyat tomonidan tez-tez – uyqusizlik.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i, charchoq; kamdan-kam hollarda– bosh aylanishi, uyquchanlik.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez — diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez – transaminazalar faolligining oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kam hollarda – alopetsiya, toshma.
Umumiy buzulishlar va yuborish joyidan buzulishlar tez-tez – umumiy charchoq, laktoatsidoz (qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, birdan ozib ketish, hansirash, nafasning tezlashishi, mushaklar zaifligi), bular ayniqsa dekompensatsiyalangan jigar kasalligi mavjud patsiyentlarda kuzatiladi.
Bundan tashqari, dekompensatsiyalangan jigar kasalligi mavjud patsiyentlarda qo‘shimcha quyidagi nojo‘ya asoratlar kuzatilgan ko‘p – qonda bikarbonat kontsentratsiyasining pasayishi, ALT faolligi va bilirubin kontsentratsiyasining NYuChga (normaning yuqori chegarasi) nisbatan 2 marta oshishi, albumin kontsentratsiyasi 2,5 g/dl dan kam, lipaza faolligining normaga nisbatan 3 marta oshishi, trombotsitlar kontsentratsiyasining 50000/mm3 dan kamayishi; kam hollarda uchraydigan – buyrak yetishmovchiligi.
NOJO‘Ya REAKTSIYaLAR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- entekavir yoki preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik ko‘rinishidagi kam hollarda uchrovchi kasallik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoz malabsorbtsiyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Entekavir asosan buyraklar orqali ajralishi sababli, bir vaqtda entekavir va buyrak funktsiyasi buzilishini chaqiradigan preparatlarni yoki kanalli sekretsiyasi darajasida raqobat qiladigan preparatlarni qabul qilinganda, qon zardobida entekavir yoki ushbu preparatlar kontsentratsiyasi oshishiga olib kelishi mumkin. Bir vaqtda entekavirni lamivudin, adefovir yokiHYPERLINK "https//health.mail.ru/drug/tenofovir/" tenofovir bilan qabul qilganda, klinik ahamiyatli dori vositalari o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Buyrak orqali ajraladigan yoki buyrak funktsiyasiga ta'sir ko‘rsatadigan boshqa dori vositalari bilan entekavirning bir vaqtda qabul qilinishi samarasi o‘rganilmagan. Bir vaqtda entekavirni bunday preparatlar bilan buyurganda patsiyentni sinchkovlik bilan tibbiy kuzatuv o‘tkazish kerak.
Tadqiqotlarda entekavirning lamivudin, adefovir yokiHYPERLINK "https//health.mail.ru/drug/tenofovir/" tenofovir bilan hech qanday farmakokinetik o‘zaro ta'siri kuzatilmagan.
Entekavir R450 (SYP450) tizimi fermentlarining substrati, ingibitori yoki induktori hisoblanmaydi. Shuning uchun SYP450 orqali dorini o‘zaro ta'siri entekavirga nisbatan kuzatilmaydi.
Bolalar populyatsiyasi dorini o‘zaro ta'siri faqatgina katta patsiyentlarda tekshirilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyraklar funktsiyasini buzilishi buyrak faunktsiyasi buzilgan patsiyentlarga nisbatan miqdorning to‘g‘rilanishi talab etiladi. Miqdorning to‘g‘rilanishi preparat qo‘llanilishi xavfsizligi va samarasi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emasligi uchun talab etiladi, ushbu ko‘rsatkichlar kam o‘rganilgan. Shuning uchun bunday patsiyentlarning virusologik javobini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Gepatit zo‘rayishi birdan surunkali V gepatiti zo‘rayishi nisbatan ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, qon zardobida ALT faolligining tranzitor oshishi bilan tavsiflanadi. Virusga qarshi davolash buyurilganidan so‘ng ayrim patsiyentlarning qoni zardobida ALT darajasi oshishi mumkin, HBV DNK darajasi esa pasayishi mumkin. Entekavir qabul qilgan patsiyentlarda davolash davomida gepatit zo‘rayishi odatda 4-5 haftasida yuz bergan. Kompensatsiyalangan jigar kasalligi mavjud patsiyentlarning qon zardobida ALT darajasining bunday oshishi qonda bilirubin darajasining ko‘tarilishi yoki jigar yetishmovchiligi bilan kechmaydi. Jigarning rivojlanib borayotgan kasalligi yoki sirroz mavjud patsiyentlarda jigar yetishmovchiligi rivojlanishi xavfi yuqori, va, demak, davolashni kuzatuv ostida olib borish kerak.
Gepatitning o‘tkir zo‘rayishi V gepatitni davolashni to‘xtatgan patsiyentlarda ham kuzatilgan. Davolashdan so‘ng kasallik zo‘rayishi odatda HBV DNK oshishi bilan bog‘liq va asosan o‘zidan o‘zi o‘tib ketadigan tavsifga ega. Shunga qaramasdan, o‘limga olib kelgan o‘tkir zo‘rayishlar to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Entekavir qabul qilgan va ilgari nukleozidli preparatlarni qabul qilmagan patsiyentlarda, o‘rta hisobda davolashdan 23-24 haftasida o‘tgach bunday zo‘rayish kuzatilgan. Ularning aksariyati HBeAg manfiy patsiyentlarda bo‘lgan. V gepatitni davolashni to‘xtatganda jigar funktsiyasi muntazam ravishda shifokor tomonidan tekshirilishi kerak, kamida 6 oy davomida laborator va klinik tekshiruvlar o‘tkazilishi shart. Zarurat bo‘lsa V gepatitni davolashni qayta tiklash kerak.
Jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi mavjud patsiyentlar agar jigarning kompensatsiyalangan kasalligi bo‘lgan va dekompensatsiyalangan kasalligi bo‘lgan patsinetlarni solishtirsa, oxirgilarida jigar bilan bog‘liq nojo‘ya ta'sirlar vujudga kelishi soni ancha ko‘proq (sababidan qat'iy nazar), ayniqsa Chayld-Turkott-Pyu tasniflash tizimi bo‘yicha S toifaga kiradigan patsiyentlarda ular ko‘p uchraydi. Bundan tashqari, dekompensatsiyalangan jigar kasalligi mavjud patsiyentlar laktoatsidoz vujudga kelishi xavfiga ko‘proq duch keladi, hamda ularda gepatorenal sindrom kabi buyraklar funktsiyasin o‘ziga xos buzilishlari ko‘proq paydo bo‘ladi. Shunday qilib, bu guruhdagi patsiyentlar qat'iy nazorat ostida bo‘lishlari kerak.
Laktoatsidoz va og‘ir shakldagi degenerativ semirish bilan gepatomegaliya ayrim holatlarda o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan laktoatsidoz vujudga kelishi (gipoksemiya mavjud emasligida), odatda degenerativ semirish va gepatomagaliyaning og‘ir shakli bilan bog‘liq. Shu bilan birga nukleozidli preparatlarni qo‘llash davomida laktoatsidoz vujudga kelishi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Mazkur xavf omilini inobatga olish kerak, chunki entekavir nukleozidli preparatlar analogi hisoblanadi. Aminotransferaza darajasi oshib ketsa, gepatomegaliya rivojlansa yoki noma'lum etiologiyali metabolitik atsidoz/laktoatsidoz paydo bo‘lsa nukleozidli preparatlar analoglari bilan davolashni darhol to‘xtatish kerak. Laktoatsidoz rivojlanganligi haqida me'da-ichak yo‘lida kuchsiz ifodalangan ko‘ngil aynishi, qusish va qorinda og‘riq kabi simptomlar dalolat beradi. Laktoatsidozning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir shakllari pankreatit, jigar yetishmovchiligi/jigarning yog‘li degeneratsiyasi, buyrak yetishmovchiligi va qon zardobida sut kislotasi tuzlarining yuqori darajasi bilan bog‘langan. Nukleozidli preparatlar analogi bo‘lgan preparatlarni buyurganda gepatomegaliya, gepatit bilan kasallangan va jigar kasalligi rivojlanishi xavfi mavjud har qanday patsiyentlarga (ayniqsa semirish bilan kasallangan ayollarga) nisbatan ehtiyot bo‘lish kerak. Mazkur patsiyentlarni ehtiyotkorlik bilan davolash kerak.
O‘tkazilayotgan davolashga nisbatan aminotransferaza darajasining oshishinilaktoatsidoz bilan potentsial bog‘liq oshishidan ajratish uchun shifokor ALT darajasi o‘zgarishi surunkali V gepatitining boshqa laboratoriya markerlari ko‘rsatkichlari yaxshilanishi bilan bog‘liqligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Rezistentlik va lamivudin-refrakter patsiyentlarga nisbatan maxsus ehtiyotkorlik choralari tarkibida lamivudin-rezistent o‘zgarishlar kodlangan HBV polimeraza mutatsiyalari keyinchalik ikkilamchi o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga, jumladan, entekavir bilan bog‘liq turg‘unlik bilan (ETVr) bog‘liq o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Lamivudin-refrakter patsiyentlarning ayrimlarida ETVr o‘zgarishlar rtTl84, rtS2O2 yoki rtM25O qoldiqlarida tadqiqotning dastlabki bosqichlarida mavjud bo‘lgan. Lamivudin-rezistent HBV bilan kasallangan patsiyentlar entekavirga nisbatan keyinchalik turg‘unlik rivojlanishiga, lamivudin-rezistent HBV ga chalinmagan patsiyentlarga nisbatan ko‘proq moyil.
1, 2, 3, 4 va 5 yil davolanishdan so‘ng entekavirga nisbatan genotipik rezistentlik rivojlanishining umumiy taxmini lamivudin-refrakter patsiyentlarda tegishlicha 6%, 15%, 36%, 47% va 51% ni tashkil etadi. Lamivudin-refrakter patsiyentlarda virusologik javobni tez-tez nazorat qilish kerak, turg‘unlikka tegishli sinovlarni o‘tkazish kerak. Entekavir bilan 24 hafta davolangandan so‘ng virusologik javobi past bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan davolash sxemasini o‘zgartirish lozimligini inobatga olish kerak. Lamivudin-rezistentligi HBV hujjatli tasdiqlangan patsiyentlarni davolaganda entekavir+2-chi virusga qarshi agent (lamivudin bilan ham, entekavir bilan ham kesishuvchan turg‘unlikka kirmaydigan preparat) bilan terapiya, faqat entekavir bilan davolashga nisbatan afzal ko‘riladi.
Agar patsiyentda ilgari HBV lamivudin-rezistentlik mavjud bo‘lgan bo‘lsa, u jigar kasalligi og‘irligi darajasidan qat'iy nazar keyinchalik entekavirga nisbatan rezistentlik paydo bo‘lish xavfini oshiradi. Jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi mavjud patsiyentlarda virusologik javob jiddiy klinik asoratlar bilan o‘tishi mumkin, ular jigar kasalligi yana tiklanganini bildiradi. Shunday qilib, jigarning dekompensatsiyalangan kasalligi yoki lamivudin-rezistentlik HBV mavjud bo‘lgan patsiyentlarni davolashda, entekavir+2-chi virusga qarshi agent (lamivudin bilan ham, entekavir bilan ham kesishuvchan turg‘unlikka kirmaydigan preparat) bilan terapiya faqat entekavir bilan davolashga nisbatan afzal ko‘riladi.
Bolalar populyatsiyasi bola yoshidagi patsiyentlarda HBV DNK dastlabki darajasi >8,0 log 10 XB/ml bo‘lganda, virusologik javob normasi pasayishi kuzatilgan (HBV DNK <50 log 10 XB/ml). Bunday vaziyatda entekavirning qo‘llanilishi doridan ko‘riladigan ehtimoliy foyda bolada rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustunroq bo‘lsagina amalga oshirilishi mumkin (masalan, rezistentlik). Bola yoshidagi ayrim patsiyentlarga uzoq muddatli yoki butun umri davomida surunkali V gepatiti o‘tishini kuzatish buyurilishi mumkinligi sababli entekavir davolashning keyingi usullariga ta'sir ko‘rsatishini inobatga olish kerak.
Jigar retsipiyentlari davolashni boshlashdan oldin va davolash davomida, siklosporin va takrolimus qabul qilayotgan jigar retsipiyentlarining buyraklari funktsiyasini sinchkovlik bilan tekshirish kerak.
S va D gepatit viruslarini qo‘shimcha infektsiyani qo‘shilishi S va D gepatiti viruslari bilan infektsiyalangan patsiyentlarga nisbatan entekavir samarasi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
Odam immun tanqisligi virusi (OIV) va HBV qo‘shimcha infektsiyani qo‘shilishi bo‘lgan, va tegishli antiretrovirus davolashni olmagan patsiyentlar entekavir ta'siri OIV /HBV bilan kasallangan va OIV ga qarshi davolash olmagan patsiyentlarda o‘rganilmagan. OIV bilan kasallangan, ammo yuqori faol antiretrovirus terapiyasini (YuFART) olmagan patsiyentlarda surunkali V gepatitini davolashda entekavir qo‘llanganda OIV turg‘unlik rivojlangani to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud. Shunday qilib, YuFART olmagan, OIV/HBV bilan kasallangan patsiyentlarda entekavirning qo‘llanilishi mumkin emas. OIV infektsiyasiga nisbatan entekavirning davolash samarasi o‘rganilmagan, shuning uchun uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
OIV va HBV bilan qo‘shimcha infektsiyani qo‘shilishi bo‘lgan va tegishli antiretrovirus davolashni olgan patsiyentlar entekavirning ta'siri 68 nafar OIV va HBV bilan kasallangan va tegishli antiretrovirus davolashni, jumladan, lamivudin olgan patsiyentlarda o‘rganilgan. Entekavir qo‘llanganidan so‘ng 24 hafta o‘tgach, HBV virusli yuklanishining sezilarli darajada pasayishi kuzatilgan (-3,65 - 0,11 log 10 nusxa/ml oshishiga qarshi). Eng boshidan entekavir qabul qilgan patsiyentlarda 48 haftadan so‘ng HBV DNK pasayishi -4,20 log 10 nusxa/ml ni tashkil etdi, ALT darajasi dastlab normada bo‘lmagan 37% patsiyentlarda ALT normaga kelgan, patsiyentlarning hech qaysi birisida HBeAg serokonversiyasi kuzatilmagan. OIV bilan qo‘shimcha infektsiyani qo‘shilishi bo‘lgan, HBeAg manfiy patsiyentlarda entekavir qo‘llanilishi samarasi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas. OIV bilan kasallangan, CD-4 hujayralari ko‘rsatkichi past (<200 hujayra/mm3) patsiyentlar to‘g‘risida ma'lumot cheklangan.
Patsiyentlar uchun umumiy ma'lumot davolashni boshlashdan avval patsiyentlarni entekavir HBV boshqa shaxsga o‘tishi xavfi darajasini pasaytirmasligi to‘g‘risida ogohlantirish kerak, demak, tegishli ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Preparat tarkibida laktoza saqlaydi. Laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydigan kam sonli patsiyentlarda, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza va galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo‘lgan patsiyentarga ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishning o‘ziga xosligi.
Transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘rganilmagan. Bosh aylanishi, charchoq va uyquchanlik - transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etuvchi, ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta'sirlari hisoblanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDAtasnifiga binoanVirente® (Entekavir) preparati homilaga ta'siriga ko‘ra “C” toifaga kiradi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda dori vosita homilaga salbiyta'sir ko‘rsatgan, homilador ayollarga mos yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, ammo, homilador ayollarda shu dorini qo‘llanganlik bilan bog‘lik potentsial foyda, xavf ehtimoli bo‘lishiga qaramay, undan foydalanishni oqlashi mumkin.
Laktatsiya davri Hayvonlarda o‘tkazilgan toksikologik tadqiqotlar entekavir ko‘krak suti bilan ajralishini ko‘rsatdi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun xavfni istisno qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun davolash vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Reproduktiv funktsiya Hayvonlarda o‘tkazilgan toksikologik tadqiqotlar, entekavir kiritilgan hayvonlarning reproduktiv funktsiyasini pasayishini isbotlovchi dalillar aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Patsiyentlar dozani oshirib yuborgani to‘g‘risida kam ma'lumot mavjud. Sog‘lom ko‘ngillilar 14 kun ichida 20 mg/sutka dozasida olganda yoki 40 mg bir marotabali dozada qabul qilganda, hech qanday kutilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lmagan. Dozani oshirib yuborganda, patsiyentni holati ustidan qat'iy tibbiy nazorat o‘rnatish kerak.
Davolash zarurat bo‘lsa standart samarani bir maromda tutib turuvchi terapiya o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
«Virente® 0,5», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 0,5 mg dan, №30.
«Virente® 1,0», qobiq bilan qoplangan tabletkalar 1,0 mg dan, №30 tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A” Tel (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01;
E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.