Mastodinon ichga qabul qilish uchun tomchi 50ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
50 мл
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Германия
Yoʻriqnoma: Mastodinon ichga qabul qilish uchun tomchi 50ml
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
MastodinonDori shakli
ichga qabul qilish uchun tomchiTarkibi
100 g tomchi quyidagilarni saqlaydi:Faol moddalar:
Agnus castus (Avraam daraxti) 20 g
Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist) 10 g
Cyclamen D4 (Alp binafshasi) 10 g
Ignatia D6 (Kuchala ignatsiya daraxti) 10 g
Iris D2 (turli xil rangli Gulsapsar) 20 g
Lilium tigrinum D3 (yo‘l-yo‘l Liliya) 10 g
Yordamchi moddalar: etanol
Etanol miqdori: 47,0-53,0% (hajm nisbati)
Ta'rifi
tiniq, biroz sarg‘ish, hushbo‘y hidli va shirin, keyin biroz qizdiradigan ta'mli suyuqlik.Saqlash jarayonida xiralashishi yoki ahamiyatsiz bo‘lgan cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlarATX kod: G02CX
Farmakologik xususiyatlari
In vitro tadqiqotlarda Agnus castus dan tayyorlangan ekstrakt, prolaktin ajralib chiqarilishini kamaytirishi tasdiqlangan. Prolaktin ajralishiga ingibirlovchi ta'siri hayvonlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda ham tasdiqlangan. Agnus castus ekstraktini qo‘llanganida ayollarda prolaktin miqdori biroz oshgan, shuningdek stress oqibatidagi oshgan prolaktin miqdorining (“yashirin giperprolaktinemiya” deb nomlanadi) kamayishini bir qancha klinik tekshiruvlar ko‘rsatdi.Dofaminergik ta'sirini namoyon bo‘lish joyi gipofizning laktotrof hujayralari hisoblanishini in vitro tadqiqotlari ko‘rsatdi. Agnus castus ekstraktida bitsiklik diterpenlar prolaktin miqdorini kamaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadigan vositalar guruhi ekanligi deb belgilangan. Ushbu moddalar odam dofaminning 2-kichik guruhi retseptorlari bilan bog‘lanadi va kalamushlar gipofizining hujayra kulturasida dozaga bog‘liq holda prolaktin ajralishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ta'riflanmagan.Qo‘llanilishi
Quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda simptomatik vosita sifatida:- hayz oldi sindromi (mastodiniyalar, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyatlar, shishlar, bosh og‘rig‘i/migren);
- mastopatiyalar;
- hayz siklini buzilishi va/yoki sariq tana yetishmovchiligi chaqirgan bepushtlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
DozalashPatsiyentlar bir martalik doza kunduzgi doza
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 30 tomchi 60 tomchi
Qo‘llash usuli
30 tomchidan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun), ularni biroz suv bilan suyultirib qabul qilish lozim.
Preparatni boshqa suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Davolashning optimal samarasiga erishish uchun, Mastodinon® ni kamida 3 oy shu jumladan hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash tavsiya etiladi. Agar 3 oy qo‘llangandan keyin simptomlar saqlansa, u holda shifokor bilan mastlahashish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar: yuzni shishi, hansirash, yutishni qiyinlashishi qayd qilingan. Allergik teri reaktsiyalari (toshma va eshakemi), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, akne, me'da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, me'dada og‘riq) kabi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Eslatma: gomeopatik preparatni qo‘llash mavjud bo‘lgan shikoyatlarni vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin (dastlabki yomonlashish). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda sut ishlab chiqarilishini kamayishi aniqlangan. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vitex agnus-cactus dopamin va ayollar jinsiy gormonlarining ishlab chiqarilishiga stimullovchi ta'sir etish ehtimoli mumkinligi sababli, shu ta'sirga ega preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning terapevtik ta'sir samarasini to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi.
Umumiy eslatma: nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek ta'sirlovchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan kofe) iste'mol qilish, gomeopatik vositalarni ta'siriga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘shimcha dori preparatlarini qabul qilishda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
Estrogenga-bog‘liq xavfli o‘smalar bilan kasallangan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.Dopamin yoki ayollar jinsiy gormonlarini ishlab chiqarilishiga ta'sir qiladigan dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlar Mastodinon® tomchini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Preparatni qabul qilish vaqtida simptomlar kuchaysa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur. Mastodinon® tomchining ta'sir mexanizmi gormonal muvozanatni garmonizatsiyasini o‘z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat talab etiladi. Bu davrda hayz ko‘rish siklini buzilishlari bo‘lishi mumkin. Gipofizar buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Etanol saqlaganligi tufayli (hajm nisbatida 47-53%) alkogolizm bilan xastalangan patsiyentlarda va alkogolizmdan muvaffaqiyatli davolangandan so‘ng ushbu vositani qabul qilish mumkin emas.
Yuqori xavf guruhi patsiyentlarda: jigar kasalligi, tutqanoq, bosh miya kasalliklarida tarkibida alkogol borligini e'tiborga olish zarur.
Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi.
Saqlash jarayonida xiralashishi yoki ahamiyatsiz bo‘lgan cho‘kma tushishi mumkin. Bu preparatning samarasiga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi kungacha dozani oshirib yuborilishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Davolash: simptomatik.Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchi, 50 ml va 100 ml.50 yoki 100 ml preparat birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli dozalovchi tomchilagich moslama bilan jihozlangan to‘q rangli shisha flakonlarda .
1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
4 yil. Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisizIshlab chiqaruchi
BIONORIKA SE
Kershenshtaynershtrasse11-15,
92318 NOYMARKT
Telefon: 09181 231-90
Telefaks: 09181 2312-65
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.